Mavzu: Ko‘p xonali sonlarning o‘qilishi. Xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi Darsning maqsadi



Download 467,5 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2022
Hajmi467,5 Kb.
#507708
  1   2
Bog'liq
Kòpxonali sonlar dars ishlanma


Mavzu:Ko‘p xonali sonlarning o‘qilishi. Xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi


Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga ko‘p xonali sonlarningo‘qilishini, sonlarni xona qo‘shiluvchilarini yig‘indisi ko‘rinishida ifodalashni tushuntirish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarniko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish; FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash. TK3: o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish; TK6: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, tafakkurini o‘stirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay olish.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Darsning tashkiliy qismi o‘tkaziladi. Haftaning eng muhim yangiliklari bilan tanishtiriladi. Yurtimizdagi o‘zgarishlar haiqda so‘z yuritiladi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarning uyga berilgan topshiriqlarni bajarilganliklarini ko‘rib chiqiladi. Tanlab tekshirish asosida uy vazifalari tekshirib tahlil qilinadi. Bunda o‘qituvchi topshiriq raqamini aytadi va tanlangan o‘quvchi topshiriq javobini aytadi. Qolgan o‘quvchilar o‘zlarining javoblari bilan solishtiradilar. Bajarishda xatoga yo‘l qo‘yganlarning xatolari o‘rganib chiqiladi va tuzatiladi. O‘tilgan mavzu asosida suhbat o‘tkaziladi.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzu 62-topshiriqda berilgan jadval asosida tushuntiriladi. Bunda plakatda berilgan jadvalda sonlarning xona birliklari va ularning o‘qilishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Jadvalda tushuntirgach, ekranda 46530960 sonining o‘qilishi tushuntiriladi.
Avval ekranda 46530960 soni paydo bo‘ladi, o‘ngdan chapga qarab har birida uchtadan raqami bo‘lgan sinflarga yarimdoira yordamida ajratiladi. Yarimdoiraning ustiga sinflarning nomi yoziladi. Sinflarning oralari ochilib, sinflarning nomi yozuvlari shu sinfdan keyin joylashadi va birlar sinfning nomi yo‘qoladi. Ovoz yordamida to‘ldiriladi.
46 million 530 ming 960
Ushbu sonni o‘qish uchun, uning yozuvini o‘ngdan chapga qarab har birida uchtadan raqami bo‘lgan sinflarga ajratamiz. Har bir sinf birliklari sonini aytamiz va uni nomiga qo‘shamiz. Birlar sinfning nomi qo‘shib aytilmaydi. Shundan so‘ng o‘quvchilardan doska yoniga chaqirib bir nechta ko‘p xonali son o‘qitib ko‘riladi.
63-topshiriqnio‘quvchilar matematik diktant tarzida yozadilar. O‘qituvchi o‘qiydi o‘quvchilar yozadilar, so‘ngra bajarilgan topshiriq parta oralab kuzatib tekshiradi.
7 ta yuz minglik – 700 000,
3 ta o‘n minglik va 4 ta minglik – 34 000,
5 ta o‘n minglik va 1 ta minglik – 51 000,
4 ta yuz minglik va 8 ta minglik – 408 000,
9 ta yuz yuz minglik – 900 000,
3 ta yuz minglik va 5 ta birlik –300 005.
64-topshiriq doskada bajariladi.
O‘quvchilar berilgan sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi bilan almashtiradilar.
402 = 400 + 2 570 = 500 + 70
402 000 = 400 000 + 2 000 570 000 = 500 000 + 70 000
O‘quvchilarga ixtiyoriy sonni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi bilan almashtirish mumkinligi tushuntiriladi.
65-topshiriq. O‘quvchilar misollarni og‘zaki bajaradilar.
300 000 + 60 000 + 6 000 = 366 000
588 000 – 500 000 = 88 000
99 000 – 9 000 = 90 000
800 000 + 5 000 = 805 000
209 000 – 200 000 = 9 000
206 000 – 6 000 = 200 000
66-masala shartini o‘quvchilar o‘qiydilar va nima noma’lum ekanini aniqlaydilar. Masala sharti bo‘yicha uy hayvonlari, ularning qanday foydali tomonlari borligi va hozirgi kunda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha yurtimizda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi. Kelajak rejalari bo‘yicha fikrlari eshitiladi va kasbga yo‘llanadi.
I -tovuqning – 15 ta,
I I-tovuqning– ?, 6 ta ko‘p
III-tovuqning–?, 3 marta kam
Yechish:
1)15 + 6 = 21 (ta) ikkinchi tovuqning jo‘jalari,
2)21 : 3 = 7(ta) uchinchi tovuqning jo‘jalari.
Javob: uchinchi tovuqning 7 ta jo‘jasi bor.
67-topshiriq doskada bajariladi. O‘quvchilar bittadan misol ishlaydilar.
480 + 70 = 550 340 – 30 = 310 754 + 246 = 900
690 + 80 = 770 720 – 50 = 670 540 – 297 = 243
90 ∙3 = 270 30 ∙ 8 = 240 360 : 3 = 120
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda ekranda trenajor mashq bajariladi. Bunda o‘quvchilar tushirib qoldirilgan sonlarni, raqamlarni yoki so‘zlarni o‘rniga qo‘yib yozadilar va mavzuni qanchalik o‘zlashtirganlarini ko‘rsatadilar.
Ekrandagi topshiriqlarni bajarish uchun klaviatura orqali sonlar kiritiladi.
1)______ sonida birinchi sinfning 7 ta birligi va ikkinchi sinfning 4 ta birligi bor.
2)60 022 sonini yozishda _____ raqamlaridan foydalanilgan.
3)899 999 va 900 001 sonlari orasida _____ soni yotadi.
4)420 009 sonida ______ ta yuz minglik, __ ta o‘n minglik va 9 ta _______ bor.
5)16 003 dan 15 996 gacha bo‘lgan barcha sonlarni kamayib borish tartibida yozing: _______________________________________________________.
6)Tushurib qoldirilgan raqamlarni shunday yozingki, natijada 405 703 > 405 _ 03 tengsizlik to‘g‘ri bo‘lsin.
7)8 254 sonida ikkita xonaning _____ birligi bor.
8)1 million _____ ta yuz mingdan iborat.
9)_________ soni 1 milliondan 3 birlik kichik.

Download 467,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish