www.ziyouz.com
кутубхонаси
26
— Suyunchini cho'zavering, o'g'illik bo’ldingiz, — debdi bosh hamshira ham otani qutlab.
Boshi osmonga yetgan ota o'pkasini qo'ltiqlab tug'uruqxonaga yuguribdi.
— Qani, qani, azamat o'giimni bir ko'ray! — deb turib olgan ekan, yo'rgaklangan chaqaloqni
ko'rsatishibdi.
— Uch oygacha uyimiz to'yxonaga o'xshab to’lib turdi, — hikoyasini davom ettirdi Hikmat. —
Dadam hamisha chaqaloqni «valiahdim», «shahzodam» deb chaqirardi. Shahzodaning onasi —
malikaga kuniga har xil sovg'a-salomlar kelardi. Biz ham erkin nafas ola boshladik. Qiz bo’lib
tug'ilganimizni dadam endi yuzimizga solmasdi. Dadamiz Suadni yalang'och holda ko'rib qolmasin,
deb hammamiz oiib-tirilardik. Dadam kelguncha oyim chaqaloqni yuvib-tarab, tagini almashtirib
qo'yardi. Dadam bor paytlarida Suadni cho'miltirmasdik! Bir kunmas-bir kun sir oshkor bo'lishi aniq
edi-ku, lekin biz o'sha mash'um kunni qoidan kelgancha nariroq surishga harakat qilardik. Ungacha
dadamiz ancha hovuridan tushib qolar deb o'ylardik.
Dadam shirakayf bo’lib kelgan kunlari «hammalaring o'giimdan aylanib-o'rgillaring», deb qolardi.
Keyin shahzodani bir cho'miltiraman, deb oyogini tirab turib olar, oyim esa, qo'ying hozir o'zi sal
shamollab turibdi, deb uni zo'rg'a shashtidan qaytarardi. Eh, bundan ikki kun oldin uyimizda qiyomat
qoyim bo’ldi... Hammamiz uxlab yotgan edik, birdan shovqin ko'tarildi. Uyg'onib ketdik. Dadam
ovozining boricha baqirar, oyim esa ho'ng-ho'ng yigiardi. Kechasi dadam nima bo’lib ham Suad o'g'il
bola emasligini bilib qolibdi. Rosa to'polon qildi. Chaqaloqni oyogidan dast ko'tarib olgancha, hadeb:
«Meni aldabsanlar... O'gillaring shumi hali», deb bo'kiradi. Suad bechora big'-big' yigiaydi.
Oxiri dadam chaqaloqni oyimga qarab irgitib yubordi.
— Yo'qollaring ko'zimdan! Meni rosa chuv tushi-ribsanlar... Esiz-esiz ketgan pullarim... Jo'nalaring
uyimdan!
Dadam bizni uydan haydab chiqardi. Qo'shnimiznikida tunni o'tkazdik.
Hikmat ho'ngrab yigiab yubordi. Dadasi bilan oyisi endi ajralisharmish.
Ketma-ket sakkizta qiz ko'rgan odamga oldiniga kuldim, keyin Hikmatga qo'shilib men ham yigiab
oldim.
O'sha kuni maktabdan qaytgach, oyimni so'roqqa tutdim.
— Oyi, opam tug'ilganida dadam xursand bo’lganmilar?
—
Ha, albatta.
—
Men tug'ilganimda-chi? Undayammi? Oyim jerkib berdi:
—
Ko'p vaysama! Bor, ishingni qil! Men oyimni o'z holiga qo'ymadim.
— Ayta qoling, oyijon, dadam meni eshitib xafa bo’lganlarmi — yo'qmi?
—
Bunisi o'g'il bo'ladi, deb o'ylagan edi.
—
Metin tug'ilganida rosa suyungan bo'lsalar kerak-a?
—
Ha, o'zini qo'yarga joy topolmay qolgan. O'rtoqlarini chaqirib, katta o'tirish qilib bergan.
—
Bordi-yu, Metinning o'rniga yana qiz ko'rganingizda nima bo'lardi, oyi?
—
Qaydam.
—
Dadam o'g'il bo'lsin, deb turib olarmidilar?
— Kim biladi deysan... Ehtimol shundaydir. — Xo'sh, namuncha surishtirib qolding buni?
— O'zim, shundoq.
Tomog'imga bir nima qadalganday bo'ldi. Tashqariga chiqib ketdim.
Hikmatning boshidan o'tgan voqea meni juda o'ylantirib qo'ydi. O'shandan beri bir fikr menga
tinchlik bermaydi — xo'sh, baxtsiz odam qiz bola bo'lib tug'iladi-yu, peshonasi yarqiragani o'g'il
bo'libmi?
Bu xususda sen nima fikrdasan? Shuni bilmoqchiman.
Oyim boyadan beri: «Yot endi, kech bo’ldi», deb qo'ymayapti. Vaqt ham allamahal bo’lib qoldi,
Mayli, yotsam yota qolay. Ertaga maktabdan qaytishda xatni qutiga tashlayman.
Omon boi, do'stim Ahmad.
Zaynab Yolqir.
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |