G’aroyib bolalar (roman).
Aziz Nesin
www.ziyouz.com
кутубхонаси
11
yubordi. Bilasanmi, nimaga? Boya o'qituvchi bilan repetitsiya qilayotganimizda poshnadagi mix
joyidan ko'chgan ekan, bilmabman. O'sha mix shu topda shart etib tovonga kirib ketsa bo'ladimi?!
Ko'zimdan o't chaqnab ketdi. Tovonimga birov bigiz qadab, o'pkamni teshib yuborgandek bo’ldi.
Azobning zo'rligidan yod bo’lib qolgan satrlarni ham paqqos unutdim-qo'ydim. Men nima
ahvoldaman-u tomoshabinlar qiyqirib kulishadi. O'qituvchidan
madad kelar, degan umidda o'qtin-
o'qtin orqaga o'girilib qarab qo'yaman. O'qituvchi holimni sezdi, shivirlab aytsa baribir qulog'imga
kirmasligini fahmlab, ovozini bemalol qo'yib yubordi:
«Ey, o 'sha buyuk insonni bergan onaning».
Darhol ilib ketdim.
— Ey, o'sha buyuk insonni bergan onaning... Onaning... Onaning...
Keyin nima keladi, eslayolmayman...
Zora lop etib esimga tushsa, degan xayol bilan yana ikki-uch
marta shuni qaytarib aytdim. Bo'lmadi. «Onaning» deyman-u ignasi yurmay qolgan plastinkaga
o'xshab u yog'iga o'tolmayman. Vujudimni qaltiroq bosdi. «Onaning... Onaning...»
deb yigiamoqdan
beri bo’lib turgan edim, qo'qqisdan o'zim yozgan satrlar miyamga kelib qoldi. Tavakkal qilib buyog'ini
ulab ketdim:
Onaning... Onaning... Onaning...
Dumbasi borjiqqa moy,
Yelini-chi
sutga kon,
Mayingina juni bor...
O'qituvchimiz ham satrlarni ketma-ket yetkazib turibdi. Oldin undan eshitganimni qaytaraman-da,
keyin o'zimnikini tirkab yuboraman.
Ey, jabr-ujafo, kurash...
Sop chiqadi
shoxidan,
Go'shti
—
lazzat uyasi,
Og'itman, der qiyisi, he-ey!
Deklamatsiyani tugatdim-u o'zimni ichkariga urdim. Gulduros qarsaklardan maktabimiz chayqalib
ketdi.
— Nima qilib qo'yding axir, Ahmad? — dedi o'qituvchimiz siniq ovoz bilan.
— Ilojim qancha, afandim, — dedim unga qarab.— Odamzod bilgan
narsasini darrov unutib
yubora olmas ekan, juda qiyin bo’larkan.
Yana bir nima deydigan bo'lsam, alamimdan yig'lab yuboraman. O'pkam to'lib turibdi. O'qituvchi
ikkovimiz cho'loqlanib yo'lga tushdik. Yana mix kirib ketishidan qo'rqib, zo'rg'a oyoq bosaman.
— Katta iste'doding bor ekan-ku, o'g'lim, — dedi uyga qaytgach dadam. — Kuldiraverib
hammaning ichagini uzding-ku.
Oyim uning gapiga qo'shildi:
— Ko'zda yoshim qolmadi kulaverib. Naq jinni bo'layozgandim-a...
She'rlarni yanglishib aralash-quralash qilib yubor-ganimni hech kim sezmabdi. Hamma jo'rtaga
qilyapti, deb o'ylabdi.
Xullis, Zaynab, keyingi kunlarda shunaqa mashmashalar bo'ldi.
Sening dadang ham maktabda nuqul a'lo olib o'qiganmi, deb so'rabsan. Yo'q, dadam, afsuski,
a'lochi bo'lmagan.
Nega desang, u o'qimagan. Agar maktabga qatnagan bo’lganida menga a'lo
baholar bilan o'qiganman, deb aytgan bo’lardi, albatta.
Men zavq bilan o'qiydigan xatlaringni kutaman. Sog' bo'l.
Sobiq sinfdoshing Ahmad Tarbay.
Do'stlaringiz bilan baham: