www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
osilib, devorga chiqdim. Keyin vodoprovod quvuridan yurib, yo'g'on xodaning ustiga minib oldim.
Tanlagan joyimdan mamnun bo'ldim. Bundoq qarasam, ro'paramdagi akatsiya daraxtining ustida
Chingiz bilan Husayn joy talashyapti. Ikkovi adi-badi aytishib turishibdi. «Topshiriq senga emas,
menga berildi!» — deb baqiradi Husayn.
Birdan Husaynning dodlagan ovozi eshitilb qoldi. Hammamiz yerga tushib yugurdik. O'qituvchilar
ham chopib kelishdi.
— Daraxtda nima qilib yuruvding o'zi? — o'shqirib berdi ikkinchi sinf o'qituvchisi.
— Dushman askarlaridan ko'z-quloq bo’lib turgan edim.
Bu gapni eshitib, u rosa hayron bo'ldi.
— Esing joyidami? Bu yerda dushman nima qiladi?
Haytovur, Husayn yengil yiqilgan ekan, yarasini bog'lab qo'yishdi. Chingiz boyoqish qo'rqib
ketganidan qo'l-oyog'i qaltiraydi. Ayb Chingizda ekanini hammamiz bilib turibmiz. Ammo Husayn
mard bola ekan, uni sotmadi. O'qituvchi: «Nega yiqilding, kim itarib yubordi?» — deb so'roqqa tutgan
edi, Husayn: «Ayb o'zimda, oyog'im toyib, yiqilib tushdim», — deb turib oldi.
Husaynning bu harakati meni jiddiy o'ylantirib qo'ydi. Tanaffusdan keyin yana darsga kirdik. Fikr-
xayolim hamon Husaynda edi, o'qituvchi tag'in boy-agi gapni so'rab qoldi.
— Biror kishi boshqalarga o'zini ko'rsatib qo'yish yoki nom chiqarish uchun fidoyilik qiladigan
bo'lsa buni chin ma'noda fidoyilik deb bo'lmaydi, — dedim shartta o'rnimdan turib.
Men bu bilan Husaynning chinakam mardligini nazarda tutgan edim.
Ertasi kuni o'qituvchimiz shu xususda boshqa bir hikoyani gapirib berdi. Bir kambag'al bola
bo'larkan. Bolaning onasi yotib qoladi. Unga dori kerak, uyda esa pul yo'q. Bola dori sotib olish uchun
o'g'rilik qiladi, uni tutib olishadi. O'rtog'i esa butun aybni o'z bo'yniga oladi. U qutulib ketadi.
Yana bilag'onlik qilyapti, deb o'ylamasliklari uchun bu gal indamay qo'ya qoladim, fikrimni
aytmadim. Vaholanki, ushbu hikoyada g'irt tentaklikning nomi fidoyilik deb ko'rsatilgan edi.
O'qituvchilarimiz kelishib olishibdi. Bizning sinf bian 5-«B» sinfi o'quvchilari o'rtasida eng yaxshi
insho uchun konkurs o'tkaziladigan bo'ldi. Inshoning mavzusi — fidoyilik. Bu konkurs maktabda katta
shov-shuv ko'tarib yubordi. Hamma kim g'olib chiqishini bilgisi keladi. O'qituvchimizga qolsa,
konkursda men yutib chiqishim kerak. Bunga uning imoni komil. Men shu inshoda fidoyilik haqida o'z
bilganlarimni yozishga jazm qildim. O'ziniyam naq uch kun yozdim. Tayyor bo'lgach, uydagilarga o'qib
berdim. Yozganlarim hamisha dadamga ma'qul bo'lardi, lekin bunisi unga yoqmadi. Amakimga ham
o'qib beruvdim, ensasi qotdi.
Aslida yozgan inshomning mazmuni bunday. Bir bolaning ukasi og'ir betob bo’lib qoladi. Bola
bundan qattiq ezilib yuradi. Ukasining og'irini yengil qilmoqchi bo'ladi, lekin ilojini topolmaydi. Oxiri
o'ylab-o'ylab bir yo'l topadi. Har kuni o'ringa yotar chog'ida: «E xudo, ukamni o'z panohingda asra.
Dardini menga bera qol, roziman», deb pichirlaydigan bo'ladi. Kunlardan birida kechasi u tush ko'radi.
Bahaybat bir dev: «Mana, qilgan duoing ijobat bo'ldi. Qani, joningni menga taslim qil!» — deb turgan
emish. «Men ukamga fidoyilik qilmoqchi bo'luvdim, jonimni olma!» — deb bola qichqirib yuboradi.
Onasi uyg'onib ketadi. Ko'rpang ochilib qolibdi, yotnon tush ko'rgan bo'lsang kerak, o'giim, deb uning
ustini yopib qo'yadi. Bola yana uxlab qoladi.
Fidoyilikni qandoq o'ylashimni tushuntira olibmanmi? Men bu inshoda fidoyilik uchun qilinadigan
fidoyilik ustidan kulmoqchi bo'lgan edim.
To'rtinchi va beshinchi sinf o'quvchilarini katta zalga to'plashdi. O'qituvchilar ham yig'ildi. Bizning
sinfimizdan olti, 5-«B» dan esa besh bola konkursda qatnashadigan bo'ldi. Qur'a tashlandi.
Nomerimizni bilib oldik. Men sakkizinchi bo'lib inshoni o'qib berdim. Direktor bilan o'qituvchilarning
yuzi burishganday bo'ldi, demak, ma'qul kelmapti. Lekin zaldagi bolalar eng ko'p menga chapak
chalishdi. Hamma o'z inshosini o'qib bergach, o'qituvchilar baho chiqarish uchun boshqa xonaga
o'tishdi.
Ular chiqib ketishi bilan zalda to's-to'polon ko'tarildi. Har kim yonidan rezinka rogatkani oldi,
o'zaro otishma boshlandi. To'g'risini aytsam, shu kunlarda rogatka maktabimizda rasm bo'lib qolgan.
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |