Inson o’z aybiga qarashi lozimligi haqida
Ali Roziyallohu anhu shunday degan ekanlar:”Ey, odamlar!Kim o’zining aybiga qarasa,boshqalarning aybi bilan ishi bo’lmay qoladi.Kim Alloh bergan rizqqa rozi bo’lsa,boshqalarning qo’lidagi narsaga afsus chekmaydi.Kim hiyonat qilichini yalang’ochlasa,o’zi o’sha qilich bilan o’ldiriladi.Kim birodariga chuqur qazisa,unga o’zi qulaydi.Kim birovning aybini ochsa,o’z xonadonidagi ayblari ochilib qoladi.Kim o’zining toyilganini unutsa,boshqalarning toyilishini ulkan sanaydi.Kim o’z fikriga lol qolsa,adashadi.Kim aqliga ishonsa toyiladi.Kim odamlarga kekkaysa,xor bo’ladi.Kim odamlarni beaqillikda ayblasa,so’kiladi.Kim ulamolarga aralashib yurisa,viqorli bo’ladi.Kim pastkashlarga aralashib yurisa, uni mensishmaydi.Kim toqati yetmaydigan narsani bo’yniga olsa,ojiz qoladi”.
Baxt so’zi
Baxtiyorman degan birgina so’zni
aytish uchun kerak qancha kuch-chidam
garchi “baxt” so’zlarning eng yoqimligi
grchi tursa hamki tilning uchida
og’ir botmasmikan bu so’z kimgadir
tegib ketmasmikan oh-vohlariga
qandoq bardosh berib yashayman lekin
baxtsiz kimsalarning nigohlariga
Avvalo, bu so’zni o’zgalar aytsin
aytsinlar ko’zlari quvonchga to’lib
elning baxti uchun baxtini tikkan
shoirlar aytmasin birinchi bo’lib
Bu so’ni bir umr aytmay yashadim
har shodlik kelganda yurdim sekinroq
G’am so’zin elimdan avvalroq aytdim
baxt so’zin aytaman eldan keyinroq
Do'stlaringiz bilan baham: |