Mashgʻulot ishlanmasi mashgʻulot mavzusi



Download 1,37 Mb.
Sana24.06.2022
Hajmi1,37 Mb.
#699457
Bog'liq
2 5220115509395068426




MASHGʻULOT ISHLANMASI


Mashgʻulot mavzusi: Kasrlar. Ular ustida amallar bajarish tartibi.
Mashgʻulot maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilarga kasr haqida tushuncha berish; fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; kasrlarni so’zlar, kaslar va modellar yordamida tasvirlay olish.
Tarbiyaviy: Mavzuni o‘tish davomida o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning mustaqil fikrlashini, kasrlarni to‘g‘ri o‘qishni,o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish. 
Mashgʻulotda foydalaniladigan metodi: Tushuntirish, mustaqil ish, aqliy hujum.
To‘garak a’zolariga jamoa bo‘lib ishlashni va berilgan savollar javoblarini birgalikda yechimini topishga o‘rgatish.
Mashgʻulotda foydalaniladigan jihozlar: Proyektor, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.
Mashgʻulotning borishi:
1. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, tarqatma materiallarni va jihozlarni mashgʻulotga hozirlash. Yangi mavzuni oʻtishdan oldin, oʻtilgan mavzuni mustahkamlash. Mashgʻulot boshlanishidan oldin tehnika xavfsizligi qoidalari, sanitariya gigiyena qoidalari takroran eslatib oʻtiladi.
Yangi mavzu bayoni: Kasrlar.Ular ustida amallar bajarish tartibi.


Kundalik hayotimizda Shu choqqacha 2 ni 3 ga bo‘lib bo‘lmaydi, deb kelgan edik. Chunki, har qanday natural sonni 3 ga ko‘paytirganda 2 hosil bo‘lmaydi. Kasr sonlarning borligini bilib olgandan so‘ng, buning iloji topildi. Buni quyidagi masala asosida tushuntirishga harakat qilamiz.

  1. misol. 2 ta bir xil quymoqni uchta bolaga teng bo‘lib bering (1- rasm). Yechish. Buning uchun har bir quymoqni teng 3 bo‘lakka bo‘lamiz. Natijada 6 ta ulush (ya’ni quymoqning 1/ 3qismi) hosil bo‘ladi. Endi bu ulushlarni uchta bolaga ikkitadan bo‘lib bera olamiz. Shunda, har bir bolaga quymoqning 1 /3 + 1/ 3 = 2 /3 qismi tegadi. 2/ 3 kasr 2 ta quymoqni 3 ta teng bo‘lakka bo‘lganda hosil bo‘ldi. Demak, 2 : 3 = 2/3 deb yozish mumkin. Shuning uchun kasr chizig‘ini bo‘lish belgisi deb tushunish mumkin. Agar bo‘lish qoldiqsiz bajarilsa, bo‘linma natural sondan iborat bo‘ladi. Agar bo‘lish qoldiqli bajarilsa, bo‘linma kasr sondan iborat bo‘ladi.

Masalan, 32 : 4 = 32/ 4 = 8, 5 : 1 = 5 /1 = 5, 4 : 7 = 4 /7 , 13 : 5 = 13/ 5
2- misol. 4 sonini maxraji 6 bo‘lgan kasr ko‘rinishida ifodalang. Har qanday natural sonlarni bo‘lish natijasini kasrlar yordamida ifodalash mumkin. Yechish. Buning uchun oldin shunday sonni topishimiz kerakki, uni 6 ga bo‘lganda 4 hosil bo‘lsin. Bu son – 4 va 6 sonlarining ko‘paytmasidan iborat bo‘ladi:bu misolning javobi 24 bo’ladi.
Oddiy kasrlar va ular ustida amallar. Birlikning bir yoki bir nechta teng ulushiga oddiy kasr deb ataladi. Oddiy kasr umumiy holda a/b  ko‘rinishda belgilandi. Bunda b son birlikni bir necha qismlarga
bo‘linganligini ko‘rsatsa, a soni shu qismlardan nechtasi  olinganini ko‘rsatadi va ular mos ravishda kasrning mahraji va surati deb ataladi ravishda kasrning mahraji va surati deb ataladi.















Uyga vazifa:

  1. Daftaringizga tomoni 8 ta katak uzunligiga teng bo‘lgan kvadrat chizing. Uni 4 ta teng bo‘lakka bo‘ling. Kvadratning to‘rtdan bir qismini qizil rangga, yarmini ko‘k rangga bo‘yang. Kvadratning qanday qismi bo‘yalmay qoldi?

2. Qog‘ozga doira chizing va uni qirqib oling. Uni biror diametri bo‘ylab buklab ikkita teng bo‘lakka bo‘ling. Bu bo‘laklarning har biri qanday nomlanadi? Har bir bo‘lakni buklab, yana teng ikkiga bo‘ling. Hosil bo‘lgan bo‘lakchalar qanday nomlanadi? Bu bo‘lakchalaning har birini buklab yana teng ikki bo‘lakka bo‘ling. Oxirida hosil bo‘lgan, kichik bo‘lakchalar doiraning qanday ulushini tashkil qiladi?




3. a) Yarim; b) chorak; d) nimchorak; e) beshdan bir; f) yuzdan bir; g) yuzdan sakson ikki metrda necha santimetr bor? 7. Fermer xo‘jaligida 270 t paxta hosilining qismi terildi. Qancha paxta terilgan?
Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish