www.ziyouz.com
кутубхонаси
13
kelib yalindik-da. Mana endi unga ishlayapmiz, — deydi shunda dadam chuqur uh tortib.
Zaynalbeyning kaltabinligi hammaning og'ziga tushgan ekan. Bir payt u yonida odamlari bilan
Felemenkka safar qilgan ekan. Bu yerda u ancha turib qolibdi.
Keyin jo'nab ketishayotgan ekan, sheriklariga qarab:
— Felemenk degani ham yaxshi mamlakat ekan, menga juda yoqdi. Endi Gollandiyani bir borib
ko'rish kerak, ajoyib joy deyishadi, — debdi.
Polshada ham xuddi shu voqea ro'y bergan ekan.
— Men Polshaga keldik, desam, bu yer Lahiston ekan-da. Endi shuning jazosiga Polshani ham bir
ko'rib kelmasam bo'lmaydi, — deb toza kulgi bo'lgan ekan.
Tunov kuni biznikida yana Zaynalbeyning ustidan kulib o'tirishgan edi, Metin to'satdan:
—
Bu odam shu qadar ahmoq, ishyoqmas, kaltabin ekan, qandoq qilib boy bo'lgan bo'lmasa? —
deb gap qotib qoldi.
—
Kattalarning ishiga yosh bolalar aralashmaydi, ayb bo'ladi, — dedi oyim Metinga tanbeh berib.
—
Sen hali yoshsan, bunaqa narsalarga tushun-maysan, — ochig'ini ayta qoldi dadam.
Opamni mana shu Zaynalbeyning o'g'liga unash-tirib quyishdi. To'g'rirog'i, ikkala tomon quda
bo'lish haqida kelishib oldi.
Opamni hech ko'rganmisan? Menga sirayam o'xshamaydi. Ya'ni men unga o'xshamayman. Juda
barno qiz.
Bu haqda bizlarga birov og'iz ochgani ham yo'q. Opamning o'ziyam churq etmadi. Ammo chala-
chulpa gaplarni eshitib yuribmiz. Uydagilar g'imirlab qolganini dastlab Metin sezdi. Oyim biror yumush
qil-sayam og'zidan ashula tushmaydigan bo'lib qoldi.
Opamning bo'lsa boshi osmonda. Buni bizdan yashirmoqchi bo'ladi-yu, lekin xatti-harakati bilan
sirni oshkor qilib qo'yadi.
— Eshitdingmi, opamizni yaqinda unashtirisharmish, — deb qoldi bir kuni Metin.
—
Yaxshi gap, unashtirisbaverishsin.
—
Kimgaligini bilasanmi?
— Kimga ekan? — o'zimni go'llikka solib so'radim.
— Zaynalbeyning o'gliga.
Indamagan edim, xafa bo'ldi.
— Ha, eshityapsanmi? Zaynalbeyning o'g'liga berisharmish.
— Xo'sh, nima qipti? Nega achchig'ing kelyapti?
— Nima qipti emish-a! Bundan chiqdi, sen ham ularning tomonida ekansan-da?
— To'yi bilan mening nima ishim bor.
Metin uyda hammadan ko'ra ko'proq mening gapimga ishonardi. Shuning uchun battar tutaqib
ketdi.
— Nimaga ishing bo'lmaydi? Men xohlamayman. Bo’lmagan gap bu!
Yana ko'pirib ketmasligi uchun indamay qo'ya qoldim. Ukam ichidagi gaplarni to'kib soldi:
— Zaynalbeyni o'zlari nuqul ho'kizga o'xshagan odam, kallasi yo'q, deb aytishardi-ku! Nima,
opamni kelib-kelib shu ho'kizning o'giiga berishadimi?
— O'giining yo'rig'i boshqa.
— Ho! Nega boshqa bo’larkan? Hatto litseyni ham tugatolmapti-ku. Otasi uyiga o'qituvchi yollab,
pulning ko'chi bilan zo'rg'a guvohnoma olib bergan ekan. Keyin o'gliga endi o'qishni yig'ishtir, o'glim,
bo’lmasa miyang suyulib, savdo ishiga yaramay qolasan, debdi. Xo'sh, yolg'onmi shu? Dadamning
o'rtoqlari aytishdi, o'z qulog'im bilan eshitganman.
— Bu gapni zinhor oyimga ayta ko'rma, Metin. Harholda kattalar bizdan ko'ra ko'proq narsani
bilishadi, — dedim uni bir oz sovitish uchun.
— Ha, bilaman, sen ham shularning yonini olasan, — dedi Metin zarda qilib. — Ammo dadamga
hayronman.
— Nega?
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |