www.ziyouz.com
кутубхонаси
9
Go 'shti — lazzat uyasi,
Terisi po 'stin berar,
O'g'itman, der qiyisi.
Ko'klam kelsa qo'zilar,
Suyakka ilik to'plar.
Yozgan she'rim eski o'qituvchimizga juda ma'qul bo'ldi. U, ota-onalar majlisidan keyin konsert
bo'ladi, o'shanda albatta o'qib berasan, deb tayinladi.
O'zimda yo'q suyunib ketdim. Shundan keyin she'rni puxta yodlab olmoqchi bo'ldim. Besh-olti
kungacha shu ish bilan ovora bo'ldim. Maqsad — o'zim yozgan she'rni konsert paytida sharillatib o'qib
berish edi. Ammo omadim kelmadi — meni konsertga chiqarmoqchi bo'lgan o'qituvchimiz lop etib
bosh-qa maktabga ishga o'tib ketdi. Uning o'rniga kelgan yangi o'qituvchi mening tayyorgarligimdan
xabar topgan ekan, she'rni o'z qulog'i bilan eshitmoqchi bo'ldi. O'qib berdim.
— Bu she'ring mutlaqo yaramaydi, — dedi u. — Ilgari o'qigan narsalarni miyadan chiqarib
tashlanglar, deb aytgan edim-ku, axir. Boshqa she'r beraman, konsertda shuni deklamatsiya qilasan.
U menga o'qish kitobini ochib «Vatanim» degan she'rni ko'rsatdi:
— Mana shuni yodlab ol. Konsertda yaxshilab deklamatsiya qilasan!
Ammo yodlashga vaqt qani! Majlis ertaga belgilangan. Bir kunda uni yodlab bo'ladimi. «Vatanim»
she'rini sen bilsang kerak. O'qish kitoblarimiz bir xil bo’lsa, o'sha sahifani ochgin, ko'rasan.
Topolmasang, mana o'qib ko'r:
VATANIM
Ey, zarrin liboslarga zap o'ralib olgan,
Ey, bo'liq boshoqlar-u bog'-rog'larga to'lgan
Va osmon bo’yi
doston bitgan vatanim, hey!
Ey, o'sha buyuk insonni bergan onaning,
Ey, jabr-u jafo, kurash, imon hamda nolaning
Va Sinon bitgan cho'ng qubbaning vatani, hey!
Xullas, «ey» bilan boshlanib, «hey» bilan tugaydigan oddiy bir she'r! Ammo qanchalik harakat
qilmay, vaqt juda oz bo'lgani uchun uni yaxshi yodlab ololmadim.
Ertasiga maktabga kelishim bilan o'qituvchimiz:
— Qani, konsertdan oldin bir repetitsiya qilib ko'raylik-chi. O'qi she'rni, eshitamiz, — deb qoldi.
O'zim bilganimcha o'qib bergan edim, unga ma'qul bo'lmadi:
— Yaramaydi. She'r degan bunday deklamatsiya qilinmaydi, — dedi u norozi bo'lib.
Yana qaytarib deklamatsiya qildim. Baribir unga yoqmadi.
— She'rni she'rdek o'qish kerak, bo'tam. Bu senga ko'chada o'tgan-ketgandan adres so'rash
degan gap emas. Joyiga qarab ovoz yangrab chiqishi yoki mayin bo'lishi lozim. Ba'zan pardani titratib
bos. Lozim bo'lsa ovozing ipakdek mayin bo'lsin, keragida esa arslondek na'ra tort. Shuni ham aytib
qo'yayki, she'r o'qiyotganingda chap qo'lni belga tirab, o'ng qo'lni to'g'riga uzatib tur. Innaykeyin,
«hey» degan undov kelganida oyog'ing bilan polni qattiq do'pillatib ur. Mana, hozir senga
ko'rsataman, ko'rib qo'y. She'r deklamatsiya qilish mana bunaqa bo'ladi.
O'qituvchimiz she'rni o'zi aytganidek qilib o'qib berdi. «Hey» degan joyga kelganida o'ng oyog'ini
dast ko'tarib, polni zarb bilan bir tepdi.
— Gap degan bundoq bo'pti. G'animlarning boshini yanchib, yer bilan yakson qilmoqchi bo'lgan
odamdek, bor kuching bilan polni tepishing kerak.
Aytganini qildim. Ammo xayol oyoqqa ketib, she'rning ba'zi misralarini unutib qo'ya boshladim.
Aslida-ku o'z bilganimcha deklamatsiya qilaverganimda hecham yanglishmasdim-a...
She'rni aytgan usulida boplab o'qib berdim-u, ammo tepinishlarim unga yoqmadi. Har gal polni
dukillatib tepganimda: «Qattiqroq, qattiqroq tep! Poshna bilan, poshna bilan!» deb turdi.
Ko'p urinib ko'rdim, baribir ko'ngli to'lmadi. Oxi-ri sabri chidamadi:
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |