16-variant
1. Til leksikasi qanday yo‘llar bilan boyiydi?
2. Iboralar haqida?
3. Erkin fikr: Maktabda ona tili fanining o‘rgatilishi: Xalq ta’limi vazirligining maktabda ona tili fani soatini qisqartirish haqidagi fikriga munosabatingiz? Ona tili darsliklari sizningcha qanday bo‘lishi kerak? Hozirgi kundagi amaldagi ona tili darsliklariga munosabatingiz.
Javob
1. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 28 yil toʻldi. Oʻtgan davr ichida oʻzbek adabiy tilini shakllantirish, uning maqomini yanada oshirish yoʻlida xayrli va eʼtiborga molik ishlar qilindi. Davlatimizning rasmiy hujjatlari ona tilida rasmiylashtiriladigan boʻldi. Oʻzbek tili ilmiy til sifatida ilm-fanning deyarli barcha tarmoqlarida foydalaniladigan, ilmiy tadqiqotlar shu tilda bajariladigan va himoya qilinadigan darajaga koʻtarildi. Oʻzbek tili shakllanishi haqida gap ketganda XX asr boshlarida tilimiz taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan professor Abdurauf Fitratning ilmiy faoliyati haqida toʻxtalib oʻtish oʻrinli.
Abdurauf Fitratning oʻzbek tilshunosligida muhim oʻrin tutgan xizmatlaridan biri uning til taraqqiyoti haqidagi qarashlaridir. Olim “Adabiyot qoidalari” nomli adabiyotshunoslikka bagʻishlangan asarida oʻzbek tili lugʻat boyligining taraqqiyoti masalasiga toʻxtalib oʻtib, shunday yozadi: “Uch yoʻl bilan tilimizga yangi soʻzlar kirgizishni talab etmasak, tilimizni boyishdan toʻxtatgan boʻlamiz. Bular, yangidan yasaymiz (uchgʻich), yotlardan olarmiz (elektrik), unutilib ketgan eski soʻzlarni yangidan kirgizarmiz (qurultoy)”.
Olimning nazarida, milliy tilni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri har bir tilning oʻz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib soʻz yasashdir. Fitratning bu sohadagi qarashlari bugungi tilshunoslik qarashlari bilan aynan mos keladi. Hozirgi oʻzbek tilida ham lugʻat boyligini oshirishning samarali yoʻllaridan biri oʻzbek tilining oʻz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib soʻz yasash hisoblanadi.
Fitratning oʻzi misol qilib keltirgan uchgʻich soʻzi ana shu asosda hosil qilingandir: uch (oʻzak, oʻzbekcha soʻz) + -gʻich (qoʻshimcha, oʻzbekcha qoʻshimcha), ularning birikishidan hosil boʻlgan hosila – uchgʻich. Tilning ichki imkoniyatidan kelib chiqib yasalgan bunday soʻzlar tilni boyitadi, shu bilan birga, uning sofligini, tozaligini taʼminlaydi.
2. O„zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi. Iboralarning ko„pligi nafaqat tilimizning boyligini, balki xalqimizning turmush tarzi, kundalik hayoti, nutq madaniyatidagi o„ziga xos hususiyatlarini ham ko„rsatib turadi. Ibora ─ tilimizning lug„at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biridir. Ular ikki va undan ortiq so„zning ko„chgan ma‟nolari asosida tarkib topgan lug„aviy birlik bo„lib xuddi so„z kabi lug„aviy ma‟noni anglatadi. Masalan, xamirdan qil sug„urganday iborasi, “osonlik bilan”, “qiyinchiliksiz ” ma‟nosini, ko„ngil bermoq iborasi “sevmoq” ma‟nosini, qo„y og„zidan cho„p olmagan iborasi “yuvosh” ma‟nosini bildiradi.5 Xuddi so„z kabi yaxlit bir ma‟noni anglatadigan bunday til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi. Ibora ─ frazema frazeologik birlik sifatida tilshunoslikning frazeologiya bo„limida o„rganiladi. Ibora tuzilishiga ko„ra ya‟ni birdan ortiq so„zdan tashkil topishi bilan so„z birikmasi yoki gapga o„xshab ketsa ham, nutq birligi sanalgan bunday birliklardan tamoman farq qiladi va lug„aviy birlik sifatida ko„p jihatdan so„zlarga yaqin turadi. So„zlarga xos bo„lgan juda ko„p xususiyatlar iboralarga ham xosdir. Iboralar so„z birikmasi yoki gaplar kabi har gal nutqning o„zidagina yuzaga kelmaydi, balki ular, xuddi so„zlar kabi tilda tayyor holda bo„ladi. Shuning uchun iboralarni turg„un birikmalar hisoblaymiz. Chunki ibora tarkibidagi so„zlarni ajratib bo„lmaydi. Iboralar gapda bitta so„roqqa javob bo„lib, bitta bo„lak vazifasida keladi. Demak, iboralar nutq hodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi: aravani quruq olib qochmoq, kavushini to„g„rilab qo„ymoq, tomdan tarasha tushganday, kapalagi uchib ketdi kabilar tilda tayyor holdagi birliklardir
3. Ona tili va adabiyot darslarining maqsadlari tubdan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Hamma o‘quvchi ham maktabni bitirgach, filolog bo‘lavermaydi. Filolog bo‘laman, desa, filologiyaga oid qoidalarni oliy ta’limda o‘rganib oladi. Shunday ekan, birinchi navbatda o‘quvchiga ona tili hayotda nima uchun kerak, degan savolga javob berishimiz kerak. Til insonga muloqot vositasi sifatida kerak. Shu orqali o‘z fikrini ifodalaydi. O‘quvchi maktabni bitirgach, unga qo‘shimchalar-u morfemalarning tasniflanishi haqidagi ma’lumot kerak bo‘lmaydi. E’tibor bering, aksar davlatlarda ona tili darslarida asosan yozma nutq rivojlantiriladi, turli janr va ko‘lamdagi matnlarni tushunish o‘rgatiladi. Test tizimi ham shuni tekshiradi (PISA testlari yaqqol misol). Bizda esa o‘quvchi filologik qoidalarni yodlaydi, lekin savod masalasida oqsaydi. Ona tili darslari til haqidagi qoidalarni yodlatishga emas, tilni hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishi kerak. Xuddi shunday, adabiyot darslari ham yozuvchilar va asarlar haqidagi statistik ma’lumotlar darsiga aylanib qolgan. O‘quvchi yozuvchi biografiyasini, darslikdagi “asar haqida” bo‘limida berilgan darslik mualliflarining fikrlarini, asar sujetiga oid mayda-chuyda detallarni yodlaydi. Asarni tushunish, tahlil qilish yo‘q. O‘quvchidan asar haqidagi fikrini so‘rasak, darslikdagi fikrlarni qaytaradi, xolos. Adabiyot asarni mustaqil tahlil qilishni, badiiy so‘z olamiga kirishni, asar orqali o‘z savollariga javob izlashni o‘rgatishi kerak emasmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |