I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsning maqsadini aytish;
Darsga tayyorgarlik ko’rish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O'tgan darsda o'tilgan Xayriddin Sultonning «Zahiriddin Muhammad Bobur» hikoyasi tanlab o'qitiladi, mavzu matn ostida berilgan savol va topshiriqlarga javoblar olinib mustahkamlanadi.
Tole yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig` bo`ldi.
O`z yerni qo`yib, Hind sori yuzlandim
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.
O`qituvchi: Nega Bobur o`z yurti qolib Hindiston sari yo`l oldi?
-Bobur toj – taxt uchun bo`lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi.
-Hindistonda qudratli saltanat o`rnatgan davlatning gullab yashnashida katta hissa qo`shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |