Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

 
 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
7
Darslar yangidan boshlandi
 
Istanbul, 23-noyabr, 1963-yil.
Do'stim Zaynab! 
19-noyabrda yozgan xatingni olib, qanchalik quvonganimni ta'riflab berolmayman. 
Xunuk bir yangilik bor: o'qituvchimiz maktabdan ketdi. Boshqa viloyatga ishga o'tganmish. Unga 
qattiq o'rganib qolgan ekanmiz, eshitib juda xafa bo'ldik. Oxirgi darsida biz bilan xayrlashdi, shunda 
ba'zilar ko'zyoshi to'kib olishdi. O'pkam to'lib, o'zimni arang bosib o'tirgan edim, sinfdan chiqayotib 
boshimni silashi bilan men ham chidab turolmadim. Ho'ngrab yig'lab yubordim. 
Aslida o'qituvchimiz ho'v o'sha inspektor kelgan kundagi voqeadan keyin menga unchalik ro'yxush 
bermay yurgan edi. Shu xayrlashuv kuni bizga bir-ikki og'iz shirin gap aytib, hammamizga 
muvaffaqiyat tiladi. 
— Yana ko'rishguncha xayr, bolalar! 
Shunday dedi-yu, eshikka qarab yurdi. Yonimdan o'tib ketayotganida esa boshimni asta silab 
qo'ydi. 
Yangisi ham erkak o'qituvchi. Birinchi darsiga kirishi bilanoq nimalarni o'tganimizni surishtira 
ketdi. Har qaysimizni birma-bir turg'izib, ketma-ket savollar berdi. Javoblarimizdan sira qoniqmadi. 
— Afsus... Ming afsus... Hech nimani bilmas ekansizlar! — dedi u oxiri boshini chayqab. 
Damir bor-ku, Damir, sinfimizning a'lochisi. Hatto shu Damirning javoblaridan ham ko'ngli 
to'lmadi-ya. Navbat menga keldi. Bilganimni gapirib berdim. U bo'lsa nuqul «esiz, esiz» deb tizzasini 
shapatilab o'tirdi. Menga qolsa, so'ragan narsalariga to'g'ri javob berdim. 
Bolalar birin-ketin darslarni gapirib berishyapti-yu, u bo’lsa dam-badam: 
— Shuncha yil o'qib, hech nima o'rganmabsiz-da? Bekorga kelib-ketib yuraveribsizlar-da? Esiz 
vaqt, esiz... O'qish emas, uqish kerak edi, uqish, — deb noliydi boshini chayqab. 

Nima, so'ragan narsangizga to'g'ri javob ber-madimmi? — dedi bir payt Mine o'pkasi to'lib. 

Yo'q, javobing to'g'ri bo'ldi, — dedi yangi o'qituvchimiz. Keyin qo'shimcha qildi: — Ha, to'g'ri 
javob berding. Lekin yuzaki, sayoz. Hammalaring shunaqa, bilimlaring sayoz ekan. 
Uning bu gapidan qattiq ranjigan bo'lsak ham indamadik. Eski o'qituvchimizning darslaridan 
yomon baho olib yurgan uch-to'rt bola buni eshitib g'imirlab qoldi. Yangi o'qituvchining gapi ularga 
moydek yoqqan edi. 
— Eski o'qituvchimiz yaxshi dars berardi, yomon o'qimasdik, — dedi Damir o'zini tutolmay. 
— Ha, javoblaringizdan bilinib turibdi, — piching qildi yangisi. 
Shundan keyin u stol atrofida birpas aylanib yur-gach, muloyimiik bilan gap boshladi: 
— Bolalar! Mana endi kelishib olaylik. Ilgari o'qigan narsalaringizni endi unutasiz. Mutlaqo esdan 
chiqaringlar. Hamma darslarni yangidan boshlaymiz. Tushunarlimi? 
Damir qo'l ko'tarib so'radi: 

Axir biz kitobda nima yozilgan bo'lsa, shuni o'qigan edik-ku? 

Men sizlarga endi hammasini esdan chiqaring, deb aytyapman! 
Yangi o'qituvchining birinchi darsi shunday o'tdi. Tanaffusda bolalar tarafma-taraf bo’lib ketishdi. 
Ba'zilar eski o'qituvchining yonini olgan bo’lsa, boshqalar yangisini himoya qilishdi. Ochig'ini aytsam, 
hech kimga qo'shilmay betaraf qoldim. 
Bir payt qo'shni 5-sinf o'quvchilari bilan gaplashib qoldik. Ma'lum bo'lishicha, ularga ham o'quv 
yilining boshida yangi o'qituvchi kelgan ekan. Xuddi biznikiga o'xshagan voqea yuz beribdi. Ularning 
yangi o'qituvchisi ham darsga birinchi kirgan kuniyoq: «Ilgari nima o'tgan bo'lsangiz, hammasini 
esdan chiqaringlar!» — deb buyuribdi. 
Yangi o'qituvchimizning bu uslubi ayrim bolalarga juda qo'l kelib qoldi. O'qituvchining biror 
savoliga noto'g'ri javob berib, dakki eshitadigan bo'lishsa, darhol: 
— Oldingi o'qituvchimiz bizga shundoq degan edilar, afandim, — deyishadi. 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish