www.ziyouz.com
кутубхонаси
18
Rogatkasiz yurmaydigan o'g'il bola yo'q. O'qini qog'ozdan qilishadi-yu, lekin tekkan joyi biram
achishadiki... Men o'zim bu masalada sal noshudroq-man, otgan o'qim hecham mo'ljalga tegmaydi.
Hatto tosh irg'itishni ham bilmayman. O'rtoqlarim nuqul meni qiz bolaga o'xshab tosh otasan, deb
kalaka qilishadi.
Bir payt gardanim igna sanchilgandek qattiq achishib ketdi. Jonholatda yonimdagi bolaning
qo'lidan rogatkasini tortib olib, tez-tez o'qladim. Rezinkani obdan cho'zib turib, bir otdim... Bilasanmi,
Zaynab, o'q kimga tegdi? Shu payt zalga o'qituvchilar bilan direktor boshlashib kirib qolsa bo’ladimi!
Moijallagan odamim bir chekkada qolib, o'qim to'g'ri direktorning gardaniga borib tegdi-ya! Ana
rasvogarchilik!
Direktor janoblari gardanlarini ushlaganlaricha bizga darg'azab bo'lib o'qraydilar.
— Kimning ishi bu? Kim otgan bo'lsa, bu yoqqa chiqsin! — deb o'shqirdi 5-«B» sinf o'qituvchisi.
Boshimni egib, endi turaman deganimda o'qituvchimiz:
— Agar gunohkor o'rnidan turmasa, hammangiz uning kasriga qolasiz. Hech kimni bu yerdan
chiqarmaymiz! — deb dag'dag'a qildi.
Konkurs musobaqasi bir yoqda qolib ketdi.
—
Men otgandim, — dedim o'rnimdan turib. Direktor yuzimga tikilib qaradi.
—
Yo'q, otgan sen emassan!
—
Men edim.
— Men odamlarni bir qarashda bilib olaman. Sen gunohkorga o'xshamaysan. Ko'rib turibsanki,
aybni hech kim bo'yniga olmayapti, o'rtoqlaringni og'ir jazodan qutqazish uchun endi sen o'zingni
tutib beryapsan. Sen bu noma'qulchilikni qilmagansan. Holbuki bu gap mening xayolimda ham yo'q
edi.
— Ataylab qilganim yo'q, afandim... Tasodifan bo'ldi... Boshqa odamga otmoqchiydim. Qo'limdan
chiqib ketdi...
Direktor sahnaga chiqib oldi.
— Mana, bolalar, ko'rdingizmi, fidoyilikning asl namunasi bu. Garchi aybdor bo'lmasa ham
o'rtog'ingiz sizlarni jazodan qutqarish uchun o'zini fido qilyapti. Undan o'rnak olsangiz bo'ladi. Shu
olijanob himmati evaziga sizlarga endi jazo bermayman. Gunohingizni kechirdim. Yozgan inshosi
unchalik yaxshi bo'lmasa ham mana shu ibratli ishi uchun uni bugungi konkursning g'olibi deb e'lon
qilaman.
Nima ahvolda qolganimni tushunyapsanmi, Zaynab? Fikrlarim chuvalashib ketdi. Aybdor
birpasning ichida qahramon bo'lib qolganiga nima deysan? Nahotki fidoyilik bilan sho'xlikning
o'rtasida hech qanday farq bo'lmasa?!
Maktab juda jonimga tegdi. Tezroq kitob-daftardan qutulsam deyman-u, lekin dadam o'zi
o'qimagani uchun butun orzu-umidini menga tikkan. Litseyni bitirganimdan keyin meni oliy ma'lumot
olish uchun chet elga yubormoqchi. Shu xususda hozirdanoq dadam bilan oyimning murosasi
kelishmay turibdi. Oyimning meni yuborgani ko'ngli yo'q, sog'inib qolaman, deydi.
Bilmadim, senga qandayu, lekin mening nazarimda vaqt juda sekin o'tayotganga o'xshaydi. Katta
imtihonlarga necha kun qolganini hisoblab yurish uchun o'zimga qo'lbola kalendar qilib olganman.
Yakshanba va kanikullar hisobga olinmasa, imtihonlarga ko'pam vaqt qolgani yo'q. Lekin harholda
kunlar imillab o'tyapti-da.
Senga hamisha shod-xurramlik va sihat-salomatlik tilayman.
Ahmad Tarbay.
Do'stlaringiz bilan baham: |