G’aroyib bolalar (roman).
Aziz Nesin
www.ziyouz.com
кутубхонаси
5
Dadalar a'lochi bo'ladi
Anqara, 19-noyabr, 1963-yil.
Qadrli do'stim Ahmad!
Javob xating uchun katta rahmat. Menga yozgan xating hamisha shunaqa bir quloch bo'lsin. Bu
yerda nima voqea ro'y bersa, men ham batafsil yozib turaman. Xatingni o'qib turganimda seni ko'z
oldimda bir zum tasavvur qildim. Shunda inspektor ikkoving qar-shimda namoyon bo'ldinglar.
Kulaverib ichagim uzildi...
Endi senga uyimizni ta'riflab bersam. Biz to'rt qavatli binoda turibmiz. Har bir qavatda ikkitadan
kvartira bor. Biz ikkinchi qavatdamiz. Dadamning uchala o'rtog'i ham shu binoda oilasi bilan yashaydi.
Bu haqda senga oldingi xatimda yozgan edim.
Uyning orqasi maydon. Katta bo'lsa ham huvillab yotadi. Kechqurunlari
hammamiz shu yerda
o'ynaymiz.
Tunov kuniyam qiy-chuv ko'tarib o'ynab yurgan edik, dadalarimizdan gap chiqib ketdi. Har kim
o'zining dadasini maqtayverdi. Mayda bolalar ayniqsa to'polon ko'tarib yuborishdi.
Metin degan ukam
bor. Hozir uchinchi sinfda o'qiydi. Hammadan shu ukam oshib tushdi. «Mening dadam zo'rla, mening
dadam bilag'onla», deyaverdi ko'kragini kerib.
Aslida haq gap bu. Dadamiz maktabda nuqul a'lo baholar bilan o'qigan ekanlar. Buni o'z
og'izlaridan eshitganmiz.
Ikki o'rtada bahs qizib ketdi.
— Mening dadam sizlarnikidan zo'r o'qiganlar. Sinfdan sinfga nuqul a'lo baholar bilan o'tganlar.
Ha,
mana shunaqa, — derdi Metin bo'sh kelmay.
Dadam bilan birga o'qigan o'rtog'ining o'g'li:
—
Ho, rosa olib qochding-ku! — dedi Metinni kalaka qilib.
—
Bu gapni kimdan eshitding o'zi? — so'radi boshqa bir bola.
—
Dadamning o'zlari aytganlar, — dedi Metin kerilib. Keyin qo'shib qo'ydi:
—
Kim ishonmasa, borib dadasidan so'rasin. Hammamizning dadamiz birga o'qishgan ekan. Rost
gapni aytib berishadi.
Kattaroq bolalar dahanaki jangga qo'shilmay turgan edi, men bilan bir sinfda o'qiydigan qo'shni
qiz:
—
Yolg'on
gapirgani uyalmaysanmi, a'lochi deb mening dadamni aytsa bo'ladi,— deb ukamni
koyib berdi.
—
O'zing ham aldoqchi ekansan. Mening dadam sinfda hecham qolmaganlar. Nuqul a'lo
o'qiganlar. Tushundingmi?— dedi boshqa bir bola bo'ynini cho'zib.
—
G'irt yolg'on bu. Dadang seni aldayapti. A'lochi deb mening dadamni aytsa bo'ladi.
— Dadam hecham aldamaydilar.
Katta bolalar ham bunga qo'shilganini ko'rib, xunobim oshdi. Bahs tobora qizib boryapti.
— To'g'rimi, opa? Dadam a'lochi bo’lganlar-a? O'zing ayt, bular eshitishsin, — dedi
ukam meni
madadga chaqirib.
— Ha, to'g'ri, shundoq bo'lgan, — dedim. Qiy-chuv yana avjga mindi.
— Qo'y, xafa bo’lma, kim nima desa deyaversin. Baribir foydasi yo'q, — dedim ukamni yupatib.
Yoshi bizdan ancha katta bir bola:
— Hammang noto'g'ri gapiryapsan, — dedi mahmadanalik qilib. — Hech kimning dadasi a'lochi
bo'lmagan. To'g'risini aytsam, ularning orasida faqat mening dadam yaxshi o'qiganlar.
— Ol-a! — dedi Metin qizishib.
—
Ishonmasang, borib dadangdan so'rashing mumkin.
—
Dadang laqillatipti seni!
—
Seni!