Matyakubova M



Download 409,53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.07.2022
Hajmi409,53 Kb.
#843314
Bog'liq
Maktabdagi beboshligim



Matyakubova M. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



MAKTABDAGI BEBOSHLIGIM 
Maktab davrim qaytarilmas va esdan chiqmas , unutilmas xotiralar... Men qancha jiddiy 
boʻlishga va ishkal qilmaslikka harakat qilsam shunchalik koʻp qovun tushurib qoʻyaman. Qovun 
tushirish bu mening kasbimga aylangandi desam ham bo
ʻladi... Yoshlikda kim ham shoʻxlik beboshlik 
qilmaydi deysiz. Axir yoshlikda shoʻxlik qilmasak qariganda nimani eslab kulamiz... Onamning bazan 
qattiq urushib ʼʼ Oda

boʻlʼʼ deya dakki berishlariga hayron qolardim. Oʻzi odam boʻlsam yana 
qanday odam boʻlaman? Deya oʻylab kulardim ulgʻayib hayotning qiyinchiliklarini koʻrgandan keyin 
buni bilarkanmiz asl maʼnosi nima ekanini tushunar ekanmiz... Maktabga birinchi sinfga borgan 
kunimdan bitta sinfdoshimni qoʻlini sindirgandim hali ham qoʻlimni sindirgansan
-a deya 
hazillashadi... Bugun behos kundaligim varaqlashni boshladim eski xotiralar uygʻondi bir boshdan 
oʻqishni boshladim... Men Abdurahmanova Shahzoda... " Salom kundaligim" qanday jinniman 
shunaqa deb ham boshlaydimi? Menimcha tugʻulgan paytim doʻxtirlar
mani qoʻlidan tushurib 
yuborishgan... 

Salomlarim bir jahon... 
Doimgidek baqirib sinfga kirdim. Uchta eng yaqin dugonalar edik meni kutib oʻtirishardi.

Keldingmi? Shahzoda. 

deya oldimga yugurib keldi qizlar. 

Keldim keldim! 

Bizga ingiliz 
tilidan va tarixdan yangi oʻqituvchi kelibdi! Ikkalasi ham rosa chiroyli ekan.

Dedi 
Husnora x
ursand boʻlib.

Yanami? 

dedim norozi ohangda. 

Qizigʻi ingliz tili oʻqituvchisi bizni sinf rahbarimiz boʻlarkan. Farida Boboxonova davleniyasi oshib 
maktabdan ketibdilar. 

dedi Odina qarsak chalib. 

Bu ustoz ham koʻpga bormaydi oʻzi qochib ketadi.

dedi Dilnavoz labini burub.. 

Haqiqat-ku bu. 

Qalaysan Shahzoda? 

d
eya sinfdoshim Zokir sochimdan tortib oʻtib ketdi doimgidek meni 
asabimni buzishni eplaydi. Sevgisini qabul qilmaganim uchun shunday asabimni buzib yurishi kerak 
aslida yomon yigit emas, baribir sevgi menga emasda. 

Farosatdan keyin tugʻ
ilgansan. 

deya baqirdim Zokirni ortidan. 

Sekinroq baqirmaymiz! 

d
eya oʻqituvchi kirib keldi.

Bu 
oʻsha ingliz tilichi!

dedi qizlar shivirlab.

Tushundim. 

d
edim Oʻqituvchiga qarab va labimni bur
i
b joyimga oʻtdim. Ustoz menga qarab 
qoshlarini chimirdi va oʻzini bosib olishga harakat qildi shekilli chuqur nafas oldi. Kelib joyiga oʻtirdi 
birinchi k
undan asablari chatoq salomlashmadi ham biz bilan hammamiz jim. Sukut saqlab oʻtirdik 
h
atto yonimda oʻtirgan Odinaning nafas olishini ham eshita oldim birinchi marta hamma jim edi.
Oʻqituvchimiz stol oldiga jurnal, bir ikkita kitob va daftar qoʻydilar oʻsh
a asabiylik ularning har 
bitta harakatini kuzatib turardik, bizga bitta-bitta qarab chiqdilar menimcha hammadan sovuq ter 
chiqib ketdi. Sababi ustozning qarashi qoʻrqinchli edi 
xuddi portlaydigan bombaga qiyoslash mumkin. 




Men sizlarning yangi rahbaringiz 
Lochinbek Shoakbarov boʻlaman. Universitetda toʻrtinchi bosqich 
talabasiman. Nec
ha universitetni tugatmasdan maktabda ishlamoqchisiz deydiganlar boʻlsa 
maktablaringizga oʻqituvchi yetishmasligi sabab d
irektoringiz iltimosi bilan keldim. Hammangiz bilan 
ta
nishib chiqishga ulguramiz. Eshitishimcha sizlar oʻqituvchi almashtirish boʻyicha maktabda oʻzgacha 
rekord 
qoʻyibsizlar.

d
edi oxirgi gaplarida yuzida ozgina boʻlsa nim tabassum bor edi. Uning oʻsha 
nim tabassumining oʻzi bizga yetarli boʻldi hammamiz erk
in nafas oldik. 

Siz ham koʻpga bormaysiz domla!

d
edi Shuhrat orqada oʻtirib. ikkala oyogʻi yoyib uyida divanda 
yotgandek oʻtirib olgandi.

Birinchidan, 
oʻquvchi ekaningizni unutmang! Ikkinchidan, Domla masjidda boʻladi men 
ustozingizman. Uchinchidan, 
buni vaqt koʻrsatadi bu yil oʻqishga 
topshirasizlar hamma 
tayyorlanmoqdami? Kimlar qaysi yoʻnalishga topshirmoqchi? Jahon tillariga topshiradiganlar bormi?

Ha. 

deya qizlar 
qoʻl koʻtardi deyarli hamma qiz ing
liz tiliga topshirmoqchi edi. Bizdan tashqari 
toʻrtta ahmoq qizdan. Ustoz toʻrtalamizdan boshqa hamma qoʻl koʻtarganidan 
x
ursand boʻldi bizga 
boʻlsa qovogʻini uyib qaradi
-da. 

Sizlarchi? 

dedi. 

Biz boʻlajak yuristmiz.

d
edim oʻrnimdan tur
ib, 
magʻrur.

Tushunarli tanlagan kasbingizga yarasha boʻl
inglar. 

dedi bizga boshqacha qarab boyagi baqirib 
gapirganimga ishora qilgan holda. 

Tushunmadim nimaga bunday qarayapsiz? 

dedim jahlim chiqib. 

Shunchaki sekinroq gapirishni oʻrganing!

dedi va kuldi. Birinchi bor kuldi. 

Oʻzim bilaman.

dedim va 
joyimga oʻtirdim. Ustoz hamma bilan tanishib ismimizni soʻray 
boshladi. Men qovogʻimni uyib derazadan tashqariga qarab oʻtiraverdim. Nihoyat tanishuv tugadi 
eshik taqillab yana yangi oʻqituvchi kirib keldi.

Bu yangi tarixchi! 

deya shivirlay 
boshlashdi qizlar. Bunisi ham oldimda oʻtirgan qovoq 
tumshuqq
a oʻxshagan juda jiddiy edi. Ikkalasi ham hayotdan norozi insonlardek qovoq uyib yurishar 
ekan. 

Hozir tarix darsi ekan-a 
sizlarga tartibli boʻlasizlar deb oʻylayman har holda doʻstim oldida men

sharmanda qilmassizlar! 

d
edi Lochinbek ustoz. Nega bu ikkalasi bir xil sovuq desam doʻst ekanlar.

Tushunarli!. 

dedik hammamiz bir ovozdan. 

Starsa menga hammani ism familiyasini yozib olib chiqishsin.

dedi Lochinbek ustoz va chiqib 
ketdi. Ustoz chiqib ketgach hammamizning koʻzimiz tarix ustoziga qaratildi. Hammamiz oʻrnimizdan 
turgan holatda turardik bir ogʻiz bizga gapirmadi xonani tekshira boshladi. Va hamma qizlarga qarab 
chiqdi x
ijolat boʻlib ketdik 
uning qarashidan. 

Bir kun ovchilar oʻrmonda tovusni koʻrib qolishibdi shunchalar chiroyli tovus ekanki ovchilar 
hammasini uni ushlash uchun yoniga yaqinlashishganlarida Tovus sayrabdi uning sayrashidan 
ovchilar qochib ketgan ekan ovozi shu qadar yoqimsiz
ligidan. Chiroy boʻlgani bilan foydasiz ekanda.

dedi ustoz hammamizga qarab chiqib. Hammamiz yerga qaradik xona rostdan ham betartib edi. 

Ikkinchi bor takrorlanmasin bu holat xonaga kirishim bilan birinchi ozodalikni tekshiraman. 
Oʻtiringlar


dedi u
stoz va oʻzi ham joyiga oʻtirdi. Hammamiz tushundikki biz endi oldingidek ishkal 
qilib yurolmaymiz. 




Ustoz siz ham hali universitetni tugatmaganmisiz? 

dedi Dilnavoz. 

Ha! Tarixdan kim eng yaxshi biladigan? 

dedi Ustoz. 

Ustoz oldin oʻzingizni tanisht
iring! 

dedi Zokir kulib. Ustoz ham ozgina tabassum qildi-da 

Uzr asabiylashganimdan esimdan chiqibdi. Abdulloh ismim. 

Eng yaxshi biladigan Shahzoda. 

d
edi Husnora meni koʻrsatib sekin
g
ina oyogʻini chimchilab 
oldim. 

Shahzoda sizmi? Oʻzingizni u bu m
usobaqalarda oli
mpiadalarda sinab koʻrganmisiz?

Ha men! Yoʻq bularni menga keragi yoʻq men uni
v
ersitetga kirsam boʻldi.

d
edim oʻrnimdan 
turib. 

Hozir sizni gapingiz bugun qornim toʻysa bas ertagani keyin oʻylayman degandek boʻldi. Harakat 
qilish kerak 
hayot kurashdan iborat. Bir soat kitob oʻqimay boʻsh 
q
olganingizda darrov oʻylang 
mening raqibim hozir kitob oʻqimoqda mendan oʻzib ketmoqda deng.
Bitta siz topshiradigan oʻringa 
oʻttizta odam davogarlik qiladi.

deya vaysab boshladi. Uning shu gaplaridan sinf zerikishni 
boshladi. H
amma oʻzaro su
h
batni boshlab yubordi. Ustoz boʻlsa sochlari tikka boʻlib hammamizga 
jim qarab oʻtiraverdi. Hech kim jim boʻlmas hammasi oʻzaro su
hbatda. 

Ozgina kelishganligini aytmaganda. Ustoz rostdan ham tarixdan qolgan od
amga oʻxsharkan 
gaplaridan. 

dedi Husnora meni turtib uning gapidan piq etib kulib yubordim. Ustoz yana ham 
sochlari tikka boʻlib menga qaradi. Qoʻli musht boʻlib tug
ildi va mushti bilan stolga qattiq urdi hamma 
qotib qolgandi adashmasam qoʻrqganlaridan nafas olishni ham unutishgan boʻlsa kerak oʻzim ham 
turgan joyimda qaltirab ketdim qoʻrqganimdan.

Zahiriddin Muhammad Bobur oʻn ikki yoshida taxtga oʻtirgan oʻn ikki yoshida qirollikni boshqargan 
sizlar undan nechi yosh kattasizlar haligacha oʻzingizni bo
shqarishni bilmaysizlar. 

dedi Ustoz 
gʻazab bilan.

Boshqa qaytarilmaydi! 

dedi Hamma. 

Shahzoda oʻzingizni unutib qoʻymadingizmi? Starsa ham shunday boʻladimi? Uyalsangiz boʻlardi


d
edi u menga yov qarash qilib yigʻlab yuboray dedim hech nima demasd
an jim turdim. Xayriyat 
bizga ajratilgan vaqt ham tugadi. 

Tanishuv darsimiz esda qolarli boʻldi aziz oʻquvchilar
, Shahzodaxon! 

dedi u menga ginali qarab 
va chiqib ketdi u chiqishi bilan joyimga oʻtirib yigʻlab yubordim.

Shahzoda shu qurimsoqni gapiga 
ham yigʻlaysanmi?

dedi Dilnavoz meni quchib. 

Shahzoda yigʻlama koʻpga bormaydi oʻzimiz haydab yuboramiz bu ikkala kekkaygan tartiblini!

dedi Zokir oldimga kelib. 
Shu kungi darslarimiz ham rasvo oʻtdi. 
X
afa boʻlib uyga qaytdim 
kundaligimni olib bugungi 
kunni ham yozib qoʻya boshladim. Endi yozib tugatganimda begona raqamdan telefon boʻldi

Qiziqqonligim sabab, 
begona raqam boʻlsa

olib yigit kishi boʻlsa mazza qilib soʻkib olardim.

Assalomu alaykum uzur kim bu? 

dedim aqlli qizlardek. 




Begona raqam boʻlsa 
xursand javob berar ekansan, 
qoyil qolmadim. Ertaga mening qoʻlimda kim 
qaysi fanlardan tayyorlanmoqda kim qaysi universitetga topshiradi guruhdagi hammaning maʼlumoti 
boʻlishi kerak.
Bu qurimsoq Lochinbek edi. 

Sizga nima? Avvalo hurmatimni qilib gapiring men sizni ishlaringizni qilib beradigan yugurdak 
emasman. Hozir maktabda emas ekanmiz men ham ichimdagini aytib olay. Oʻzi mendan besh yosh 
katta boʻlsangiz nimangizga oʻzingizdan ketasiz? Siz ham mendek oddiy insonsiz oʻzingizni podshodek 
tutmang dars oʻtayotgan boʻlsa
ngiz haqqingizni olyapsiz xopmi? 

d
edim men ham oʻzidek muomila 
qilib. 

Bezbetligingni bilardim. Ertaga darsda yuzimga qanday qarashingni oʻyla. Aytganlarim esingdan 
chiqmasin. 
U telefonni oʻchirdi meni gapirishga ham qoʻymadi. Soʻz boyligimdagi shirin shirin soʻzlar bilan 
yaxshigina qargʻadim. Keyin hammaga bitta
-
bitta telefon qilib chiqa boshladim maʼlumotlarini olib. 
soat oʻn birgacha hammani maʼlumotini yigʻib oʻn ikki yarimgacha yozdim. Va maʼlum
otlarni yuziga 
otib ertaga starsalikdan boʻshayman deb qoʻydim va u
xlab qolibman. Ertalab turganimda soat yetti 
yarim baqirib oʻrnimdan turdim maʼlumotlarni yozaman deb kech yotganim sabab u
xlab qolibman 
xonamdan kiyimlarimni yugurib kiyar ekanman ba

zan b
aqirib Lochinbekni soʻkib qoʻyardim.

Nimaga baqirasan Shahzoda? 

deya onam kirib keldilar. 

Kech qoldim ona yangi oʻqituvchi kelgandi bugun birinchi darsimiz oʻsha qur
umsoqni darsi. 
Rahbarlar tarbiyaviy soat. 

deya baqirdim onam biroz qarab turdilarda kulib yubordilar. 

Qizim sizlarni guruhingizga kelgan oʻqituvchilar davleniya boʻlib ketishadi. Nonushta qilmaguncha 
hech qayerga ketmaysan. 

dedi onam va chiqib ketdilar kech qolayotganimda nonushta qilish 
koʻngilga sigʻarmidi
, ayniqsa, bu 

Tartibli

ni
ng darsida. Onamga yoʻq deya olmasdim. Shoshilib 
nonushtamni qildim-u sumkamni olib maktabga yugurdim qancha tez yursam h
am yoʻl yaqinlashish 
oʻrniga yana ham uzoqlashayotgandek edi. Sinf oldida to’
xtadim biroz quloq soldim va soatga 
qaradim oʻn yetti daqi
qa kech qolibman. Jonimni olmas kech qolganim uchun deya xonaga kirdim. 

Assalomu alaykum kirish mumkinmi? 

dedim boshimni egib. 

Va alaykum assalom kirib boʻlding! —
dedi u bezbetlarcha keyin unga qaradim. 
U bugun boshqacha edi oq kastyum va qora shim kiygan galtuklar taqqandi, deyarli sinfdagi hamma 
qizlarning koʻzi unda edi.

Uzr boshqa takrorlanmidi! 

dedim biroz jim turib. U ozroq kuldi va hammaga qarab. 

Birinchi marta Shahzodani kechiramizmi? 

dedi. Yigitlar hammasi 
“H
a" 

deya javob 
qaytarishdi meni yoqtirmaydigan uchta qizdan tashqari.

Agar kechagi maʼlumotlarni olib kelgan boʻlsangiz oʻtiring.

dedi Lochinbek ustoz menga qarab. 
X
ursand oldiga bordim yozgan listimni qoʻliga tutqazdim va oʻzimni magʻrur tutib.

Endi m
en starsa boʻlmayman boshqa birov boʻlsa boʻlaversin".

d
edim va sekin joyimga oʻtirib 
oʻtirdim u menga nima deding ham degani yoʻq hammani maʼlumotlarini oʻqib chiqa boshladi. 
Asabiylashardim meni nazarga ilmadi deya. H
ammasini oʻqib chiqqach u menga qar
adi. 

Starsa boʻlasiz deya sizni boshida majburlashganmi?

dedi menga jiddiy qarab. 




Yoʻq!

Unda bir ishni zimmangizga olgandan keyin oxiriga yetkazib qoʻying hurmatli Shahzodaxon. Oxirgi 
darslardan qochib repititorga ketishni ham toʻxtatasiz. Bu hamma
ngizga tegishli. 

dedi u 
hammamizga qarab. Gapirmadim hech kim gapira 
olgani ham yoʻq chunki hamma oxirgi darslarga 
qolmasdi. 

Ustoz menda savol bor! 

d
edi Javohir qoʻlini koʻtarib eng tartibli yigit sinifimizdagi.

Marhamat! 

Bir ham qachondir dars o
ʻ
tamizmi-
a ustoz? Bizga darsga kiradigan oʻqituvchilar doim oʻzining 
hayotini aytib beradi yoki qandaydir tartib intimoz haqida gapiradi. Qachon oʻquvchilardek dars 
oʻtamiz biz ham! Maktabimizdagi ba’zi bir oʻqituvchilar hech nimani bilmaydi. Oldingi ingli
z tilichi 
ustozga oddiy zamon haqida savol bergandim bilmadi. 

dedi Javohir. Haqiqatdan ham bizga kirgan 
oʻqituvchilar doim tartib haqida gapirib chiqib ketishardi oʻzimiz ham juda aqlli emasdikda keragi 
yoʻq darslar deya oʻqituvchini gapirishga qoʻymasdi
k. 

Aybni oʻqituvchilardan qidirmasdan oʻzimizga ham bir qarab qoʻyaylik! Qaysi oʻqituvchi darsga 
kirib sizlarga boshqa narsalar haqida gapirsa darsini oʻtmasdan sekin meni oldimga chiqasizlar oʻzim 
gaplashaman. Ingliz tili tayyorlanayotganlarga men yordam beraman tarixdan Abdulloh ustozingiz 
zoʻr biladi univeristetga ham birinchi grandga kirgan. Ona tili va matematika tayyorlanadiganlarga 
repititordan bosh vaqtingizga men yana pulsiz tayyorlanishingizga sharoit qilib beraman.
Ustoz shunday gapirdiki hammami
z qandaydir energiya olgandek boʻldi. Gapini tugatgach 
yana menga qaradi. 

Shahzoda oʻqituvchilar xonasida Abdulloh ustozingizni chaqirib chiqing sizlar bilan oʻtiradi. 
Men 
universitetga oʻtib kelishim kerak.
Istamaygina oʻrnimdan turtib bitta bitta qoʻpoldan qutilaman desam undan battariga roʻpara 
boʻlayotgandim.
"Ey Allohim oʻsha sovuqni eson omon chaqirib kelay deya oʻqituvchilar xonasiga kirdim. Ne 
koʻz bilan koʻrayki
, tartibli Abdulloh ustozimiz yangi kelgan ona tili ustozimiz bilan kulib gaplashib 
o
ʻtirishibdi meni koʻrishlari bilan ikkalasi ham jiddiy boʻlib

jim qolishdi. Oʻzim ham biroz 
x
ijolat boʻlib 
qoldim eshikni taqillatib kirsam boʻlarkan
, ammo, 
eshik oʻzi ochiq edi toʻgʻri kirib kelavergandim.

Ovoz chiqarib kelish kerak! 

dedi Abdulloh ustoz menga ozroq jahl aralash. Ona tili ustozimiz 
ismi ham gʻalati edi Tursunoy. Adashib qoʻyishgan ismini Tupurdixon qo’
yishlari kerak edi. 

Ha endi oʻquvchilar ham bosar
-tusarini bilmay qolgan" 

dedi Tursunoy ustoz menga boshdan 
oyoq mensimagandek qarab va labini burib deraza tomonga qarab oldi, xuddi xonada qarab 
boʻlmaydigan jirkanch narsa turgandek gʻazabdan yonib ketay dedim.

Bu yer maktab ustoz.. Uyalsangiz boʻlardi.

d
edim Tursunoy ustozga oʻta yomon nigoh bilan 
qaragancha u gapirmasidan Abdulloh ustozga qarab gapirdim. 

Abdulloh ustoz sizni Lochinbek 
ustoz chaqirdilar tez chiqarkansiz. 

dedim-u tezda xonadan chiqdim jahlim chiqardi hozir borib 
oʻsha Tupurdixonni sochini yulib ustiga chiqib olib yuzini beja
b tashlagim kelardi tishimni tishimga 
qoʻyib
, xonamizga kirdim. Ustozga qaramasdan zarda qilib, 
joyimga oʻtirib oldim
, Lochinbek ustoz 
ham hayron, 
hammaning koʻzi menda edi.

Nimadir boʻldimi?

dedi Husnora sekin. 




Dard boʻldi balo boʻldi

deya Husnoraga qarab 
baqirib yubordim hamma choʻchib sakrab tushdi.

Shahzoda oʻzingni bosib ol! Nima boʻldi kimdir gapirdimi
, men gaplashaman. 

dedi Lochinbek 
ustoz. E
ndi ogʻiz juftlab gapiraman deganimda

Abdulloh ustoz kirib keldi hamma oʻrnidan tur
ib 
salomlashdi men joy
imdan qoʻzgʻalganim ham yoʻq jiddiy boʻlib doskaga qarab oʻtirib oldim. 
Lochinbek ustoz menga qarab qoʻyib nimanidir tushundi shekilli oʻrnimdan turmaganim uchun hech 
nima demadi. 

Abdulloh sen qarab tur. Men universitetga oʻtib kelaman.

dedi Lochinbek ustoz va chiqib ketdi. 
Abdulloh xonani koʻzdan kechirdi xona toza edi jim joyiga oʻtirdi.

Qiladigan darsilar boʻlsa qilib turaveringlar. Shahzoda siz menga roʻy
xatni topshirmadingiz. 

dedi 
Abdulloh. 

Men roʻy
xat yozmayman Husnora yozadi. 

dedim. Gaplarim x
uddi Abdulloh ustozni gʻajib 
tashlashga tayyordek chiqardi, Hamma hayrat bilan menga qarar. Abdulloh ustozni yuzida kulgi hech 
nima demasdan kulib qoʻyib Husnoradan yozib berishini soʻradi. Husnora, Odina , Dilnavoz dars 
tugashini intiqlik bilan kutis
har nima boʻlganini soʻrash uchun yorilib ketgudek boʻlib oʻtirishardi. 
Qolganlar ham ulardan kam emasdi ayniqsa Zokir. 
Dars tugashi bilan Abdulloh ustoz chiqib ketdi. Hamma gʻuv qilib oldimga kelib atrofimni 
oʻrab olishdi. 
—Nima boʻldi? Nega bunday muom
ila qilding? 

Shunga oʻ
x
shash savollar yogʻilardi. 
Gʻazabdan " Stooop" deya baqirdim hamma jagʻini yumdi.

Abdullohjonbek ustozimizni Tursunoy ustoz bilan gaplashib oʻtirganida kirib qoldim. Boʻldimi? Jim 
boʻlinglar

deya baqirdim hammasi jim boʻldi. Fa
qat meni yoqtirmaydigan bir ikkita qiz yana 
Madina , Gulchehra, Sarvinoz uchalasi kesatib gapirishni uddalashdi.
“Buncha oʻzidan ketmasa”
dedi 
oralaridan Gulchehra labini buri
b. Oʻzimni bosib turdim eshitmaganga olib “
Tu
gʻri aytasan doim yosh 
oʻqituvchilarga oʻralashib yuradi”
dedi Madina. Bunisi oshib tushgandi chuqur nafas oldimda doska 
oldidagi doska tozalaydiganni oldim shahdam qadamlar bilan Madinani oldiga bordim va doska 
tozalaydigan bilan yuziga urdim. Yuzi oppoq boʻlib qoldi.

Oʻylab gapir hopmi? Oʻrgildim sendagi ibolidan mana senga tekin pardoz
, biram oppoq qizsaney 

dedim ustidan kulib hamma birdaniga kulib yuborishdi. Madina yigʻlab yubordi Gulchehra va 
Sarvinoz meni yoqamdan ushlashdi Husnora, Odina va Dilnavoz ham kelib endi bollardan battar 
uri
shishga tayyor turganimizda yana qora Qargʻa boʻlib Abdulloh ustoz kirib keldi. Bizni koʻrib yugurib 
kelib oʻrtamizga tur
ib oldi. 

Bu nima ahvol? 

d
eya baqirib gapirdi Abdulloh qoʻrq
q
animdan qoʻlimdagi doska tozalaydigan
ni 
Abdullohning tuflisiga tashlab yubordim. Asabiylashganida peshonasiga qoʻli bilan urdi va yonidagi 
Madinaga qaradi. Madina toʻxtamay yigʻlab turardi bir hamma ustidan kulganiga yigʻlasa bir ustozni 
oldida uyatli boʻlgandi. Abdulloh unga qara
b turi
b choʻntagidan dastroʻmolni chiqarib yuzini artdi 
hamma hayratda unga qaradi. 

Borib yuzingizni yuvib keling. Sarvinoz siz yonida birga chiqing 

dedi Abdulloh. Navbat menga 
yetdi menga qaradida 

Siz bilan alohida gaplashamiz hurmatli Shahzodaxon direktor xonasiga yuring men bilan. 

dedi 
jim hech nima demasdan xonadan chiqdim

Xozir Onatili oʻqituvchingiz keladi. Hamma oʻz joyiga


Dedi boshqalarga qarab. Men jim direktor 
xonasiga yurib borardim orqamda u kelardi xuddi ustimdan kulib kelayotgandek tuyulardi. Direktor 
xonasiga ozgina qolganda aylanib unga qaradim kutganimdek u kulib kelayotgandi.




Nimaaa? 
Deya baqirdim unga... U yana ham kuldi. 

Shunchaki, qizlar urushu boshqacha boʻlar ekan.

dedi va yana kula boshladi. 

Qiz va yigit urushi ham 
boshqacha boʻladi. Buni oʻzingizda sinab koʻrishingiz mumkin


dedim. 
Uning yuzi jiddiylashdi. 

Ichkariga kiring siz oʻqituvchi bilan qanday gaplashishni , maktabda oʻzingizni qanday tutishni 
unu
tib qoʻyibsiz.

d
edi unga gapirishni foydasi yoʻqligini tushundim. Qoʻrquv bilan d
irektor 
xonasiga kirdim ortimda u ham kirdi. Di
rektorimiz ayol kishi edi rosa ham maydakash, zerikarli oʻn 
minut gaplashgan odam oʻzini
-
oʻzi osvoraman deydigan edi.

Tinchlikmi? Shahzoda. 

dedi Di
rektorimiz koʻz oynagini sekin tu
shirib menga boshdan oyoq 
qaragancha. Men jim turdim oʻrnimga Abdulloh gapirdi.

Maktabdagi ichki qonun qoidalarini starsamiz unutib qoʻyibdilar. Qizlar bilan yigʻilib olib 
urushayotgan ekanlar ajratib oldim bir amallab. Oʻqituvchi bilan qanday muom
ala qilishni ham esdan 
chiqaribdilar yoki bizni yosh boʻlganimizga shunday qilishyaptimi bilmadim oʻzingiz tushuntirib 
qoʻying.

dedi Abdulloh va chiqib ketdi. Endi di
rektorimizning koʻzlari menga qaratildi dir
-dir titrab 
turardim. 

Bu nimasi? Siz maktabimiz f
aol oʻquvchilaridansiz umidimiz katta sizdan
. Dadangiz har kun telefon 
qilib oʻqishingizni soʻraydi! Endi bu nimasi? Sizga qanday chora koʻraman qizim.

Direktor shunday 
jonini jabborga berib gapirardilar-
ku yigʻlab yuboray dedim.

Boshqa qaytarilmaydi! 

d
edim oʻzimda kuch topib. 

Darsdan keyin qolib Xona tozalaysiz. Shaxsan oʻzim nazorat qilaman.

Hop! 

d
edim tishimni tishimga qoʻyib bugun ingliz tilidan imtixonim bor Ieltsdan test boʻladi. 
Ichimda Abdulloh va Madinani qargʻab, baxti toʻkis boʻlsin

deya yaxshilab soʻkdim
. Birozdan keyin 
qargʻash gunoh deya jim boʻlib
, xonamizga chiqdim. 
Xonada Tursunoy va Abdulloh dars oʻtishmoqda 
nega faqat shu ikkala bashari sovuq bizga dars oʻtisharkan deya hafsala bilan kirdim.

Qayerlarda yuribsiz Shahzoda! 

dedi Tursunoy menga boshdan oyoq qarab. 

Di
rektor oldidan keldi. Joyingizga oʻtiring!

dedi Abdulloh. Ikkalasining ham yuziga qaramadim 
joyimga oʻtirdim xonada shivir
-
shivir hammasi meni ustimdan nimalarnidir gaplashib oʻtirishgandi. 
Stolga 
boshimni qoʻyib koʻzlarimni yumib oldim Odina sekin qulogʻimga gapirdi.

Ahvoling yaxshimi Shahzoda? 

dedi sekin. Mening ahvolin shu qadar achinarli tuyildimi yoki 
yaqin dugonam boʻlgani uchun shunday dedim
ikin bilmadim. 

Yaxshiman. 

dedim boshqa gap
irmadim. Koʻp oʻtmay darsdan chiqdik ham. Shu 
holatda 
oʻtiraverdim. Undan keyin Geometriya keyin

rus tili darsi boʻldi bu darslarda ham hech nima 
demasdan oʻtiraverdim

hamma hayron edi. nihoyat soʻngi dars Biolog
iya edi. D
ars boshlanib oʻn 
minutcha vaqt 
oʻtdi. Yana sovuq basharasi bilan Abdulloh kirib keldi.

Biologiya oʻqituvchingiz mazasi qochib ru
x
sat olib ketibdi. Darsingizni qilib oʻtiraveringlar.
Dedi va joyiga oʻtirdi qarshimda menga qarab oʻtirardi uni xonada yoʻqdek tasavvur qilib Tarixdan 
testl
arim bor edi ishlab oʻtirdim. Abdullohning koʻzi ham teslarda edi.


10 

Xato qilding usha savolni javobini. 

dedi Abdulloh. Nima deding ham demasdan testimni 
yigʻishtirib olib sumkamga soldim. U ham menga qaramasdan Zokir bilan gaplasha boshladi dars 
tugashiga besh minut qolganda Lochinbek ustoz kirib keldilar. 

Hammasi joyidami? 

d
edilar shoshib kirib va boʻynidan galstugini yechib olib choʻntagiga solib 
qoʻydi.

Hammasi joyida oʻquvchilaring judaaa odobli ekan bir nechtasini aytmaganda.

dedi Abdulloh 
L
ochinbekga. Ustoz kulib qoʻydi.

Meni gapim bor edi sizga ustoz! 

d
eya Madina qoʻl koʻtardi.

Gapiring! 

Shahzoda bilan gaplashib qoʻymaysizmi? Bugun mening yuzimga Doska tozalaydiganni otdi.

d
edi koʻziga yosh olib. Shu yerni oʻzidayoq uni majagʻlab tashlagim keldi.

Shahzoda shu rostmi? 

dedi Lochinbek menga jiddiy qarab, 
ikkala qoʻlini Stol ustiga qoʻyib. Men 
gapirmadim sukut saqladim. Mendan sado chiqmagach Lochinbek qaddini tik tutib turdi. 

Bu uchun Shahzoda jazosini oladi. 

dedi Lochinbek Madinaga qarab. Madina mamnun joyiga 
oʻtirdi.

Ustoz Madinani oʻzida edi ayb.

d
edi Husnora oʻrnimdan tur
ib. 

sizni muo
mmoyingiz emas joyingizga oʻtiring.

d
edi Lochinbek. Chiqish uchun qoʻngʻiroq 
chalindi. Hamma narsalarini yigʻishtira boshla
di mendan tashqari qizlarga ketaverishlarini aytdim. 
Hamma chiqib ketgach Lochinbek va Abdulloh qoldi.

Mayli men ham boray. 

d
edi Abdulloh va menga kulib qarab qoʻyib chiqib ketdi.
Xonada 
ikkalamiz qoldik. Men yerga qarab jim oʻtirdim. Lochinbek sekin
joyiga oʻtirdi.

Bu nima ahvol Shahzoda men sizni tartibli qiz oʻylardim.

d
edi mendan koʻzini uzmasdan. Nega 
nohaq hap eshitishim kerak deya gapirishga tushdim. 

Siz Abdulloh ustozni chaqirish uchun yuborganingizda ustozni Tursunoy ustoz bilan opoq-chapoq 
boʻlib gaplashib oʻtirishgan payti kirib qoldim eshik oʻzi ochiq turgan ekan oʻshandan keyin boshlandi 
hammasi. Madinaga kelsak meni haqorat qildi, 
“yosh oʻqituvchilarga osilib yuradi”,
deb shunga 
yarasha javobini oldi. 

dedim men ham unga tik boqib. 

Tushunarli. Lekin Abdulloh bilan ham gaplashaman endi ketishing mumkin! 

Abdullohxon direktor oldiga olib chiqganlar xona tozalashim kerak. 

d
eya oʻrnimdan tur
ib 
supurgi va boshqa narsalarni olib kela boshladim.

Abdulloh oʻzi senga yordamlashadi!

dedi Lochinbek men gapirmasimdan xonadan chiqib ketdi. 
Biroz oʻtib Abdulloh kirib keldi. menga gapirmasdan jim stollarni chetorqqa surib stullarni stolni 
ustiga olib qoʻya boshladi hayratda edim menga yordam bermoqchimi? Deya Lochinbek boʻlsa biroz 
qarab 
turdiyu joyiga oʻtirib nimalarnidir yozdi. Xonani supurib boʻlgacha ketmoqchi edim Abdulloh 
toʻxtatdi.

Yuvib ham ol. Suvni olib kelib beraman oʻzim.

d
edi va paqirni koʻtarib chiqib ketdi. Bu tartibli 
janobning tabi nozik yuvib ham olish kerak yuvib olganimdan keyin changlarni tozalab chiqasan desa 
ham hayron qolmayman. Abdulloh bilan ham yaxshi muomala 
bilan gaplashsa boʻlarkan ancha 


11 
chiqishib oldim yoki Lochinbekni yonida oʻzini shunday tutmoqda yoki rost
dan ham muomalasi 
yaxshi. Xonani yuvib ham chiqdik. 

Endi ketishim kerak repititorga ham borishim kerak! 

dedim Abdullohga. 

Oʻzimiz tashlab qoʻyamiz.

dedi Lochinbek. 

Rahmat dadam olib borib qoʻyadilar


dedim va boshqa gapirmadim sumkamni oldim-u darrov 
xonadan chiqdim endi xonadan chiqishimga Direktorimiz kelayotgan ekan men xonani tozaladimmi, 
yoʻqmi shuni tekshirish uchun kelayotgani aniq


Xona tozalandimi? 

dedi menga qarab. 

Ha tozaladim. 

Tartibli boʻling siz haqingizda yomon gap eshitib oʻrganmaganmiz!

dedi direktor va xonaga 
qarab ham qoʻymasdan ortiga qaytib ketdi. Lochinbek va Abdullohning baqirib kulgani va 
gaplashayotganini eshitdim qiziqqonligim tutib eshikga yaqinroq borib turdim. 

Lochin shu qizni shunaqangi urub oʻldirib qoʻygim kelmoqda. Nega meni unga yordam ber
deb 
iltimos qilding oʻzi! 
Xuddi yonimda amerikadagi musr idishlar yonida yashaydigan odam bilan birga 
yurgandek his qildim oʻzimni "

dedi Abdulloh. Baqirib yigʻlab yubormaslik uchun qoʻlimni ogʻzimga 
qoʻydim. Koʻzimdan yoshlar oqa boshladi.

Nima qilay 
oʻzim yordam bersam notoʻgʻri tushunardi. Oʻzim ham bir amallab chidab turubman 
shu qizga bir aqlini kiritib qoʻyardim
-
u yoshda hali. Chidaymizda oʻqishni tugatishim bilan shu 
maktabdan ketaman koreysda magistrni davom etaman. 

dedi Lochinbek. Abdulloh yana 
gapirishga tushdi ammo eshitishga kuchim yetmadi. Bir amallab maktabdan chiqib oldim taksiga 
oʻtirib uyga keldim repititorga ham borgim kelmadi. Yigʻlab
-
yigʻlab u
xlab qoldim. Abdulloh meni 
shunday jirkanch tasvirlagandiki, 
buni hazm qilib boʻlmasdi.
O
dam ich ichidan siqilaversa kasal boʻlib qolarkan hech nima yeyolmas tamogʻidan suv 
oʻtmaskan. Ikki kun xondam chiqmay faqat isitmalab yotdim dadam va onam 
xayron edilar tuppa-
tuzuk yurgan qizlari toʻsatdan kasal boʻlib qolsaya. Ikki kun telefonimni ham yo
qmagandim. Husnora 
uyga kelib ketdi unga hammasi yaxshi ekanligini qizlarga aytishini iltimos qildim boshqalarga boʻlsa 
mazasi yoʻq ekan deb qoʻyaver degandim. Uchinchi kun ozgina oʻzimga kelgandek boʻldim baribir 
koʻzlarimda qandaydir soʻlgʻinlik bor edi.
Xonamdan chiqdim havo insonga juda yoqadigan mayin 
shabada daraxtlardagi qushlarning shabadaga mos chugʻurlashi eshitilib turardi. Onam yonlariga 
chiqib nonushta qildim. Hali erta edi shoshilmasdan darsga yoʻl oldim. Aniq vaqt endi dars 
boshlanishiga qoʻngʻiroq chalinganida xonaga kirdim kimyo darsi edi. Hammaning koʻzi menga 
qadalgan. Yaqinlarim bilan salomlashdim, boshqalarga shunchaki " Salom" deyish bilan cheklandim. 

Lochinbek ustoz qattiq urishgan shekilli ikki kun darsga kelolmadi. 

dedi Madina shivirlab. 
Gaplarini eshitsamda eshitmaganga oldim jim boʻlish ma’qul koʻrdim. Kimyo oʻqituvchimiz kirib 
keldilar biz bilan salomlashib endi joylariga oʻtirganlarida Lochin kirib keldi.

Davomat yaxshimi? Tekshiruv bor tanaffusda xonaga va formaga 
qarab qoʻyasizlar bundan keyin 
mening darsim-a? 

dedi, h
ammaga qarab. Keyin koʻzi menga tushdi qaradi
-yu boshqa tomonga 
qarab yana aylanib menga qaradi koʻzlariga ishonmadi shekilli men ekanligimga.

Starsamiz tirik ekan-ku! 

dedi kesatibgina menga qarab. Gapirmadim unga qarab ham 
qoʻymadim hech nima boʻlmagandek daftar kitobimni oldim. 

Uzr ustoz darsingizni boʻldim


dedi Kimyo ustoziga qarab va chiqib ketdi. 


12 

Sizlarga nima boʻldi Shahzoda?

d
edi Odina sekin qulogʻimga.

Hech nima Odina keyinroq gaplashamiz eslatma. 

dedim. Eslashni xohlamasdim. Odina ham 
bilardi, 
agar juda yomon muommo boʻlgan boʻlsa

oʻzim aytishimni kutishi
, kerak, qachon yengil 
tortsam oʻshanda aytardim.
Kimyo darsi nihoyat tugadi men Molekulalar qandaydir zarrachalar deyishlarini umuman 
tushunmayman ustozimiz hayot molekula deydilarmiyey, yoki qandaydir jadvalni yodlatadilarmi, 
qancha oʻqisam ham shu fanni tushunmasdim. Ikkinchi dars uchun qoʻngʻiroq chalindi “
Buyuk

ustozimiz Lochinbekni darsi, 

ingliz tili

shu fa
nni qancha yaxshi koʻrsam doim dur
u
st oʻqituvchi 
kelmaydi. Lochinbekni bilimi boʻlgani bilan oʻzi bir dordan qochgan

koʻzimga shunday yomon 
koʻrinib qoldiki
, anavi Shillanka Abdullohniku aytmay. 

Dars qalay boʻldi?

d
eya kirib keldi Lochinbek. Qoʻllarida oq listlar bor edi. Joyiga oʻtirmasdan 
hammaga tarqatib chiqdi. 

Qani boshladik oʻn minut vaqt juda oson ingliz tilini endi oʻrganib boshlaydiganlar oʻtadigan 
mavzular. 

d
edi Lochinbek va joyiga oʻtirdi. Hamma tipirchilab qolib test ishlashga tushib ke
tdi 
ingliz tilini tayyorlanadiganlar uchun bu hech nima emasdi. Bilmaydiganlar boʻlsa shivirlab bizdan 
soʻrashar
, test qandaydir 
qizgʻin edi. Lochin bizni oʻzgacha zavq bilan kuzatardi. Hammadan oldin biz 
toʻrtala dugona tugatdik. 

Boʻldi vaqt tugadi. Shahzoda testlarni yigʻib chiqing.

Men unga hech nima demadim Husnorani 
turtdim. U hammasini tushunib darrov turi
b testni yigʻishga tushdi. Lochin menga shunday qaradiki

sovuq ter bosdi. Yerga qarab oldim. Bir pasda Husnora t
estlarni yigʻib chiqdi. Lochin
tesrlarni 
aralashtirib tashlab yana oʻzimizga qaytardi. Menga Madina bilan yuradigan Sarvinozniki tushdi

meniki oʻshalardan hech biriga tushmagan boʻlsin deb qoʻydi
m ichimda. 

Men javoblarni aytaman doʻstim yoki dushmani

demasdan aniq javoblarni toʻgʻri yoki notoʻgʻri 
shunday belgilab chiqing! 

dedi Lochin va javoblarni biri-ketin ayta boshladi 20 ta testdan sarvinoz 
12 tasini toʻgʻri yechibdi. Rep
e
titorga nima uchun boradi bu bilmayman. Ikki yildan beri oʻyin kulg

uchun borsa kerak. 

Hamma oʻrnidan turub " Menda buniki 20 tadan bunchasi toʻgʻri!" 
deb aytadi qani ketdik ... Eng 
koʻp ishlaganki 16 
-15 ta edi Meniki chiqmasdi, ichim qizib kutardim, nihoyat Madina turib 
Shahzodaniki 20 ta dedi va ensasini qotirib oʻtirdi. Husnora, Odina va 
Dilnavoz ularniki teng 19 tadan 
chiqdi. Xullas eng koʻp ishlagan biz boʻldik.

Tabrikliman qizlar! 

dedi Lochin bizga. 

Rahmat! 

dedik birgalikda. 

Birovdan koʻchirgan oʻzi bunchalik ishlolmasdi!

d
edi Madina oʻrnidan tur
ib. 

Ishlolmaganing alam qil
dimi? Qayerdandir kuygan hid kelgandek boʻlayotgandi oʻzi
, sen 
ekansanda?! 

dedim unga qaramasdan. 

Shahzoda sinfdoshlaringiz oʻzingiz ishlaganingizga ishonishmadi. Har bitta savolni tushuntirib 
javoblaringiz toʻgʻri ekanini isbotlab bering.
Lochinbekga 
yov qarash qilib oʻrnimdan turdim va savollarni asoslab ja
voblarini ayta boshladim 
hammasi jim. Testni tugatgach Madinaga qaradim. 

Ichi qoraning ishi yurishmagan. 

d
edim va joyimga oʻtirdim.


13 

Yaxshilik gʻolib boʻladi Shahzooo men sen tarafman.

deya o
xirda oʻtirib baqirdi Zokir.

Dars ham tugab qolibdi. Keyingi darsimiz juma kuni ekan universitetdagidek dars boʻladi. Bugun 
testda yaxshi natija olganlar Keyingi darsga tayyorlanasizlar, 
Husnora men bilan bogʻlanasiz 
bugundan siz starsa boʻlasiz!

dedi 
Lochin mendan koʻzini uzmasdan Husnoraga gapirdi
, bir yengil 
tortdim. 

Ustoz men! Shahzoda starsaku! 

d
edi Husnora duduqlanib. Oyogʻiga sekin tepib qoʻydim.

Endi siz boʻlasiz Shahzoda mas’ulyatsiz boʻlib ketdi.

dedi menga qarab ensasini qotirib.

Oʻrgildim mas’
uloyatdan. 

dedim sekin ammo buni Lochin eshitadigan darajada aytgandim. 

Shahzodaxon bugundan oʻquv markazingizdagi Ielts topshiradiganlardan bir oylik imti
honni men 
olaman nimalarni bilarkansiz oʻqituvchilarni nazarga ilmaydigan darajada 
shuni bilib olamiz. 

dedi 
Lochin zaharhandalik bilan.

Himmatingizni cheki yoʻq.

n
egadir Lochinga toʻgʻridan
-
toʻgʻri oʻzidek muom
ala qila boshladim, 
endi Abdulloh bilan qanday gaplashar ekanman bilmayman. 
Bitta qurimsoqnikidan keyin Oʻzbekiston 
tarixi Abdulloh kiradi. O
ʻzimni ruhan u bilan oʻz
idek muomila qilishga tayyorlay boshladim yana 
ifloslik qilib meni di
rektor oldiga olib tushishdan ham qaytmaydigan ahmoq bilan oʻzidek muom
ala 
qilishga ham qoʻrqadi kishi.

Assalomu alaykum! Uzr ozgina ushlanib qoldim. 

d
eya kitoblar va listlar koʼtarib Abdulloh kirib 
keldi. Hamma listni koʻrib yana testmi deya shivirlab uf tortishdi.

Hech qanaqa test emas. 

d
edi Abdulloh. U ham Lochindek menga qaradi aniqrogʻi hayra
t bilan 
men unga javoban jilmaydim u boʻlsa
gʻalati boʻldi 
x
uddi oʻzini tok urgandek tutdi va joyiga oʻtirdi.

Bugungi mavzuni kimdan soʻrashni boshlaymiz.

dedi Abdulloh jurnalni ochib. 

Dars qoldirganlardan soʻrang ustoz!

d
edi Madina oʻrnidan tur
ib nozlanibgina. 

Haqiqatdan ham, 
Shahzoda, Odina va Shokir doskaga chiqinglar. Bugungi mavzuni uchga boʻlib 
gapirib berasizlar. 

dedi, Abdulloh hammaga gapiryapti
—yu koʻzi menda. Hech qanday e’t
irozsiz 
doskaga chiqdim ortimdan Odina ham. B
iz bu mavzularni allaqachon oʻrganib olgandik. Od
ina 
ikkalamiz qiynalmasdan gapirdik. Abdulloh atayin menga qiyin savollar berar, men ham bilsamda 
biroz oʻylanib qolib javob berardim. Shokir bechora Tarix fanining T harfini ham bilmasdi
, bechora 
gapiraman deb terga botib ketdi. Abdulloh uning qiynalib gapirishidan charchab keyingi darsga 
tayyorlanib kelishini ta
’kidlab joyiga oʻtirgizd
i
. Men ham joyimga oʻtirganimdan keyin sekin ortimga 
aylanib Madinaga ustidan kulgandek qarab qoʻydim.

Shahzoda kelmagan darsingiz uchun qoldirilgan dars ishlanmasi qilasiz! 

dedi Badulloh 
toʻsatdan.

Biz universitetda emasmiz ustoz. 

Bu mening talabim men shunday dars oʻtaman. 
Xohlamasangiz umuman darsimga kirmang. 

dedi u surbetlarcha. 

Kiraman deb oʻlib tur
ibmanda. 
Abdullohning yuzi qizarib ketdi, endi gapirish uch
un ogʻiz juftlaganida Lochin kirib keldi tez majlisga 
chiqinglar deya. Hamma chiqq
an atayin oxirda chiqdim Abdulloh menga oʻljasiga tashlanmoqchi 
boʻlayotgan sherdek qarab turardi.


14 

Insonni qandaydir musurga tenglashtirishni Alloh oʻzi jazosini bersin!

dedim. Hamma chiqib 
ketgach xonada Lochin va Abdulloh bor edi. Ikkalasining ham koʻzlari katta katta boʻlib ochildi.

Sen!? 

dedi Abdulloh. 

Devorning ham qulogʻi bor ustoz.

dedim Lochinga qarab oldilaridan vi
qor bilan oʻtib ketdim 
ikkalasi ham bir-biriga qa
rab qolishdi ular ustidan birinchi gʻalabam.
Majlisda di
rektorimiz tinmay davomatni yaxshilang, formaga qarang, yaxshi oʻqing deya 
gapiraverib ogʻzi ogʻrib ketmadi

uni koʻrib men charchab ketdim
, lekin direktorimiz charchamadi. 
Endi gapini tugatdi deganimda 
toʻsatdan Abdulloh , Lochin, Tursunoy (Aniqrogʻi Tupurdixonni) larni 
maqtay boshladi. N
imamish yaxshi dars oʻtishatmish

oʻquvchilar ular dars oʻtishini maqtashganmish

endi faqat yangi oʻqishni tugatayotgan yosh kadrlarni ishga olarmish
, bu gaplarni eshitgan yoshi katta 
oʻqituvchilar bir silkinib D
i
rektorimizga qarab qoʻyishdida

uchalasiga sizlarni yoʻqotamiz deganday 
qarab turishdi. Majlis tugaguncha oxirgi darsimizning yarmiga ham kelib qolgandi, hech kim 
oʻtirmasdan uyiga ketdi.
Qizlar bilan men ham uyimga ketdim. O
ʻ
quv markazga borishim kerak, u 
yerda bugundan Lochin ( Aniqrogʻi Sariq Shillanka) test olishini aytgan
. Uyga kirib borishimga onam 
oldimga kulib chiqdilarda, 
meni quchib yigʻladilar.

Ona nimaga yi
gʻlaysiz?

Nima boʻldi?
! Dadam bilan urushib qoldingizlarmi?! 
Ichimda qandaydir qoʻrquv paydo boʻldi
, bir lahzaga hamma narsani unutdim xayolimga 
onam bilan dadam ajrashadi degan taxmindan boshqa hech nima kelmadi. Chunki oldin ham 
shunday kulib kelib meni quchib olganlarida Dadam bilan ajrashmoqchi ekanliklarini aytgandilar. 
Dadam baribir oʻgʻil farzandlik boʻlishini 
xohlashlarini bilib turardim. 

Nega unday deysan qizim? Seni katta boʻlganingni bilmay qolibman bugun sovchilar keldi!

dedi 
onam kulib. 
Qotib qoldim bu qanaqasi? Oʻzim yosh bola boʻlsam
, menga sovchi keladimi? 

Onaaa qaysi dordan qochgan sovchi yuboradi hali yosh bolamanku? 

dedim jonim halqumimga 
kelib. X
uddi sovchi keldi degani joningni olgani Azroyil keldi degandek boʻldi.

Oʻn yettiga kirding yosh bolaliging qolibdimi? Keyin seni 
hali turmushga bermaymiz xavotir olma. 
Oʻsha dordan qochgan deganing oʻzing bilan birga 
o
ʻ
quv markazga boradigan yigitdan ekan. Ismi 
esimda qolmadi. 

Kimligini darrov tushundim universitetda oʻqiydigan yigit edi ismi Sanja
r. Darsga 
boray boplab adabini beraman deya darrov kiyinib qizlar bilan o
ʻquv markazga yoʻl oldim. Xonaga 
kirishimiz bilan birinchi koʻzim Lochinga keyin Sanjarga tushdi. Ikkalasi ikki dunyo boʻlib menga 
qarashdi Lochin qanday sovuq chehra bilan kutib olsa Sanjar shunday ochiq chehra mehrli nigoh 
bilan meni kutib oldi. 
Ichimda " Tavba " deb qoʻydim aksiga olib menga Sanjarning yonidan joy 
qolgandi. Nima boʻlsa boʻlar deya yoniga oʻtirdim.

Salom! 

dedi Sanjar kulib. 

Va alaykum assalom akasi yaxshimisiz? 

dedim har doimgidek hazil bilan hech nimadan xabarim 
yoʻqdek.

Ajoyibsizda! 

dedi Sanjar kulib. Mendan k
atta boʻlsa ham 
Sanjar deb ba

zida Akasi deb hazil qilib 
gapirardim.

Testni boshlaymiz! Bugungi grammatika va Speakingdan test olaman keyingi darsda qolganidan 
shundan keyin dara
jangizni bilib olib qattiqroq shugʻullanaman hammaga tushunarlimi?

dedi 
Lochin. 
Hammamiz " Tushunarli" dedik. 


15 

Tushunarlimi? Yoki Understand. 
Hammamiz gramatikadan test ishladik ozgina qiynaldim grammatikamda muammo borligini 
bilardim lekin speakingda h
ayajon ham boʻlmadi. Oldin gapirishda hayajonlanardim Lochinning 
oldida oʻzimga ishonchim ortdi. 
X
uddi unga nimalarga qodir ekanimni koʻrsatib qoʻyish vaqti 
kelganidek magʻrur gapirdim

oʻzi ham biroz gangib qoldi. Kutmagan sheklli bunday gapirishimni.
K
ech ham boʻlib ketdi

shom payti oʻquv markazdan chiqdik.

Qizlar 
kuzatib qoʻyaymi?

dedi Sanjar kelib
. Toʻrtalamiz bitta joyda taksi kutib turganimizda


Rahmat oʻzimiz yetib olamiz!

dedi Odina. 

Ex mayli! Shahzoda sizni bir daqiqaga gapim bor edi. 

Gapiravering! 

dedim x
ijolat boʻlib


Iltimos noqulay. 
Qizlar yonida uyaldi shekilli xo

p deya qizlardan ozgina uzoqlashdik. 

Bugun uyingizga onam borgandilar sizning javobingiz qanday? 

S
anjar mendan koʻz uzmay 
gapirdi. Noqulay ahvolga tushib qoldim-u 
darrov oʻzimni o’
nglab oldim. 

Uyimdagilar nima degan boʻlsa oʻsha boʻladi! Keyin Sanjar akasi men juda yoshman orzularim koʻp 
maqsadlarim ham hali beri turmushga chiqmi
man ungacha siz qari boʻlib qolasiz!

dedim va 
oʻzimni gapimga kulib yuboray dedim. “
Qari 
boʻlib qolasi
z

tavba qanday qilib darrov qari bo

lib 
qoladi hali yosh-ku ancha. 

Kutaman qancha boʻlsa ham juda qarib ketmayman 
xavotir olmang! Mayli yaxshi yetib oling! 

deya kuldi Sanjar. 
Yugurib qizlar yoniga qaytdim va taksi ham keldi taksiga chiqib uyga ketdik. Qizlar mendan 
oldin tushishardi. Oxirda bitta oʻzim qoldim qorongʻu ham tushub qoldi rosa qoʻrqdim nazarimda 
taksist 
meni oʻldirib ketadigandek tuyuldi koʻchamizga kirishim bilan yengil nafas oldim.
Taksidan 
tushib, endi darvozamiz oldiga yetganimda uyimizda ozgina uzoqda 
Sanjar moshinasida oʻtirganiga 
koʻzim tushdi
. X
ayron qoldim uyga oʻylanib kirdim.

Buncha kech qolding Shahzoda!? 
Deya baqirdi dadam. 
qoʻrib ketdim. Qotib qoldim. Biroz dadamga qarab tur
i
b yigʻlab yubordim 
yuragim tez-
tez urar oyoqlarim qaltirab juda qoʻrqardim toʻsatdan dadamning baqirganini 
kutmaganimgami oʻzimni tutolmay qoldim yigʻlab yubordi.

Shahzoda tinchlan boʻldi qizim. Nega kech qolding telefoning ham oʻchirilgan.

dedilar dadam 
yonimga kelib. Keyin o
zroq oʻzimga keldim.

Testda telefonlarimizni olib oʻchirib qoʻyishgan esimdan chiqibdi dada kechiring!
Yigʻlab gapirardim 
dadam peshonasiga shapatiladilarda. 

boʻldi qizim yigʻlama endi bunday qilma bir oʻlib tirildim.

d
edilar peshonamdan oʻpib.
Xo


deya ozroq yengil tortib xonamga kirdim. X
ayolim yana oʻsha Sanjarda edi.
Oynaga qaradim yuzim lovullab yonib turgan oʻzimga
-
oʻzim tushunmasdim. Nega bunchalik 
hayajonlanayapman? Sanjarni debmi? Yoʻq
-
yoʻq men sevgi degan narsalarga bosh qotirmayman. 
Oʻqish
im kerak ota onam yuzini yerga qaratmayman. Dadamning ishonchini oqlashim kerak ammo 


16 
bu qanday tuygʻu? Bu shunchaki qiziqish boshqa hech nima emas men doimgidek magʻrurman. 
Oynaga qarab oʻzimga
-
oʻzim shu soʻzlarni aytdim. “Buncha koʻp qolib ketding
Shahzoda, chiq 
ovqatlanamiz

deya onam chaqirdilar yuzimni muzdek suvda yuv
ib oʻzimga kelib olib ularning oldiga 
chiqdim. O
vqatlanib boʻlgach endi narsalarni yigʻishtirayotsam dadam qoʻymadilar.

Tinchlikmi dada? 

dedim onam jim edilar dadamning yuzida jiddiyl
ik qandaydir ogʻriqli dard bor 
edi dadamning chehrasida. Toʻsatdan hayolimga bugungi sovchilar keldi. Lekin sovchi kelganida 
bunchalik oʻychan dard bilan oʻtirmasdilar.

Qizim, bilasan mening yakka-yu yagona farzandimsan
. Seni koʻnglingni ogʻritishni 
xohlamaymiz 
onang bilan sen uchun yashab yurubmiz bu dunyodagi suyanchigʻimizsan. —
deya dadam uzoqdan 
gapira boshladilar, odatda bunday gapirmasdilar. 

Dada ochigʻini aytavering!

dedim dadamni qiynalishini xohlamadim. 

Uyimizda mehmonsan qizim kun kelib seni 
oʻz uyingga kuzatamiz merosxoʻrim yoʻq. Agar qarshi 
boʻlmasang onang bilan mehribonlik uyidan senga uka asrab olmoqchimiz sen 
xohlamasang mayli 
ochiq aytaver. 

d
edilar dadam oxirgi soʻzlarini aytganda dadamning ovozi shunchalik titroq va 
ogʻriq bilan chiqdiki yigʻlab yubordim dadamni quchib oldim.

Men roziman dada ukalik boʻlish orzuyimku! Oʻzimga oʻxshagan shoʻx boʻlsin faqat hopmi?

d
edim dadamning boʻynidan quchib onam yigʻlab chiqib ketdilar

dadam sezdirmasdan koʻz 
yoshlarini artdilar. Onamga ham osonmasdi. 

Barakalla qizim sendan koʻnglim toʻq. Oʻzingga oʻxshagan shkalad oʻgʻrisidan olib kelaman


dedilar kulib. 
“Shkalad oʻgʻrisi”
deyishlarini sababi dadam doim ishdan kelgach menga ikkita shakolad 
olib kelardilarda bittasini berardilar, bittasini ertalab 
beraman deb olib qoʻyardilar
, lekin men 
isk
ovuchlik qilib topib olib ertalabgacha yeb qoʻyardim.
Dadam bilan ancha gaplashib oʻtirdik 
kichkinaligimdagi jinniliklarimni aytib berib rosa kuldirdilar. Keyin xonamga kirdim darslarimni ham 
qilishim kerak e
di telefonimni zaryadga qoʻyay deb yoqsam xabar kelgan ekan
, Janobioliylari 
Lochindan. 

Sanjar bilan juda yaqinmisizlar

deb yozilgandi. Testni ham Sanjar bilan teng ishlab 
boʻlgandim
, Speakingni ham undan keyin topshirgandim, kulishib gaplashib turganlarim
ni koʻrgan 
shekilli. Xabariga javob yozishni x
ohlamadim. Telefonimni zaryadga qoʻyib endi dars qilayotsam yana 
xabar keldi. 
“Uyingga kuzatib qoʻydimi?”
Men: 
“Juda yaqin emasman bugun sovchi joʻnatibdi.”

deya yozib yubordim. 
Lochin: 

Gaplashishingizdan o
ʻ
n yillik tanishdeksizlar. Rozilik berdingmi?

MEN:
“Buni oʻzim hal qilaman ishingiz boʻlmasin!”
Lochin: " ???" 
Shunday soʻroqlar qoʻyib yuboribdi. Ichimda oʻzing shunday soʻroqga oʻxshagan qiyshiq shillankasan 
deb qoʻydim.
Maktabga yoʻl olar 
ekanman kun sayin katta hayotga yaqinlashayotganimizni sezardim 
oldingidek yosh bolacha oʻyin kulg
ilar kamayishi, ota onaga endi oldingidek, erkalanishlar kamayadi, 
eh, 
katta boʻlishni 
xohlamayman. Xonamizga kirib borar ekanman Abdulloh menga yov qarash qilib 
qarab oʻtirardi

kech qolganim yoʻq nega bunday qarayapti bilmayman
, mendan boshqa hech kim 
ham kelmagan. Ertalabdan kelib olibman 

Assalomu alaykum. 

dedim-u oxiri
roqga oʻtib oʻtirdim



17 

Va alaykum assalom. Oʻsha kungi soʻzlarim uchun kechirasan!

dedi Abdulloh nihoyat aybini tan 
olib kesakdan choʻ

chiqqandek boʻldi.

Menga qizigʻi yoʻq.

dedim va tarix testlarimni olib chiqib ishlay boshladim. 

Qizigʻi boʻlmaganisa ikki kun telefoningni oʻchirib qoʻyib kasal boʻlib qolmasding. Kel aybimni 
yuvish uchun s
enga qoʻshimcha unive
rsitetga kirish imtih
onida aniq tushadigan savollarni oʻrgatib 
boraman. 

Rahmat nasib qils
a oʻz bilimim bilan kiraman ishingiz boʻlmasin


Men senga oʻrgatmoqchiman. Senga befarq ham emasman bilarsan!

dedi u boshqacharoq 
qarab va 
oʻrnidan turdi. U tengi men ham oʻrnimdan turdim men tomin kelayotganida men ham u 
tomon bordim-u bir musht tushurdim. Abdulloh buni kutmagandi, muv
ozanatni yoʻqotib yiqilishiga 
oz qoldi. Oʻng qoʻli bilan yuzini ushladi.

Men senga nima qildim galvars! 

dedi Abdulloh jahli chiqib. 

Hali kam bu sizga. 

deya uni kitobimni olib urushga tushdim. Bunisi musur deganingiz uchun 
bunisi urushganingiz uchun bunisi Tupurdixon uchun shu soʻzlarni aytib uni kitob bilan urardim u 
boʻlsa '" Bas qil ajina" deya xonani gir ay
lanib qocha boshladi ortdidan yosh boladek quva boshladim 
oxiri charchab doska tozalaydiganni oldim. 

Otsang oʻldiraman.

deya hansirab baqirdi Abdulloh. 

Qamalib ketasiz. 

deya uni ortidan doska tozalaydiganni olib quvdim Abdulloh eshikka qarab 
yugurdi eshikdan chiqmasidan otay deb otdim padariga limonad Lochin kelib qoldi. Doska 
tozalaydigan uning yuziga tegdi. Tozalaydiganni yuvib qoʻyishgan ekan 
ho

l edi. Lochinga qarab meni 
nima kutishini oʻylab yut
i
nib qoʻydim.
Lochin oldin Abdullohga qaradi Abdulloh kastyumi tugmalari 
ochilgan galstugi alka
sh odammikidan batar ahvolda, sochi toʻzgʻib ketgan
, kitob bilan rosa yeganda. 
Keyin menga qaradi men yuguraverib charchab hansirab nafas olib turardim, Lochinning yuziga 
qoʻshib ikkala qulogʻi ham qizarib ket
di.

Nima qilib yuribsan? 

deya baqirib yubordi, titrab ketdim. Nima deyishni bilmayman dir-dir 
qaltirayapman sekin sinfdoshlar kirib kela boshlashdi bizga juda boshqacha manoli qarashardi nima 
qilishni bilmasdim noqulay ahvolga tushib qolgandim. 

Lochin yur men bilan. 

dedi Abdulloh va Lochinni sudragdek qilib olib chiqib ketdi. 

Nima boʻldi?

dedi Husnora yugurib kelib qotib qolganimda x
ayron boʻlib.

Keyin aytaman hozir bitta narsani aytishim mumkin men doska tozalaydigan bilan Lochin ustozni 
yuzini bejadim. 

d
edim qilgan ishimdan afsuslanayotganim yoʻq edi.

Bu nimasi Abdulloh? Nima qilib yuribsan? 
Lochin Abdullohni urisha boshladi yuzi qizarib ketgan. 

Hech nima qilmadim. 
Loʻli buncha qizarib ketding?

dedi Abdulloh xotirjam. 

Ahvolingga qara 
ahmoq qassobni qoʻli
d
an qochgan qoʻyga oʻxshab tur
ibsan! Tinchgina maktabdan 
ketaylik, tinchgina tushundingmi? 

d
edi Lochin jigʻibiyron boʻlib.

Tushundim tinchgina. Oʻzi boshladi urushni Lochin. Bu qiz emas baloyi
-ofatlar uyasi.

Nimaning uyasi boʻlsa ham aftingni toʻgʻirlab darsingni oʻt bor. Oʻzimizga gap tek
ki
zadigan boʻlma.


18 

Okay. 

d
eya Abdulloh ust boshini toʻgʻirladida yana xonaga qaytdi
. Abdulloh hamma bilan 
salomlashib joyiga oʻtirdi
-
yu baqirib yubormaslik uchun ikkala qoʻlini ogʻzi bilan berkit
di. Yuzi xuddi 
pomidordek qizarib ketgan portlashga tayyor bombani eslatardi. Hamma xayron unga qaradi. 

Tinchlikmi ustoz!? 

dedi Madina
. Abdulloh javob bermas shu bezovtaligida oʻrnidan turdi
. Va 
ikkala qoʻlini musht qilib stolga urdi hamma bir sak
rab tushdi. 

Kimni ishi bu? 

dedi Abdulloh baqirib. 

Nimani aytyapsiz ustoz? 

dedi Sarvinoz. 

Stulimga kim mix qoʻydi?

Nima? 

dedi Zokir va hoxolab kulib yubordi, biroz turib hamma kuldi Shahzodadan tashqari. 

Shahzoda qoʻygan ustoz beshinchi sinfligi
m
izda ham bitta oʻqituvchimizni shunday qilgandi


d
edi Madina oʻrnidan tur
ib. Shahzoda ham sakrab turdi. 

Men hech nima qilganim yoʻq ustoz. Tu
hmat bu! 

d
edi Shahzoda. Abdulloh gʻazab bilan kelib 
Shahzodani qoʻlidan tortqilab ketdi " Xonadan chiqmanglar" 
deya boshqalarga qarab baqirdi. 
Hamma darsda boʻlgani uchun kalidorda hech kim yoʻq edi boʻsh xonalardan biriga kirib eshikni ham 
yopib Shahzodaga gʻazab va nafrat bilan qaradi.

Men hech nima qilmadim. 

d
edi Shahzoda koʻzi yoshga toʻlib.

Unda kim qildi? 
Sendan boshqa kim men bilan oʻynashadi? Sen qilgansan sen endi mendan 
yaxshilik kutma. 

deya Abdulloh Shahzodaga qarab qadam tashlay boshladi. Shahzoda 
qoʻrq
qanidan 
ortga qarab qadam tashladi baqiray desa hammani oldida sharmanda boʻlib gapga 
qoladi. Abdulloh Shahzodaga yaqinlashishiga uch qadam qolganida eshikni tepib ochib Lochin va 
Zokir kirib kelishdi Abdulloh toʻxtab Ularga aylanib qaradi..

Abdulloh. 

Abdulloh bu nima ahvol? 

deya Lochin shunchaki baqirmadi, 
u oʻljasiga tashlanayotgan sherdek 
oʻkirdi
.. 

Nima qilganini bilasanmi bu kasofatni? 

dedi Abdulloh ham u tengi Lochinga baqirib. 

Men qilgandim uni ustoz! Shahzodani xafa qilgandingiz shuning uchun qildim. Kechirasiz! 

dedi 
Zokir shoshib. Abdulloh hech ikkilanishsiz Zokirni kelib yoqasidan ushladi. 

Nima haqqing bor edi? 

Kechiring boshqa takrorlanmaydi. 
Shahzoda yigʻlab yuborgandi.
Lochin sekin uni yoniga oʻtdi.

Shahzoda yigʻlashni toʻxtatib xonaga chiq. Oʻzim hal qilaman.

d
edi Lochin. Abdulloh koʻzimga 
juda tuban inson
dek koʻrindi. Lochinga qarab qoʻydim
-u xonadan chiqdim. O
ʻ
zimizni xonamizga 
kirganimda hammaning koʻzi menga qadalgandi. Kiprigim koʻz yoshim sabab bir biriga yopishib 
qolgandi. Hech kimga e
’tibor bermaslikka harakat qilib joyimga oʻtirdim. Birozdan key
in Abdulloh, 
Lochin ,Zokir kirib kelishdi. Zokirning kayfiyati umuman yoʻq Abdullohniki ham qolishmaydi.
Zokir 
borib stulga qoʻygan mixni olib joyiga oʻtirdi. 

Yana kimdir shunday ahmoqlik qilsa. Oʻqituvchilarga hurmatsizlik qilsa mendan yaxshilik kutm
asin 
maktabdan haydatib yuboraman bu qoʻlimdan keladi. Hech biring bir biringdan ortiq emassizlar 


19 
hammangiz men uchun oʻquvchimsiz. Tushunarlimi?

dedi Lochin ovozini balandlatib. Hamma 
birgalikda '' Xo

p" deyishdi. 

Abdulloh kechirasiz. Darsingizni davom etishingiz mumkin! 

dedi Lochin va chiqib ketdi. 
Abdulloh yuzida juda sovuqlik bilan joyiga oʻtirdi hamma uning har bitta ha
rakatini kuzatib turardi. 
Abdulloh jurnalni ochdi va boshdan hammaga juda qiyin savol berib bilmaganga ikki qoʻya boshladi.
Menga kelganida savoliga duduqlanib chala javob berdim uch bilan qutulib qoldim Odina besh oldi 
Dilnavoz toʻrt. Boshqalar hammasi ikki
. Abdulloh endi haqiqiy alamini olishni boshlagandi. Hamma 
jim qimir etmasdan unga qarab turardi. 

Birortangizni yashash
dan maqsadingiz yoʻq. Haligacha maktabni tugatib kim boʻlmoqchisiz qaysi 
kasbni egallamoqchisiz buni bilmaysiz. Shu darajada omi boʻlib qolgansizki oʻzingiz tushunmaysizlar

Abdulloj ham boshqa oʻqituvchilardek tarbiyaviy maruzasini boshladi
. Hamma ichida uf 
tortib qoʻydi baxtimizga biz uchun baxt kuyi boʻlmish qoʻngʻiroq chalindi.
Abdulloh chiqib ketgach 
hamma " Allohga shukur" deya baqirishdi. Endi Biologiya darsi edi. O
ʻ
qituvchisi turmushga chiqqan 
homilador edilar koʻp darsga kelmay qolardilar. Homilador odam mazasi boʻlmay qolishi mumkin 
bugun ham shunday kelolmagan
. Darsni yarmigacha oʻzimiz bilganimiz
ni 
qilib oʻtirdik qoʻshiq qoʻyib 
oʻynadik Zokir har bitta oʻqituvchinin

xonamizga kirib kelishini oʻxsha
tib berib ichagimizni uzdi 
kulaverib dumalab qoldik. Odina bilan suv ichishga chiqib kelgunimizcha direktor xonamizga kirishga 
ulgurib. 
Xonamiz juda shovqin boʻlib ketgandi

boshqalar dars oʻtishiga 
xalaqit bergan shekilli. 
Direktor, Lochin, zamdirektor , xonamizda turishardi. 

S
enlarga tabiyaviy soat oʻtaverib charchab ketdim. Qachon odam boʻlasanlar. Oʻqituvchilarni 
mensimaysanlar. Uyda ota onangizni ham shunday qilasanlarmi? 

di
rektorimiz jigʻibiyron boʻlib 
bizga nimadirlarni tushuntirishga harakat qilardi. 

Lochinbek bu nimasi men sizga ishongandim? 

ddedi direktorimiz Lochinga yuzlanib. 

Hammasini toʻgʻirlayman biologiyadan boshqa oʻqituvchi topib beraman
. Dars sifatini oshirish 
kerak. Bu yerda oʻqituvchilarning bilimi bor lekin qandaydir yalqov boʻlib qolishgan ularning hayo
lida 
“Qiynalib dars oʻtganim bilan hech nimani tushunishmaydi, oʻqishmaydi”
degan fikr bor. 

dedi 
Lochin, 
ochigʻini aytdi
, haqiqatdan ham,
bazi oʻqituvchilar shunday

bazilari oʻzi ham bilmaydi

bazilari shunday oʻrgatadiki oʻqigisi keladi odamni
... 

Unda sizga ishondim oxirgi marta. 
Odam boʻlinglar.

deya baqirib chiqib ketdi direktorimiz. Endi 
navbat Lochinga yetgandi u ham anchagina tarbiyaviy soat qilishi aniq. 

hamma joyiga oʻtirsin. sizlar bilan dildan su
hbatlashib olmoqchiman. Lochin joyiga 
oʻtirib hamma 
bilan akasidek oʻz singlisi yoki oʻz ukasidek gaplashib chiqdi hamma old
i
ga qoʻygab maqsadi va 
nimalar qilmoqchiligi aytishdi. Baʼzilar maktabga shunchaki univeristetga kirish uchun kelayotganini 
aytsa ba
’zilar, maktabga kelishdan foyda yoʻqli
gini aytishardi ammo bu xato agar shu maktab 
boʻlmagani
d
a biz savodsiz oʻt

omi boʻlib oʻtib ketardik. Maktabni qadriga yetishimiz kerak oʻqishimiz 
uchun boshqa davlatlardagidek pul olinmaydi
. Aslida oʻzimizning yurtimiz haqiqiy jannat. Tinch oʻlka.
Lochin bilan hammamiz darslarga yaxshi qatnashishga qiziqmasak ham ota onamiz ishonchi 
uchun shuncha imkoniyatlar uchun oʻqishga va ota
-onamizga gap eshittirmaslikka kelishib oldik. 
Darslar tugab uyga yurib borar ekanman qandaydir yuragimda notinchlik bor edi. Xuddiki hozir biron 
bir falokat boʻladigandek edi. Sababi bugun menga uka olib kelishadi men buni qanday qabul qilishni 
bilmasdim rozi boʻlishga boʻldim ammo endi qanday qilib toʻsatdan ukalik boʻlib u bilan gaplashib 
ketolaman bilmasdim. Oʻy hayollar bilan ketayotib boshqa bir koʻchaga kirib qolibman. Atrofga 
qaradim oldin bu koʻchaga kirmaganman. Qanday chiqib ketaman orqaga qaytaman desam oʻzi 


20 
qanday kelganimni bilmayman. K
oʻchada ham hech kim yoʻq oʻzi bu koʻchada uylar ham kam ekan

Orqaga qarab yu
ra boshladim balki har doim yuradigan yoʻlga chiqib olarman deya. Lekin yoʻl 
koʻrinmasdi bu yoʻl qandaydir labirint koʻchadek holdan toyib Lochinga qoʻngʻiroq qildim uydagilarni 
chaqirolmasdim dadam fojiya qilib yuborardilar milisiyalar boshqalarni chaqirib. 

Alo! 

dedi Lochin istamaygina. 

Alo qayerdasiz? 

dedim xuddi najot farishtasi bilan gaplashayotgandek

Hisobot bermaymanku senga Shahzoda yoki beramanmi? 

Uf boʻldi men adashib qoldim. Qayerdaligimni bilmayman yordam bering.

dedim u bilan 
mushuk sichqon oʻynab turishni istamadim.

Nima qilay adashib qolgan boʻlsang menga nima!

d
edi Lochin va telefonni oʻchirdi
. Nima 
qilishni bilmay qoldim shu hissiz toʻngʻizdan yordam kutdimmi? Oʻzimni oʻzim ur
isha boshladim 
xayolimga Sanjar keldi.

Assalomu alaykum Sanjar aka menga yordam kerak! 

Telefon qilishim bilan aytgan gapim shu 
boʻldi.

Tinchlikmi bemalol Shahzoda! 

dedi Sanjar shoshib. 

Maktabdan qaytayotib xayolga berildim keyin adashib qoldim qayerdaligimni bilmayman. 
uydagilarga aytsam xavotir olishadi. 

Tezda telegramga kirib menga joylashuvdan qayerdaligizni yuboring telegramga kiring oʻzim 
tushuntirib turaman siz qoʻrqmang 
xopmi? 

dedi Sanjar rostakamiga xavotir olib gapirdi. Sanjar 
aytanidek telegramga kirib nima desa shuni qilib joylashuvdan nimanidir yubordim nimani 
yuborganimni bilmayman oradan yarim soat oʻtib Sanjar moshinasida yonimga keldi.

Hayriyat! 

d
edim uni koʻrib. Yosh boladek yigʻlashga tayyor turgandim.

Endi x
ayolga berilmang. Sizdan ham koʻp men qoʻrqdim ahvoli yaxs
himikin deya. 

dedi Sanjar 
moshinadan tushib. 

Rahmat kattakon unutmay hech qachon. 

Oʻtiring moshinaga.
Sanjarni moshinasiga chiqgach erkin nafas oldim. 
Moshina joyidan qoʻzgʻalishi bilan telefonimga 
xabar keldi. 
Lochindan 

Sevgiling bilan yaxshu yetib ol seni kuzatib turgandim

deya yozilgandi. Qurimsoq kuzatib 
turgan boʻlsa qoʻpol gapirishga balo bormi. Shunday 
xo

p yordam beraman desa nima qilar ekan. 
Ichimda yonib kul boʻl endi deya soʻkib
-
soʻkib qoʻydim.
Koʻchadan chiqib oldik. Bu qandaydir unaq
asi
ga ham bunaqasiga ham yoʻl boʻlib ketgan 
koʻcha ekan shu sabab yoʻlni topolmaganman.

Endi ehtiyot boʻling Shahzoda meni rossa havotirga qoʻydingiz.

dedi Sanjar. 

Xop rahmat kattakon. Sizga bir savol bersam maylimi? 

Ikkita bering. 

dedi Sanjar kulib. 


21 

Agar siz yolgʻiz oʻgʻil boʻlsangiz
-
u ota onangiz sizga singil asrab olishmoqchi boʻlsa nima 
qilardingiz? Uni oʻz singlingizdek qabul qilarmidingiz yoki baribir koʻnglingiz boʻlmasmidi?

O
ʻ
zimni 
oʻylantirib qiynayotgan savol edi. Sanjar biroz oʻylanib tur
di. 

Agar rostd
an ham shunday boʻlganida qarshi boʻlmasdim. Men oilad

bittagina oʻgʻilman lekin 
singil asrab olishimizni soʻraganimda ota onam koʻnishmagan singlim boʻlishini juda ho
xlayman. Uni 
erkalab aylantirishni joʻjacha singlim deyishni 
istardim. 

dedi Sanjar biroz sukunatdan keyin. 
T
oʻgʻrisi bu gaplarni kutmagandim.

Men sizga singilmanku. 

dedim hazillashib.

Sizmi? Siz singlim emas uyimning malikasi boʻlishingiz kerak!

dedi Sanjar moshina oynachasi 
orqali menga qarab gʻalati boʻlib 
ketdim. 

Koʻchamiz boshida toʻxtab qoʻying ichkariga kirmang.

dedim u darrov moshinadan tushdim. 
Rahmat ham aytmasdan uyga qarab tez-
tez yurdim. Biroz yurgandan keyin Ortimga qarab qoʻydim 
Sanjar hali ham meni kuzatib turgan ekan. 
Qaraganimga oʻzimni 
urushib yugurib ketdim. Uyga 
keldim darvoza ochiq turgan ekan. Uyga kirib borishda birinchi marta shu qadar hayajon va qoʻrquv 
boʻldiki buni soʻzlar bilan ta’riflab boʻlmasdi. Yuragim tez tez urar goh qizib ketardim goh koʻzimga 
yosh kelardi. Hovlimizg
a oʻtishim bilan qandaydir yosh bolalarning quvnoq oʻynayotgan ovozlarin

eshitdim hovlimiz supasida onam va dadam oʻtirishar koʻzlari oʻyinchoqlarni oʻynab tinmay qiqirlab 
kulishayotgan ikkita 4 5 yoshlar atrofidagi oʻgʻil bolalar edi. Dadamning koʻzida 
ulkan bir quvonchni 
koʻrdim. Onam ham 
xursand edilar
. Men ularni koʻrib qotib tur
ib qoldim yurishni ham yurmaslikni 
ham bilmayman. Nega bunday turib qolganimni ham
. Faqat ikkala koʻzim bolalarda edi
. Ular juda 
shirin oʻyinchoqlarni mazza qilib oʻynas
hardi xuddi ozodlikka chiqqan qushlardek. Onam meni 
payqab qoldilar meni qotib turganimni koʻrib gapirolmadilar.
Dadamni turtdilar. Dadam menga 
qaradi-yu gapni nimadan boshlashni bilmadilar men ularga qaradim va shunchaki jilmaydim. Bu 
tabassum samimiy edi hech qanday 
gʻa
razli
lik yoʻq
. Faqat men tilim aylanmayapti nima deyishni 
bilolmayapman.

Shahzoda qizim! 

d
edilar Dadam. Keyin oʻzimga kelib yana ularga qaradim oʻzim tushunmagan 
holda orqaga qadam tashladim va xonamga qarab yugurib kirib ketdim. Nega bunday qildim? Nima 
uchun ularni borib quchmadim? Ismini soʻramadim? Dadam bilan onamga nega 
xursandman deb 
aytolmadim? Tushunmayman hech nima qilolmadim. 
Xonamga chiqgach oʻzimga oʻzim 
tushinolmadim. Biroz turib dadam bolalar bilan kirib keldilar. 

Bu opangiz Shahzoda tanishinglar! 

dedi dadam bolalarga qarab ikkalasi ham yugurib kelib meni 
quchib olishdi. 

Muhanmad va Mustafo ismlari yoqdimi senga qizim. 

dedilar dadam. Dadam menga umid bilan 
nimadir dermikin deya qarab turardilar. Men shunchaki jil
mayib qoʻyardim. Oʻtirib Muhammad va 
Mustafoni quchdim ammo gapirmadim x
uddiki men saqov gapirolmaydigandek boʻlib qoldim

Dadam ularni quchganimdan keyin x
ursand boʻldilar. Va charchabsan shekilli deb ukamlarni olib 
chiqib ketdilar. O
ʻtirib oʻylanib
qoldim. Ukam boʻlishini oʻzim ham ho
xlardim-ku nega bunday 
qilyapman? Sanjarning gaplarini esladim

Singlim bilan birga aylanardim ularni erkalardim

degandi. 
Nega men shunday qilmasligim kerak axir yetimning boshini silaganga Allohim jannatidan joy 
ajratgan-ku
. Oʻzimni o’nglab oldim hammasini oʻylab olib xonamdan otilib chiqdim


Ukalarim, kelinglar birga oʻynaymiz!

deya sakrab sakrab yurib hovliga chidim yosh bolalardek 
dadam va onam x
ursand boʻlib ketdilar onam koʻp yigʻlaganlar mening toʻsatdan 
shokga tushib 
qolganimga siqilganlar koʻzlari qizarib ketgandi
. Muhammad va Mustafo bilan berkinmachoq 


22 
quvlashmachoq oʻynadim hali toʻliq gapirolishmasdim biram shirin gapirishardi boyagi qilgan 
ishimdan uyalib ketdim ikkalasi ham mehribon ikkalasini ham kipriklari qiz bolanikidan ham uzun 
kiprik ulab qoʻygandek chiroyli edi

*. *. * 
Bir hafta oʻtib.
Bir hafta davomida maktabga ham tuzuk bormadim oʻq
u
v markazni aytmasa ham boʻladi umuman 
bormadim. Uk
amlarga koʻnikishim uchun
shu bir haftani oʻzi yetarli boʻldi. Bugun dam olish kuni 
dadamdan ruxsat olib ukalarim bilan aylanishga chiqdim ikkalasi ham juda tartibli edilar. Ularda bitta 
narsa bor edi. 
“Qoʻrquv”

shoʻxlik qilsak

toʻpolok qilsak bizni yana Mehribonlik uyiga tashlab 
kelsachi 
degan xayol ularda bor edi. O
’zlari hali juda yosh ammo ularni hayot shunday tarbiyalab qoʻygandi

Bogʻda sayr qilib yurar ekanmiz ularga shirinliklar olib berdim.
Bolalar oʻynaydigan 
maydonchaga olib bordim ne koʻz bilan koʻrayki Sanjar 6 y
oshlar atrofidagi sochlari koreslarnikidek 
kesilgan oʻzi juda chiroyli kiyintirilgan qizchani qoʻlidan ushlab aylantirib yurardi
. M
eni koʻrib oldimga 
keldi. 

S
alom buncha yoʻq boʻlib ketdingiz?

dedi Sanjar shoshib. 

Aşsalomu alaykum borman. Koʻryapsizk
u, 
ukalarim bilan ovvora boʻlib qoldim. Bu qizcha kim 
boʻldi?.

Singlim! Uydagilar rozi boʻlishdi.

Men ham ota onamga rozilik berdim. 

Afsuslanmiman. 

dedim ukalarimni quchib. 

Men ham, keling unda birga aylanamiz. 

Yana ikki kishiga koʻpaydik bogʻni mazza qilib aylandik 
Sanjar boshqacha edi koʻngli toza mehribon.
Bir haftalik tanaffusdan keyin oʻquv markazga chiqdim.
Lochin olgan bittagina imtihonda 
qatnashdim boshqalari qanday boʻldi bilmayman nech
a olganimni ham. Xonamizga kirdim Lochin 
hali kelmagan abituriyentdoshlarim hammasi bor ular orasida Sanjar ham, 
uning yonidagi joy boʻsh

Odinaning yoniga oʻtirdim hamma bilan soʻrashib boʻlgach.

Shahzoda qayerlarda yuri
bsan? Buncha odamni sogʻintirib yubording


Odina quchib oldi. 

Ukalarim bila
n ovvora boʻlib qoldimda.

Ukalaring!? 

dedi Odina va Dilnavoz hayrat bilan.

Ha ukalarim, albatta boringlar, 
sizlarni tanishtiraman. Tugʻ
ilgan kunimni dadam qaysidir 
restoranda yoki uyda qilib beraman dedilar bordasizlar-a. 

Aytmasang ham boramiz xavotir olma. 

dedi Dilnavoz kulib. Lochin ham kirib keldi. Menga xuddi 
endi koʻrib turgandek qarab qoʻydi



23 

Hamma sogʻ omonmi? Kechagi natijalar bilan tanishtirib oʻtaman
. Yana imtihonni boshlaymiz. 
Xullas eng yuqori oʻrindagilarni aytaman

qolganlari oʻzi koʻrib olishadi guruhga tashlayman.
Sanjar, 
Dilnavoz, Rayhona 7 olishdi. Bu yaxshi natija qolganlar undan ancha pas. Qattiqroq ishlaymiz. 
Dedi Lochin. Dilnavozni tabrikladik. 

Menda savol bor edi. Bir hafta oldingi natija qayerda? Men koʻrmagandim.
Dedim 
oʻrnimdan turub.

Darsga holasayiz kelib holasayiz ketib yursayiz nimagadir erisholmaysiz. Oldingisida olti yarim 
olgansiz.. 
Dedi Lochin zaharligini qoʻymasdan. Hech nima demasdan joyimga oʻtirdim Sanjar Lochinga diqqat 
bilan qarab turdi va keyin menga qaradi. Nimanidir sezgandek kayfiyati buzuldi... Shu bilan menga 
biron marta qaramadi.... Test ishlarkanmiz men tushunmagan bir ikkita soʻzlar chiqdi qizlardan 
soʻrasam ular ham bilishmadi. Sanjardan soʻradim.

Sanjar aka shu soʻzlarni tarjimasini bilmaysi
zmi? 
Sanjar menga sekin qaradi nigohini tushunolmadim hafami jahli chiqyaptimi bilolmadim. 

Lochinbekdan soʻrang!
Dedi va boshqa gapirmadi u yosh boladek mendan araz qilayotgandek edi .. oʻzim ham hafa boʻlib 
ketdim Lochin menga qarab qoldi. 

Shahzoda oʻ
zingiz ishlang yoki testingizni olmayman. 
Dedi Lochin... 

Oʻzim ishlayapman shundogʻam.
Nima boʻlsa boʻlar deb ishlayverdim. Lochin chiqib ketgandan keyin Sanjar kelib soʻragan soʻzlarimni 
tarjimasini aytish oʻrniga shundagi savollar javobini ruchkasi bi
lan belgilab ketdi. Menga gapirmadi 
ham. 

Shahzoda tinchlikmi? 
Dedi Dilnavoz. 

Bilmayman unga nima boʻldi.
Dedim . 

Menkmcha u rashk qilyapti seni Lochindan ... 
Dedi Odina va kuldi

Nima u rashk? 
Dedim hayron 

Asal va Malakoni aralashtirilgani Shahzoda! 
Dedi Dilnavoz. 


24 
Imtixon tugaguncha yana kech boʻlib ketdi. Aniqrogʻi men kech ishlab boʻldim hamma ketib 
boʻlgandi Lochin va men xonada qoldik u sabr bilan meni tugatishimni kutdi...

Tugatdim... 
Deya baqirib yubordim oʻrnimdan turub. Lochin telefoniga qarab oʻtirgan ekan kutilmaganda baqirib 
yuborganimga bir sakrab tushib yuragini ushladi... 

Sekinroq baqir. Yuragimni yoray deding. 
Dedi Lochin yuragini ushlab. 

Voy uzur. Tugatganimga hursand boʻlib ketdim. Mana ishlab boʻldim

Deya testni stoli ustiga qoʻydim..

Endi siznikini qabul qilmayman men qancha vaqt bergandim? Siz vaqtida tugatmadingiz buni 
hisobga olmayman. 
Dedi va xotirjan narsalarini yigʻishtira boshladi..

Nimaga? 
Moʻltillabgina Lochinga qaradim. Lochin menga qa
rab turdida kulib yubordi. 

Yosh bolasan hali ham! Ber dars qoldirma tushunmagan narsang boʻlsa bemalol soʻrayver..
Dedi hayraydan yoqa ushlay dedim Lochin menga odamdek gapirdi birinchi marta. Kesakda oʻt 
chaqnagandek boʻldi.

Siz ham menga toʼgʻri muom
ila qilarkansiz a? 
Dedim hayray bilan. 

Oldin qiyshiq muomila qilarmidim tashqariga qara shom boʻldi hozi qorongʻu tushadi shoshil.
Dedi Lochin. Endi tepib qoldi tashqariga qaradim kun qorayay deyapti. 

Vaydoood. 
Deya baqirdim. Sumkamga kitoblarim tez tez solib xonadan otilib chiqdim Lochinning kulgan ovozi 
eshitildi.... Tashqariga chiqsam Sanjar moshinasiga suyanib kutib turgan ekan... Yuzida jiddiylik oldin 
bunday qiyofada koʻrmaganman.

Buncha qolib ketdingiz? 
Dedi Sanjar qoʻpol ohangda.

Ozroq esimdan chiqibdi qiynaldim shunga. Nega menga bunday sovuq muomila qilyapsiz? Sizga 
nima qildim? 
Dedim Sanjat chuqur nafas oldi. 

Shahzoda oʻzingiz sezmayapsizmi nega bunday qilayotganimni? 

Yoʻq sezmayapman. Ey men ketdim uyga kech qoldim... 

Toʻxtang oʻzim olib boraman...


25 

Yoʻq kerakmas.

shu mahalda taksida yurishga qoʻrqmaysizmi yolgʻiz?
Shu gapidan keyin qandaydir qoʻrquv paydo boʻldi. Sekin borib moshinasiga chiqib oʻtirdim.

Boʻl
arkanku!

Tezroq hozir uyga borsam onam bir baqiradila oʻsha payti men oʻchaman.
Dedim va onam urishishlari koʻz oldimga keldi. Sanjar kulib yubordi... Sanjar kutganimdanda tez olib 
keldi samolyotda kelgandek menimcha yuragim va oshqazonim almashib qoldi... Rahmat ham 
aytmasdan moshinadan yugurib tushdimu uyga kirdim darvoza ham ochiq ekan.. Kutganimdek 
Oshxona eshigiga suyangancha Onam meni kutib turardilar. 

Hush kelibsiz qizim! 
Dedilar onam. Yutinib qoʻydim oʻldim deya..

Onajonim mehribonim. Men kel
dim charchamay oʻtiribsizmi? Ukalarim bilan charchab 
qolmadingizmi? 
Onamni borib quchib oldim. 

Shaytonliging oʻtmidi nega kech qolding?

Ona dars qoldirganimga bugungi testlarda qiynaldim shunga oxirga qolib ketdim. 

Katta qiz boʻlib qolding. Bunday kech kelish toʻgʻri kelmidi. Dadangdan keyin kelganingda 
oʻldirardilar ikkalamizni ham. Tez kiyinib chiq.

Oʻzimni mehribonim.
Onamni yuzidan oʻpib oldim

Yaramas qiz. 

Bilaman ona 
Onam ortimdan shippagini otdilar. Qochib qoldim. 
Xonamga kirib kiyimlarim
ni almashtirayotsam qoʻngʻiroq boʻldi. Raqami koʻrinmayotgandi. 

Alo kim bu? 
Dedim hech kim gapirmadi.. 

Kim bu? 
Dedim ikkinchi marta. 

Tanimaysan!
Dedi yigit kishini ovozi edi. 

Unda kimsan? Nega qoʻngʻiroq qilasan?

Rasmlaring kanallarda aylanishini hohlaysanmi? 
Dedi hiringlab kulib. Oyoq qoʻlim qaltirab ketdi buni shu xolatga tushganlargina biladi holos.


26 

Milisiyaga berib sharmangdangni chiqartiraman. Hozir dadamga aytib raqamingni ochdiraman.. 
Oʻzimni dadil koʻrsatishga harakat qildim 

Yoʻgʻe shunaqamikin? Ertaga maktabga borganingda Madinani oyogʻoga yiqilib hammani oldida 
kechirim soʻraysan qilgan ishlaring uchun. Keyin seni rasmingni tarqatish u yoqsa tusin ismingni ham 
unutvoraman... 

Tushingni borib suvga ayt ikkalang ham. Madina
ni rasmi menda ham tiqilib yotibdi hohgʻagan 
kanalimga guruhlarga tarqatib yuboraman keyin nima qilasan. Keyin Madina bilan ikkalang 
oyogʻimga yiqilasanlami?
Men ham oʻziga shundah javob qaytardim...

Hohlasang tarqatib yubor. Men baribir unga uylanmayman. Shunchaki zerikmaslikka unga sendan 
kechirim soʻrataman deb vada berib qoʻydim. Vadamni bajarmasdan qoʻymayman... 

Bilganingni qil! 

Ertagacha muxlat. 
Telefon oʻchdi. Yigʻlab baqirib tashlagim keldi onamni oldlariga chiqdim... Oʻzimni bosishga harakat
qildim. Onam va dadam buni bilishsa meni hamma narsadan mosuvo qilishadi oʻqisj tugul uy qamogʻi 
joyi chiqsa berib yuborishadi... Ovqatlanib boʻlgach darsim bor deya yugurib xonamga chiqdim yana 
raqam koʻrinmaydigan boʻlib uch toʻrt marta qoʻngʻiroq boʻlgan. Madinaga qoʻngʻiroq qilishga 
gʻururim yoʻl qoʻymaydi.... Lochindan yordam soʻraymanmi? Unga nima deyman. Senjargachi? Nega 
oʻgʻil bola doʻstim yoʻq ekan a? Yoki nega meni akam yoʻq. Shunday payti himoya qiladigan.. 
Madinaga nima yomonligim tegdi ekan..
. Tavakkal deya Lochinga qoʻngʻiroq qildim.

Alo! Assalomu alaykum Lochin aka Yorda.... 
Gapim chala qoldi. 

Lochin akamda nima ishing bor seni? Nima kerak senga uyalmaysanmi? 
Qiz bolaning dagʻdagʻali ovozi eshitildi. Sevgan qizi boʻlsa kerak telefonni oʻchirib qoʻydim... Qoʻrqib 
ketdim. Lochinni oʻzi qaytardi. Javob berib jim turdim

Gapirasanmi? 
Dedi Lochin asabiy ovozda. 

Uzur bezovta qildim. Bitta narsani soʻramoqchidim topdim.
Dedim. 
U gapimni eshitdiyu telefonni oʻchirdi.
Endi bittayu bitta Sanjar qoldi. Agar u ham Lochindek qilsa dadamga aytishdan boshaa chora 
qolmaydi. Uzoq chaqiruvdan keyin Sanjar qoʻngʻiroqga javob berdi.

uzur kech boʻlganda bezovta qildim.

Hech qisi yoʻq Shahzoda tinchlikmi? Ovozingiz hovotirli.
Sanjarning shu gapidan keyi
n oʻzimni ushlab turolmadim yigʻlab yubordim.

Sanjar aka yordamingiz kerak! 


27 
Dedim hiqqillab yigʻlagancha... 

Yigʻlamang qanday yordam kerak boʻlsa mendan soʻrang uyalmasdan. Iltimos faqat yigʻlamang!
Dedi Sanjar oʼzini ham kayfiyati buzulib.

Kimdir raqamini koʻrinmaydigan qilib qoʻngʻiroq qildi rasmlaringni tarqataman deyapti kanallarga.

Kim boʻlishi mumkin kimdan gumoningiz bor? Sevganingiz bormidi?

Yoʻq hech kim bilan gaplashmiman. Madinadan oyogʻiga yiqilib uzur soʻrashimni aytdi. Madin
ani 
yigiti ekan. 

Madina bilan orangizda nima bor? 

Meni yoqtirmaydi! Oʻziga dushman deb biladi.

Tushunarli siz yigʻlamang. Ertaga koʻrishamiz ertalab maktabga bormaysiz telefon qilishini kutamiz 
men oʻzim gaplashaman hopmi?

Dadamga aytmay turaymi unda! 
Bu gapimdan Sanjar hayratlanganini sezish qiyinmasdi. 

Dadangizga! 
Dedi u 

Ha boshqa kimga ham boʻlardi

Men oʻzim hal qilib beraman. Dadangiz ishonchi yoʻqolishi mumkin toʻliq ishonaman desalar ham 
baribir koʻngillarida qandaydir gʻashlik boʻladi..


Hop rahmat kottakon... Unutmayman. 

Meni unutib koʻringchi!
Dedi Sanjar kulib! 

Hoop rahmat
Erkin nafas olib ukalarim oldiga chiqib oʻynadim onam hayron edilar menga qarab " Ob havosan" deb 
qoʻydilar.
Ertalabdan qoʻrquv bilan Sanjar bilan koʻrishdim. Oddiy gap soʻzlar ham Qiz bola uchun 
butun umrlik tamgʻa boʻlib qoladi. Ota va onasining yuzini yerga qaratishda qoʻrqmaydigan qizni oʻzi 
yoʻq boʻlsa kerak...

Assalomu alaykum! 

va alaykum assalom yaxshi dam oldingizmi? 

Yaxshi rahmat. 

Shahzoda a
sabiylashmang moshinada oʻtirib turamiz chiqing!
Dedi Sanjar noqulay boʻlsa ham moshinaga chiqdim. Sanjar doʻkonga kirib ketdi birozdan keyin 
qoʻlida shkaladlar bilan chiqdi..


28 

Bular sizga! 

Men ololmayman singlingizga olib boring. Rahmat kattakon

Yoʻq olasiz singlimga kecha bundan ham koʻpini olib borganman.

Sanjar aka. 

Meni hurmat qilsangiz olasiz! 
Hozirgi menga yordam berayotganini, doim yordamga shay turishi va hozirgi gaplaridan keyin yoʻq 
deyolmasdim jim shkaladlardni oldim. U ham 
moshinaga chiqib telefon oʻynay boshladi meni hijolat 
boʻlmasin deya gapirmadi oʻn minutcha oʻtirganimizdan keyin qoʻngʻiroq boʻldi. Lochindan.

Kim? 
Dedi Sanjar. 

Lochin ustoz. U mening rahbarim. 
Dedim Sanjarning yuz tuzilishi oʻzgardi jiddiy menga qara
di. 

Javob bering va ovozini balandlating. 
Dedi. Javob berib ovozini balandlatdim. Lochin men gapirmasimdan gapira boshladi. 

Qayerdan Shahzoda? Hech nima boʻlmaydi tez maktabga kel!
Dedi u ovozini balandlatib gapirmayotgandi u baqirayotgandi.. 

Tushunm
adim nima boʻlmaydi ustoz.

Kecha nima uchun qoʻngʻiroq qilganingni bildim. Abdulloh bilan gaplashdim hech nima qilmaydi 
uzur ham soʻramaysan rasmlaring ham tarqalmaydi..
Dedi Lochin. Sanjarga qarab yigʻlab yubordim. Abdullohga nima yomonlik qilganman bil
mayman. 
Madina bilan gaplashayotgan ekanda shuning uchun menga doim shunday muomila qilayotgan ekan. 

Abdulloh kim u? 
Dedi Sanjar qoʻlimdan telefonni olib..

Tushundim siz kimsiz? 
Dedi Lochin. 

Ishingiz boʻlmasin Abdulloh kim?

Meni doʻstim nima muommoyingiz bor men gaplashaman oʻrniga.
Dedi Lochin. 

Unda erkakni ishini qilinglar. Abdulloh bilan ham siz bilan alohida gaplashamiz. Hozir soʻkinib 
yuborishim mumkin Shahzodani oldida. 
Dedi Sanjar bosiqlik bilan. 

Hohlagan joyingda gaplashaman. 

Albatta! 


29 
Dedi Sanjar... telefonni menga uzatdi aylanib qaradi. 

Nimaga yigʻlaysan? Aybing bormi? Ayb ish qilganmisan? Aybi borlar siqilib yigʻlaydi nega 
yigʻlayapsan?
Dedi Sanjar jahl bilan. U birinchi marta meni senlab gapirdi. Oʻziga yaqin olgandan yoki jahli 
chiqayotganidan. 

Aybim yoʻq.
Dedim koʻz yoshimni artib.

Oʻsha uchalasi bilan salim alik ham qilma men oʻzim gaplashaman. Tushundingmi?

Hop. 
Sanjar boshqa gaapirmadi asabiylashganidan shunaqa tez maktabimga keldikki yuragimni hovuchlab 
oʻtirdim... Moshinadan tushar paytim Abdulloh meni koʻrib qoldi. Koʻzim unda edi.

Nimaga qarab qolding? 
Dedi Sanjar va men qaragan tomonga qaradi. 

oʻsha Abdullohmi?
Dedi Sanjar Abdullohni koʻrib jallodni koʻrgandek rangim oqarib ketgan sheklli.

Ha! 
Dedim sekin. 

Bular ol! Men oʻzim gapirsa ham qaramasdan Xonangga kir.
Dedi Sanjar. Shkaladlar va sumkamni olib ogʻir qadamlar bilan yurub boraverdim Abdulloh ham men 
tomon yurub kela boshlaldi yuzida gʻazab va nafrat edi bu menga atalgan aniq. Hozir meni 
shu yerda 
ursa kerak deb oʻylagandim menga yetishiga ikki qadam qolganida u boshqa tomonga burulib 
Sanjarni oldiga oʻtib ketdi... Orqamga qarasam Sanjar qarama degandek ishora qildi. Tez tez yurub 
Xonamga kirdim shkaladlarni sumkamga sigʻdirdim boshqa qizlardek kichkina faqag daftat sigʻadigan 
sumka tutmasdim. Kattaroq doim kitoblarimdan tashqari yana ortiqcha joy boʻlishi kerak edi. Ozgina 
boʻshliq bilmayman nima uchun ammmo shunday boʻlmasa koʻnglim toʻlmasdi.

Sizmi Abdulloh? 
Dedi Sanjar Abdullohga boshdan oyoq qarab. 

Ha men! Sen kimsan? 
Dedi Abdulloh Sanjarni nazarga ilmay. 

Ha burningni yerga ishqalab qoʻyish kerak! Erkakni ishini qilmaysanmi? Sendaka qoʻshtirnoq 
ichidagi erkaklar ham koʻpayib ketdi. Bitta qizni gapiga kirib birovni qizini badnom qi
lishga 
uyalamaysanmi? Vijdon bormi ozgina boʻlsa ham?
Dedi Sanjar

Hoʻoʻoʻ nima deding? Yana qaytarchi.
Sanjar Va Abdulloh bir birini yoqasidan ushlashdi. Lochin yugurib kelib ikkalasini ajratdi. 


30 

jamoat joyidasizlar. Oʻzingizni bosib oling.
Deya baqirdi Lochin... 

Hurmatli Teacher! Doʻstingizga ayting erkakligini unutmasin.
Dedi Sanjar Lochinga qarata. 

Keyin gaplashamiz Sanjar! Hamma qarab turubdi. 
Dedi Lochin. Sanjar ikkalasiga ham qaramasdan Moshinaga oʻtirib ketdi.. Abdulloh yer tepib qoldi.

Toʻgʻri aytdi Abdulloh oʻsha qizni deb yaxshi qizni sharmanda qilasanmi?
Dedi Lochin ham Abdullohga baqirib. 

Jinnimisan Lochin? Oʻzim sevgan qizni sharmanda qilamanmi? Shahzoda juda gʻururli pobugini 
pasaytirib qoʻymoqchidim.
Lochin jim qoldi. Abdullohning
aytgan oʻzim sevgan qizni degan jumlasi uni etiborini tortdi.

Abdulloh! 
Dedi Lochin. 

Bilaman Lochin bu ishim toʻgʻri emas. Falsafiy gaplarni yigʻishtir bilaman koʻp badiiy kitob 
oʻqigansan.
Dedi Abdulloh va yurub ketdi. Lochin bir zum jim turdiyu Abdullohni ortidan yurdi...
Xonamizga kirib bordim koʻzlarim yigʻlaganimdan qizargandi hamma menga qaradi. Oʻzi kimdir hafa 
boʻlsa yoki yigʻlasa hamma oʻshanga qarab oʻtiradi yoki oʻzicha kelib falsafiy malumotlarni aytadi oʻzi 
amal qilmaydigan maslahatlar beradi... Dilnavozni yoniga oʻtirdim oʻtirishimga xabar keldi Sanjardan.
" Oʻzingizbi ehtiyot qiling! Hech kim bilan gaplashmang men hal qilaman. Qoʻpolligim uchun uzur" 
deya yozilgandi. Xabarni o
ʻ
qib yengil nafas oldim. 

Hozi kimni darsi edi? 
Dedim Dilnavozga. 

Shahzoda men bilan salomlashmading ham senga nima boʻlmoqda? Buncha koʻp yigʻlaydigan kam 
gap boʻlib qolding?
Dedi Dilnavoz. 

Hammasi joyida Dili men maktabdab bezdim tezroq oʻqishga top
shirib ketayda shu maktabdan. 

Shahzoda oz qoldi atigi toʻrt oy keyin. Toʻrtalamiz ham universitetda birga oʻqiymiz inshaalloh. 
Aytgancha hozir Tupurdixonni darsi . 
Dedi Dilnavoz kulib uning shu gapidan keyin ozgina kuldim. 
Tupurdixonni oʻzi ham kirib keldi Lochin bilna birga. Lochinning oldida Tursunoy oʻzini shunday aqlli 
iboli koʼrsatishga hat bir hafakatini nazorat qilishga harakat qilardi. Lochin boʻlsa unga qarab ham 


31 
qoʻymadi. Lochinga kecha qoʻngʻiroq qilganimda qaysidir qiz koʻtargandi sevgan qizid
a kim ham 
boʻlardi. Ustozlar bilan salomlashganimizdan keyin Lochin Tursunoydan menga ruhsat berib turishini 
soʻradi.

Ha bemalol chiqavering Shahzoda! 
Dedi Tursunoy. Aslida meni gʻajib tashlashga tayyor.

Rahmat. 
Dedim va Lochinni ortidan ergashdim xonadan chiqganimizdan keyin Sanjar ular bilan salom alik ham 
qilma degani esimga keldi. 

Toʻxtang! Qayerga ketyapmiz?
Dedim Sanjarni gaplarini eslab. 

Kompyuterda jadval toʻldirasan... 
Dedi Lochin menga qaramasdan. 

Men toʻldirmayman. Umuman menga gapirma
nglar iltimos...
Dedim va xonaga qaytmoqchi boʻldim.

Shahzoda yordam soʻradim sendan boshqalar bilmaskan.
Dedi Lochin toʻxtatib... 

Men ham esingizda boʻlsa sizdan yordan soʻragandim, baqirib oʻchirib qoʻygandingiz kecha boʻlsa 
sevgan qizingizga berib 
qoʻydingiz!

Oʻsha payti seni sinamoqchi edim sevgani bormi yoʻqmi deb anavi satangni chaqirding darrov. 
Kechagi sevganim emas uni unut endi jadvalni toʻldir hammani malumotini beraman... Mayli deya 
yoʻq demay ortidan ergashdim oʻqituvchilar xonasida Kompyuterni olib jadval toʻldira boshladim... 
Lochin xonadan chiqib ketganida kompyuterni tekshirib rasmlarini koʻrib chiqa boshladim gʻirt jinni 
rasmlar hammasi qizlar bilan... Abdulloh bilanku bormagan joyi qolmagan ekan hamma joyda rasmga 
tushi
shgan. Rasmlarni koʻrib kulib oʻtirsam yuzimga yaqin joyda kimdir nafas olayotganini sezib 
darrov aylanib qaradim Abdulloh rasmlarni tomosha qilib turardi. 

Qitmir kompyuteriga yashirgan ekanda rasmlarni" 

dedi Abdulloh. 

Hhhaligi uzur. 
Men jadval toʻl
dirayotgandim. 
Dedim 

Toʻxta chiqmay tur qanday kirding. Qaysi fayllardan...
Abdulloh jim qarab turdi qaysi fayllardan kirganimni koʻrib kuldi.

Boʻldi jadvalingni toʻldiraver men bilganimni aytma men ham koʻrganingni aytmayman.
Dedi kulib

Hop. 


32 
Abdull
oh chiqib ketdi. Hayratda edim u hozir menha toʻgʻri muomila qildi. Jahlin chiqayotgani hech 
nima boʻlmagandek gapirdi. Qilar ishni qilib qoʻyib hotirjam gapirsaya. Oxirda ikki qolganida Lochin 
darsdan chiqib keldi.. 

Tugadimi? 

Ikkita qoldi. 

Hozir sizlarga darsim. Tugatib darsga chiqaverasan.. Charchab qolmadingmi?
Dedi Lochin.

A nima dedingiz? 
Dedim hayratimni yashirmay. 

Darsga chiqasan dedim... Oshigʻingga aytib qoʻy tinch yursin biz bilan urushmoqchi shekilli 
basharasi buzulgani qoladi
Dedi Lochin kulib kitoblarini olib. 

vaqt koʻrsatadi buni? Mana tugadi...

Tiling oldida ilon hijolat. Bitta qiz deb ja erkalatib yuborishgan shekilli. 

Bitta qiz emasman ikkita ukam ham bor hudoga shukur. 
Dedim telefonimni olib. 

Ukang? Seni ukalaring yoʻqk
u? 
Dedi Lochin hayron. 

Endi bor. 
Dedim biroz oʻylanib va xonamizga chiqdim.
Xonamizga chiqganimdan keyin anchadan keyin Lochin ham chiqdi yuzida asabiylik bor edi... 
Menga bir qarab qoʻydi nafas olishni ham unutdim shekilli... Joyiga oʻtirgach oʻsha ji
ddiylikda bizga 
yuzlandi. 

Hammangiz bir biringizga juda yaqin boʻlib ketgansizlar. Yashiradigan siringiz yoʻq. Shuning uchun 
hammani oldida gaplashamiz.
Dedi Lochin. U nimani nazarda tutayotganini bilmasdim.. 

Nimani gaplashamiz ustoz. 
Dedi Aziz. 

Madina, Shahzoda, yigitlar hammangiz oʻrningizdan turing!
Dedi Lochin... 

Nimaga turdik? 
Dedim sabrim tugab. 


33 

qizlar! Dushmanligingizga oʻqituvchilarni yoki maktabni aralashtirmang. Madina qiz bolasiz 
uyingizdan chiqganingizdan keyin ikkala yelkangizda 
ota onangiz aka ukalaringiz gʻururini koʻtarib 
chiqasiz shuni unutmang. Oʻzingizga bir qarab qoʻying.
Dedi Lochin Madinadan koʻzini uzmay. Madina yigʻlab yuboray deb joyiga oʻtirdi navbat menga keldi 

Shahzoda, sovchilikka maktabga kelishmasin hali makta
b oʻquvchisiz. Uyingizdagilarga 
tushuntiring kelgan sovchilarga qatiy tayinlashsin maktabga bormanglar deya.
Lochinni bu gapidan keyin hamma oʻ deb yubordi. Uyalib ketdim yigʻlagim keldiyu ojiz koʻrsatgim 
kelmadi ayb menda emasku. Sanjar aytganidek aybim 
boʻlsa yigʻlardim sovchilarga men maktabga 
kelinglar demaganman... 

Yigitlar sigareta chekish qayerdan chiqdi? Ota onangiz biladimi? Bilaman hammangiz emas. 
Chekadiganlarni har bittasini ota onasini chaqirtirib gaplashaman oʻzingiz aybdorsiz bunga.
Yigi
tlarni chekayotganini biz ham koʻrgandik lekin jim boʻlib aytmagandek... Javohir chekmasligi aniq 
Zokirni chekganibi koʻrmaganman lekin shubha bor.

Yana kimda nima muommo bor?
Men qoʻl koʻtardim. 

Nima demoqchisiz Shahzoda? 

Tadbir qilaylik. Sinflar 
bilan birgalikda bellashamiz beshta shart boʻyicha...
Hamma o yoʻq deb yuborishdi.

Albatta senary hammasini toʻgʻirlab beramab sizlardan faqat harakat va ishtiyoq meni sharmanda 
qilib qoʻymasangizlar boʻldi....

Albatta biz gʻolib boʻlamiz... 
Deya qizl
ar bilan qoʻl tashlashdim. Lochin kulib yubordi.

Xullas, mendan nima yordam kerak boʻlsa qilaman. Shahzoda siz bosh boʻlasiz. Ikki sinfsizlara 
ikkala guruh hat bittasidan bittadan boshlovchi qolganini toʻgʻirlaymiz... Darsimiz tadbirda nimalar 
qilamiz sh
u mavzudagi suxbat bilan oʻtdi hamma hursand edi. Tadbirga qatnashishni yoqtirmayman 
lekin negadir shu tadbirga qatnashgim keldi. 
Tadbirga tayyorgarlik boshlandi. Biz A sinf edik B sinf bilan hecham kelishmasdik doim urushub soch 
yulishardik albatta bosh 
roʻlda oʻzim boʻlardim. Tadbirimiz ham urush janjalsiz oʻtmasdi va hozir ham 
nimalar qilishni kelishgunimizcha ham nechi marta urushib oldim... Eng yomon koʻrganim qizlarni 
ishigi bollari aralashishardi qizlarini oʻzi bizga teng kelolmaydida eng jallod jo
n oluvchi qizlar mening 
sinfimizga yigʻilgandi. Odina va Dilnavozni aytmay qoʻyaveray sochini yul desa boshi bilan birga olib 
keladigan tentak ikkalasi ham... Yana hammasi iziga tusha boshladi Abdulloh menga unchalik 
gapirmay qoʻydi faqat koʻp tikilib qaraydigan boʻldi. Lochin jon kuydirib bizga yordam bermoqda. 
Madina menga gapirmay qoʻydi insofi uygʻonib qoldi shekilli. Faqat Zokir yana asabimni buzushni 
boshladi... Ukalarimga koʻnikib qoldim huddiki ular chaqaloqligidan men bilan birga yashagandek 
boʻlib
qolishdi... Yolgʻiz farzand boʻlgandan koʻpchilik boʻlish ancha yaxshi ekan. Onam endi oʻzi 
zerikib uyda oʻtirmasdilar ukalarimni bogʻchaga ham bermadilar hammasini oʻzim eplayman dedilar 
dadam baxtiyor edilar... Sanjar yana bir marta sovchi joʻnatdi. Dadam yaxshu joy deb oʻylanib ham 


34 
oldilar keyin yosh deya qaytarib yubordilar... Tadbirga ham oz qolgandi Ielts imtixoniga ham 
tadbirdan ikki kun oʻtib Imtixonga ketadigan boʻldik guruhimizdagilar bilan. Testlarda koʻp besh 
olayotganlarga Lochin tavakkal top
shirib koʻrishni maslahat berdi.... Kechqurin soat oʻn ikkidan oshdi 
ammo men hali ham dars qilish bilan bandman birozga telegramga kirsam Sanjar va Zokir bir paytda 
yozishgan kamiga ikkalasi ham online edi... Zokirni yozganlarini oʻqidimu blok qildim. San
jarni 
yozganlarini oʻqiy boshladim.
SAMJAR: Shahzoda sizda koʻnglim bor. Qancha desangiz kutaman meni sindirmang chin muhabbat 
rad etilsa inson sinadi.. 
Uning shu gaplarini oʻqib gʻalati boʻlib ketdim...
Men: Assalomu alaykum, yaxshimisiz? Men hech kimni sevmaganman va sevib aldanib qolishni ham 
hohlamayman hozir mening yagona maqsadim oʻqishga kirish chalgʻishim mumkinmas..
Yozishim bilan u oʻqidi va yoza boshladi darrov yozib tugatmas doston yozayotgandek edi. Sabrim 
tugab " Doston yozayapsizmi?" Deb yozi
b yubordim shu soʻzlarni yozishim bilan uning yozgani keldi.
SANJAR: Hech qachon men halal bermiman. Havotir olmang menga atigi bir marta imkon bering 
aldab tashlab ketmayman... 
Doston yozmayapman tentak qiz. 
Deya yozilgandi kulib yubordim. 

Oʻylab koʻraman ...
Dedim u telegramdan chiqdim ... Yana darsim qilmoqchi edim xabar keldi Lochindan. " Shu paytda 
telegramda nima qilding? Deya yozilgandi.. 
" SIZGA NIMA ?" deya yozib yubordim boshqa yozmadi. Lochinga oʻzidek muomila qilsa yoqmaydi jim 
boʻladi qoʻyadi. Unga faqat oʻzidek qoʻrs muomila qilish kerak shundagina uning ozgina boʻlsa ham 
yengish mumkin. 
Maktabga kelsam xonada Hurnora bor ekan u ham erta kelibdi oʻylanib bir nuqtaga 
qaragancha oʻtirardi... Birinchi marta.

Husnor nimaga bunday oʻtirib
san? 
Dedim yoniga borib. U menga ojizlarcha qaradi koʻrib koʻnglim boʻshashib ketdi yigʻlab yuboray 
dedim. 

Dadam meni doʻstini oʻgʻliga berib yubormoqchilar oʻzi oʻqitarmish.
Dedu Husnora yigʻlab...

Nima uchun? 

Oʻgʻli meni yaxshi koʻrib qolganmish men uni biron marta koʻrmaganman mendan yetti yosh katta 
ekanligini bilaman.. 
Dedi Yigʻidan toʻxtamay... Husnora sevib turmush qurishni hohlardi. Unday insonga turmushga 
chiqaman sevishib turmush qurganlarda ajrashish kam boʻladi bir birini tushunishadi derd
i. Hozir 
unga rostan ham achindim.. 


35 

Husnor yigʻlama sen albatta baxtli boʻlasan sen sevgan emas seni sevgan bilan albatta baxtli 
boʻlasan. Ota ona hech qachon farzandiga yomonlikni tilamaydi. Sen albatta baxtli boʻlasan...
Dedi Husnorani quchib. 

Shahzoda menga Lochin ustoz yoqardi... 
Dedi hiqqillab yigʻlagancha Husnorani quchganimcha qotib qoldim. Gʻalati ahvolga tushdim.

Husnora axir u ustozimizku. 
Dedi biroz sukut saqlagandan keyin. 

Bilaman ammo u menga yoqardi. Endi sevgimni yuragimga koʻmaman uni faqat sen va oʻzim 
bilaman. 
Dedi Husnora koʻz yoshlarini artib Husnoraga chindan achindim...

Nimani bilasizlar men ham bilay? 
Deya Lochin kirib keldi. Husnorani yigʻlayotganini koʻrib hayron boʻldi. Va qoʻlidagi kitobni olib meni 
oldimga keldi

Sizni 
shahzoda yigʻlatdimi? A? Hozi kitob bilan urub boshini yoraman Shahzoda aybdormi?
Dedi Lochin kitobni boshimga qoʻyib. Husnora kulib yubordi.

Yoʻq shaxsiy muommolar ustoz.
Dedi Husnora Lochinga kulib qarab. Husnorani koʻzlaridan lochinga boʻlgan sevgini
koʻrdim...

Ha hafa qilsa menga aytinh dugonangizni oʻzim tazirini beraman.

Hop. 

Men sizga nima qildim? Qizlarni ishiga nimaga aralashasiz boring yuqaling?! 
Dedi oʻrnimdan turub qoʻllarimni belimga qoʻyib. Onam jahli chiqganlarida menga 
shunday qilib 
gapirardilar. 

Uf asabimni buzma ayol kishi erkak kishi bilan tengma teng urushmidi
Dedi Lochin asabiylashib. 

Oʻzim bilaman hopmi? Siz aralashmang qizlarni gapiga.
Dedim yana baqirib. 

Oʻn yildan beri yashab kelayotgan er xotinlarga oʻxs
haysizlara".

dedi Javohir kirib kelishiga. 
Lochin kulib yubordi. 
Lochin kulib yubordi va menga boshqacha mehr bilan qaradi. Men boʻlsa Husnoraga 
qaradim. Husnora Lochinda oʻziga nisbatan hech nima yoʻq ekanligini aniq tushundi faqat menga 
qaraganidan sez
di shekilli negadir vijdonim qiynaldi. Yaqin dugonam boʻlgani uchunmi bilmayman... 
Hamma kirib keldi Dars boshlandi zerikarli Biologiya umuman shu fan yoqmaydi. Deyarli hammaga 
sababi sinfimizda hech kim Biologiyadan tayyorlanmasdi qiziqmasdi ham... Husnora dars tugaguncha 
menga gapirmadi qarab ham qoʻymadi koʻnglim gʻash boʻldi... Dars tugashi bilan uni gapga tutdim.


36 

Husnora nega gapirmayapsan? 
Husnora oʻylanib qolib gapirdi.

Nimani gapiray Lochin senga befarq emasliginimi? Yoki hozir juda tang ahvolda ekanligimnimi? 

Husnora u ustozimiz menga befarqmi boshqami u bilan ishim yoʻq..

Toʻgʻri u ustozimiz. Mayli unut ertaga uchrashuvga chiqishim kerak menga kiyim taanlashib 
yuborasanmi? 
Dedi Husnora nihoyat kulib. Kulgusi juda soxtadek tuyuldi menga u me
ni hafa boʻlmasin deya oʻzini 
shunday tutmoqda... 

Albatta . 
Dedim men ham kulib... Uzoq tanaffusda ovqatlanishga tushdik. Oʻqituvchilar ham bor edi... 
Tursunoy ustoz negadir meni yomon koʻrib qolgan meni koʻrsa burnini jiyirib qoʻyadi borib burnini 
sindi
rgim keladiyu jim boʻlaman.... 
Toʻrtala qiz ovqatlanib oʻtirsak Lochin ham yonimizga keldi...

Men oʻquvchilarim bilan birga oʻtiraman.
Dedi Kulib Lochin. Unga shunday qaradimki u choʻchib ketdi.

Iltimos Shahzoda koʻzingni toʻgʻirlab qara odamni qoʻrqi
tib yubording. Hazillashgandim bemalol 
ovqatlanaveringlar.. 
Dedi Lochin va Tursunoyni yoniga borib oʻtirdi. Tursunoy nozlanib unga ulab qoʻygan kipriklarini pir 
piratib qarab qoʻyib oʻtirdi...

Goʻzal qizlarga shkaladlar.
Zokir har bittamizga bittadan s
hkalad qoʻydi menga bitta dona guli bilan berdi...

Oʻʼoʻooʻoʻoʻ Zokir bizga gul qani?
Dedi Odina jahlimni chiqarish uchun. 

Gulga gul berib boʻlmaydida Odina shuning uchun sizlarga bermadim!.
Dedi Zokir vaziyatdan chiqish uchun 

Unda kimlarga gul beriladi Zokir? 
Dedi Dilnavoz Zokining peshonasidan ter chiqib ketdi. 

Hunuk qizlarga gul beriladi! 
Dedi qizla kulib yubordi Zokirning koʻzi menda hozir nima qilishim mumkin ekanligi haqida oʻylayapti.

Zokir hozir seni oʻldiraman.
Deya oʻrnimdan turishim bilan Zokir qochib qoldi... Koʻzim Lochinga tushdi u menga asabiy qsrab 
turardi. 
Lochin menga qarab turishini Husnora sezdi. Koʻrmaganga olib pepsi icha boshladi... Koʻnglim 
gʻijr boʻlsa ham sezdirmasdan ovqatimni tez tez yeb darsga shoshildim ha
li ingliz tiliga borishim kerak 


37 
shu ieltsni olsam hammasi yaxshi boʻlardi oʻzimni tarixga tashlardim... Oxirgi dars Fizika edi dars 
yarmida Abdulloh kelib meni chaqirtirdi... Qoʻrquv bilan chiqdim.

Assalomu alaykum ustoz tinchlikmi? 
Dedim yuziga qaramasdan. 

Tadbirga ikki kun qoldi ulgursangizn yigitlar bilan qizlar Gruzinchaga oʻynasangiz zoʻr boʻladi men 
qoʻshiqlaridan tashlab beraman...

Soʻrab koʻraman oʻynashga rozi boʻlishsa oʻynashadi. 

Sizchi? Siz oʻynamaysizmi?
Dedi Abdulloh u meni sizlayapti
mi? Yo chin koʻngildan hurmat qilib yo yana nimanidir boshlab 
shunday qilyapti... 

Yoʻq men oʻynamayman faqat boshlovchilik qilaman...

Tushunarli soʻrab koʻring!
Abdulloh gapini tugatdi Lochin paydo boʻldi.

Shahzoda bugun dars boʻlmaydi Ielts men borolmayman. Oʻntacha odamga yetkazdim senda 
raqamlari borlaga aytib qoʻygin..
Dedi Lochin negadir birinchi marta dars boʻlmasligidan hursand boʻldim nimaga hursand boʻldim oʻzi 
ahmoqmanda aslida bu menga zararku dars boʻlmasa.

Zoʻrku...
Dedim hursandchiligimni yashirmay. Abdulloh kulib yubordi. 

Dars boʻlmasa hursand boʻladiya. Oʻqishdan yiqilsang hursand boʻlganingga afsuslanasan.
Dedi Lochin toʻgʻri aytgandi oʻqishdan yiqilsam qayta turolmasam kerak.

Buncha sovuqsiz! 
Dedim va xonaga kirib ketdim. Lochin gapirishga ulgurmadi uni haqorat qilgandan keyin jim 
turmasligini bilardim nimadir deb meni yigʻlatadigan gap aytishi tayin edi.... Xonaga qaytgach 
oʻqituvchiga ham qarmasdan sinfdoshlarga gapirdim.

Guruzinchaga oʻynab narigi guruh bilan bellashamizmi 
qizlar , yigitlar...
Dedim baqirib. Hamma birvarakayiga '" Ha " deyishdi.. 

Keyin bellashizlar shahzoda. Hozir fizika musiqa darsi emas. 
Dedi ustozimiz oʻqituvchiga bir qarab ikki qoʻlim bilan ogʻzimni yopib joyimga oʻtirdim qovun tushur 
men uchun muommo emas. Tarvuz ham tushuraveraman viy buncha ahmoqmana. 
Dars tugagandan keyin Sanjarga xabar yubordim bugun dars boʻlmasligini aytib lekin javob 
yozmadi... Qizla yigitlar qizgʻin suxbat oʻzi tadbirga ikki kun qolgan biz qanday oʻynashimizni 
kelisholmayapmiz... Abdullohni chaqirib kelishdi sabrlari tugab.

Ustoz bilsangiz oʻzingiz oʻrgating.


38 
Dedi Javohir. Abdulloh biroz jim turdida. 

Lochinni ham chaqirib kelinglarda birgalikda oʻrgatamiz.
Dedi Abdulloh kulib Javohir yugurib ketdi... Men chetga 
chiqib oʻtirdim Husnora va Dilnavoz uyiga 
ketishgandi Odina qiziqqonligi sabab qoldi boshqa hamma shu yerda. Men har zamon telefonimga 
qarab qoʻyardim negadie Sanjar menga javob yozishini kutdim. Telegramni koʻrdim yozmagan kecha 
ertalab kirib chiqganidek 
turubdi... Yarim soatda ham bitta xabarga javob yozish qiyin boʻlsaya... 
Biroz oʻtib Javohir Lochin bilan kirib keldi.

Maktabni davrini eslaylik Lochin! 
Dedi Abdulloh Lochinga. 

O yoʻq men bilmayman. Abdulloh qoʻysangchi.
Dedi Lochin peshonasini ushlab. 
Bizdan hijolat boʻlayotgandi shekilli..

Ikkalamizga yetadigani topilmagan buni oʻzing ham bilasan. Qoʻshiqni qoʻyinglar yigitlar diqqat 
bilan qarab turinglar boshqa takrorlanmaydi. 
Dedi Abdulloh. Lochin yuzi ozroq qizardi jahldan emas menimcha bizdan h
ijolat boʻlganidan... 
Qoʻshiq qoʻyilgach Abdulloh va Lochin ikkalasi bir xil qilib oʻynay boshlashdi yigitlarni havasi kelgani 
aniq ularni oʻynagani koʻrib men ham oʻynagim keldiyu jim oʻtirdim Odina oʻtirolmay yonimda turub 
ozgina boʻlsa ham qimirlab turdi. Qoʻshiq tugagach ikkalasi ham charchab qolishdi. Bir biriga qarab 
kulib qoʻl tashlashib ham olishdi...

Ustoz bilmayman deysiza? 
Dedi Javohir Lochinga qarab. Lochin kulib qoʻydi... 

Endi bizni navbatimiz yigitlar hamma tushunib oldi a? 
Deya baqirdi Zokir. 
Yettitasi bir tekis turub olishdi ularning qarshisida Abdulloh va Lochin bilmagalarini koʻrsatib 
yuborish uchun... Yigitlar oʻynay boshladi ularning oʻynashini koʻrib kulaverganimdan qornim ogʻrib 
koʻzimdan yosh chiqib ketdi... Bittasi u tomonga qarasa bittasi bu tomonga qaraydi. Bittasi oʻtirsa 
bittasi turub oladi. Lochin va Abdulloh ham kulib qotib qolishdi... 

Yigitlar vaqtingiz boʻlsa bugun kechgacha boʻlmasa ham yana ikki soat vaqtimiz bor sizga 
oʻrgatamiz... Qizlar ham qoʻshilishi mumkin.
Dey
a Lochin menga qaradi... Shu onam ham qoʻngʻiroq qilib qoldilar bormaganimga havotir oldilar 
shekilli...

Labbay oyijon. Hozir boraman.
Deya telefonni oʻchirib Lochinga qaradim.

Men ketishim kerak Onam havotir olyaptilar. 
Dedim Lochin hop deya bosh ir
gʻitib qoʻydi. Sumkamni oldimu yugurdim uyga qarab.
Uzoq kutilgan xabar. Kechgu soat toʻqqizdan oshganda Sanjar xabar yubordi. " uzur endi 
koʻribman, rahmat" deya yozilgan boʻldi boshqa hech nima... Jahlim chiqdi.. 


39 
MEN: Ertaga yozardingiz. Arzimidi. 
Deya yozib yubordim. 
SANJAR: Uzur shunaqa boʻlib qoldi. Oʻylab koʻrdingizmi menga imkon berasizmi?.
Tavakkal qilib imkon bersammikin? Aldanib qolsam nima qilaman? Dadamga onamga nima deyman? 
Keyin afsuslanmaymanmi? Hayolimda shu savollarni oʻzimga oʻzim berdim. Ammo birontasiga javob 
topa olmadim. 
MEN: Men tavak
kal qilishdan qoʻrqayapman. Aldanib qolishdan qoʻrqaman...
Shu xabarimdan keyin qoʻngʻiroq qildi. Javob berishda shunchalik hayajonlandimki oʻzimga oʻzim 
tushunmay qoldim. 

Assalomu alaykum. 

Va alaykum assalom! Aldanmaysiz Shahzoda aldamayman. Tashlab ham ketmayman aldamoqchi 
boʻlganimda ikki marta sovchi joʻnatmasdim...
Gaplarini eshitib turdim... Aqlim yoʻq desa yuragim ha derdi...

Men men bilmayman. 
Dedim qoʻrqib.

Iya nimaga bilmaysiz tentak qiz! 
Dedi Sanjar kulib. 

Bilmaymanda. 

Ehhe men qachon uylanarkanman a! 

Men hali kichkinamandan. 
Sanjarning kulgan ovozini eshitdim... Sanjar boʻylari judaa uzunmas lekin kalta ham emasdi Lochin va 
Abdullohdek shillanakdek emasda ulardan ozgina pasroq. Oʻziga yarasha chiroyi bor. Hammaa
yigitlar qatori edi faqat unda samimiylik va juda mehribonligi uchun boshqacha koʻrinardi koʻzimga...

Ha siz kichkinasizda. Bitta sirni aytaymi sizga? 
Dedi Sanjar. 

Qanday sir? 

Men universitetda oʻqimayman. Davlat ishida ishlayman hozircha qanday ish
ekanligini 
aytolmayman bu sir saqlanishi kerak. 

Vay aldoqchi men sizni talaba deb yurarkanman.. 
Rostan ham boshida kimdir spragandi Sanjardan qayerda oʻqiysiz de Universitetda talabaman 
degandi... 

Ha endi ishlayman sir saqlanishi kerak deyolmasdimda. Bugun xabaringizga javob yozolmaganim 
sabab majlislar choʻzilib ketdi.

ha tushunarli. Lekin negadir xabar yozishingizni kutdim. 


40 
Dedim ha tilimni tishladim bunday demasligim kerak edi endi nima deb oʻylayotgandir.

Qanday yoqimli soʻzlar rostan ham kutdi
ngizmi? 

Yoʻq hazillashdim. Haligi Sanjar aka darslarimni qilishim kerak edi. Keyinroq gaplasharmiz...
Hijolat boʻlganimdan darrov telefonni oʻchirdim.
Tadbir kuni ham keldi. Ikki kunni Lochin va Abdulloh Yigitlarga Gruzinchani oʻrgatish bilan 
oʻtkazishdi. Men boʻlsa Sanjar bilan yanada yaqin boʻlib qoldim... Ayni Tadbir kuni Husnoraning ham 
fotixasi boʻladigan eng yaqin qizlarni aytgan yolgʻiz qoldirmanglar deya yani oʻsha oʻsha toʻrtta 
jinnini. Tadbir tugashu bilan fotixaga ketishimiz kerak. Qizla hamma
miz qora yubka oq koʻylak va 
poshnali tufli kiyib sochimizni ikkita oʻrishga kelishgandek hamma kelishganimizdek kiyinib kelgan 
bitta men sochimni oʻrmaganman onamni vaqtlari boʻlmadi sochimni oʻrishga shunga ozgina u yoq 
bu yogʻini oʻzim jingalak qilgan boʻlib kelaverdim. Qizlar menga ginali qarab qoʻyishdi.

Shahzooda nimaga sochingni biznikidek qilmading? 
Dedi Odina. 

Odina onamni vaqtlari boʻlmadi oʻzim oʻrolmadim keyin shunday kelaverdim...
Dedim hafa boʻlib ham hijolat boʻlib sababi qizlar bizga bunday kel deb oʻzi boshqacha boʻlib olibdi 
ajralib turish uchun deya oʻylashayotgani aniq edi.

Mayli hafa boʻlma bir soat qoldi biz gʻalaba qilamiz inshaalloh.
Dedi odina Hayajonlanib... 
Biz beshta shart boʻyicha musobalashmoqchi edik shartlar oddiy 
orasida musiqiy tanaffuslar ham bor 
qizlar raqsga tushishadi... Birinchi shart tanishtiruv, ikkinchi shart har sinfdan beshtadan oʻquvchi 
chiqib maqollarni davom ettirish, uchinchi shart yigitlar arqon tortish oʻyini. Bu yigitlardan chiqqan 
taklif edi. Toʻrtinchi shart ingliz tilidan berilgan krasvord, beshinchi shart gʻazalxonlik.
Hammada hayajon qizlar oynaga qarab oʻzlarini tomosha qilish bilan band... Yigitlar aytganimni qilib 
hammasi bir xil oq koʻylak va qora shim galastugda kelishibdi hursand boʻldim
... Zokir shu yerda ham 
asabimni buzushni eplamoqda qayerdandir yana menga gul topib kelibdi... Negadir olgim keldi 
chunki bu gul men sevgan moviy atrgul edi...

Bugun bir oʻzingizni sinab koʻrasiz meni Tursunoy ustozingiz oldida sharmanda qilmang( ularg

Tursunoy rahbar boʻlgandi)
Dedi Lochin hammamizga. 

Tushundik. 
Dedik. 

Endi akrivlar zaliga ketdik omadingizni bersin...
Lochin menga qarab qoʻydiyu boshqa qaramadi.
Tadbir boshlandi boshlanishiha hamma hayajonlandi maktabdagi hamma yigʻilgan... 
Gapi
rishni boshlaganimda juda hayajonlandim keyinchalik hayajon oʻtib ketdi... Ikkinchi shartda bizni 
qizlar ozroq xatolarga yoʼl qoʻyishdi. Keyingi shartlarda toʻgʻirlanib ketdi... Shu yerda ham urushib 
ketishimizga oz qoldi. Uchinchi shartda bizni yigitlar g
ʻolib boʻlishgandi Tursunoy qarshilik bildirdi 


41 
notoʻgʻri qildingizlar deya asabimizni buzdi Lochin gapga aralashganidan keyin jim boʻlib turdi... Ingliz 
tilidan krasvord yechishda biz birinchi boʻldik ammo bitta soʻzni harflarini almashtirib qoʻyibmiz... 
Bu 
uchun ham ancha baxs boʻldi va doʻstlik gʻalaba qildi. Abdulloh hammani jiddiylik bilan kuzatib 
turardi Lochin boʻlsa asabiylashardi nohaqliklar koʻp boʻlayotganidan bir joyda turmasdi... Oxirgi 
Gʻazalxonlikda biz orqada qolayotgandik shu payti qoʻshild
im faqat chetda kuzatib turgandim 
Gʻazalxonlikda qoʻshildim men qoʻshilganimdan keyin B sinf boshlovchisi ham qoʻshildi bu yogʻiga 
ikkalamizning baxsimiz ketdi nixoyat doʻstlik gʻalaba qildi deb bizni toʻxtatishayotganlarida Abdulloh 
aralashdi. Oxirigacha 
davom etadi dedi... Endi qoʻrquvim yanada oshdi. Chunki men gʻolib boʻlishim 
shart edi ikkalamiz ham hozir teng edik... Esimga kelgan oxirgi gʻazalni aytdim va umid bilan kutdim 
qancha oʻylansa ham u aytolmadi. Va oʻqituvchilar sanay boshlashdi uchgacha s
anashgandan keyin 
toʻxtatildi men gʻolib boʻldim. Turgan joyimda yosh bolalardek sakradim... Abdulloh oʻtirgan joyidan 
sakrab turub baqirib yubordi yaxshi hamki unga koʻpchilik etibor bermadi sababi 
hursnadchiligmizdan sinfimizdagilar ham baqirib yuborishgandi... Tursunoy Lochinga qarab qarab 
qoʻyib chiqib ketdi... Biz gʻolib boʻldik Lochin bizga kutilmaganda hammamizga kitob va chiroyli 
ruchkalar sovgʻa qildi... Oxirida yigitlar guruzinchaga oʻynashdi... Abdulloh oʻtirolmay ularga qoʻshilib 
oʻynadi shu qat
orda qizlar ham. Men Odina va Dilnavozni olib Husnoraning oldiga yugurdik bizni 
kutayotgandi tadbir tugaguncha yigirma toʻrt marta telefon qilgan ancha xabarlar yuborgandi... 
Yugurub Husnorni uyiga bordik Husnora chiroyli boʻlib xonasida oʻtirgandi hayajon
lanayotgani 
shundoq koʻrinib turgandi bizni koʻrishi bilan baqirib yubordi.

Keldinglarmi? 
Dedi sakrab. 

. Keldik dugonajon
Uchalamiz ham borib uni quchdik 

Husnor pochcha bilan koʻrishdingmi? Qanday ekan?
Dedi Odina shoshib. 

ha yaxshi yigit ekan. Men
ga maqul boʻldi muhimi koʻnglimga qararkan. Oʻqitarkan
Dedi Husnora hursand boʻlib. Shu gaplaridan keyin yelkamdan togʻ agʻdarilgandek boʻldi. Hursand 
boʻlib ketdim.
Husnoraga koʻpdan koʻp sarpolar keldi. Qaynonasi orzu havasli ayol ekan... Kechgacha 
Toʻr
tta jinni mazza qilib suxbatlashdik. Telefonimga qaramabman ham sanjar va Lochin telefon qilib 
xabar joʻnatib tashlashibdi ayniqsa Sanjar... Husnorani uyidan chiqishim bilan Sanjarga qoʻngʻiroq 
qildim. 

Assalomu aa... 

Qayerdasan? Nimaga telefonga kavob bermaysan? 
Salomim yarmida qoldi Sanjar baqirib ketdi toʻgʻrisi nima qilishni bilmay qoldim buni kutmagandim.

Gapir qayerdasan? 
Sanjar yana jahl bilan baqirdi koʻzim yoshga toʻldi.

Negaa menga baqirasiz? 
Yigʻlab yubordim... Telefon ortidan chuqur nafas
olganini eshitdim. 


42 

Kechir! Havotir oldim sizni yoʻqotishdan qoʻrqaman nimadir boʻldimi deb oʻyladim qoʻngʻiroqlarga 
javob bermadingiz artalabdan beri! 
Dedi Sanjar oʻzini bosib olib.

Kecha aytgandim-ku gaplashganimizda ertaga tadbir undan keyin Husnorani fotixasi deb... 

Shunday boʻlsa ham har soatda menga borligingni eslatib turing his qilib turay siz men bilan 
ekanligingizni... 
Yana u oldingidek xotirjam gapira boshladi.. 

Shahzoda nega yigʻlayapsan?
Odina va Dilnavoz kelib qolishdi... 
Telefoni oʻchirishga ulgurmay choʻntagimga soldim.

Yoʻq oʻzim hammasi joyida. Yaxshi yetib olinglar.
Dedim koʻz yoshlarimni artib.

Senga nimadir boʻlgan. Ayt nimaa boʻldi? Yana Abdullohmi yoki Lochi shillanka asabingni buzdimi?
Dedi Odina.. 
Odina qovun 
tushurishga usta Sanjar uning gaplarini eshitmagan boʻlsin ish qilib.. hozi yana jahli 
chiqishni boshlashi mumkin... 

Yoʻq men bilan nima ishi bor ularni jinnimisizlar oʻzim shunchaki.
Dedim Odinani quchib. 

Aldama ikkalasi ham senga oshiq anavi zokir va Abiturent Sanjar aka ham. Vay Laylo 
majnunlaringiz oʻzidan koʻpayishsin.
Dedi Dilnavoz kulib. Boʻldi endi aniq oʻldim. Sanjar hozir shunchaki jahldan emas Gʻazabdan oʻzini 
qoʻyarga joy topolmayotgani aniq..

Ajab boʻlsin. Kech qolamiz uyga mayli yaxshi 
yetib olinglar. 
Ikkalasi uyi bitta koʻchada edi har tomonga qarab ketdik ulardan uzoqlashishim bilan telefonni 
oldim... 

Labbay Sanjar aka. 
Shu soʻzlarni aytishim bilan Sanjarning ovozidan yuragim yorilay dedi.

Kim ular! 
Dedi baqiirb. 

Kimni aytyapsiz tushunmadim.? 
Oʻzimni tushunmaganlikka oldim.

Zokir Abdulloh Lochin uchalasi bilan gaplashib olaman ushalar bilan qandaydir aloqang boʻlsa tirik 
qoʻymiman...
Sanjar bir gʻazablansa uni tinchlantirib boʻlmasdi boshqa payti undan yaxshi inson yoʻq.


43 

hech 
qanday aloqam yoʻq. Menga ishonmaysizmi?
Shu soʻzlarimni oʻzi yetarli boʻldi menimcha. U erkin nafas oldi.

Ishonaman senga. Tezroq uyingga borib menga aytib qoʻy bugun meni adoyi tamom qilding qoʻlim 
ishga bormadi. 

hop boʻladi general.
Deya telefonni o
ʻ
chirdim. 
Uyga borar ekanman bizni uyda ham sovchi muommosi endi Zokir uyidagilarini yuboribdi. 
Shu Zokirga mendan boshqa qiz qurub qolganmikin bilmayman. Zokirni Sarvinoz va Madina ham 
yaxshi koʻrishardi aslida shuning uchun meni yomon koʻrib qolishgan. Birovni majburan oʻzini 
sevdirib boʻlmaydi
-
ku yurak tanlaydi birov unga tanlab bermaydi oʻz qalbi amri ila tanlaydi... Uyga 
kirib borishim bilan ukalarim oldimga yugurib chiqishdi doim maktabdan kelgach ularga shirinliklar 
olib kelardim bugun hech nima olib kelmagandim esimdan chiqgan ekan ikkalasi ham shiringina 
boʻlib arazlab dadamning oldiga chiqib ketishdi.

Qizim Zokir sinfdoshing yana sovchi qoʻydi!
Dedila onam ortimdan xonamga kirib. 

Javobimni bilasiz-ku onajonim men unga teg-may-man. Hech-qachon teg-may-man. 
Deya dona dona qilib takrorladim. 

Un-da shu gap-la-ring-ni Zokirga ayt-gin qi-zim. 
Dedilar onam mendek dona dona qilib takrorlab choʻzib... Kulib yubordim.

Ona toq oʻtsam oʻtaman lekin oʻsha Zokirga tegmayman onasini koʻrgandim
ota onalar majlisiga 
kelganda gʻirt anakondani oʻzi hozir chaqib oʻldirib qoʻyaman dehandek qarab turadi. Meni oʻldirib 
qoʻyadi u tegmayman Zokirga.
Dedim. Onam gaplarimdan kulib yubordilar. 

Qaynona kelin bir boʻlarkansizlar hech qisi yoʻq..
Deya chiqib ketdilar... Onam ham gapirishni boplaydilar. Meni tilim ozgina zaxarroqda biladilar... 
Doim sen mendek yaxshigina qaynonani umrini yoqasan deydilar... Hazil tariqasida albatta... 
Kiyimlarimni almashtirib darsga shoʻngʻidim endi Ieltsga topshirishimga ati
gi uch kun qoldi... Hayajon 
va qoʻrquv bor... Lochindan qoʻngʻiroq boʻldi javob bersammikin deya oʻylanib telefonni oldim...

Labbey 

Va alaykum assalom. Uch kundan keyin Ielts dars qilishni toʻxtatib turub ozroq dam ol. Yaxshi 
boʻladi hammasi hammaga aytib qoʻydim.... Sen qolganding. 
Dedi Lochin doim mendan kamchilik topishni eplaydi. 

Assalomu alaykum tushunarli rahmat ustoz... 

Ustozmi! Bugun guruhga gʻalabani olib berding rahmat...

Atzimaydi! Mendan boshqa gapingiz yoʻqmi?

Kimdir bilan gaplashm
oqchimisan telefonni oʻchirishga shoshilyapsan?


44 
Dedi Lochin. 

Yoʻq! Shunchaki ishlarim bor.

Sanjarga salom ayt! 
Dedi Lochin va men gapirmasimdan oldin telefonni oʻchirdi. Sanjar bilan munodabatimizdan 
xabardor shekilli. Mayli menga nima? Telefon qilgani
mda oyimchasiga berib qoʻygandi menga qoʻpol 
gapirgan oʻsha qizchasi hali ham alamim bor.
Uch kun uch soat vaqtdek oʻtib ketdi ielts topshirishga Sanjar bilan birga bordin 
guruhimizdagilar Lochin ham bizga qarab qoʻydi. Lochin oʻsha qoʻrsligida hammaga oʻ
zimizga 
ishonishimiz kerakligini uqtirardi.. Bugun yettitamiz topshiradigan boʻldi ertaga oltitamiz.... 
Hammamiz hursand chiqdik abet payti boʻlganifmda birgalikda ovqatlanadigan boʻldik Qizlar 
hammamiz oʻtirdik Sanjar va Lochin alohida oʻtirishdi ikkalasi
ning munosabati yaxshi edi... Kechgacha 
ielts bilna yurub uyga qaytdik qiynalmagandim deyarli hammasini bilib tushunib ishlaganman 
gapirganman... Onma va Dadam duoda edilar kelishimga ikkalasi ham oldimga chiqishdi... 

Nima boʻldi?
Dedi dadam shoshib. 

Yaxshi qiynalmadim
Dedim hursand dadam va onam erkin nafas olishdi. Ota ona qanday zot a? Imtixonni topshirgan 
menman ammo dadam va onam mendan koʻo hayajon va qoʻrquv bilan oʻtirshgan. Ota ona shunday 
zotlarki yemay farzandiga yediradi, ichmay farzandiga ichiradi, kiymay fatzandiga kiydiradi... Dadam
biroz oʻtirganimizdan keyib gapirib qoldilar...

Qizim ielts yaxshi natijaga olsang koreyaga oʻqishga yuboraman bu yerda emas koreyada oʻqiysan.
Dedilar dadam. Jim qoldim. Ketgim ham bor ketmagim ham. Ketsam 
Sanjar nima boʻladi? Ketmasam 
orzuyim orzuligicha qolib ketadi. Dadamning esida ekan koreyada oʻqiy deb soʻragandim oldin yoʻq 
deyishgandi... 

Shahzoda nimaga oʻylanib qolding?
Dedilar dadam. Dadamga qaradimu yigʻlab yuborib ularni quchib oldim.

Hursandman dada orzuyim orzuligicha qolib ketmas ekan rahmat. 
Dedim yigʻlab aslida boshqa narsa uchun yigʻlayotgandim nimaligini oʻzim bilmayman. Balki Sanjarni 
yoʻqotishdan qoʻrqayotgandirman...

Ona qizim. Orzularing albatta ushladi qizalogʻim.
Dedilar 
dadam... Ukamlar bilan biroz oʻtirib xonamga chiqdim har narsa bilan oʻzimni chalgʻitmoqchi 
boʻldim eplolmadim... Qandaydir qoʻrquv aralash havotir bir edi koʻnglim gʻash edi... Sanjarga 
aytaymi yoʻqmi oʻylab oxiri aytadigan boʻldim... Qoʻngʻiroq qildim.

Sanjar aka sizga bitta narsa aytmoqchiman... 

Ha aytavering. 
Uning ovozida charchoq bor edi. 

Dadam koreyaga oʻqishga yubormoqchilar...


45 
Shunday dedimu yigʻlab yubordim lekin juni Sanjarga sezdirmadim.

Meni tashlab a?

Dadam shunday deyaptilar! Oʻqis
hni tugatgunimcha kutaman dehandingiz-
ku qayerda oʻqishimni 
nima farqi bor? 

Nima farqi bor? Katta farqi bor! Mendan bir ogʻiz soʻrab qoʻysangiz nima boʻlardi? Meni 
oʻylamadingizmi?

Ketmasimdan toʻpolon qilmang Ielts yaxshi chiqsa ketaman boʻlmasa pesho
nangizdaman. 

Baribirda ... Uf hech qayerga ketmaysiz! Yigʻishtiring bu gaplarni.
Dedi Sanjar chuqur uf tortib 

Aniqmas-ku hali 
Gapimni tugatmasimdan Sanjarni baqirgan ovozini eshitdim. 

Vaydoood 

Nina boʻldi?
Javob bermadi qoʻlidan telefon tushub ketd
i shekilli bir necha marta Alo deya chaqireim keyin Sanjar 
javob berdi. 

Hudo saqladiya Shahzoda. 
Dedi Sanjar. 

Tinchlikmi nima boʻldi?

Dugonangiz bor ekan xonamda boshimni yonida vishshilab turubdi qprqib ketdim. 
Dedi Sanjar kulib. 

Dugonam? Vishshilagani nimasi? 
Dedim tushunmay biroz turub esimga kelib qoldi. Asabim buzulib Sanjarni urusha boshladim. 

Oʻzingiz Vishshillaysiz hopmi. Meni ilonga oʻxshatdinga battar boʻling!
Dedim baqirib.. Sanjar boʻlsa mazza qilib kulardi.
Maktabga shoshilib bordim... Kech qolgandim birinchi dars tarix Abdullohning darsi edi 
aynan uning darsiga kechikdim. Endi menga qancha jazolarni qoʻllab gapiradi... Eshikni taqqilatib 
ochdim drektorimiz va boshqa oʻqituvchilar yigʻilib turishgan ekan... Qandaydir 
muommo chiqgani 
aniq... 

Assalomu alaykum mumkinmi!? 
Dedim xonaga kirib. Abdulloh sekin oʻtir ishorasini qildi ammo drektorimiz mijgʻovlik qildi.

Shahzoda siz darslarga layoqatsiz boʻlib qoldingiz. Kech qolib kelasiz oʻqituvchilarni hurmat 
qilmaysiz Dad
angiz bilan gaplashishga toʻgʻri keladi.
Dedi asabimni egovlab. 


46 

Men yuborgandim bir ikkita topshiriq bilan. 
Dedi Abdulloh.. 

Takrorlanmasin. 
Dedi Drektorimiz koʻz oynagini tushurib Abdullohga qarab qoʻydida. Joyimga oʻtirdim qiziqib 
ketardim nima boʻlay
otganiga juda ham... 

Husnor nima boʻldi?
Dedim sekin pichirlab. 

Qaysidir maktabda oʻquvchi qis tugʻganmish. Endi oʻshani muommisini qilib asabimizni 
egovlayapti drektor xolamiz.. Bizga nima ekan oʻzi tinch yurmagandirda.
Dedi Husnora... Maktab oʻquvchi
si ota onasi qayerga qarayotgan ekan a.

Qizlarim oʻzingizni asrang. Ota onangiz gʻururi jannat kaliti sizlarsiz. Ota onangizni jannatga 
kirishini hohlamaysizlarmi? Oʻzimizga toʻgʻri boʻlaylik hammasi tushunarli boʻldimi?
Dedi Drektor. 

Ha. 
Hech kim gap
irmasa ham men ha deb qoʻydim Abdulloh oʻng qoʻlini peshonasiga olib bordi... Drektor 
menga bir qarab qoʻydiyu gapirmadi Lochin ham kirib keldi.

Tinchlikmi? Universitetdan chaqirib qolishgandi. 
Dedi Lochin shoshilib. 

Hammasini qizlaringizga tushuntirdi
m endi oʻzingiz ham bir tarbiyaviy soat oʻtib qoʻying. 
Dedi drektor va chiqib ketishdi. Abdulloh va Lochin qolishdi. 

Nima muommo qildingizlar yana. 
Dedi Lochin bizga qarab... 

Ustoz biz hech qanday muommo qilmadik bitta mantabdagi oʻquvchi qiz aholi so
nini 
koʻpaytirishga oʻz hissasini qoʻshibdi shuning uchun bizga tarbiya berib chiqib ketdilar ..
Dedi Zokir oʻrnidan turub. Hamma kulib yubordi Lochin va Abdullohdan tashqari 

Kuladigan joyi yoʻq buni Zokir. Oʻzingizni onglab oling hammangiz. Men sizlarg
a tarbiya berishga 
uyalaman toʻgʻrisi mendan juda kichik emassiz universitetga topshirib mendek talaba boʻladigan 
paytdasizlar. Hamma nazoratim ostida boʻladi maktabda. Maktabga nechi keldi nechida chiqib ketdi 
hammasini ota onangizga aytib qoʻyaman. Qadamingizni oʻylab bosinglar.
Dedi Lochin.... Toʻgʻri aytgandi drektor ham Lochin ham bu juda biz uchun aslida yomon. Qiz bola 
poloxmon toshi boʻladi. Uyidan bir qadam koʻchaga chiqdimi ota onasi aka ukalari qarindoshlari 
gʻururini yelkasida olib chiqadi.
Iel
ts yetti oldim hamma hursand edi Sanjar ham. Dadam hursandligidan toʻgʻri koreya 
unibersitetiga topshirishimni aytdilar. Koʻnglim gʻash edi. Sanjarga aytsam seni aeraportdan olib 
qochib ketaman deb hazillashib qoʻyadi. Kunlar ketidan kunlar oʻtar maktab tu
gatishimizga ham oz 
qolgan atigi bir oy. Sanjar bilan munosabatimiz juda yaxshi edi.. Lochin va Abdullohning menga 


47 
boʻlgan munosabatlari shunchaki darsga kirganda salom alik boʻlib qoldi... Zokir taslim boʻldi. Sovchi 
joʻnatib ham sevgi isxor qilib ham charchadi... Shunday kunlarning birida Sanjar aka oʻychan holda 
gap boshladilar. 

Shahzoda sizga bitta haqiqatni aytmoqchiman. 
Dedilar negadue yuragim gʻash boʻldi.

Qanday haqiqat ekan? 
Kulib gapirishga harakat qildim. 

Mennn bir yil oldin uylanganman... 
Sanjarga qarab qoldim. 

Shahzodaa. 
Deya meni turtganidan keyin oʻzimga keldim 

Nnnima dedingiz? 
Dedim ozroq duduqlanib. 

Uylanganman toʻy kuni. Toʻyxonadan qaytishda avariya boʻlganmiz oʻsha zaxotiyoq Maryam oʻtib 
qolgan... 
Bu vaziyatda men unga nima deyishni bilmasdim... Sanjar bu gaplarni menga aytish uchun ancha 
tayyorgarlik koʻrgani aniq edi oʻzining ham kayfiyati tushib yigʻlashdan bazoʻr oʻzini ushlab turgandi...

Nnnimaga menga bularni aytdingiz? 
Yigʻlab yubordim.

Yashirolmasdim
. Uyingdagilar bermaymiz deganini sababi ham shu boʻlsa kerak... Lekin men 
oxirigacha kurashaman faqat sen bilan ekanligingni his qilib tursam bas. 

Sanjar akaa men ikkinchi xotin boʻlamanmi?

Shahzoda oʻlgan odam haqida bu mavzularda gaplashmaylik ilti
mos. Senga faqat bitta haqiqat 
men u bilan ikki marta koʻrishganman kelin koʻylak tanlashga borganimda i keyin toʻy kuni 
koʻrganman... 

Nima boʻlganda ham siz elga toʻy berib u bilan toʻyxonada birga oʻtirgansiz
-ku... 

Nima farqi bor. Men seni sevaman-k
u. Shuni oʻzi yetmaydimi? Yana nima kerak senga men 
hammasini muhayyo qilaman... 
Dedi Sanjar qoʻlimdan ushlab.

Yoʻq menga hech narsa kerak emas men men oʻylab olishim kerak...

Men Davlat ishida ishlayman.. ingliz tilini sen uchun oʻrgandim oʻquv markaz
ga ketayotganingda 
koʻrib qoldim ortingdan bordim oʻsha oʻquv markazimizgacha kuzatib bordim... Sen bilan tanishish 
uchun zoʻr fikr ingliz tilini oʻrganish edi... Sen bilan nega koʻp koʻrishmiman yoki telefonda 
gaplashmiman bilasanmi? 

Nega? 


48 

Mendan zeri
kib qolasan deb qoʻrqaman... Bor endi ketaver oʻylab ol. Meni tushlik vaqtim tugadi 
ishga yetib borishim kerak. 
Dedi Sanjar va qoʻllarimni qoʻyib yuborib ketdi. Oʻzim bogʻning oʻrtasida qoldim.
Bogʻda yigʻlab oʻtirganimda Lochinni bitta qiz bilan koʻrdim... U meni yigʻlab oʻtirganimni 
koʻrib toʻxtab qolib qaytib keldi.... Yonidagi qiz qolaverdi.

Bu yerda nima qilib oʻtiribsan?
Dedi menga qarab. 

Hech nima! 
Dedim-
u yuzimni berkitib yigʻlab yubordim... Chinakamiga ezilib yigʻlayotgandim. Lochin sekin 
yonimga oʻtirib meni quchdi kutmagandim darrov undan oʻzimni tortdim ahu zahoti Sanjar qaydandir 
paydo boʻldi. Lochinni yoqasidan ushlab oldi.

Nimaga unga qoʻlingni tekkazasan men uni oʻzimdan qizgʻonib qoʻlini ushlamayman..
Dedi Sanjar. Lochin ham uning yoqasidan ushlab oldi.. 

Unda nimaga yigʻlatib bogʻda tashlab ketding?
Dedi Lochin. 

Men aytdim shunday deb. Sanjar ka meni olib keting iltimos. 
Deya yigʻlagancha Sanjarni qoʻliga yopishdim... Sanjar menga qarab tikilib turdi uning koʻzlariga 
boqdim yig
ʻlaganini sezdim qizargan edi koʻzlari. Lochinni yoqasini qoʻyib yubordi va meni qoʻlimdan 
tortib bogʻdan olib chiqib moshinasiga oʻtirgʻizdi. Oʻzi ham yonimga oʻtirib menga tikilib qarab turdi 
keyin qoʻli bilan koʻz yoshlarimni artdi... 

Sen tentakni deb men ishsiz ham qolaman bir kun keyin ikkalamiz uchun ishlaysan. 
Dedi Sanjar. Kulib yubordim. 

Hudoga shukur quyoshim kuldi. 
Dedi Sanjar. 

Men hali oʻylab koʻrmadim.

Qoʻy shu gaplarni kel shunchaki baxtli yashaylik... Sen va Men bizning ertagimizda...
Koreyada 
oʻqishingga qarshi emasman uzogʻi bilan bir yilda yoningga oʻz biznesimni boshlab borishga harakat 
qilaman. 

Sanjar aka dadam rozi boʻlmaydilar...

Menga ishon. Seni oʻzga bilan yashashingni oʻylolmayman tasavvurimga ham sigʻdirolmayman... 
Boya 
Lochinni oʻldirishim kerak edi aslida oʻzimni bosdim oʻzim shu siyosat davlat ishida yurub 
bunday qilolmasdim..... 

Koreyaga ketaveraymi? 

Albatta. Keyin ortingdan men ham boraman... Goʻzallar goʻzali ielts oldim deb bemalol yurubsizmi 
xonimcha. Koreys 
tilini oʻrganasan oʻqishgaa ketadigan paytinggacha oʻzim nazorat qilaman..


49 
Dedi Sanjar va shu paytini oʻzida Lochindan xabar ham keldi. " Ahvoling yaxshimi?" Deya yozilgandi. 
Sanjar olib oʻqidi... Va menga sochlari tikka tikka boʻlib qaradi men boʻlsa ayb
ish qilib qoʻygan 
kichkina qizchadek yerga qarab oldim... Sanjar nimadirlarni yozib yubordi buni sezdim ammo 
yozganini oʻchirib ham tashladi... Men yerga qarab turaverdim... Sanjar sochimdan ushladi.

Soching ham judaa kalta emas urganda yaxshi qoʻlga mo
s tushadi... 
Dedi jahl bilan. 

Hmm. 
Dedim. 

Sochingni yulaymi yoki qoʻlingni sindiraymi?
Dedi Sanjar bu safar soʻzlari kulgu aralash chiqdi... Sekin boshimni koʻtarib unga qaradim. Men 
qarashim bilan kulib yubordi. 

Ajoyibsanda Shahzoda. 
Dedi kulishdan 
toʻxtamay.
Ertasiga maktabga bordim bugun Abdullohning ham Lochinning ham darsi bor edi. 
Aytgancha maktabimozdan ielts olganlarga Drektorimiz oʻz sovgʻalarini bergandi. Aslida buni ham 
Lochin oʻz hisobidan berdirgan hursand boʻlishimiz uchun.... Tarix darsida oʻtilgan mavzularni 
takrorlash oxirgi ikki hafta endi faqat oʻtilganlarni takrorlash hamma fandan Abdulloh hamma 
mavzulardan toʻplab tuzgan savollaridan berdi ... Jim test yechib oʻtirganimizda Abdulloh toʻsatdan 
menga Shahzoda tashqariga chiq dedi. Hayron ortidan bordim....

Tinchlikmi ustoz? 

Sanjar bilan nima qilib yurubsan?
Savoliga nima deb javob beraman buni nima ishi bor? 

Hech nima qilib yurganim yoʻq... Oʻylab gapiring.

Nina qilib yurganingni bilaman. Oʻzimni zoʻrgʻa bosib yurubman senda koʻnglim bor ammo Lochin 
ham seni yaxshi koʻrgani uchun doʻstim baxtli boʻlsin deya men oradan chiqgandim.. Ammo sen 
kimlarga ilakishib yurubsan? 
Dedi Abdulloh 
Unga anqayib qarab qoldim. 

Hech nima qilib yurganim. Yoʻq Lochin ustozni sevgani bor kecha ham koʻrdim telefon qilganimda 
ham oʻsha javob bergandi...

Lochin ustoz?! Shundaymi? 
Dedi Abdulloh kesatib. 

Ha ustoz. Rahbarim. 

Sen oʻsha Sanjar bilan birga boʻlolmaysan bunga men yoʻl qoʻymayman. Lochinga ham tegmaysan 
menga-ku umuman ke
raging yoʻq endi oʻzga erkak qoʻlingdan ushladi... 
Uning gaplaridan ozroq titrab ketsamda oʻzimni dadil tutdim.


50 

Mening hayotimga aralashmang sizni ishingiz boʻlmasin.
Dedim endi xonamizga ketmoqchi edim Lochin ham keldi... 

Nima muommo? 
Dedi bizga qarab. 

Hech qanday doʻst. Darsga kiray men.
Dedi Abdulloh va xonaga kirib ketdi...

Shahzoda kechaa senga nima boʻlgandi?

Hech nima boʻlmadi

toʻgʻrisini ayt?
Dedi Lochin. 

Sizga savol! Bitta qizni sevsangiz lekin uni oʻtmishi boʻlsa yani qiz toʻyi boʻlgan kuni toʻyxonadan 
qaytishda eri olamdan oʻtgan boʻlsa u bilan bir kun ham yashamagan boʻlsa unga uylanarmidingiz?
Lochin oʻylanib qoldi.

Bu oʻsha qizning qandayligiga bogʻliq agar men izlagandek qiz boʻlsa balki uylanardim. Balki yoʻq u 
ham baxtli b
oʻlishga loyiq...

Shunaqa deng! 
Dedim. 

Sen hozir bu gaplaring bilan Sanjarni nazarda tutdingmi? 
Dedi Lochin. 

Yoʻq unimas oʻzim shunchaki.

Mayli. Oʻzingni ehtiyot qil qiz bolasan. Nomingga dogʻ tushurma...
Dedi Lochin va ketdi... Xonaga qaytdim Abdullohning koʻzlari menda oʻldirishga tayyordek edi test 
ishlashga hatakat qilardim lekin qoʻlin qaltirardi nehadir darsda oʻtirishni hohlamadim. Abdulloh 
oldimda oʻtirib menga xabar yubordi... 
Abdulloh: Lochin sen 
telefon qilgamda koʻtargan qiz uning xolasini qizi boʻladi. Lochinni sevadi ammo 
Lochin unga singlisidek qaraydi. Kecha sen koʻrgan qiz sevgan qizi emas... Onasi iltimos qilgani uchun 
uchrashuvga chiqgandi unga uylanmaydi... Oʻzingni yigʻishtirib ol!"
Dey
a yozib yuborgandi. Oxirgi gaplari asabimni buzdi men yomon ish qilib yurganim yoʻq... Sanjar bir 
marta kecha yigʻlagan paytin qoʻlimdan ushladi. Lochinchi yigʻlagan paytim yuragi yorilib meni 
quchmoqchi boʻldi shu ishi toʻgʻrimi? Sanjar va Lochinning qil
adigan ishlari bir birinikini teskarisi . 
Maktabning soʻngi kunlari har kunning har bir daqiqasini baxtli oʻtkazishga harakat qilardik.... 
Soʻngi qoʻngʻiroqga ikki kun qoldi. Qizlar bilan yigʻilib olib qanday kiyinishimiz u qanday soch turmagi 
qilamiz kel
ishardik men Javohir bilan birga chiqadigan boʻldim... Dars endi tugab hammamiz uy 
uyimizga ketayotganimizda Lochin meni toʻxtatib qoldi...

Tinchlikmi ustoz? 


51 

Koreyaga ketma! 
Dedi menga boshqacha boqib.
Maktabda hovlisidamiz hamma bizga qarab qarab oʻt
ib ketardi. 

Nega ekan?

Shunchaki ketma! 
Dedi Lochin. 

Oʻzim bilaman...
Deya ketish uchun oʻgrildim va juda katta tezlikda moshina kelib chiyillagancha toʻxtadi ichidan 
Sanjar yugurib tushdi kelib meni qoʻlimdan tortqilib moshinaga oʻtqazdi. Jim edi 
menga gapirmadi 
Lochinga ham qarab qoʻymadi chekkaroqqa bordik...

Shahzoda esingdami meni ishim sirli degandim. 
Dedi Sanjar tez gapirardi gaplaridan shoshilayotganini sezib turardim... 

Ha tinchlikmi?. 

Oʻsha ishim boʻyicha men ketyapman. Mening ishim 
sirliligicha qolsin sodda qilib tushuntirganda 
men boshqa davlatlar u bu jinoyatchini qidirishi uchun yoki masala boʻlsa yuboriladigan guruh 
boshligʻiman. Zudlik bilan ketishim kerak meni aldab tashlab ketdi deb oʻylamasliging uchun 
aytyapman. Agar qaytib kelsam albatta sen menikisan kelmasam baxtli yashashing kerak hopmi? 
Dedi Sanjar koʻzidan tinmay yosh oqa boshladi ... Koʻz yoshim yuzimni yuvardi...

Nega aynan siz? 
Dedim hiqillab yigʻlagancha.

Kechir! Oʻzingni ehtiyot qil.. Iltimos Koreyada oʻqima begona joy... Meni ketadigan vaqtim boʻldi 
seni uyingga tashla qoʻyishadi...
Dedi Sanjar va Vertalyot ovozi eshitildi bizdan uzoqroqga vertalyot qoʻndi... Sanjar menga mehr bilan 
tikildi va koʻz yoshini artib Vertalyotga chiqdi. Va bitta yigit kelib moshinaga oʻtirdi meni uyga tashlab 
Sanjarni moshinasini uyiga olib borish uchun... Ikki qoʻlim bilan ogʻzimni berkitib yigʻlardim.. Yigit 
menga rahmi kelib oxiri gapirdi.. 

Sanjar bundan qiyin topshiriqlarni ham uddalagan.. Havotir olmang u albatta qaytadi... 
D
edi menga qarab shu soʻzlarning oʻzi ham menga bir olam quvonch bagʻishlardi shunday boʻlsa ham 
koʻnglimda gʻashlik bor edi.... Bu holatimni qanday tushuntirishni qanday soʻzlar bilan ifodalashni 
bilmasdim. Qiloladigan ishim yigʻlab oʻzimni ovutish... Yara
mas Sanjar baribir aniq qiladigan ishi 
haqida malumot aytmadi demak shunchalik sirli saqlanishi kerak ekan.. xatto ketar chogʻi ham meni 
oʻylab Koreyaga ketmasligimni qiynalishimni aytdi. Qanday mehribon inson a?
Uyga kelib xonamdan chiqmadim... Oʻzimni ovutishga harakat qilsam ham koʻnglim notinch 
edi... Nimadir sodir boʻladigandek... Maktabga bormadim. Soʻngi qoʻngʻiroq kuni qizlarni iltimosi 
bilan bayramga bordim. Maktab bilan hayrlashamiz. Hammani yuzida tabassum hursandchilik... 
Mening yuzim kular ammo yuragim qon ... Yuragimga har lahza pichoq sanchib turilgandek edi. Soxta 


52 
tabassumimni Abdulloh va Lochin sezishdi labim tabassum qilar ammo koʻzimda yosh. Kimdir nima 
boʻldi? Deya savol berishsa yigʻlab yuboradigandek turgandim... 

Husnora nima 
boʻldi?
Hamma mazza qilib oʻynab kulishib kabutarlar uchirishayotganda men stulda oʻtirib oʻylanib 
qolibman.. Koʻz oldimda Sanjarning Vertalyotga chiqayotganda huddi menga soʻngi bor 
qarayotgandek qaragani edi ... Men ham shu soʻzlarni kutib turganmidim bi
lmayman Husnorani 
savolidan keyin yigʻlab yubordim.

Nega yigʻlayapsan dugonajon..
Dedi Husnora meni quchib men yanada ichikib yigʻladim..

Shahzoda oʻzingni qoʻlga olsangchi hamma bizga qarayapti qara koʻz yoshingni art sen kuchlisan
-
ku. 
Dedi Husnora ko
ʻ
z yoshimni artib.... Lochin oldimga keldi.. 

Husnora tur oʻrningdan..
Dedi menga qarab

Yoʻq men yaxshiman. Koʻzimga nimadir kirdi shekilli.
Dedim koʻz yoshimni artib.

Yoʻq, sinfdoshlaringa sovgʻa bor shularga qarashib yuborasan men bilan yur yozib c
hiqamiz. 
Dedi Lochin... Unga qarab qoʻydimu ortidan keldim oʻzimizni xonamizga chiqdik....

Shahzoda yigʻlashni yigʻishtir. Bilaman nima uchun yigʻlayotganingni...

Siz nimani ham tushunardiz ichi yonib ogʻrirkan qiynalib odamni men shunaqa boʻlyapman...
Sizni 
ishingiz boʻlmasin 
Dedim yigʻlab 

Sen oʻz sevganing koʻz oldingda oʻzgani aytib yigʻlasayu ovutolmasang, oʻzga uchun qiynalsayu 
seni bir tinga ilmasa qanday boʻlishini tushunmaysan.
Dedi Lochin gʻazablanib.

Nima qilay? Nima qil deysiz? 
Dedim va 
oʻtirib yuzimni yashirib yigʻladim... Lochin boshqa gapirolmay yonimga keldi. Buni his 
qildim u men tomon qoʻlini uzatda ammo qoʻli boshimga teggunicha bormadi toʻxtadi.. Abdulloh 
yugurib keldi... 

Lochin Lochin. 
Dedi shoshilib kirib kelib. Meni koʻrib j
im qoldi

Nima boʻldi?
Dedi Lochin shoshib. Abdulloh menga qaradida Lochinga qarab koʻzzini yumdiyu yana ochib yerga 
qaradi... Lochin yuziga fotixa tortdi....


53 

Uyingga bor Shahzoda charchabsan. 
Dedi Lochin. 
Men tushunqiramay uyimga ketdim. 
Sanjar Ketmasidan oldin. 

Lochin siz bilan gaplashib olishim kerak! 
Dedi Sanjar. 

Nimani gaplashmoqchisiz? 

Men ketaman qaytib kelmayman koʻnglim sezyapti... Shahzodani sevasiz bilaman uni ehtiyot 
qiling iltimos... Uni qanday qizligini bilasiz... Men ketganimdan keyin tushkunlikka tushub qoladi aniq 
ammo oʻsha payti siz uni asrashingiz kerak yonida boʻlib. Bu soʻzlarni aytish qanday qiyinligini 
bilsangiz edi oʻz sevganini boshqaga tashlab ketish. Lekin Shahzoda baxtli boʻlishi kerak.
Dedi Sanjar

Nega kurashmaysiz? Sevsangiz kurashing. 

Ammo bu foydasiz oʻlim haq... Iltimos uni asrang men oxirgi marta u bilan hayrlashib olaman... 
Koreyaga ketishiga zinxor yoʻl qoʻymang u qiynaladi.

Sogʻ omon qaytib keling!
Dedi Lochin Sanjarni yelkasiga qoʻlini qoʻyib. Sanjar siniq kulib mayuz yuz bilan Lochinha qarab qoʻydi
Koreya: 
Mana Koreyaga kelganimga uch oy boʻlibdi. Uch oy oldin hayotim ostin ustun boʻlgandi... Yurak 
ogʻrigʻi hali ham azob berib kelmoqda... Sanjarning oʻlimini eshitib men butkul soʻndim 
bir daqiqa 
ham uyda qolgim kelmasdi... Yigʻlashdan boshqa choram yoʻq edi... Oʻzimni doim Sanjar bilan 
oʻtkazgan xotiralar bilan ovutardim. Lochin qolishim uchun ancha harakat qildi ammo 
eplolmadi...Muhimi Menga Koreya yoqdi. Bu yerlarga kimlar kelolmagan 
men shu yerda oʻqiyapman 
shuni oʻzi baxt ammo doim shu ammo degan soʻz bor menda asl baxt yoʻq uni yoʻqotdim baxtim gul 
kabi soʻlidii... Seul koʻchalarini aylanib yurar ekanman qarshimda yirtiqshimlar kiygan Abdulloh 
turardi.. Qoʻrqib ketdim u bor joyda Lochin ham boʻladi. Uni koʻrdim
-u orqamga aylib olib yurub 
ketdim afsuski Abdulloh meni koʻrishga ulgurgandi... Qanchalik qochishga harakat qilsam ham u 
oldimdan chiqdi. 

Va alaykum assalom.. 
Dedi Abdulloh. 

Yaxshimisiz? Uzur men ishlarim bor edi. Ketishim kerak. 
Dedim va boshqa tomonga buruldim. 

Qochib qutulolmaysan.. 


54 

Mendan nima istaysizlar? Tinch qoʻyinglar 
Deya baqirib yubordim. Abdulloh shundan keyin gapirmadi.....Oʻzim bilan oʻzim yigʻlab xonamga 
qaytdim Sanjar bilan tushgan rasmlarimizni koʻrib
chiqdim... Sanjarni muzqaymoq yeyayotganida 
olgan suratim bor edi oʻshamga termulib oʻtirdim.

Yaramas, aldoqchi, tashlab ketmayman degandi, baxtli qilaman degandi menikisan degandi.. 
Deya Sanjarni rasmini quchib yigʻladim ancha payt yigʻlagach oʻzimga k
elib oldim. 
Abdullohni shundan keyin koʻrmadim. Yana oldingidek kunlarim boshlandi Oʻqishim yaxshi 
edi.. Oʻqish tufayli qiynalmadim allohga shukur... Qiynalsam ham oʻqishimni tashlab qoʻymadim. 
Sanjardan ayrilgandan keyin aslida menga hammasi baribir boʻl
ib qolgandi ammo ota onam ishonchi 
, dadamning shuncha mehnatin yer qilolmasdim ular uchun men oyoqqa turishim kerakligini 
tushundim va oyoqqa turdim Alloh bitta narsani sendan uzoqlashtirdimi demak oʻsha narsa sen 
uchun yaxshilik belgisi boʻlmagan alloh b
andalariga faqat yaxshilikni ilinadi... Kimdir qanday oyoqqa 
turding? Deya savol bersa men ikkilanmay aytolaman! Men musulmonman Robbim men bilan 
turganda nega oyoqqa turmasligim kerak? Sevgi oʻldim kuydim deb hamma narsadan kechish kerak 
emas... Namoz oʻqi iymoning but boʻlishini soʻra hammasi yaxshi boʻladi... 

Shahzoda sizni soʻrab kelishibdi!
Dars payti meni chaqirib qolishdi. Bu yerda kim ham meni soʻrab kelardi Abdulloh soʻrab kelgandirda 
soʻkib beraman. Deya chiqgandim ammo qarshimda Lochin turardi.. uni koʻrdim
-u yurmay 
turaverdim oʻzi oldimga keldi.

Gaplashib olaylik! 

Meni gaplashadigan gapim yoʻq iltimos kelmang!.
Dedim koʻzim yoshga toʻlib...

Men bilan yur. Oxirgi marta.. 
Ortidan ergashdim. Koʻchaga chiqdik.... Gapirmasdim Lochinni oʻzi gapirdi..

Nimaga Abdullohga baqirib berding? U seni topish uchun bir oy Koreya kezdi...

Meni qidir deganim yoʻqku...

Shahzoda oldingi shoʻx qizni koʻrmadim hali ham... Oldingidek boʻl...
Dedi Lochin mendan koʻzini uzmasdan sekin boshimni koʻtarib unga boqdim... U menga tikilib 
turaverdi... Keyin qandaydir koʻzida gʻazab aralaah daardni koʻrdim u ogʻir yutunib gap boshladi 

Sanjarga shunchalik bogʻlanib qolganmiding?
Dedi uning ovozi shunchlalik siniq ogʻriqli chiqdiki gapirolmay turdi
m... U ham meni deb 
azoblanmoqda meni aybimni deb oʻzimni aybimni deb oʻzim ham azobdaman..... Biroz sukut saqlab 
gapirdim. 

Xato qildim Sevib oʻzim aybdorman shunga siqilyapman...

Shahzoda hamma ham adashadi... Kimdir yashash yashamasligiga sen aybdor emassan... 


55 

Ha balki! Gapingiz tugadimi? 

Nega mendan oʻzingni olib qochyapsan? 

Shunchaki.. 

Shahzoda uyingga sovchi yuborganman uyingdagilar rozi seni roziligingni olmoqchi edim shunga 
keldim. 
Dedi Lochin .Lochinga qarab turushim jinniga qarab turgandek tuyuldi shekilli jahli chiqib ketdi. 

Nimga bunday qaraysan? 
Deya ovozini balandlarib gapirdi. 

Qanday qaradim?

Shahzoda rozimisan shuni ayt asabimni egovlamasdan. 
Dedi Lochin 

Yoʻq kechirasiz siz eng yaxshisiga loyiqsiz. Menga emas men boshqa b
irov bilan gaplashganman... 
Qanchalik ogʻir boʻlsa ham men boshqa bilan gaplashganman deb aytdim. Boshqa birovga tegsam 
ham buni albatta aytaman kelajagimni yolgʻon bilan boshlolmasdim. Ammo Lochinga turmushga 
chiqishni hohlamayman... 

Men ham gaplashganman nechta qiz bilan.... Gaplashgan bilan gaplashganni farqi bor... 

Oʻzizga mos qizni topasiz Lochin aka ...

Aniqmi? Soʻngi soʻzingmi?

Ha baxtli boʻling. Sizga turmushga chiqqan qiz baxtli boʻladi. Sogʻ boʻling..
Dedim va darsga qaytdim Lochinga aylan
ib ham qaramadim.... Darsda ahmoqlik qilib yigʻlab ham 
oldim kursdoshlarim hayron edilar... Oʻzim yigʻlab oʻzim tindim. Dars tugagandan keyin ishga ham 
ishlab ham oʻqirdim... Shirinliklar sotadigaan doʻkonda ishlardim.

Shunisini olamiz. 
Dedi bitta qizalo
q akasiga qarab oʻzbekchalab Darrov qaradim.

Qaysi biri! 
Dedim kulib qizaloqqa. 

Iyaa dada qarang. Bu qiz gʻalati gapirmadi.
Dedi qizaloq kulib... Akasi deb oʻylagandim dadasi ekan. Dadasi menga qaradiyu hayratdan qotib 
qoldi. Dadasi maska taqqan koʻz oynakda edi... Shu topda yuragimda qandaydir toʻfon boʻldi hayajon 
qoʻrquv qarshimdagi inson Sanjarni eslatdi. 

Dada shunisini olib bering! 
Dedi qizaloq dadasini oyogʻidan quchib.

Hop qizim! 


56 
Boʻldi endi umuman shubha yoʻq bu Sanjar koʻzim yoshga toʻla edi.

Shunisini olib bering?! 
Dedi menga qarab

Sanjar aka sizmi? 
Dedim yigʻlab shunda ham koʻz oynak va Maskasini yechmadi me
n bu ovozni hali unutmagandim bu 
Sanjar edi...

Kim bilandir adashtirdingiz shekilli! 

Yoʻq bu siz yuzingizni oching!
Dedim uning qarshisiga oʻtib... U chuqur uh tortdi va maskasi bilan koʻz oynagini yechdi yuzining oʻng 
tomoni kuyib juda yomon chandiq 
boʻlib qolgandi bir. Labining ustida aperatsiya choklari izi qilgan 
yuzi anchagina bir ahvolga tushub qolgan Sanjar turardi. Qoʻlim bilan ogʻzimni yopib yigʻlab 
yubordim ovozim chiqarmaslikka harakat qilardim. 
Sanjar yigʻlashimni koʻrib oʻzining ham koʻzidan yosh oqdi. Darrob maskasi va koʻz oynagini 
taqib oldi... Ichimda nimadir lovlab yonardi kuyib ketay dedydigan darajada yonardi shunday yigit 
koʻz oldimda qay ahvolda turganini oʻzim his qilardim faqat.

Meni koʻrmasliging kerak edi. Koreyaga yuborma d
egandim-ku Lochinga. 
Dedi Sanjar sekin... Yigʻlardim

Dada nima uchun opa yigʻlayaptila?
Dedi qizaloq. U har sanjarni dada deganida yuragimga pichoq sanchgandek boʻlardi..

Nega aytmadingiz? Nega tirikligingizni aytmadingiz? 
Dedim koʻz yoshim yuzim yuvar
di... 

Meni shu ahvolda koʻrishingni istamagandim! Nega koreyaga kelding? Hech kiming yoʻqku bu 
yerda qiynalishingni oʻylamadingmi? Begona joy har xil inson bor hech boʻlmasa meni oʻldi 
deyishganida koreyaga ketmasin deganimni soʻngi iltimosi deya qabul q
ilolmadingmi? Seningcha 
oʻzimni oʻylab aytdimmi bularni?
Sanjar yigʻlashdan beri boʻlib gapirardi.

hamma narsa sizni eslatishidan qoʻrqdim... 
U jim qoldi.... 

Dada bu opa kim? 
Dedi Qizaloq sukutni buzub. 

ha opa doʻstim boʻladi qizim... shahzoda uyingga qayt meni eslama oʻldi deb bil. Men oʻlganman 
esingdan chiqarma oʻlganman oʻlgan..
Sanjar qayta qayta takrorladi..koʻz oldim qorongʻulashib stolga suyanib qoldim... Sanjar kelib ushlab 
oldi. 

Siz tiriksiz! 


57 
Dedim sekin... U chuqur nafas oldi. 

Qizim bilan tanish Nurzida ismi. Ayolimning ismi Nurbonu. Meni oilali erkakman men haqimda 
oʻylama ham.
Dedi Sanjar...

Hazillashdingiza hozir. Hazillashdim deng! Hazil boʻlsin.
Yigʻlab uni qoʻllariga yopishdim.

Koʻrib turganingdek qizim... Nurzida boshqa doʻkonga boramiz qizim.
Sanjar qizini qoʻlidan ushlab doʻkondan chiqdi qotib turaverdim stol ustidagi tarelkalarni sindirib 
tashladim... Sanjar ovozni eshitib toʻxtadiyu orqasiga aylanib qaramadi yana yurub ketdi... Qalbim 
azobidan tan jarohati s
ezilmayotgandi singa tarelkalarni qoʻlim bilan yigʻishtirdim qoʻlim ogʻrigʻini 
sezmadim ham faqat tinmay siniqlar qoʻlimga kirib qonardi... Toʻsatdan Lochinning Shahzoda deya 
baqirganini eshitdim... Sekin unga qaradim u menga shu darajada achinib qaradiki ahvolim 
shunchalik achinarli koʻrinayotganini tushundim... Lochin qoʻlimga sochiqni qoʻydi stulga oʻtirgʻizdi 
doʻkonimiz qarshida Dorixona bor edi Lochin oʻsha yerga yugurib kirib ketdi biroz oʻtib chiqdi. 
Qarshiilik qilishga ham holim yoʻq edi... Faqat qoʻlimni tozalash uchun spirt tegganida jonim ogʻridi 
ingranib qoʻydim.. Lochin bir qarab qoʻlim achishganini sezib. Spirt surtib darrov ufladi...Qoʻlimni
bogʻlab qoʻygach menga savol nazarida qaradi.

Nima boʻldi? Demoqchisiz bilaman.
Dedim unga

Yoʻq! Sen gʻururli eding
-
ku! Ertalab menga sevmayman oʻrganib qolganman deganding! Ammo 
hozir... 
Dedi Lochin va ogʻir yutundi.

Unuting! Shunchaki oʻlgan odam tirik boʻlsa shunday ahvolga tusharkan odam... Qachon qaytasiz 
uyingizga! 

Sen rostan yaxshimisan yo
ki oʻzingni hech nima boʻlmagandek tutayapsanmi?
Dedi Lochin hozirgina yigʻlab hayotdan toʻygan insondan farqim yoʻkdek turganimni eslab 

Ikkalasi ham! Yigʻishtirib olay rahmat kattakon..

Oʻzim!
Dedi Lochin va mendan oldin borib tozalab olib tashladi. Va menga qaradi. 

Buni qoʻl bilan emas supurgi bilan ham olsa boʻladi.

Tushunarli! 
Dedim hayolim Sanjarda edi. 

Haaa mayli ertaga ketaman..yaxshi qol oʻzingni asra.
Dedi Lochin va chiiqib ketdi doimgidek meni gapimni eshitmasdan chiqib ketdi. 
Ishdan c
hiqib menga qadrli boʻlishga ulgurgan xonamga bordim Sanjarni eslatadigan hamma 
narsani tashlab yubordim. Telegramga kirdim. Balki Sanjar yozib qolar deya telegramimdan xattoki 


58 
uch oldin qoʻygan rasmni ham oʻzgartirmagandim... Oʻzimga kerakli kontaktlarni 
saqlab ola 
boshladim yangi telegram ochish uchun Sanjar oldingi profilidan yozdi intiqib kutgandim ammo 
negadir hozir yozganida jahlim chiqdi... 
Sanjar: Meni toʻgʻri tushun Shahzoda. Sen uchun qildim nima qilgan boʻlsam. Iltimosim baxtli yasha 
meni umuman eslama oddiy xato deb ham eslama.
Men: Eslaganim yoʻq. Shunchaki soxta oʻlim qilmasdan oramiz ochiq deganingizda ham boʻlardi.
SANJAR: Meni bunday xolatda koʻrishingni hohlamagandim. Bu yerlardan ket hali endi oʻn sakkiz 
kiradigan qizsan begʻuborsan ota o
nang oldida baxtli yasha. 
Men: oʻzim bilaman qayerda oʻqishimni. Bitta gap! Men sizga ishonardim.
Sanjar: Men boʻlsa birga boʻlishimizga. Mayli Unut. Lochinga bir marta imkon ber. U seni baxtli qiladi 
ishon. Sen hozir oʻzim aytib boshqa birovga imkon 
ber degandagi azobimni tasavvur ham 
qilolmaysan.... 
Shu gaplaridan keyin koʻzimga yosh keldi u meni sevadi ammo imkoni yoʻq. Sevishganlar birga 
boʻlisholmasa bir balodan qutilishibdi derdim yoʻq aslida azobda tutilisharkan..... 
Men: Qizingiz shirin ekan aytmagandingiz! Shu qizcha uchun ham sizga yomon gapirmayman baxt 
tilayman... Lochinga imkon berolmayman men kapalak emasman bir u gulga abir bu gulga 
qoʻnadigan..
Sanjar: Baxtim sen eding. Soʻzlarim unutma. Baxtli boʻlishing kerak.. Pumbalo qiz omon boʻl..
Koʻz yoshlarim yuzimni yuvar qanchalik qiyin boʻlsa ham nafratlanishga hatakat qilsam ham foydasiz 
edi koʻzimni yumin telegramimni oʻchirib tashladim. Boshqaa telegram ochmadim ham... Yigʻlab 
oʻzimga keldim... Endi Sanjar oʻlib ketdi deya ich etimni yemay
qoʻydim... Uydagilar bilan gaplashsan 
yigʻlaydigan odat chiqardim . Dadam va onam bilan gaplashsam Sanjarning ota onang oldida baxtli 
yashab qol degani esimga tushadigan boʻldi rostan ham ota ona hech qachon topilmaydi qaytib 
kelmaydi... Ularga toʻyib ham
boʻlmaydi shundayin ulugʻ insonlar.
Oradan oʻn kun oʻtib darsdan chiqishimga Abdulloh keldi hansirab Koreyada u nima qilib 
yurubdi bilmayman yoki u ham shu yerda oʻqiyapti yoki meni asab qilosh uchun shu yerda. 

Nimalar qilib qoʻyding Shahzoda?.
Dedi A
bdulloh. Qoʻrqib ketdim nima qildim ekan deb.

Nima qildim? 
Dedim qoʻrqibgina

Lochin uylanyapti oʻsha xolasini qiziga! Majburan endi u butun umr baxtsiz boʻlib oʻtadi shuni 
kutganmiding bir marta imkon berolmading a? 
Dedi jahl bilan

Men bugun unga ertaga bunga imkon beradigan qizlardanmasman. 
Dedim jahl bilan. Kimdir meni sevsa hammasiga imkon berishim kerak degani emasku. 

Oʻsha Sanjaringni sevmagansan shunchaki oʻrganib qolgansan. Keyin oʻsha nozigoy Sanjaring 
farzandi bor. 


59 

Meni Sanjarim emas u
. Tanimiman hech kimni. Uylansa nima qilay? Baxtli boʻladi mana koʻrasiz ..
Keyin men hali endi oʻn sakkiz yoshga kiraman...

koʻrinishingdan yigirma yoshga oʻxshaysanku...
Dedi Abdulloh va gapirgan gapidan oʻzi hijolat boʻlib kulib qoʻydi.

Nima qilib
di shunga siz boʻlsa hali ham yosh bola detskiy koʻrinasiz.
Dedim jahl bilan

Shahzodaa men.... 

ey Oʻchir.
Abdullog gapirmasidan ey oʻchir deya baqirib qoʻydim Abdulloh qotib qoldi.. aytgan gapimdan oʻzim 
kulib yubordim ishxonamga qaytdim... Doʻkonda k
elib yuz marta oynaga qaradim shekilli yigirma 
yoshga oʻxshaymanmi deya. Men sochimni koreyalilardek kestirib olgandim oʻzim juda toʻlacha 
emasmanu ozgʻin ham emasdim boʻyim oʻrtacha 1.64 edi... Juda ham rangida qoni yoʻq hozirgina 
ranimatsiyadan chiqqan o
damdek oq ham emasdim. Xullas, juda chiroyli emasman toʻgʻrisi... 
Nimamni sevadi bu shillanka Lochin bilmayman. Ortidagi Abdulloh nomli sovchisi ham bor. Abdulloh 
oʻziga sovchilik agentligini ochib olsa ham boʻlar ekan. Mahalladagi sovchilikka yuradigan xo
tinlardan 
farqi qolmabdi. 
Men qushdek yengil boʻlib ucha boshladim. Sanjarni eslamay qoʻydim chunki endi uning 
oilasi farzandi bor edi. Oilali erkakni oʻylab gunohga botishni hohlamasdim... Sanjarni bir ikki marta 
qizi bilan koʻchada koʻrib qoldim shunchaki begonalardek oʻtib ketdik faqat ikkalamizning koʻzlarimiz 
bir biriga qaraganda dardni tuydik... Lochinning toʻyi boʻldi Abdulloh koʻrib oʻtir deya Lochinning 
kuyovlik kastyum shimda gullar koʻtarib turgan rasmini koʻrsatdi. Unga juda yarashibdi.. Faqat 
yuzi 
juda mayus edi.. Majburlab rasmga tushurgandek xotini kuni koʻrsatadi uning muomilasiga xotini bir 
kun ham chidolmaydi... Oʻqishimni oʻzimizga olib ketishni koʻp oʻyladim... Balki shu oʻqiyverarman 
desam Ota onam sogʻinchi qiynardi oʻqimayman desam ya
na oldingi xotiralar...

Assalomu alaykum dadajon yaxshimisiz? Onam ukalarim yaxshimi? 

Va alaykum assalom qizim ha hammasi yaxshi! Qizim doim meni aytganimni qilgansan endi ham 
meni aytganimni qilasanmi? 

Albatta dada! 
Dedimi ichimda 
qandaydir qoʻrquv tushdi.

Seni unashtirdim... Oʻqishingni oʻzimizga olib qayt tezroq qizim...
Telefon qoʻlimdan tushub ketdi... Dadamdan qoʻrqib darrov telefonni oldim.

Haaa dada hop boʻladi!
Dedim qaltirab... Nima deyishni ham bilmasdim. 

Mayli qizim. Tezroq kel!. 
Telefon oʻchirdimu oʻtirib qoldim... Hech nima qilolmasdim dadamga yoʻq ham deyolmadim.. Kimga 
tegishimni ham bilmayman... Telegramga kirdim... Sanjarni profilini olib qoʻygandim... Hali ham oʻsha 
profil oʻsha rasm ikkalamiz bir xil yozib qoʻygandik " Baxtli boʻlamiz" deya haliyam oʻshanday turubdi 
men yozishim bilan online boʻldi...


60 

Sanjar aka meni fotixalashibdi! 
Koʻzimda yosh bilan shu gaplarni yozdim.
Sanjar: Nega fotixalashadi? Kimdan soʻrab? Sen qoʻydek jim turaverdingmi? Tegmayman 
demadingmi? 
Toʻgʻrisi uning gaplaridan hayron qoldim. Menga turmushga chiq deyotgandi endi esa bunday 
gaplar... 

Oʻzingiz shuni hohladingiz
-ku.. 
Sanjar: Ming lanat nega menga buni aytding? Jim tegib ketsang boʻlmasmidi? Men endi qanday 
yashayman seni oʻzgani bagʻrida ekanlingni oʻylab....
Unga umuman tushunmadim yana yigʻladim.

Kimgaligini ham bilmayman ... Kimga dardimni aytishni bilmadim 
SANJAR: Yoʻq boʻldi tinchlandim. Kimga tegsang ham baxtli yashagin hopmi hozirgi gaplarimni unut... 
Jahlim chiqqanida aytdim. 

Hop uzur bezovta qilgan boʻlsam.
Sanjar: Qaniydi butun umr shunday bezovta qilganingda. 
Sanjar shu gaplarni yozdiyu men oʻqishim bilan chatni oʻchirib tashladi va meni blok qildi... 
Ertalabgacha oʻtirib yigʻladim.
Erta tong 
Kech uhlaganim uchun 
kechroq uygʻondim. Universitetga borib oʻqishimni online qilish uchun 
hujjatlarni toʻgʻirlay boshladim.. Endi chipta sotib olish kerak ketar ketarga kelganida koreyada 
qolgim keldi.... Universitetdan chiqsam Abdulloh qoʻlisa gul koʻtarib meni kutyapti hay
on qoldim... 

Assalomu alaykum! 

Salom! Bu gullar senga. 
U gullarni uzatdi olib unga hayron qaradim. 

Nima uchun bu gullar menga? 

Uyingdagilar aytmadimi? Menga fotixalanganingni! 

Nimaaaa? 
Baqirib yubordim... Abdulloh toʻsatdan baqirganimga qoʻrqib 
ketdi shekilli orqaga bir qadam tashlab 
qoʻydi..

Nega baqirasan yaramas! 
U ham baqirdi. 

Men sizga tegmayman! 

Sendan soʻraganim yoʻqku! Oʻqishing online qildingmi? Yoki perevod qilasanmi?


61 
Abdulloh xotirjam gapirardi dadamga hech nima deyolmasligimni biladi shuning uchun asabimni 
egovlayapti... Oʻzi yaxshi yigit ammo Abdulloh meni asab qilib oʻldiradi ikki kunda....

Abdulloh men Lochinga tegsam boʻlardi.

Kech qolding qoʻzim. Senga nechi marta aytdim Lochinga imkon ber bir marta deb.
Odamga 
oʻxshab imkon berish kerak edi endi battar boʻl! Umringni eski qishlogʻimizda buvimni oldida tovuq 
boqish bilan oʻtkazasan endi...
Abdullohga qarab turub yigʻlab yubordim.

Buncha faqat meni qiynashni oʻylaysizlar. Menda nima ayb men ham odammanku

Dedim hiqqillab yigʻlagancha.

Bilaman bilaman odamsan. Haqiqiy yalmogʻizsan... Ishonur senda koʻnglim yoʻq ammo Lochinni 
qiynaganing uchun men sendan alamini olaman seni qiynab. 

Abdulloh aka. 

Ey oʻchir.
Dedi Abdulloh men gapirmasdan men ham unga sh
unaqa degandim orqaga aylanib ham yigʻlab ham 
kula boshladim...

Yigʻlayverma foydasiz. Ketdin chipta olib kelamiz uyga qaytishga...
Abdulloh qoʻlimdan sudrab Chipta olishfa olib ketdi.
Chiroyli kelin libos hamma qiz orzu qilganidek... Ammo bu menga yoqmayotgandi... 
Koreyadan kelishimga toʻyni tezlashtirishni Abdulloh bilan biron marta koʻrishmadim Kelin libosni 
ham Qizlar bilan tanladim Abdulloh men ketgandan keyin pulini toʻlab ketdi... Qizlar oldimda 
Husnora hazillashardi mendan oldin ketyapsana barib
ir deb. Odina yigʼlab ham oldi...Dilnavozga farqi 
yoʻq mazza qilib oʻynab kulsa boʻldi... Oynaga qarab oʻzimnk tomosha qilib oʻtirar ekanman dadam 
kirib keldilar. Eshik oldida turub menga qarab turardilar ularga qarab yigʻlab yubordim dadam ham 
yigʻladilar
oʻz farzandi oʻzga uyga kuzatish qanchalar ogʻir... Dadam kelib peshonamdan oʻpdilar.

Baxtli boʻl qizim! 
Boshqa gap aytolmadilar dadamni quchib olib yigʻladim.... Qanchalik ogʻir boʻlmasin men endi bu 
uyga begona boʻlaman oʻz uyimda mehmonman... Dadam koʻz yoshlarini artib menga oq fotixa 
berdilar.. 

Qizim Kuyov moshina yuboribdi oʻzin kuzatib qoʻyaman toʻgʻri toʻyxonaga borasan.
Dedilar dadam hayron qoldim. Lekin menga bu yoqdi ham Abdulloh basharasini koʻrishni 
hohlamayotgandim... Toʻyxonaga soʻppayib oʻzim yoʻl oldim moshinadan tushdim ham kuyovdan 
darak yoʻq ... 

Ichkariga oʻzing kirib borar ekansan.
Dedi Dilnavoz kulib. 

Nimaga oʻzim?

Shahzodamiz seni oʻzgacha kutib olmoqchi ekan 


62 
Dedi Odina. 

Kutmay oʻlsin! 
Dedim ovozimni chiqarib... Kuyov 
joʻralar uzun yoʻlak hosil qilib ikki tomonga turub olishgandi bittasi 
meni gapimni eshitib qolib kulib yubordi. Toʻyxonaga kirib borar ekanman hayajon bosdi. Sekin 
atrofga koʻz yugurtirib qoʻydim Abdulloh qidirib koʻrinmadi .. Toʻyxona oʻrtasiga borgani
mda 
toʻxtatishdi qoʻlida men yoqtirgan moviy atirgulardan yuzta koʻtarib Lochin mayda qadamlar bilan 
oldimga yurub kela boshladi keyin ortida kulib qarab turgan Abdullohni koʻrdim. Lochin oldimga kelib 
gulni uzatdi. Qotib turardim Dilnavoz Salom qil. 
Deya turtdi. Lochin kulib yubordi. Salom qilib gulni oldim-u ortida turgan Abdulloh qaradim Abdulloh 
qoʻlini koʻtarib uzugini koʻrsatdi va oʻng tarafida oʻtirgan qizga qaradi xotinim deya kulib.... Men 
hayratimni yashirmay Lochinga qaradim

Seni odam 
qilib boʻlmadi shuning uchun shunday qildik. Endi ketdik joyimizga hamma bizga qarab 
turubdi..... Hayolim qayerda bilmayman koʻylagimga oʻralashib yiqilishimga oz qoldi yaxshi hamki 
Lochin ushlab qoldi. 

Koʻo oʻylanmay yur Shahzoda yiqilib sharmanda boʻla
san. 
Desi Lochin qulogʻimga shivirlab.. Joyimizga borib oʻtirdik oʻyin kulgu boshlandi... Hamma oʻzi bilan 
oʻzi ovvora payti Lochinga gapirdim toʻgʻrirogʻi gapirmasam yorilib ketardim.

Bu nimasi men bilan nega bunday hazillashdingiz? 
Dedim jahl bilan va 
sekin qoʻlini chimchilab oldim

Ay ogʻridi! 
Dedi Lochin qoʻlini ushlab

Savol berdim Sizga? 

Toʻpolon qilmay oʻtiringlar rasmga tushub olaylik!
Deya Abdulloh ayoli bilan keldi juda chiroyli qiz ekan..

Albatta Abdulloh seni yordaming bilan bittasini odam qildim. 
Dedi Lochin kulib menga ginali qarab qoʻyib.

Doʻst oʻylab gapir lekin Shahzodani qarab oʻtirishi odamni qoʻrqitayapti.
Dedi Abdulloh kulib. 

Oʻzi shunday qaraydi bu.
Lochin ikkalamizning bir birmizga oʻldirib qoʻyib qarashlarimiz va kesat
ib gapirib 
qoʻyishlarimizni aytmasa toʻy yaxshi oʻtdi.... Lochinning uyi oʻzizmiznikdek edi... Xonamiz juda chiroyli 
jihozlangan huddi men orzu qilgandek men doim xonam katta boʻlishini hohlardim shunday xona 
ekan...

Uzur sendan soʻray olmadim xonani qanday jihozlay deb. Yoqdimi? Yoqmagan boʻlsa keyinchalik 
oʻzgartiramiz...
Dedi Lochin...


63 

Yoʻq yoqdi... Endi savollarimga javob berasiz bitta bitta!
Lochin yosh bolalardek jim stulga oʻtirib menga qaradi toʻgʻrisi kulgim keldiyu kulmadim.

Eshitaman soʻr
a. 

Nega menga uylandim deb rasmgacha tashadiz? Abdullohga fotixalandi dediz? Ey adashib ketdim. 
Qachon ajtashamiz shuni ayting? 
Endi Lochin asablari choʻqqisiga chiqib oʻrnidan turdi. Gapirganimga afsuslandim. Sekin qarshimga 
kelib turdi... 

Shahzoda to
ʻy kunimizdan keltakni yeysan jim boʻlmasang! Ajrashishni hayolingga ham keltirma.... 
Tushunarlimi xotinjon. 

Yaramas! 

Men marazmanu. 

Bilaman. Aytgancha rahmat bugun pn sakkiz yoshga toʻldim tabriklaganingiz bilan.
Dedim va koʻylagimni koʻtarib olib y
urub oyna omdiga bordim. 

Nima bugunmi? 
Dedi Lochin hayron qolib. 

Yoʻq keyingi yil endi...
Zraklarimni qulogʻimdan yulib oldim... Lochin qarab turub kulib yubordi.

Buncha araz qilasan? Nima kerak ayt! 

Hech nima! Bitta narsaga aniqlik kiritaylik... 

Sanjar haqidami? 
Dedi Lochin sekin bosh egdim. 

Uni ishi shunday qay ahvolga tushganini koʻrgandirsan? Oʻzini oʻldi deb aytdirganini sababi ham 
shu bu safar boʻlmasa keyingisi oʻligim kelsachi deb qoʻrqdi... Qizini koʻrdingmi? Asrab oldi. Oʻzi 
tarbiyalash uchun. Senga kprinmaslik uchun koreyaga ketgan ekan...

Ha tushunarli. 
Dedimu kulishga harakat qildim eplolmadim... Yerga qarab yigʻlab yubordim. Lochin sekin kelib 
bagʻriga bosdi.

Kechiring! 
Dedim yigʻlashdan toʻxtamay. Endi oʻz turmush oʻrtogʻimdan oʻzga erkakni soʻrash gunoh boʻlsa ham 
soʻradim.

Meni qiynama. 

Boʻldi spz beraman... Sanjarni sevmayman shunchaki men aldandim deb siqilib yurgandim....

Men aldamaayman. 


64 

Aldab uylanib oldingiz-ku... 

Bu davlat siri unut endi buni. 

Hop. 
Erta tong soat yetti boʻlganida Lochin uygʻondi soatga qaradiyu sakrab turdi...

Shahzoda tur! 
Deya Shahzodani turtdi. Shahzoda bir koʻzini ochib bir koʻzini yumib olib Lochinga qaradi.

Shahzoda bor oldin sochingni yigʻib odamga oʻxshab kel. Seni koʻrib Yalmogʻiz ham oldin qiz 
boʻlganini angladim.
Dedi Lochin Shahzoda qarab. 

Doim ustimdan kulasiz boringey... 
Dedi Shahzoda va oʻrnidan turub koʻzim ochmasdan yurib devorga boshi bilan urulib oʻtirib qoldi.. 
Lochin kulaverib karavatdan tushub ham ketdi. 

Ey oʻle doim palakat bilaman yuraman.
Dedim boshimni ushlab.. 

Shahzoda boʻldi toʻgʻri yur onam koʻrsalar sen urdingmi deydilar... Iyaaa onaaam Shahzoda tur 
koʻcha supurishga chiqdingmi?
Dedi Lochin yugurib oldimga kelib... 

Nima koʻcha supurishim kerakmidi? Men faqat kinolarda boʻlsa kerak deb oʻylabman. Birozdan 
keyin supuramanda. 
Dedim bemalol oʻrnimdan turub...

Shahzoda yosh bolamisan? Ey bor battar boʻl! Ustingdan kulishadi uyquchi kelin ekan bu qiz deb.

Yaxshiku! Yana uhlayman. 
Dedim oʻrnimdan turub. Lochin gʻazablanganini koʻrib kulgim kelardi...

Shahzoda, basharangni yuvub nonushta tayyorla men ishga ketishim kerak. 

Basharam toza! Keyin qayerda ishlayapsiz? Maktabimizdami? 

Oʻquv markaz ochganman. Sharofating bilan kech qolaman hozir.. Ana onam ham uygʻonibdilar 
battar boʻl men ishga ketdim.....Men joyimizni toʻgʻirlagunimcha Lochin tezda yuz qoʻlini yuvib 
Kiyinib ham oldi...

Endi Onamdan koʻradiganingni koʻrasan men aralashmayman.
Dedi Lochin va yugurib ketdi... U ketgandan keyin huddi begona joyda hech kimisiz qolgan odamdek 
boʻlib qoldim.... Erta turishim kerak edi esimga ham kelmabdi oʻz uyimdaman deb yotaveribman... 
Endi qaynonamdan qandayin chiroyli gaplar eshitishimni tasavvur qilib oldlariga chiqdim kelin salom 
qildim... 

Koʻp yashang! Sal ertaroq uygʻoning qizim Lochinbek nonushta qilmasdan ishga ketdi....


65 

Hop boʻladi oyijon boshqa takrorlanmaydi..
Men ham hop boʻladi deyishni bilarkanman. Lochinga shunday dedam yuragi huruj qilib qolsa 
kerak... 

Mayli ishla
ringizni qiling. Men davleniyam oshganmi yoʻqmi bilib kelaman.... Qaysi ishlarimni 
qilaman? Kechagina kelgan uyimda xonamizdan boshqa xonanini bilmaymanku ishalaringizni qiling 
deydilar huddi men bu yerda oʻn yildan beri ishlayotgandek.
Hamma joy toza edi
. Mayli deb nomiga hovlini supurib chiqdim... Zerikib Lochinga qoʻngʻiroq 
qildim. 

Lochin aka nima qilyapsiz? 

Lego oʻynab oʻtiribman shahzoda. Ishda nima qilaman dars oʻtyapman.

Hop buncha jahl qilasiz? Telefon qilmaganim boʻlsin sizga.

Toʻxta. Tushlikka nimadir qil... Darsim oʻn ikkida tugaydi.

Baloni yeng endi... 
Dedim jahl bilan telefonni oʻchirib tashladim... Nima qilsam ekan deb oʻylanib oʻtirib mastavaga 
harakatni boshladim... Oshxonaga kirib qoʻshiqni baland qilib qoʻygandim qoʻshni xola baq
irib baqirib 
charchab oxiri oshxona eshigi oldiga kelib meni kuzatib turgan ekan. Toʻsatdan koʻzim tushub qoldi.... 
Qarab choʻchib ketib baqirib yubordim xola baqirganimdan qoʻrqib baqirib yubordi... Eshikdan 
qaynonam kirib keldilar qoʻrqib.

Nima boʻldi?
Dedilar yugurib kelib. 

Oooyi Assalomu alaykum . 
Dedim duduqlanib qoʻrqib ketgandim.

va akaykum assalom kelin qoʻshiq oʻlgurni oʻchiring!
Dedilar oyijon... Qoʻshiqni oʻchirib tashlab qoʻshni xolaga salom qildim... Supaga chiqib oʻtirishgach 
choy olib bo
rib quyib berdimda ovqatimni qildim..... Mastavam birinchi bor yaxshi chiqdi qoʻshni xola 
ham bir soat deganda uyiga chiqib ketdi. Lochin oʻn ikki yarim boʻlganda kirib keldi..

Shahzoda nima qilding? Nonushta ham qilmaganman. 
Dedi Oshxonaga kirib. 

Siz oʻn ikkida darsdan chiqaman degandingiz soat oʻn ikki yarim boʻldi!.
Lochin menga qarab kulib yubordi. 

Xotinimda rashk bor ekan. Oʻlib tugʻulganmikin deb oʻylagandim.
Dedi kulib. 

Hozi sizni oʻldiraman. Lochin aka.

Akang emasman asabimni buzub aka dema iltimos... 


66 

Hop boʻladi ovqat tayyor!

Hoʻp boʻladi dedi. Meni shamollatilar mazam qochadi hozi.

ajab boʻlsin.
Men uchun kelinlik qiyinroqdek tuyuldi qaynonani koʻngloga qarash bir uni koʻngliga qarash. 
Mehmon kelsa unga alohida qarash. Bu mendek qiz uchun qiyin edi... Lekin baribir oila baxti ham 
bor.. Lochin menga suyanchiq boʻla oldi.. Xatolarimga koʻz yumardi. Oyijon koʻp urushsala hali 
yoshda oyijon oʻrganadi deb tarafimni olardi.
Ikki yildan soʻng!

Nima qilib oʻtiribsan Shahzoda?
Dedi Lo
chin yelkamga qoʻlini qoʻyib.

Kundaligimni oʻqib chiqdim shuncha shoʻxliklarim, sizni asabizni rosssa egovlaganlarimni oʻqib 
chiqdim. 
Dedim Lochinga kulib... 

Ha! Mayli azoblarim senga uylangan kunimoq unutganman. Kel eslamaymiz shuni... Yurchi endi 
tekshiruvga boramiz... 

Hopda Lochin akasi. 

shahzodaaaa. 

Boʻldi tushundim sizga yoqmaydi...
Deya Lochindan oldin borib moshinaga oʻtirdim.... 
Allohga shukur baxtli edim ikki yilllik sinovdan keyin menda yangilik boʻldi yana xomimadorman ikki 
yil kutdik. 
Lochin biron marta menga yomon gapirmadi. Yuzimga solmadi oyijon tugʻmaydi bu deb 
urushganlarida ham allohdan hammasi deya men bilan turdi. Hali yosh dedi alloh beradi dedi. Meni 
hafa qildirmadi.... Men Alhamdulillah deyman shunday insonga turmushga chiqganimdan... Abdulloh 
oʻgʻillik boʻldi har kelganida bizga hazil qilardi qiz farzandli boʻlishinglar kerak oʻzim kelin qilaman 
derdi.. Ayoli ham juda yaxshi, istarasi issiq edi... Hayotimizda har qanday sinovlar boʻlar ekan. 
Qanchalik harakat qilmang baribi
r yozilgani boʻlar ekan. Alloh doim bandasi uchun yaxshilikka olib 
borishini tushundim... Hayotimdagi barcha boʻlib oʻtgan yaxshi kunlar va yomon kunlar uchun 
Alhamdulillah deyman. Balki oʻsha xatolarim boʻlmaganida men undan ham kattaroq xato qilishim 
m
umkin edi. Oʻzimdek oʻqish istagidagilarga iltimos hech qachon yoʻlingizdan adashmang faqat 
qilgan maqsadingiz ortidan qolganmang boshqa narsalar ikkinchi darajali boʻlsinm ota onangiz 
ishonchi oqlashga harakat qiling.. Faqat oʻzingizga va allohga ishonin
g... 

Download 409,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish