Toshkent Davlat Chirchiq Pedagogika Instituti Boshlang’ich ta’lim 20/1-guruh talabasi Gairova Gulrux



Download 20,4 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi20,4 Kb.
#714290
Bog'liq
ustozim maqola (1)


Toshkent Davlat Chirchiq Pedagogika Instituti
Boshlang’ich ta’lim 20/1-guruh talabasi Gairova Gulrux
Galibjonovna ning Ona tilini o’qitish metodikasidan
“ Qalbimdasiz birinchi ustozim” mavzusida tayyorlagan
MAQOLASI.
Hayot go’yoki oqar suv. Unda bizlar suvni ichidagi zarrachalar bo’lsak, suv vaqtimiz o’tayotgan onimizdir. Huddi suvdagidek toshdan toshga urilib hayot sinovlarini birma bir yengib o’taverar ekanmiz. Kechagina yoshgina qizaloq edim go’yo. Ilk maktab ostonasiga qadam qo’ygan damlarimni eslasam ko’zimga sevinch yoshlari keladi. Maktabga bo’lgan qiziqishim sabab oyijonim meni olti yoshimda maktabga olib bordilar. Kuz faslida tug’ulganim sababmi hullas meni maktabga qabul qilishmadi. Maktab hovlisida rosa xafa bo’lib yig’lab turganimda, birinchi ustozim bo’lmish Quvvatov ustoz yonimga keldilar va boshimni silab , xafa bo’lma qizim kelgusi yil seni o’zim o’qitaman deb dalda berib meni ovutib uyga qaytarib yubordilar.
Qalbimda birinchi ustozimga bo’lgan ilk taa’surotlarim bilan, bir yil ham bir onda o’tib ketdi. Yana maktabga ko’nglimda bir ajib hissiyotlar bilan oyijonim ko’maklarida yetib keldik. Meni maktab hovlisida huddi kutib turgandek Quvvatov ustozim quchoq ochib kutib oldilar. Oyijonim ikkinchi guruhdagi ayol muallimaga beraman deyishlariga qaramay qalbimdan joy olgan Quvvatov ustozni sinflarini tanladim. Shunday qilib maktabdagi bolalik onlarim boshlandi.
Quvvatov ustoz erkak ustoz bo’lishlariga qaramasdan sinfimizda 26ta o’quvchi bo’lsa barchamizga birdek , mehribon , oqko’ngil, jonkuyar edilar. Ilk harflarni o’rgatishda va yozdirishda hammamizni qo’limizdan ushlab yozishni o’rgatar edilar. Darslarni juda qiziqarli va o’zgacha usullardan foydalanib o’tar edilar. Har bir harfni o’rgatishda ertak qahramonlarini sinfimizda aks ettirar edilar. Bizni shunchalik darsga qiziqtirar edilarki tanaffusga ham chiqqimiz kelmasdi.
Sinfimizda bizdan bir yosh katta bo’lgan Muhabbat ismli dugonamiz bor edi. Yoshligida kasallik tufayli tilida nuqson bo’lib yaxshi gapira olmaganligi sababli boshqa o’qituvchilar o’qitishni zimmasiga olmay, Quvvatov ustozni mehribonliklari shu dugonamga ham tushib qolib, o’zlari o’qitishni zimmalariga olgan edilar. Boshida biz ham Muhabbatni so’zlarini tushunmas, uni o’zimizga qo’shmas edik. Ustozimizni do’stlik, ahillik haqidagi o’gitlari hamda Muhabbatni kirishimli qizligi uchun asta-sekin uni so’zlarini tushuna boshladik. Ona tili, matematika, o’qish fanlarini bizga qanday o’rgatgan bo’lsalar, Muhabbatga ham huddi shunday sabr bilan , harflarni, raqamlarni, sherlarni o’rgata boshladilar. Ustozimizni bergan saboqlari besamar qolmadi. Dugonamiz 3-sinfda o’tganimizda matematikadan ko’paytirish jadvalini shunaqa zo’r yodladiki, darslarimizga kirgan boshqa ustozlar hayron bo’lib qolishardi. Biz ham dugonamizni juda yaxshi ko’rib qoldik.
Quvvatov ustozimiz mehribon va oqko’ngil bo’lishlari bilan bir qatorda juda qattiqqo’l ustoz edilar. Darsga kechikib yoki uyga vazifa tayyorlab kelmasak rosa tanbeh berar edilar. Kelajagimizni o’ylaydigan bizni ona vatanga foydasi tegadigan kasb egalari bo’lishimizni chin dildan istaydigan otamiz edilar. Har darsda hikmatli so’zlarni aytib ularni izohlab berar edilar.
“O’qing a’lo , bo’ling dono. Degan bizga Beruniy bobo “ der edilar ko’pincha. Sinfimizdagi sinfdoshlarimiz bilan kundalikka kim ko’p baho olish bo’yicha bellashuv qilardilar. Ko’p baho olgan o’quvchiga sovg’alar uyushtirar edilar. Maktabdagi tadbirlar bizni sinfimizsiz o’tmas edi.
Quvvatov ustozimizni tabiatga muhabbatlari o’zgacha bo’lganligi sababli bizni har “Navruz” bayramida tabiat qo’ynida sayohatlarga olib chiqar edilar. Tabiat qo’ynidagi gullarni, qushlarni, o’simliklarni asrashni ularga ozor bermaslikni o’rgatar edilar. Qishlog’imiz atrofidagi hamma tog’ va qirlarni ustozimiz sabab ko’rib, undagi kerakli bo’lgan o’simliklar va hashoratlar bilan tanishib chiqqanmiz.
Bizga yoshligimizni eslab turish uchun, ko’p xotiralarni qoldirganlar. Bolalarim hammangizni kelajakda o’qib yaxshi insonlar bo’lishingizni istayman. ustozing kim deganda meni nomimni yodga olib tursangiz men sizlardan minnatdor bo’laman deganlari sababmi, sinfimizda ko’pchiligimiz o’qimishli bo’lib vatanga foydasi tegadigan kasblar egasi bo’lganmiz.
Men birinchi ustozimni erkak ekanligini fahr bilan aytishdan uyalmayman va Quvvatov ustozimga havasim sabab, ikkinchi marta bo’lsada “Ikkinchi oliy ta’lim” ga boshlang’ich ta’lim yo’nalishiga o’qishni istadim .Men ham ustozimga o’xshab jonkuyar, mehribon, o’quvchilarini g’amini o’ylaydigan, kelajakda fahr bilan o’quvchilarim eslaydigan boshlang’ich ta’lim ustozi bo’lmoqchiman.
Quvvatov ustoz hozir hayotlar. Ushbu maqolamni o’qib o’zlarini shunday sevimli ustoz bo’lganlarini, shogirdlarini qalbida doim sevimli birinchi ustoz bo’lib yurishlarini takror takror aytishdan charchamayman. Ustoz ilohim umringiz uzooq bo’lsin. Shogirdlaringizni yutuqlarini eshitib quvonib yuring.
Birinchi ustozimsiz.
Sizga qancha ta’zim qilsam shuncha kam.
Yuragimda sizga bo’lgan muhabbatim jam.
Ustoz bugun sizni eslab qo’limda qalam.
Goho ozor berganlarim qiladi alam.
Qalbimdan joy egallagan mehribonimsiz.
Menga yozishni o’rgatgan birinchi ustozimsiz.
Falsafiy fikrlar sizda mujassam.
Barcha shogirdlarin bir ko’zda ko’rgan
O’qing a’lo bo’ling dono deb fikr bergan.
Vatanni sevishni bizga o’rgatgan.
Qalbimdan joy egallagan mehribonimsiz.
Yozishni o’rgatgan birinchi ustozimsiz.
Sizni doim uchrashganda kulib eslaymiz
Maktab onlarimiz yodda saqlaymiz
Ustoz bugun shogirdlardan hursand bo’ling siz.
Siz hohlagan kasb egasi o’g’il qizingiz.
Qalbimdan joy egallagan mehribonimsiz.
Mehribonlikni o’rgatgan birinchi ustozimsiz.
Download 20,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish