www.ziyouz.com
кутубхонаси
10
— Mana, qarab tur, yana bir marta ko'rsatib beraman!
O'qituvchi «hey» deb o'kirganicha polni gursillatib bir tepgan edi, sinfning deraza oynalari
sharaqlab ketdi.
— Ana, ko'rdingmi endi. Turk o'g'loni depsinganida yer mana shunday larzaga kelmog'i kerak. Ha,
shundoq bo'lsin.
— Sizday qilolmayman, o'qituvchi. Chunki siz eng kamida yuz kilo kelasiz, men bo'lsam bor-yo'g'i
qirq ikki kiloman, — javob berdim unga o'zimni oqlash uchun.
Mehnati zoye ketdi, aytganini hecham eplolmadim. Qattiq darg'azab bo'ldi. Yana bir gal: «Va
osmon bo'yi doston bitgan diyorim, hey!» deganicha jahl bilan oyog'ini ko'tarib polga bir urgan edi,
qattiq dodlab yubordi.
O'zing yaxshi bilasan, sinfimizning pollari chirib ketgan. Shu chirigan taxtalardan bid sinib, oyog'i
kirib qolipti. Darhol yordamga keldim. Ikkovlashib oyog'ini kovakdan zo'rg'a tortib oldik. Shovqinni
eshitib, boshqa o'qituvchilar ham chopib kelishdi. Hamma: «Nima bo'ldi, tinchlikmi?» deb so'raydi.
— Endi ko'rdingmi, bo'tam, — dedi o'qituvchi bir oyog'ini sudrab tashqari chiqar ekan. — Oyoq har
gal yerga tekkanida hammayoq larzaga kelsin, xuddi yer qimirlaganga o'xshab chayqalib ketsin.
O'qituvchi chiqib ketganidan keyin bundoq oyog'imga razm solib qarasam, ishning pachavasi
chiqipti, hadeb heylayverib tovonni shishirib qo'yibman.
Konsert naq ikki soat davom etdi.
Men o'zim yozgan «Qo'y» she'rimni salkam bir oy yod olib yurgan edim. Shuning uchun ham
uning satrlari miyamga qattiq o'rnashib qolgan ekan, hadeb esimga tushaveradi. «Vatanim» she'rini
yodlab yurganimda ham beixtiyor o'zimning satrlarim ko'z oldimda turdi. Bu yangi she'rni bir amallab
yodlab oldim-u, lekin hadeb oyoq ko'taraverganim uchun satrlarini adashtira boshladim. Aftidan,
oyoqqa zo'r berib, miyani ishdan chiqarib qo'yganga o'xshayman.
— Navbating keldi! Tez bo'l, sahnaga chiq! — deb bolalar meni orqamdan turtib sahnaga
chiqarishdi.
Zal ota-onalar bilan liq to'la ekan. O'qituvchimiz sahna ortida bizga suflyorlik qilishi kerak.
Men sahnaga chiqdim. Mehmonlarga boshimni silkib, salom berdim. Ammo boshimni qimirlatishim
bilanoq deklamatsiyaning sarlavhasi xayoldan qochdi. Bu qanday bedavolikki, Zaynab, shu topda
miyamga o'zimning «Qo'y» she'rim kelsa bo'ladimi! Men tushmagur ilgari yodlab olgan narsalarimni
unutish o'r-niga, yangi o'rgangan she'rimni esdan chiqarib o'tiribman-a.
Qanchalik mushkul ahvolda qolganimni o'zing bir tasavvur qilib ko'r. Men sahnadan turib zalda
o'tir-ganlarga termulaman, ular esa menga. Xullas, ancha vaqtgacha bir-birimiz bilan ko'z urishtirib
turaverdik.
Xayriyat, o'qituvchimiz jonimga ora kirdi — orqadan she'rning nomini pichirlab aytdi. Darhol
ovozimning boricha «Vatanim!» deb qichqirdim. Uyog'i yana esda yo'q. Nima qilish kerak? Indamay
turgan bilan bo'lmaydi. Sarlavhani yana bir qaytaray, zora ungacha buyog'i esga tushib qolsa, degan
maqsadda yana bir marta «Vatanim!» deb hayqirdim Yana jim bo'ldim. Zalda qarsaklar yangradi.
Hayron bo'ldim. «Vatanim!» deganimda nimaga chapak chalishganiga tushunolmadim. Shu payt yana
o'qituv-chimizning nim ovozi eshitildi. Kelgan joyidan boshlab yubordim. Ammo oldingi gal tomoqqa
qattiq kuch berib qo'ygan ekanman shekilli, ovoz chiqmay qoldi, xirillab, zo'rg'a «Ey!» deyoldim,
xolos. Yana cha-pakvozlik bo’ldi. Ochig'i, gangib qoldim. Miyamda satrlar bir-biriga qorishib ketdi.
Zo'rg'a o'zimni qoiga olib, deklamatsiyani boshlab yubordim. Bolalar keyin gapirib berishicha, bu
ajoyib she'rni shundoq deb boshlabman:
Do'stlaringiz bilan baham: |