Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
24
O'qituvchimiz hikoyasini tugatgach, sinfga chuqur jimlik cho'kdi. Hammani og'ir xayollar chulg'ab 
oldi. 
Tanaffusga qo'ng'iroq chalindi. 
— Shu voqeadan keyin, litsey direktoriga sinfdan chiqayotib, — vijdon azobi shunday bo'ladi, — 
dedi. 
— O'qituvchining o'ziyam boshqa odamlarning vijdon azobini gapirib berdi-ku, — hayron bo’ldi 
Nash'a ancha sergaklanib olgach. 
Darvoqe, to'g'ri. O'qituvchimiz ham xuddi bizga o'xshab birovlarning boshidan kechgan voqeani 
aytib bergan edi. 
O'g'ilbola gapni Yashar aytdi: 
— Masala ravshan, bolalar. Vijdon azobi degan narsa egasining esida turmas ekan. Hamma 
birovlarnikini aytib yurarkan. 
Ertasi kuni Damir yangi gap topib keldi. 
— Men buni dadamdan so'radim. Dadam bolalarda vijdon azobi bo'lmaydi, chunki ular hali 
balog'atga yetmagan, deb aytdilar. Vijdonsizlik ko'proq kattalarning qo'lidan kelarkan. 
Bilaman, eng to'g'ri gap shu. Xo'sh, sening fikring qalay? Shunga qo'shilasanmi? 
Har kuni o'qishdan kelgach, oyimdan menga xat bormi, deb so'rayman. Meni xursand qilmoqchi 
bo'lsang, tezroq javob yoz. Yaxshi kunlar yor bo'lsin senga, Zaynab. 
Ahmad Tarbay.
 
Sakkiz qizning otasi
 
Anqara, 10-dekabr, 1963-yil.
Ahmad! 
7-dekabrda yozgan xatingni oldim. O'qituvchingiz juda alamli voqeani gapirib bergan ekan. 
Direktordan kaltak yeb, yerda cho'zilib yotgan nogiron bola hamon ko'z o'ngimda turibdi. Biram 
yuragim ezilib ketdiki... 
Sinfimizda Hikmat degan bir qiz bor. Shu dugonam yaqinda menga bir gap aytgan edi, senga 
yozay-mi, yo'qmi, deb rosa ikkilandim. Oxiri uning aytganlarini xatga solishga qaror qildim. Sababi 
shuki, Hikmat bu gapni sinfda hech kim bilmasin degan edi. Men ham hozirgacha birovga aytganim 
yo'q, sir saqlab yuribman. Sen Hikmatni tanimaysan, binobarin, uning sirini senga aytgan bilan 
so'zimdan qaytgan bo'lmayman. Shundaymi? 
Men bu bilan dugonamning g'iybatini qilmoqchi emasman. Masala ancha jiddiyroq, meni juda 
o'ylantirib qo'ydi. Bu haqda sening fikringni ham bilmoqchiman. 
Maktabga yangi kelgan kunlarim Hikmatga uncha e'tibor bermagan ekanman. Beozorgina 
yuradigan, kamgap qiz edi. Oldiniga men uni o'g'il bola deb yurgan edim. Ko'rgan odam uni chindan 
ham o'g'il bola deydi. O'g'il bolalarga o'xshab kiyinib yuradi, sochlari ham kalta qilib qirqilgan. Juda 
nimjon. Tanaffus paytida qizlarga ham, o'g'il bolalarga ham qo'shilmaydi, ancha odamovi. Kimligini 
otiga qarab ham bilib bo'lmaydi. Hikmat degan ism o'g'il bolalardayam, qizlardayam bor. 
Bir kuni fizkultura darsi ketayotgan edi. O'qituvchi bolalarni ikki to'pga bo'ldi — qizlar bir tomonda, 
o'g'il bolalar boshqa tomonda. Hikmat qizlar to'dasiga borib turdi. Oldiniga tushunolmay hayron 
bo'ldim. Shundagina lining qiz bola ekanini bildim. Juda qiziqib qoldim. 
Bir kuni Hikmat maktabga ruhi qattiq ezilgan holda keldi. Sababini so'rasam, aytmadi. Juda 
qistaganimdan keyin oxiri: 
— Rostini aytsam, men ham bor gapni aytib, bir oz yengil tortgim keladi, — dedi. — Ammo 
hammaning og'ziga tushishdan qo'rqaman. 
Men hech kimga aytmaslikka so'z berdim. Shundan keyingina u butun dardini to'kib soldi. Otadan 
ular sakkiz farzand ekan. Hammasi qiz bola emish. 
Hikmatni ba'zan maktabga o'zidan kattaroq bir bola olib kelguvchi edi. Men akasi bo'lsa kerak, 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish