Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar



G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
1
Aziz Nesin 
 
G'AROYIB BOLALAR
Roman
«Sharq» nashriyot-matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasl 
bosh tahririyati 
Toshkent - 2006 
Turk tilidan 
Miad Hakimov 
tarjimasi
 
 
G'AROYIB BOLALAR 
Birinchi xat
 
Anqara, 12-noyabr, 1963-yil.
Do'stim Ahmad! 
Bir-birimiz bilan tez-tez xat yozishib turamiz, deb va'dalashgan edik. Negadir o'shanda menga 
unchalik ishonqiramovding... Zaynab, sen Anqarada o'zingga yangi o'rtoqlar topgach, bizlarni esdan 
chiqarib yuborasan, degan eding. 
Mana, so'zimning ustidan chiqyapman. Demak, sizlarni unutmabman. 
Anqaraga ko'chib kelganimizga bir hafta bo’ldi. Yangi uyga joylashib ham oldik. Senga ilgariroq 
xat yozishning iloji bo’lmadi. 
Chunki yangi maktabga endi qatnay boshladim. Yangi adresimizni ham kuni kecha dadamdan 
bilib oldim. Xat yozishni sendan boshlayapman. 
To'g'risini aytganda, o'qishlar avji qizib turganida maktabni tashlab, Istanbuldan chiqib ketishga 
hecham ko'nglim bo’lmovdi, ham sinfdosh o'rtoqlarimga o'rganib qolgan edim. Axir to'rt yildan ko'p 
birga o'qidik-da. Ammo ilojim qancha, dadam Anqaraga yangi ishga o'tdi. Uy ichi bilan ko'chib keldik. 
Yaqin og'aynilari dadamga Anqaradan yaxshiroq ish topib berishdi, bu haqda senga Istanbulda ham 
aytgan edim. Dadam uchta sinfdosh o'rtog'i bilan hozir bir firmada ishlayapti. Uchovi ham oilasi bilan 
bir binoda turisharkan. Ular dadamga ham ish, ham shu binodan bo'sh uy topib qo'yishibdi. 
Dadamning o'rtoqlari ham bola-chaqali ekan. Bir binoda to'qqiz bola bo'lib qoldik. Yoshlarimiz har xil. 
Beshtamiz bitta maktabga qatnaymiz. O'zim tengi bir bola bilan bir sinfda o'qiyapman. Ukam Metin 
yangi maktabdan, yangi o'rtoqlaridan yotsirab yuribdi. Men bo’lsam hammasiga darrov ko'nikib 
ketdim. 
Hayotda ro'y beradigan muhim voqealar haqida yozib turishga kelishib olgan edik. Yangi uy, yangi 
maktab, yangi o'rtoqlar — bular mening hayotimda muhim gap bo'ldi. Hammasi shu, boiak yangiliklar 
yo'q. 
Istanbuldagi sinfdosh o'rtoqlarimni juda tez sog'inib qoldim. Sizlar bilan qachon va qayerda 
ko'rishamiz endi? 
Menga o'xshab sen ham bergan so'zingning ustidan chiqasan, deb ishonaman. O'rtoqlarning ham-
masiga mendan salom aytib qo'y. Hammangizga muvaffaqiyat tilayman. 
Sinfdoshing Zaynab Yolqir.


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish