www.ziyouz.com
кутубхонаси
6
Metin o'ziga ikkita keladigan bu bolaga kalla qil-moqchi bo'lgan edi, arang ushlab qoldim. Uyga
ketyapmiz-u Metin hadeb:
— Aldoqchilar... Maktabda faqat mening dadam a'lochi bo'lgan! — deb ho'ng-ho'ng yig'ladi.
Uyga kira solib, u oyimning oldiga yugurdi.
— Dadam a'lochi bo'lmaganmish. Dadam aldoqchi emish.
Oyimning jahli qo'zib, jerkib berdi:
— O'chir ovozingni! Bu nima qiliq? Yana qaytarsang, tilingni kesib olaman.
Ukam darhol jim bo'ldi.
— Nimaga achchiq qilasan, Metin, — dedim uni yupatish uchun.— Ayb o'zimizda bo'lishi ham
mumkin. Dadamiz ularning dadalari bilan bir maktabda o'qimagandir balki.
— O'zlari doim birga o'qiganmiz, deyishadi-ku.
— Bo'pti, kechqurun dadamning o'zlaridan so'raymiz. Bor gapni aytadilar.
G'ulg'ulaga tushib qoldim. Bu masala meni ham qiziqtira boshladi. Kechqurun ovqatlanib o'tirgan
edik, dadamdan boyagi gapni so'radim.
— Ha, birga o'qiganmiz, to'g'ri. Aslida to'rttalamiz ham bir sinfda o'qiganmiz. Men ulardan biri
bilan uch yil, qolgan ikkitasi bilan besh yil bir sinfda o'qiganman.
Kunduzi oyimning Metinga qilgan po'pisasi esimga tushib, boshqa narsa so'rashga yuragim
betlamadi.
Ertasi kuni maktabga borganimda yonimdagi par-tada o'tiradigan qizdan dadasi maktabda qanday
o'qiganini so'radim.
— Mening dadam nuqul a'lo baho bilan o'qigan,— dedi u.
Bu gapni orqamizdagi bola eshitib qoldi.
— Mening dadam ham a'lochi bo'lgan ekanlar, — dedi u kerilib.
Xullas, bu masala butun sinfning og'ziga tushdi. Atigi uch bola dadasi yoshligida qanday
o'qiganligini bilmas ekan. Qolgan hamma o'quvchilarning dadasi a'lochi bo'lib chiqdi.
Ahmad, xatimni olganingdan keyin sen ham dadangdan so'rab ko'r — u kishiyam maktabda a'lo
baholar bilan o'qigan ekanlarmi? Lekin a'lochi bo'lganlariga hozirdanoq ishonaman. Chunki kimni olib
qarama, hammaning dadasi negadir a'lochi bo'lib chiqyapti.
Oradan ikki kun o'tmagan ham ediki, bir payt Metinning o'qituvchisi oyimni maktabga ayttirib
yubordi. Ma'lum bo'lishicha, ukamning o'qishi pasayib ketibdi. Ishdan qaytgach, bu gap dadamning
qulog'iga yetdi. Dadam Metinni ancha koyib berdilar, keyin esa uni oldilariga o'tqazib, yotig'i bilan
nasihat qildilar.
— Axir mendan ibrat olsang bo'lmaydimi, o'g'lim? Men sendek paytimda hamma fanlardan a'lo
baho olib o'qirdim. Biror marta ham past baho olmaganman. Sinfda mening oldimga tushadigan bola
yo'q edi. Xo sh, sen-chi? Uyat emasmi, axir! Nimaga o'qishingning mazasi yo'q? Bola degan dadasiga
o'xshashi, undan ibrat olishi kerak-da, axir.
Dadam ancha hovuridan tushgan edi, fursatni qo'ldan bergim kelmadi:
— Qo'yavering, dada,— dedim.— Metin ham katta bo'lganida bolalariga maktabda zo'r
o'qiganman, deb aytishi mumkin-ku.
Ilmoqli gapimni oyim fahmlab qolib, darrov tanbehga o'tdilar:
— Bu nima beadablik, qizi tushmagur? Endi sening tilingni kesib olaymi? O'zingdan katta
gapirayotganda tek o'tirsang bo'lmaydimi?!
Buyog'iga indamay qo'ya qoldim. Dadam boshqa churq etib og'iz ochmadilar.
Xullas, Anqaraga ko'chib kelganimizdan beri bundan bo'lak yirikroq voqea yuz bergani yo'q.
Mendan hamma sinfdosh o'rtoqlarga salom ayt. Senga ham muvaffaqiyatlar tilayman.
Sinfdoshing Zaynab Yolqir.
Do'stlaringiz bilan baham: |