3-sinf Mavzu: Mirzo Karimning «Sayilda» hikoyasi. Darsning maqsadlari: Ta'limiy maqsad: M. Karimning «Sayilda» hikoyasini o'qish



Download 0,69 Mb.
bet5/5
Sana17.06.2021
Hajmi0,69 Mb.
#68703
1   2   3   4   5
Bog'liq
SAYILDA 3-SINF O'QISH ISHLANMA Nilufar

Z ahiriddin Muhammad Bobur


O`g`illari

1.Humoyin Mirzo (1508-1556)

2. Komron Mirzo (1509-1557)

3. Askariy Mirzo (1516-1558)

4. Olur Mirzo (1514-1519)

5. Sulton Ahmad Mirzo (1517-1523)

6. Hindol Mirzo (1518-1551)

7. Bobbul Mirzo (1518-1521)

8. Forug` (1526 ….)

9. Shohruh Mirzo (1522-1527)



Qizlari:

1. Faxrulniso (1501- yilda tug`ilib vafot etgan)

2. Ma`suma Sultonbegim (sanasi noma`lum)

3. Gulrangbegim (1514-…)

4. Gulbadanbegim (1523-1603)

5. Gulchehrabegim (1515-1557)

6. Gulzorbegim (sanasi noma`lum)

7. Mehrjonbegim (sanasi noma`lum)

8. Esondavlatbegim (sanasi noma`lum)

III. Yangi mavzu bayoni.

1.«Sayilda» hikoyasini o'qish e'lon qilinadi.

2.«Sayilda» hikoyasini o'qishga o'quvchilarni tayyorlash. Buning uchun kirish suhbati uyushtiriladi. Suhbatda Bobur rasmi orqali uning kim ekanligi aniqlanadi.

- Bobur haqida qanday hikoya o'qigan edingiz? savoliga («Bobur va kabutar» rivoyati) javob olinib, avval o'tilgan mavzu esga tushiriladi. Hozir «Sayilda» hikoyasini o'qib, shoh Boburning yoshligidagi jasorati, otda chopish, qilich urishtirish bo'yicha mahorati haqida tushunchaga ega bo'lishlari aytiladi. Shundan so'ng o'qituvchi o'quvchilarga:

—Sizlar kishilarning kuch sinashganini ko'rganmisiz? savoliga tegishli javob oladi, ularning javobini quyidagicha to'ldiradi:

— Kurashchi polvonlar kurash tushib, chavandozlar otda chopish bilan, ilmlilar «Quvnoqlar va zukkolar» bellashuvlarida o'z kuchlari, bilimlarini sinaydilar, ko'rikdan o'tadilar. Bobur ham qilich urishtirish, zarb berish mahoratini ko'rsatish uchun ustozi ko'rigidan o'tadi. Sayil kichik — besh yashar bolaga bag'ishlanganligini aytib, o'quvchilarda «Sayilda» hikoyasini o'qishga qiziqish uyg'otiladi.

3. Asar bilan tanishtirish. «Sayilda» hikoyasi o'qituvchi tomonidan ifodali o'qib beriladi. So'ng o'quvchilarga navbat bilan birinchi qism ifodali o'qitiladi. O'qish jarayonida ma'nosi qiyin so'zlarni belgilab borishlari aytiladi.

4. Lug'at ustida ishlash:

To’riq ot — qora qizil (ot tusi, rangi);

sag'ri — ot, hayvonlarning orqa oyoq ustki qismi;

yol — ba'zi hayvonlar gardanida bo'ladigan uzun soch.

Shuningdek, «aqli raso», «egarga qo'ndi» iboralari o'rnida qanday so'zlar ishlatish mumkinligi so'raladi va aniqlik kiritiladi.

5. Hikoyaning I qismi yuzasidan o'quvchilarning tushunchalari «Aqliy hujum» asosida hisobga olinadi.

— Hikoyada qanday voqea tasvirlangan?

— Sayil qaysi faslda bo'lgan?

— Zahiriddin Muhammadning maqsadi nima edi?

— Sayil kim uchun uyushtirilgan?

— To'riq nimalar bilan bezatilgan?

— «Otalig'i»ning ma'nosini tushuntiring.

6. Topshiriqlar bilan tanlab o'qish va badiiy tasvir vositalari ustida ishlash.

— Zahiriddin Muhammadning yosh navkar bilan olishuvi ifodalangan o'rinni hikoyadan o'qing.

(Shu o'rin 3—4 o'quvchiga o'qitiladi. Lavha o'qilayotganda o'qituvchi va o'quvchilar kuzatib, yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilaydilar, chunki shu lavha yod olish uchun uyga beriladi. Shu yo'l bilan yod olishga tayyorlanadilar).

— Rasm tasviri berilgan o'rinni hikoyadan o'qing. O'xshatishlarni aniqlang.

O'quvchilar «Egarga qo'ndi» iborasidagi «qo 'ndi» so'zi va «To'riq uchib ketdi» gapi o'xshatish ekanligini aniqlaydilar. Boburning yengil, chaqqon harakati «egarga qo'ndi» deyish bilan qushga o'xshatilgan. To'riqning tez yugurib ketishi qushning tez uchishiga o'xshatilganligini tushuntiradilar.

7.Topishmoq ustida ishlash

O'qituvchi o'quvchilardan ot haqida qanday topishmoq bilishlarini so'raydi. O'quvchilar ot haqida bilgan topishmoqlarini aytadilar. O'qituvchi quyidagi topishmoqni aytadi va yozuv taxtasiga yozadi yoki oldindan yozib qo'yiladi. O'quvchilar topishmoqni o'qiydilar va «ot» deb javob berishlari kutiladi.

To'rtdir uning oyog’i

Temir mixli tuyog'i.

Manzilga yetishtirar

Toshdan qattiq tuyog'i.

Topishmoqdagi yashiringan belgi (jumboq)ni topish, ot ekanligini isbotlash talab qilinadi. O'qituvchi yashiringan belgi (jumboq)ni topish yoiini quyidagi chizma asosida tushuntiradi.

Chizmadan qaysi hayvonda qanday belgi borligi (temir taqa), qaysi belgi ortiqligi aniqlanadi. Temir mixli tuyoq faqat otda bor, Shu tariqa topishmoqning javobi ot ekanligi ochib beriladi va bolalar jumboq (belgi)ni topish yo'lini bilib oladilar.

8. Mavzu hikoya ostidagi birinchi, ikkinchi savollarga, shuningdek, Zahiriddinning maqsadi nima edi? Siz hikoyadan nima tushundingiz? kabi savollarga javob olish bilan mustahkamlanadi.

«Sayilda» matni «Zanjir» usulida ifodali o‘qitiladi. Matn mazmunini 5–6 o‘quvchiga navbat bilan hikoya qildiriladi. Matn asosida savol-javob o‘tkaziladi.

– Zahiriddinning sayilda qatnashishdan maqsadi nima edi?

– Zahiriddin Muhammadning navkar bilan olishuvi haqida nimani bilib oldingiz?

Muhammad Yusufning “Bobur nidosi” she`ri ijro etiladi.



Toqatim toldi oqibat

Taxtni yov oldi oqibat

O`z yurtim qoldi oqibat

Avg`on ketdim daryo kechib.


Omad kelar, ketar ekan

Jon do`sting ham sotar ekan.

Ortingdan tosh otar ekan

Jayron ketdim daryo kechib



Ikki ko`zim elimdadir

Cho`g`dek so`zim tilimdadir

Dilim yonib, dilimda bir

Armon ketdim daryo kechib
Bog`ishamol sayr endi

Qilg`ay chiqib g`ayr endi.

Boburing yo`q xayr endi

Anjon ketdim daryo kechib.






    1. Andijon bag`ridan uchib bir yulduz

Hindiston tojiga gavhardek qo`ndi

Otash yuragida aylanar bir yulduz

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.


    1. Dunyo charxpalagi tinmay aylanar

Talato`p zamonlar o`taveradi.

Asrlar qaridan bir so`z ingranar

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.


    1. Xalqim buyuk o`g`ling, buyuk shoh o`g`ling

Boburing qalbida bir armon qoldi.

Nolasi kuydirar toabad bag`ring

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.

9. Bugungi mavzudan nima o'rganilgani so'ralib, dars yakunlanadi.

10. Uyga vazifa: «Sayilda» hikoyasini o'qish va olishuvga oid parchani yod olish. Darslikning 149- betida berilgan rasmni chizish.

VI. Dars yakuni: o’quvchilar bilimini baholash.

O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash maqsadida quyidagicha savollar bilan murojaat etiladi:

– Bugungi darsimiz sizga yoqdimi?

– Darsimiz orqali nimalarni bilib oldingiz?

O’quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi va dars yakunlanadi.

Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.


3-sinf


O’QISH FANIDAN

ISHLANMA



Mavzu: Mirzo Karimning «Sayilda» hikoyasi.

Zakirova Nilufar Oyxo’jayevna



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish