3-sinf
Mavzu: Mirzo Karimning «Sayilda» hikoyasi.
Darsning maqsadlari:
Ta'limiy maqsad: M.Karimning «Sayilda» hikoyasini o'qish.
Tarbiyaviy maqsad: «Sayilda» hikoyasini o'qish orqali o'quvchilarda yoshlikdan jasur, chaqqon bo'lish, otda chopish mahoratini egallash havasini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning bog’lanishli nutqini rivojlantirish, Bobur hayoti haqida bilimlarini rivojlantirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
TK 2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, televizor, radio va boshq.) foydalana olish va xulosa chiqarish;
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompentensiyasi:
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash;
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish;
TK4 Milliy va umummadaniy kompentensiyasi:
badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |