Korxona mulkdori almashdi. Yangi mulkdor ikki oy o'tib korxonani sotib
olganligini sabab qilib bosh buxgalterni ishdan bo'shatmoqchi bo'ldi. Bosh
buxgalter bilan avvalgi mulkdor o'rtasida tuzilgan shartnomaning muddati
tugashiga esa hali ikki yil vaqt bor. Mulkdor
bosh buxgalterni ishdan
bo'shatish g'ayriqonuniy deb topilmasligi uchun quyidagi savollarga aniq
javob berishni huquqshunosdan talab qildi:
1) Bosh buxgalterni ushbu sabab bilan bo'shatish mumkinmi?
2) Mazkur holatda bosh buxgalterga boshqa ish taklif qilish majburiyati
yo'qmi?
3) Mehnat shartnomasini bekor qilish vaqtida pul bilan bog'liq qanday
masalalarni hal qilish kerak?
4) Barcha moliyaviy masalalar hal qilinib mehnat munosabatlari rasman
tugatilganidan keyin bosh buxgalter oldida pul bilan bog'liq hech qanday
majburiyat qolmaydimi?
Shuningdek, mulkdor mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqning
qonuniyligi uchun javobgarlik huquqshunosning bo'ynida ekanligini eslatib,
xatoga yo'l qo'ysa, u bilan “xayrlashishi” haqida qat'iy ogohlantirdi.
Korxona huquqshunosi sifatida muammoli vaziyatni atroflicha tahlil qiling,
qo'yilgan savollarga aniq va tizimli javob bering hamda ish o'rningizni
saqlab qoling.
Javob:
Kazusni birinchi savoliga asosan korxona raxbari bug’alterni ishdan bushata oladi
bunga Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 6-bandini asos qilib olish
mumkin. Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 6-bandida
quydagicha
keltirilgan korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan,
korxonada
bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga
oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi
sababli bekor qilinganligi. Mazkur asos bo‘yicha mehnat shartnomasini korxona
mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida bekor qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Xodimning vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik davri, mehnat to‘g‘risidagi
qonunchilik hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan
vaqti, uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlari bu muddatga
kiritilmaydi. Bu holat yuzasida korxona raxbari bug’altirni bushata oladi.
Uchinchidan mehnat shartnomasini bekor qilishda pul bilan bog’liq qanday
masalalar hal qilinish kerak deyilgan bunda korxona raxbari bug’alterni
ishdan
bo’shatishidan 2 oy oldin xabar berishi kerak. Agarda ogohlantirish berilmaganda
yoki bumasa xabar berilib turib taraflar kelishuvi asosida shartnomani ogohlantirish
mudatiga qaramasdan bekor qilishga kelishishsa unda Mehnat kodeksining 3-
qismiga ko’rsatilgan holat bo’yicha korxona bo’g’altirga kompensatseya to’lab
berishi kerak bo’ladi ya’ni Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi korxona
mulkdori almashishi sababli bekor qilinganda (100-modda ikkinchi qismining 6-
bandi) yangi mulkdor uni mehnatga oid munosabatlarning kelgusida bekor
qilinishi
to‘g‘risida kamida ikki oy oldin yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi yoki
unga shunga mutanosib kompensatsiya to‘lashi shart.
Mehnat kodeksining 107-moddasida mehnat shartnomasini bekor qilishni
rasmiylashtirish ko’rsatilgan Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan
rasmiylashtiriladi. Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi
bekor qilingan kun deb
hisoblanadi. Ish beruvchining buyrug‘ida mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari
ushbu Kodeksning 87, 89, 97, 100, 105, 106-moddalari ta’rifiga yoki mehnat
shartnomasini bekor qilishning qo‘shimcha asoslarini nazarda tutuvchi boshqa
normativ hujjatlar ta’rifiga to‘la muvofiq holda yozilib, Kodeksning yoxud boshqa
normativ hujjatlarning tegishli moddasi (bandi) dalil qilib ko‘rsatiladi.
Mehnat
shartnomasi xodimning tashabbusi bilan uning kasalligi, nogironligi,
yoshga doir
pensiyaga chiqishi, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti yoxud tayanch
doktoranturaga yoki doktoranturaga qabul qilinishi va qonunchilikka ko‘ra muayyan
imtiyozlar va afzalliklar beriladigan boshqa sabablar tufayli bekor qilinganda
mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqda shu sabablar ko‘rsatiladi va
bundan keyin bosh buxgalter oldida pul bilan bog'liq hech qanday majburiyat
qolmaydi