Mavzu: Nommoddiy madaniy meros muxofazasida mahalliy tajriba



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.01.2023
Hajmi1,4 Mb.
#905351
Bog'liq
1.Nommoddiy madaniy meros muxofazasida mahalliy tajriba



1
Mavzu:Nommoddiy madaniy meros muxofazasida mahalliy tajriba.
Reja:
KIRISH
I.BOB.NOMODDIY MADANIY MEROS TUSHUNCHASI.
1.1.Nomoddiy madaniy merosning mohiyati va sohalari.
1.2.Boysun madaniy muhiti.
II.BOB.NOMMODDIY MADANIY MEROS MUXOFAZASIDA MAHALLIY
TAJRIBA..
2.1.“Nomoddiy madaniy meros” tushunchasi va muhofazasining zaruriyati.
2.2. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.“Nommoddiy madaniy meros” iboralari iste’molga
kirib kelganiga uzoq vaqt bo’lgani yo’q. “Nommoddiy madaniy meros” iborasi o’z
davrida juda keng qo’llanilgan “madaniy-oqartuv ishlari” iborasining o’rnini
to’ldirish maqsadida qo’llanila boshlagan bo’lsa, “madaniy-oqartuv ishlari” iborasi
o’rnida yana bir ibora - “madaniy-ma’rifiy ishlar” ham qo’llanilmoqda. Ushbu
yangi iboralar hozirgi kunda bir-birini qaytaruvchi sifatida emas, balki bir-birini
to’ldiruvchi iboralar sifatida qo’llanilib, turli o’quv, ilmiy adabiyotlar va vaqtli
matbuot satrlarida alohida ma’nolarni anglatishi tabiiy holga aylanib qoldi.
“Nomoddiy madaniy meros” iborasi esa nisbatan kechroq foydalanilayotganligidan
ko’pchilik tomonidan tushunilishi bir oz qiyinroq kechayotganligini bois ushbu
iboraning jahon leksikoniga kirib kelish tarixi to’g’risida bir oz to’xtalamiz.
YuNESKO tomonidan 2003 yil 17 oktyabrda “Nomoddiy madaniy merosni
muhofaza qilish” to’g’risidagi Konventsiya, 2005 yil 20 oktyabrda esa “Madaniy
ifoda shakllarining turfa-xilligini muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlash”
to’g’risida Konventsiyaning qabul qilinishi ushbu iboraning to’laqonli iste’molga
kirib kelish jarayonini yakunladi.Aslida,nomoddiy madaniy meros va uning
muhofazasi masalalari YuNESKOning 1989 yildagi “An’anaviy madaniyat va
folьklorni muhofaza qilish” bo’yicha Tavsiyalaridan boshlangan edi. 1994 yildan
milliy tizimlar (davlatlar) tomonidan nomoddiy madaniy merosni o’zida saqlovchi
va boshqalarga yetkazuvchilarning rasman tan olishini va ular tomonidan ushbu
merosning kelgusi avlodga yetkazilishiga ko’magini tashkil etish maqsadida
“Insoniyatning yashovchi (tirik) durdonalari” Dasturi boshlandi.
1997-98 yillarda YuNESKO tomonidan “Insoniyatning og’zaki va
nomoddiy merosi durdonalarini e’lon qilish” Dasturi ham ma’qullandi va bu orqali
dunyo xalqlari tomonidan saqlab kelinayotgan nomoddiy madaniy meros
durdonalarining ro’yxatini tuzish va e’lon qilish imkoniyati yaratildi. Ushbu
ro’yxatga O’zbekistondan birinchilardan bo’lib 2001 yilda “Boysun madaniy
muhiti” va 2003 yilda “SHashmaqom” kiritilganligini yaxshi bilamiz.O’tgan


3
asrning 90-yillarida ekspertlar xulosasi asosida mavjud nomoddiy madaniy
merosni muhofazasi bo’yicha keskin, qat’iy choralar ko’rish lozimligi aniqlandi va
ushbu yo’nalishdagi ishlar yanada jadallashtirildi.Buning natijasida YuNESKO
Bosh Konferentsiyasining 2001 yilda bo’lib o’tgan 31-sessiyasida yangi xalqaro
normativ mexanizm vazifasini o’tovchi Konventsiya yaratish rejalashtirildi.
SHunday qilib, YuNESKO Bosh Konferentsiyasining 2003 yil 17 oktyabrdagi 32-
sessiyada “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish” Konventsiyasi qabul
qilindi.
Ushbu Konventsiyada “nomoddiy madaniy meros”, uning namoyon bo’lish
sohalari hamda muxofazasi bo’yicha quyidagi ta’riflar berilgan.
* “Nomoddiy madaniy meros” tushunchasi urf-odatlarni, o’ziga xoslikni
ifodalash shakllari, bilimlar va ko’nikmalarni, shuningdek, ular bilan bog’liq
jihozlar, predmetlar, artefaktlar va madaniy makonlarni aks ettiradi, ular esa o’z
navbatida hamjamiyatlar, guruhlar, alohida holatlarda esa muayyan shaxs madaniy
merosining bir qismi sifatida tan olinganligini anglatadi. Avloddan avlodga o’tib
kelayotgan bunday nomoddiy madaniy meros doimo muayyan hamjamiyatlar va
guruhlar tomonidan ularning atrof-muhitga, tabiatga va o’z tarixiga bog’liq holda
yaratiladi va bu ularda o’ziga xoslikni, vorislik tuyg’usini shakllantiradi hamda shu
bilan insoniyat ijodini va madaniy turli-tumanlikning hurmat qilinishiga
ko’maklashadi.
* Nomoddiy madaniy meros quyidagi sohalarda namoyon bo’ladi:
a) o’zlikni namoyon etishning og’zaki an’analari va shakllari, shu jumladan,
ayni paytda til – nomoddiy madaniy merosni aks ettiruvchi omil sifatida;
b) ijro san’atida;
v) jamiyatning urf-odatlari, marosimlari,bayramlari;
g) tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlar yig’indisi;
d) an’anaviy hunarmandchilik bilan bog’liq bilim va ko’nikmalar.


4
Kurs ishning maqsadi.Nommoddiy madaniy meros muxofazasida mahalliy
tajriba mohiyati. haqida tushunchaga ega bo
ʻ
lish va ularga qo
ʻ
yiladigan asosiy
talablar haqida umumiy xulosa chiqarish.
Kurs ishning ob'yekti-Nommoddiy madaniy meros muxofazasida mahalliy
tajriba tarkibiy qismilarini parallel o
ʻ
rganish va ularni to
ʻ
g
ʻ
ri sistematik guruhlar
tizimini tashkil etish
Kurs ishning predmeti-Nommoddiy madaniy meros muxofazasida mahalliy
tajriba mohiyatini o`rganish mazmuni,shakl va usullarini to'liq o'rganish va
mohiyatini ochib berish.
Kurs ishning o
ʻ
rganish vazifalari:
-Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
- Nommoddiy madaniy meros muxofazasida mahalliy tajriba loyihalarni
moliyalashtirish mohiyatini guruhlar nazariyasini rolini aniqlash.
Kurs ishining tuzilish tarkibi: Mazkur kurs ishi kirish,ikkita bob va uning
tarkibiga kiruvchi to
ʻ
rtta bo’lim,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan
tarkib topgan.


5
I.BOB.NOMODDIY MADANIY MEROS TUSHUNCHASI.
1.1. Nomoddiy madaniy merosning mohiyati va sohalari
Nomoddiy madaniy merosning ta’rifi 2003 yilda qabul qilingan
Konvensiyada ham xuddi shunday berilgan. Unga asosan nomoddiy madaniy
meros - o‘ziga xoslikni ifodalash shakllari, jamiyatdagi urf-odatlar, bilim va
ko‘nikmalar, shuningdek, ular bilan bog‘liq jihozlar, predmetlar, artefaktlar va
madaniy makonlarni o‘z ichiga oladi.
Bu meros:

avloddan-avlodga o‘tkazilish;

muayyan hamjamiyatlar va guruhlar tomonidan atrof-muhitga, tabiatga
va o‘z tarixiga bog‘liq holda yaratilish;

o‘ziga xoslikni, vorislik tuyg‘usini shakllantirish;

insoniyat ijodini va madaniy turli-tumanlikning hurmat qilinishiga
ko‘maklashish xususiyatlariga ega bo‘lishi lozim.
Nomoddiy madaniy meros hamjamiyatlar, guruhlar, alohida holatlarda esa
muayyan shaxs madaniy merosining bir qismi sifatida tan olingan bo‘lishi kerak.
Mazkur Konvensiyada nomoddiy madaniy meros sifatida tan olinadigan
obektga nisbatan yana bir qat’iy talab qo‘yiladi.
Unga ko‘ra hoh mahalliy, hoh milliy, hoh xalqaro darajada bo‘lsin:

inson huquqlari sohasida amaldagi xalqaro huquqiy aktlar bilan
muvofiqlashtirilgan;

turli hamjamiyatlar, guruhlar va shaxslar o‘rtasida o‘zaro hurmatni yo‘lga
qo‘yish talablariga mos keladigan;

barqaror taraqqiyot talablariga mos tushuvchi nomoddiy madaniy
merosgina e’tiborga olinadi.
Biz madaniy meros deganda aksariyat hollarda moddiy madaniy merosni
ko‘z oldimizga keltirishga o‘rganganmiz. “Nomoddiy madaniy meros” tushunchasi
o‘rnida an’anaviy ravishda “xalq ijodiyoti”ni tushunib kelganmiz. “Xalq ijodiyoti”
tushunchasi ostida esa raqs, musiqa, tomosha san’ati, milliy hunarmandchilik va
xalq og‘zaki ijodiyoti nazarda tutilgan. Konvensiyaga asosan “nomoddiy madaniy


6
meros” tushunchasi “xalq ijodiyoti”ga qaraganda ko‘proq narsani qamrab oladi.
Unga asosan nomoddiy madaniy meros quyidagi yo‘nalishlarda namoyon
bo‘ladi:
- o‘zlikni namoyon etishning og‘zaki an’analari va shakllari;
- ijro san’ati;
- jamiyatning urf-odatlari, marosimlari, bayramlari;
- tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlar;
- an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar.
O‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki an’ana va shakllari bizning
tushunchamizdagi xalq og‘zaki ijodining o‘zidir. Xalq og‘zaki ijodida til muhim
rol o‘ynaydi. Chunki til ushbu merosni ifodalashda va kelgusi avlodga yetkazishda
eng asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xalq og‘zaki ijodining tur va janrlari juda
keng. Uning tarkibiga mif, afsona, rivoyat, ertak, maqol, matal, doston, masal,
hikmatli so‘zlar, tez aytish va boshqa janrlar, muxtasar qilib aytganda xalq
merosining og‘zaki ravishda ifodalanadigan barcha tur va janrlari kiradi.
Ijrochilik san’ati tarkibida nomoddiy madaniy merosimizning juda katta
qismi o‘z ifodasini topadi. Sodda qilib aytilganda, xalq ijodining ijrochilik bilan
bog‘liq sahnaviy janrlarning barchasi undan joy oladi. Bunda musiqa, raqs, xalq
tomosha san’atining barcha janrlari tushunilishi kerak. Boshqacha qilib aytganda
namoyish etishga (hoh u sahnada bo‘lsin, hoh maydonda, hoh kichik davrada)
mo‘ljallangan janrlar ijrochilik san’ati tarkibiga kiritiladi. Ijrochilik san’atining
barcha janrlarini qamrab olmagan holda misol tariqasida quyidagilarni keltirish
mumkin.
Musiqa yo‘nalishi bo‘yicha: “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari”,
“Toshkent-Farg‘ona maqom yo‘llari”, Dutor va surnay maqom yo‘llari, “Tanovor”,
“Ushshoq”, “Feruz”, “Suvora”, “Lazgi”, “Mavrigi”, “Miskin” singari turkumlar,
“Katta ashula”, allalar, o‘lanlar, yallalar, laparlar, madhiyalar, termalar,
shuningdek, “baxshichilik”, “xalfachilik” va hududga xos boshqa yo‘nalishdagi
manbalar.
Raqs yo‘nalishi bo‘yicha: Farg‘ona, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo raqs


7
maktablari, hududlarga xos bo‘lgan raqslar va raqs harakatlari, shu jumladan,
bolalar, erkaklar, ayollarning yakka va guruhli raqslari.
Tomosha san’ati yo‘nalishi bo‘yicha: dorbozlik, polvonlik, an’anaviy sirk,
ko‘zboylog‘ichlik, qo‘g‘irchoqbozlik, masxarabozlik, morbozlik, besuyaklik
o‘yinlari, yog‘och oyoq o‘yinlari, milliy xalq o‘yinlari va boshqalar.
Urf-odat, marosim va bayramlar tarkibiga mehmondo‘stlik an’analari, axloq-
odob bilan bog‘liq urf-odatlar, farzand tarbiyasi bilan bog‘liq marosimlar, beshik
to‘yi, ism qo‘yish marosimi, sunnat to‘yi, sovchilikka borish, kelin salom, milliy
va mahalliy miqyosda o‘tkaziladigan sayllar, hasharlar, tomoshalar, bayramlar va
boshqalarni kiritish mumkin.
Tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlar deganda biz an’anaviy xalq
taqvimlari, kunning botishiga qarab kelgusi kunning qanday kelishini aytib berish,
oyning turishiga qarab keyingi oyning taxminiy ob-havosini aniqlash, hayvonlar
harakati orqali sodir bo‘ladigan voqealarni bashorat qilish, quduq qazish o‘rni yoki
imorat qurish joyini aniqlash, milliy sartaroshlik, an’anaviy tabobat, imoratsozlik,
miroblik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar, pazandachilik san’ati kabilarni
tushunamiz.
An’anaviy hunarmandchilikkka oid bilim va ko‘nikmalar misolida
zardo‘zlik, quroqchilik, kandakorlik, gilamchilik, do‘ppido‘zlik, qo‘g‘irchoqsozlik,
kulolchilik,
ganchkorlik,
yog‘och
o‘ymakorligi,
mayolika
san’ati
va
hunarmandchilikning boshqa yo‘nalish va turlariga oid tajriba, bilim va
ko‘nikmalarni kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.
Davlat dasturi qabul qilingan davrdan boshlab hozirgi kungacha homiylik
mablag‘larini jalb etish bo‘yicha ham, xalqaro tashkilotlar mablag‘larini jalb etish
bo‘yicha ham ma’lum ishlar amalga oshirildi. Xususan, Respublika xalq ijodiyoti
va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi tomonidan Surxondaryo viloyati
Sho‘rchi tumani Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi homiyligida “Surxon raqs
maktabi” qo‘llanmasi chop etildi, mazkur markazda tashkil etilgan Hujjatlashtirish
bo‘limiga zamonaviy texnik vositalar sotib olinishi uchun YUNESKOning 18
ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari olindi, Osiyo va Tinch okeani


8
davlatlari bo‘yicha YUNESKO markazi – ICHCAP (Koreya Respublikasi)
tomonidan hujjatlashtirish bo‘yicha andozalar ishlab chiqilishi va Farg‘ona
vodiysiga kompleks ekspeditsiya uyushtirilishi uchun 10 ming AQSH dollari
miqdorida mablag‘ ajratilishiga erishildi.
1.2.Boysun madaniy muhiti.
“Boysun madaniy muhiti” YUNESKO tomonidan 2001 yilda yilda e’lon
qilingan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro‘yxati”ga
birinchi bo‘lib kiritilgan 19 nomzodning biridir. 2003 yilda “Nomoddiy madaniy
merosni muhofaza qilish” Xalqaro Konvensiyasi qabul qilinishi natijasida
“Nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro‘yxati” yuritila boshlandi va u
ushbu ro‘yxatga o‘tkazildi.
Boysun tumani Surxondaryo viloyatining Qashqadaryo viloyati bilan
chegaradosh shimoliy qismida joylashgan tog‘li hudud bo‘lib, u yerdagi tub
aholining tarkibi o‘zbeklar va tojiklardan iborat. Tuman joylashgan hududning
o‘ziga xosligi, boshqa aholi yashash joylaridan ancha uzoqdaligi u yerdagi turmush
tarzi, aholi mentaliteti, urf-odat va an’analarning yaxshi saqlanib qolishiga sabab
bo‘lgan.
2003-2004 yillarda tashkil etilgan ekspeditsiya natijalari asosida 2006 yilda
YUNESKO tomonidan e’lon qilingan nashrlardagi ma’lumotlarga ko‘ra Boysun
tumani 7 ta (Avlod, Boysun, Rabot, Sayrob, Darband, Machay, Qo‘rg‘oncha)
qishloq fuqarolar yig‘ini va Boysun shahri hududlariga bo‘lingan. Har bitta qishloq
yig‘ini tarkibida 4 tadan to 19 tagacha qishloqlar bo‘lib, tumandagi qishloqlarning
umumiy soni 56 tani tashkil etadi. Tuman aholisi shu davrda 85 ming nafardan
ortiqroqni tashkil etgan. Tuman hududi 3,72 ming kvadrat kilometrni, tashkil etib,
aholining 72,6 foizi qishloqlarda yashaydi.
Odatda “Nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro‘yxati”ga kiritish
uchun tavsiya etiladigan obektlar nomoddiy madaniy merosning
5 yo‘nalishidan biri yoki bir nechtasiga taalluqli bo‘lishi lozim. Boysun madaniy
muhitida esa mazkur yo‘nalishlarning barchasiga taalluqli elementlar mavjud.


9
Xususan, u yerda - o‘zlikni namoyon etishning og‘zaki an’analari va shakllari, ijro
san’ati, jamiyatning urf-odatlari, marosimlari, bayramlari, tabiat va koinotga oid
bilim va urf-odatlar, an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar
saqlanib qolgan.
Boysun madaniy muhitining YUNESKO tomonidan e’tirof etilishi
munosabati bilan tuman hududiga ekspeditsiyalar uyushtirilib, u yerdagi nomoddiy
madaniy meros elementlari chuqur o‘rganildi, hujjatlashtirilib, arxivlashtirildi va
izlanishlar natijalari qator bosma nashrlarda e’lon qilindi.
Boysundagi tarixiy yodgorliklar va arxeologik topilmalar
E.Rtveladze, L.Sverchkov, V.Mkrobordov, I.To‘xtayev, A.Sagdullayev singari
tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib, ular tomonidan e’lon qilingan ilmiy maqolalar
va to‘plamlarda o‘z aksini topgan.
Boysun aholisining an’anaviy turmush tarzi (A.Ashirov, A.Qayumov),
Boysun xalq taqvimi (M.Jo‘rayev), Boysun tomoshaviy o‘yinlari va marosimlari,
Boysunda Navro‘zning nishonlanishi (I.Abdurahimov), Boysun musiqa me’rosi,
Boysun musiqasi va musiqa chog‘ulari,
Boysun marosimlari va marosim
musiqalari. (R.S.Abdullayev), Boysun an’anaviy kashtachiligi (A.Xakimov),
Boysun gilamdo‘zligi, Boysunning kigiz gilamlari, to‘qimachilik (E.F.Gyul),
Boysun kulolchiligi (A.Xakimov, S.Aliyeva), Ko‘nchilik, yog‘och o‘ymakorligi,
sandiqlar (S.Aliyeva), Xalq me’morchiligi (L. I.Rempel) taniqli arxeolog, etnograf,
folklorshunos, san’atshunos va musiqashunoslar tomonidan o‘rganilgan.
Boysun madaniy muhitining dunyodagi eng noyob nomoddiy madaniy
meros durdonalaridan biri sifatida tan olinishi natijasida u yerda
5 marotaba “Boysun bahori” ochiq folklor festivali o‘tkazildi. Folklor festivallarida
xorijiy mutaxassislar, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘istondan folklor jamoalari va
ijrochilar, Respublikamizning barcha viloyatlaridan folklor-etnografik jamoalar,
milliy kurashchilar, chavandozlar va ko‘pkari ustalari, pazandalar, dizaynerlar
ishtirok etishdi. Boysun tumanida “Alpomish” bog‘i bunyod etildi, xalq amaliy
san’ati markazi tashkil etildi. U yerda faoliyat ko‘rsatayotgan “Boysun” xalq
folklor-etnografik ansambli va “Quralay” bolalar namunali ansambllarining


10
faoliyati yanada jonlantirildi. Boysunda saqlanib qolingan raqs harakatlari asosida
“Surxon raqs maktabi” qo‘llanmasi nashr etilib, O‘zbekiston hududidaga uchta
(Toshkent-Farg‘ona, Xorazm, Buxoro) raqs maktabi qatoriga yana bir (Surxon raqs
maktabi) maktab kiritilishi asoslandi.
Boysun tumanida saqlanib qolgan urf-odatlar, marosim va bayramlar
mamlakatimizning boshqa hududlaridagi urf-odat, marosim va bayramlardan
keskin farq qiladideb aytish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Lekin ana shu ana shu urf-
odatlarga
rioya
qilinishi,
marosimlarning
o‘tkazilishi,
bayramlarining
nishonlanishida azaliy an’analar nisbatan ko‘proq saqlab qolingani ularni
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada orttiradi. Misol uchun oilaviy marosimlar
sifatida e’tirof etiladigan, farzand tug‘ilishidan tortib, uning oila qurishigacha
davrda o‘tkaziladigan marosimlarda qabul qilingan qoidalarga qat’iy amal qilinadi.
Hech bir joyda Boysun hududidagichalik qadimiy musiqa cholg‘ularining
turlari saqlanib qolmagan. Ayniqsa ushbu cholg‘ularda oddiy kishilarning o‘zlari
uchun (boshqalarga namoyish etish uchun emas) ijro etishlari, ijro an’analarini
saqlab qolishlari ko‘pchilikni lol qoldirishi mumkin. U yerda uchraydigan sibizg‘a,
changqo‘biz, cho‘pon nay, sopol nay (shullovuk, shipillak), g‘ajir nay, qovoq soz,
do‘mbira, dutor, doyra, dap, surnay cholg‘ulari asosan shu yerlik ustalar tomonidan
tayyorlanadi. Ularda ijro etiladigan o‘ziga xos ohanglarning ko‘pi esa boshqa joyda
uchramaydi.
Boysunda raqs san’atining qadimiy harakatlari ham saqlanib qolgan. Bu
harakatlarning nomlari ham bo‘lib, ma’lum raqslarda tegishli harakatlardan
foydalaniladi. Boshqa joylarda allaqachon unutilgan jangovar raqslar, ularni ijro
etish tartib-qoidalari ham saqlangan. Raqs bo‘yicha o‘tgan mashhur ustozlarini
ham u yerliklar yaxshi bilishadi. Boysundagi oddiy xalqning san’atga bo‘lgan
ishtiyoqi har qanday odamni lol qoldirishi mumkin. U yerda o‘tkaziladigan katta
bayramlar, sayillar, to‘y marosimlarida oddiy xalq ichidan chiqqan g‘oyat iqtidorli
musiqa, raqs va qo‘shiq ijrochilarining san’atidan bahramand bo‘lish mumkin.
Boysun hududidagi har bir xonadonni ekspeditsiya ishtirokchilari
(A.Hakimov, R.Abdullayev va b.) xalq muzeyiga qiyoslashadi. Undagi eksponatlar


11
esa namoyish etish uchun emas, oddiy turmushda ishlatish uchun tayyorlanishi
e’tirof etiladi. Tumandagi yashash manzillarida to‘qimachilik, gilamchilik,
so‘zanachilik, kigiz bosish, kulolchilik, teriga ishlov berish, sandiqchilik,
yog‘ochga ishlov berish, zardo‘zlik, toshga ishlov berish, pichoqchilik, somondan
buyumlar to‘qish, temirchilik, musiqa cholg‘ulari tayyorlash, o‘tov tayyorlash kabi
an’anviy hunarmandchilik turlari mavjudligi aniqlangan.
Insonning tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va tajribalariga xos namunalar
ham Boysunda yaxshi saqlangan. Davolashning an’anaviy (qadimiy) usullarini
avloddan-avlodga o‘tkazib kelayotgan sulolalar mavjud. Bu yerga birinchi
marotaba kelgan kishi oddiy odamlarning tabiat bilan bog‘liq bilimlarini eshitib
hayron qolishi mumkin.


12
II.BOB.NOMMODDIY MADANIY MEROS MUXOFAZASIDA MAHALLIY
TAJRIBA.
2.1. Nomoddiy madaniy meros tushunchasi va muhofazasining zaruriyati
Nomoddiy madaniy meros degan ibora hayotimizga kirib kelganiga uzoq
vaqt bolgani yoq. Ushbu iboraning kopchilik tomonidan tushunilishi bir oz
qiyinroq kechayotganligini bois uning tilimizga kirib kelish tarixi togrisida bir oz
toxtalamiz.
Jamiyatning rivojlanish surati uning tashqi muhit, yani boshqa jamiyatlar
bilan aloqalarning qay darajada yolga qoyilganligi, iqtisodiy va ijtimoiy
almashuvlarining samarasiga bogliq. Hech bir jamiyat yopiq holda keskin osish
suratlariga erishishi mumkin emas. Agar shunday bolganda Amazonka daryosi
boyidagi ormonlarda topilayotgan ibtidoiy qabilalar boshqa ochiq jamiyatlardan
kora rivojlanib ketganligini kuzatish mumkin bolar edi. Rivojlangan davlatlar
tajribasidan foydalanish, ular erishgan yutuqlarga suyangan holda rivojlanishning
yangi yollarini hayotga tatbiq etishda ozaro aloqalar juda katta ahamiyatga ega. Bu
hodisa, boshqacha qilib aytganda globallashuv jarayoni, rivojlanishning yangi
bosqichiga kotarilish uchun xizmat qilsa-da, alohida olingan jamiyatlarning
ozligini namoyon qilish elementlaridan kechishi hisobiga
boladi. Chunki,
rivojlangan jamiyat iqtisodiyoti bilan birga u yerdagi yashash tarzi, madaniyat va
manaviyat ham boshqa jamiyatga kirib keladi. Bazan rivojlangan jamiyatning ilgor
madaniyati nisbatan kam rivojlangan jamiyatning qoloq madaniyatidan kora past
saviyada bolsa-da, yosh avlod tomonidan moda sifatida qabul qilinishi va bu
orqali aslida ota insoniy bolgan madaniyatning ayrim elementlari butunlay
yoqotilishi mumkin.
Globallashuv jarayonidagi moddiy ozgarishlar bilan bir qatorda manaviy
sohada yuz berayotgan yoqotishlar kop vaqtdan buyon dunyo hamjamiyatidagi
ilgor kishilarni tashvishga solib kelayotgan bolsa-da, dunyo miqyosida bunday
yoqotishlarning oldini olish va tegishli choralar korish masalasiga alohida etibor
otgan asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Misol uchun 1962 yilda Koreya
Respublikasida maxsus madaniy dastur qabul qilinib, milliy manaviy va moddiy


13
boyliklarni muhofaza qilish ishlari boshlandi. Boshqa davlatlarda ham turli yollar
bilan oz milliy madaniyatini saqlash choralari korila boshlandi. Manaviy
qashshoqlashuv, standart madaniyat yoyilishining oldini olish maqsadida
Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan, talim va madaniyat masalalari bilan
shugullanuvchi YUNESKO tashkilotining tashabbusi bilan
yangi bir jarayon
boshlandi va bu jarayon har bir millat, xalq, jamiyatning ozligini ifodalovchi, shu
bilan bir qatorda boshqalarni kamsitish yoki tan olmaslik xususiyatlaridan holi
bolgan manaviy boyliklarini asrash va kelajak avlodga yetkazishni maqsad qilib
oldi. Shunday qilib, turli xalqlarda turlicha nomlanadigan, aslida esa ozlikni
namoyon qilish shakllari, usullari bilan bogliq bilim, tajriba va konikmalar
nomoddiy madaniy meros iborasi bilan ifodalana boshlandi.
Dunyo miqyosida nomoddiy madaniy meros va uning muhofazasi masalalari
YUNESKOning 1989 yildagi Ananaviy madaniyat va folklorni muhofaza qilish
boyicha Tavsiyalaridan boshlandi. 1994 yildan milliy tizimlar (davlatlar)
tomonidan nomoddiy madaniy merosni ozida saqlovchi va boshqalarga
yetkazuvchilarning rasman tan olishini va ular tomonidan ushbu merosning kelgusi
avlodga yetkazilishiga komaklashish maqsadida Insoniyatning yashovchi (tirik)
durdonalari Dasturi boshlandi.
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boyicha xalqaro konvensiya
Talim, fan va madaniyat masalalari boyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti
(YUNESKO)ning Parij shahridagi 32-sessiyasida.(2003 yil 15 oktabrda) qabul
qilingan.
Konvensiya 9 ta bolim 40 ta moddadan iborat bolib, biz quyida undagi
bizning faoliyatimizga taalluqli bolgan bolim va moddalariga toxtalamiz va
Konvensiya talablarining 2010 yil 7 oktabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlangan Davlat dasturida qay darajada qamrab olinganligini tahlil etamiz.
Konvensiyani qabul qilish zarurati ifodalangan bandlarda globallashuv va
ijtimoiy ozgarishlar jarayoni hamjamiyatlar ortasida ozaro muloqot ornatish uchun
qulay
zamin
yaratish
maqsadi,
murosasizlikning
kelib
chiqishi,
degradatsiyalanishning jiddiy tahdid manbai bolishi,
shuningdek, nomoddiy


14
madaniy merosni saqlash boyicha mablaglarning yetishmasligi oqibatida uning
yoqolib ketish va buzilib ketish xavfi mavjudligi takidlanadi. Shu munosabat bilan
insoniyatning nomoddiy madaniy merosni muhofaza etish yolidagi umumiy
intilishlarini, say-harakatlarini va bu boradagi umumiy xavotir ham etirof etiladi.
Keyingi bandlarda nomoddiy madaniy meros aslida insonlarning ijodkorlik
faoliyati natijasida yaratilishi takidlanadi va hamjamiyatlar, xususan tub aholiga
mansub hamjamiyatlar va ayrim hollarda alohida shaxslarning nomoddiy madaniy
merosni barpo etishda, muhofaza qilishda, saqlashda va qayta bunyod etishda, va
shu tariqa madaniy turli-tumanlikni boyitishda va insoniyatning ijodkorlik
qobiliyatini oshirishda muhim rol oynashi aytiladi. Ushbu merosni saqlash boyicha
yangi tartib va qoidalarni joriy etish maqsadida madaniy va tabiiy merosni saqlash
boyicha xalqaro shartnomalarni, amaldagi tavsiya va rezolyusiyalarni nomoddiy
madaniy meros sohasidagi yangi qoidalar bilan boyitish va samarali toldirish
muhimligi hisobga olinadi. Nomoddiy madaniy merosni saqlash va targib etishdan
tashqari uning ota muhim orni - yosh avlodlar tomonidan chuqur his etilishi
kerakligi alohida takidlanadi. Bu yerda yana nomoddiy madaniy merosning
kishilar ortasida ozaro yaqinlashuvi, muloqot, ozaro tushunish dagi bebaho roli
etirof etiladi.
Konvensiyaning maqsadlari sifatida quyidagilar qayd etilgan:
1. nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish;
2. tegishli hamjamiyatlar, guruhlar va alohida shaxslarga mansub nomoddiy
madaniy merosni hurmat qilish;
3. nomoddiy madaniy merosning muhimligiga va mahalliy, milliy va
xalqaro miqyosda uning umum tomonidan tan olinishiga etiborni jalb
qilish;
4. xalqaro hamkorlik va yordam korsatish.
Konvensiyaning 2-moddasida Konvensiya matnida uchraydigan asosiy
tushunchalarga tarif berilgan bolib, biz oldingi mavzuda alohida toxtalgan
nomoddiy madaniy meros tushunchasiga alohida toxtalgan va merosning
yonalishlari korsatib otilgan. Ushbu moddada (keyinchalik matndagi qaytariqlarni


15
qisqartirish maqsadida) muhofaza sozi doimiy ravishda juda keng, yani - nomoddiy
madaniy meros hayotiyligini taminlash, shu bilan birga, uni identifikatsiyalash,
hujjatlashtirish, tadqiq qilish, saqlash, himoya qilish, ommalashtirish, rolini
oshirish, targib qilish choralarini, asosan rasmiy va norasmiy talim yordamida
amalga oshirish, hamda bunday merosning turli jihatlarini qayta barpo etish
manolarida qollanilishi yozilgan.
Konvensiyaning ikkinchi bolimi Konvensiya organlariga bagishlangan.
Unga kora uning eng oliy organi Bosh assambleya bolib, har ikki yilda bir
marotaba oz yigilishlarini otkazadi. Bundan tashqari ishtirokchi-davlatlar
tomonidan tavsiya etiladigan nomzodlardan tashkil topgan Hukumatlararo qomita
va doimiy faoliyat olib boruvchi Kotibiyat ham tashkil etiladi. Bu bolimda mazkur
organlarning vakolatlari, ish uslubi, saylanish muddatlari va ularning faoliyati bilan
bogliq tashkiliy masalalar yoritiladi.
Nomoddiy madaniy merosni milliy darajada muhofaza qilish mavzusidagi
uchinchi bolimda ishtirokchi-davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bolgan
ishlar va unga yuklanadigan majburiyatlar qayd etilgan. Shu munosabat bilan
mazkur bolimning moddalariga alohida toxtalamiz va batafsil tushuntirishlar
berishga harakat qilamiz. Talablar bilan bir qatorda mamlakatimizda ushbu
yonalishda amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalarni ham tahlil etamiz.
Har bir ishtirokchi-davlat oz hududida joylashgan nomoddiy madaniy
merosni muhofaza qilish boyicha tegishli choralarni korishi lozim. Bu borada
malakatimizda qonunchilikka tegishli ozgartirishlar kiritilganligi, maxsus dastur
ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotganligini etirof etish lozim.
Nomoddiy madaniy meros hayotiyligini taminlash, shu bilan birga, uni
identifikatsiyalash, hujjatlashtirish, tadqiq qilish, saqlash, himoya qilish,
ommalashtirish, rolini oshirish, targib qilish choralarini, asosan rasmiy va
norasmiy talim yordamida amalga oshirish, hamda bunday merosning turli
jihatlarini qayta barpo etish doirasida oz hududida mavjud bolgan nomoddiy
madaniy merosning turli xil unsurlarini hamjamiyatlar, guruhlar va tegishli
nohukumat tashkilotlar ishtirokida identifikatsiyalashi va aniqlashi lozim. Davlat


16
dasturining tegishli bandlarida bu bandda belgilangan vazifalarning hammasi
nazarda tutilgan. Xususan, 7-bandda Ozbekistonning qadimiy folklor va ananaviy
ijrochiligi saqlanib qolgan Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy,
Buxoro, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpogiston Respublikasi va Fargona vodiysi
boylab kompleks folklor ekspeditsiyalari uyushtirish rejalashtirilgan bolib, 55 va
56-bandlarda ushbu ekspeditsiyalarga madaniyatshunoslar, sanatshunoslar,
folklorshunos, etnograf va ekspertlarning, shuningdek, oliy talim va orta maxsus,
kasb-hunar talimi muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning jalb etilishi va
ushbu tadbirlarning moliyalashtirilishi masalalalari kiritilgan. Bundan tashqari,
Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgoniston va Xitoyda
yashovchi ozbeklar folklorini yozib olishni tashkil etish (8-band) ham kozda
tutilgan.
Ishtirokchi-davlatlar tomonidan yuritilishi lozim bolgan royxatlar boyicha
quyidagi vazifalar belgilangan:
Har bir ishtirokchi-davlat .... oz hududida mavjud bolgan nomoddiy madaniy
meros obektlarining bir yoki bir nechta royxatini tuzadi. Bu royxat muntazam
ravishda yangilab turilishi lozim. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 23 fevraldagi
47-sonli qarori bilan Nomoddiy madaniy meros obektlarining royxatini yuritish
togrisidagi nizom tasdiqlangan va shu asosda mamlakatimizda 4 xil royxat
yuritilmoqda.
1. Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ royxatiga tavsiya
etilayotgan obektlar royxati.
2. Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bolgan nomoddiy madaniy
meros obektlarining royxati.
3. Nomoddiy madaniy meros obektlarining milliy royxati.
4. Nomoddiy madaniy meros obektlarining mahalliy royxati.
Har bir ishtirokchi-davlat Qomitaga muntazam ravishda oz hisobotini berib
borar ekan, ushbu royxatlar togrisida ham tegishli malumotnomalarni taqdim etishi
lozim. Ushbu band talablariga kora har bir ishtirokchi-davlat har 6 yilda bir
marotaba YUNESKOga oz hisobotini taqdim etishi lozim. Davlat dasturining 20-


17
bandida Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boyicha xalqaro Konvensiya
talablarining bajarilishi borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar togrisida
2014 va 2020 yillarda hisobotlarni tayyorlash va belgilangan tartibda YUNESKO
tashkilotiga taqdim etish vazifasi belgilab qoyilgan.
13-moddada muhofaza qilishning boshqa choralari ham belgilangan. Unda
Nomoddiy madaniy merosning jamiyatdagi rolini oshirish va ushbu merosni
muhofaza qilishni rejalashtirish dasturiga kiritishga yonaltirilgan umumiy siyosatni
ishlab chiqadi va amalga oshiradi deyilgan. Davlatimiz siyosatida xalqimizning
manaviy boyligini asrash, urf-odat va marosimlarimiz vositasida yoshlarni
tarbiyalash keng orin egallagan. Yangi Qonun qabul qilinishi, Davlat dasturining
ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, bu borada huquqiy-normativ hujjatlar
ishlab chiqilishi buni isbotlaydi.
Navbatdagi bandlarda ham qator vazifalar qoyilgan. Biz quyida ushbu
vazifalarni Davlat dasturida kozda tutilgan bandlar bilan solishtirishda davom
etamiz.
Oz hududida mavjud bolgan nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga
ixtisoslashgan bir yoki bir nechta vakolatdor tashkilotni aniqlaydi yoki tashkil etadi.
2009 yil oktabrda qabul qilingan Qonun, Davlat dasturi, Vazirlar Mahkamasining
2011 yil 23 fevraldagi 47-son qaroriga muvofiq ushbu faoliyat bilan
shugullanuvchi tashkilot va muassasalar aniqlangan.
Nomoddiy madaniy merosni, xususan, xavf ostida bolgan nomoddiy
madaniy merosni samarali muhofaza qilish maqsadida ilmiy, texnikaviy,
sanatshunoslik
sohasidagi
tadqiqotlarga,
shuningdek,
ilmiy-tadqiqot
metodologiyalarini ishlab chiqishga yaqindan komaklashadi. Davlat dasturining 5-
bandida nomoddiy madaniy merosning barcha yonalishlari boyicha grantlar
ajratilishini taminlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, tadqiqot ishlariga yosh
olimlarni jalb etish vazifasi qoyilgan. Shuningdek, 31-bandda musiqa, madaniyat
va sanat talim yonalishlarida oqiyotgan talabalarning nomoddiy madaniy meros
borasidagi
tadqiqotlarni qollab-quvvatlash va ushbu yonalishdagi eng yaxshi
tadqiqotlar tanlovlarini elon qilish, goliblarni ragbatlantirish, eng sara ishlarni


18
ilmiy toplam shaklida chop etish vazifasi qoyilgan.
Nomoddiy madaniy merosni boshqarish sohasida kadrlar tayyorlovchi
muassasalarni tashkil etish yoki mustahkamlashga komaklashish. Davlat
dasturining 13 ta bandi (21-33 bandlar) soha mutaxassislarini tayyorlash va malaka
oshirish ishlarini tashkil etish masalalariga bagishlangan bolib, unda maktab
talimidan boshlab, orta-maxsus va oliy talimda, shuningdek undan keyigi talim
bosqichlarida ham mazkur vazifalarni bajarish boyicha aniq vazifalar belgilangan.
Nomoddiy madaniy merosdan foydalanish imkoniyatini oshirish. Davlat
dasturining Nomoddiy madaniy meros targibotida madaniy turizm dasturlaridan
keng foydalanish masalalariga bagishlangan bolimining 6 ta bandi (49-54 bandlar)
va dasturning qator boshqa bandlarida mamlakatimiz aholisi va xorijlik
mehmonlarning nomoddiy madaniy merosdan bahramand bolishini yanada
yaxshilash masalalari yoritilgan.
Nomoddiy
madaniy
merosni
hujjatlashtirish
bilan
shugullanuvchi
muassasalarni barpo etish va ulardan foydalanishni yengillashtirish. Hozirda
Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi Respublika
xalq ijodiyoti va madaniy-marifiy ishlar ilmiy-metodik markazi qoshida maxsus
Hujjatlashtirish bolimi tashkil etilgan. Ushbu bolim byudjet mablaglari va
YUNESKO tomonidan ajratilgan 18 ming AQSH dollari evaziga zamonaviy audio,
video, foto uskunalari, shuningdek, tipografiya anjomlari bilan taminlangan.
Ozbekiston Fanlar akademiyasining A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti
Folklor bolimi ham tegishli zamonaviy anjomlar bilan boyitildi. Fanlar
akademiyasi tasarrufidagi Sanatshunoslik institutida maxsus Hujjatlashtirish bolimi
tashkil etilishi rejalashtirilgan. Nomoddiy madaniy merosni targib etish maqsadida
maxsus veb-sayt (WWW.nmm.uz) ishlab turibdi.
Talim, jamoatchilikning xabardorligini oshirib borish va salohiyatni
mustahkamlash masalalariga bagishlangan 14-moddada belgilangan vazifalar ijrosi
boyicha quyidagilarni keltirish mumkin.
Talim dasturlari orqali jamoatchilikning, xususan, yoshlarning nomoddiy
madaniy meros togrisidagi bilimlarini oshirish. Davlat dasturining 21- bandida


19
nomoddiy madaniy merosni organish masalalarini oliy talim va orta maxsus, kasb-
hunar talimi muassasalarining tegishli fanlar oquv dasturlariga kiritish, qollanmalar
tayyorlash va chop etish rejalashtirilgan.
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish sohasida, xususan, boshqaruv
va ilmiy tadqiqot masalalari bilan bogliq imkoniyatlarni oshirish boyicha tegishli
chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Davlat dasturining birinchi bolimi tolaligicha
nomoddiy madaniy merosning boshqaruvi, ikkinchi bolimi esa nomoddiy madaniy
merosni ilmiy jihatdan organish va tadqiqot ishlarini tashkil etish masalalarini
qamrab oladi.
Bilimlarni tarqatishning norasmiy usullaridan foydalanish. Dasturning 25-
bandida nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va yetkazuvchilarni oquv
dasturlarini takomillashtirish ishlariga va bevosita oquv jarayoniga jalb etish,
ularga shart-sharoitlar yaratish, 32-bandida nomoddiy madaniy meros bilan
shugullanuvchi mutaxassislarning malakasini oshirish, 36-bandida nomoddiy
madaniy meros muhofazasi va targiboti masalalariga bagishlangan maxsus Meros
ilmiy-ommabop jurnalini tashkil etish masalalari qamrab olingan.
Nomoddiy madaniy merosga xavf solayotgan tahdidlar, shuningdek, mazkur
Konvensiyaning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar haqida
jamoatchilikni xabardor qilib turish. Dasturning 6-bolimi nomoddiy madaniy
merosni saqlash va uning muhofazasini tashkil etish boyicha olib boriladigan
targibot-tashviqot ishlariga yonaltirilgan bolib, uning 40-45 bandlarida ushbu
masalalar toliq qamrab olingan.
Konvensiyaning 15-moddasida hamjamiyatlar, guruhlar va alohida
shaxslarning ishtiroki masalasi xususida shunday vazifa qoyilgan:
Har bir ishtirokchi-davlat nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish
doirasida shunday merosni bunyod etish, muhofaza qilish va taqdim etish bilan
shugullanuvchi hamjamiyatlar, guruhlar va alohida shaxslarning imkon qadar keng
ishtirokini taminlashga harakat qiladi hamda ularning bunday merosni
boshqarishga jalb qilinishlari va faol ishtirok etishlari uchun komaklashadi. Ushbu
vazifalar tolaligicha Davlat dasturida kozda tutilgan. Xususan, 7-bolim nomoddiy


20
madaniy merosni muhofaza qilish borasida hamkorlik tarmogini rivojlantirish
masalalarini qamrab olib, unga kora nomoddiy madaniy meros masalalari bilan
shugullanuvchi nodavlat tashkilotlari va muassasalarining uyushmasini tashkil
etish, ular tomonidan otkaziladigan nomoddiy madaniy meros bilan bogliq tanlov,
korik, festival, korgazmalarning yillik rejalari ishlab chiqilishi, muvofiqlashtirilishi
va elon qilinishini taminlash, mahallalarda nomoddiy madaniy merosni muhofaza
qilish va targib etish borasidagi ishlarni rejalashtirish va fuqarolarning ozini ozi
boshqarish organlari bilan birgalikda amalga oshirish moljallangan.
Konvensiyaning IV bolimi nomoddiy madaniy merosni xalqaro miqyosda
muhofaza qilish masalalariga bagishlangan. Ushbu bolimning 16 va 17
moddalariga asosan ikkita xalqaro royxat - Insoniyatning nomoddiy madaniy
merosining reprezentativ royxati va Kechiktirib bolmas muhofazaga muhtoj
nomoddiy madaniy meros royxati yuritilishi belgilab qoyilgan. Reprezentativ
royxatga Ozbekistondan 4 ta (Boysun madaniy muhiti, Shashmaqom, Katta ashula
va Navroz) obekt kiritilganligini otgan mavzularda bayon etgan edik. Har ikki
royxatga nomzodnomalarni tayyorlash ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Xalqaro hamkorlik va yordam
masalalari qamrab olingan V bolimda
hamkorlikni tashkil etish yollari va usullari, xalqaro yordam olish uchun shart-
sharoitlari ochib beriladi. Ozbekistondan Reprezentativ royxatga kiritilgan Boysun
madaniy muhiti va Shashmaqom nomzodnomalarida hujjatlashtirish ishlarini
tashkil etish uchun xalqaro yordam olingan va ushbu mablaglar tegishli
yonalishlarda sarf etilgan.
Shuningdek, YUNESKOning 2-toifali institutlari:
Osiyo va Tinch okeani mamlakatlarining axborot taminoti yonalishi boyicha
nomoddiy madaniy meros markazi - ICHCAP (Koreya Respublikasi), Madaniy
meros masalalari boyicha Markaziy Osiyo markazi - IICAS (Samarqand),
shuningdek Osiyo va Tinch okeani mamlakatlarining kadrlar tayyorlash va
malakasini oshirish boyicha nomoddiy madaniy meros markazi (Yaponiya) bilan
doimiy aloqalar ornatilgan.
Konvensiyaning keyingi bandlari - Nomoddiy madaniy meros jamgarmasi;
Hisobotlar; Otkinchi qoidalar; Yakuniy qoidalar deb nomlanib, ularda jamgarma


21
mablaglarining shakllanishi, majburiy va ixtiyoriy tolovlar, hisobotlarni taqdim
etish shartlari va muddatlari, muqaddam elon qilingan Insoniyatning ogzaki
durdonalari royxatiga kiritilgan obektlarning (Ozbekistonda 2001 yili Boysun
madaniy muhiti, 2003 yili Shashmaqom kiritilgan) yangi Reprezentativ royxatga
otkazilishi, shuningdek Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, unga ozgartirish va
qoshimchalar kiritish tartibi va boshqa kerakli malumotlar berilgan.
Mazkur Konvensiya Ozbekistonda ham ratifikatsiya qilinib, yangi qonun va
Davlat dasturi qabul qilindi.
2009 yilning 9 oktabrida elon qilingan Madaniy meros obektlarini muhofaza
qilish va ulardan foydalanish togrisidagi Ozbekiston Respublikasining Qonuniga
ozgartirishlar kiritish haqida ORQ-228-sonli Qonuniga asosan madaniy meros
obektlari ikki turga - moddiy va nomoddiy madaniy meros obektlariga ajratilgan.
Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki ozgacha madaniy qimmatga ega bolgan
ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar moddiy madaniy meros
obektlari hisoblanib, bu obektlarning barchasini koz bilan korish, qol bilan ushlab
korish, tasvirini suratga olish imkoni bor.
Bundan farqli ravishda nomoddiy madaniy meros obektlarining aksariyat
qismini qol bilan ushlab, koz bilan korib va suratga tushirib bolmaydi. Bu obektlar
ham tarixiy, ilmiy, badiiy yoki ozgacha madaniy qimmatga ega boladi. Ularning
tarkibiga esa urf-odatlar, xalq ijodiyoti (soz, raqs, musiqa, tomosha sanati),
shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanati bilan bogliq
bilimlar, konikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar kiradi.
2.2. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
Xalqaro hujjatlarning qabul qilinishida muhim bir qoida bor. Unga ko‘ra,
xalqaro hujjatni qabul qilayotgan davlatning qonunchiligi qabul qilinayotgan
xalqaro hujjat talablariga moslashtirilishi shart.
Shuning uchun odatda xalqaro hujjatni qabul qilishdan oldin xalqaro hujjat
normalari milliy qonuchilikka zid kelish yoki kelmasligi o‘rganiladi va shundan
keyingina uni qabul qilish masalasi kun tartibiga kiritiladi. Hujjat qabul


22
qilingandan keyin milliy qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Shundan kelib chiqib, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishning
huquqiy asoslarini ikki darajada – xalqaro va milliy darajada kuzatish
imkoniyatimiz bor. Xalqaro darajadagi huquqiy asos sifatida 2003 yil qabul
qilingan “Nomoddiy madaniy merosni saqlash to‘g‘risida”gi Xalqaro Konvensiya
xizmat qiladi.
Mazkur Konvensiyaning O‘zbekistonda ratifikatsiya qilinishi bo‘yicha
dastlabki harakatlar aslida 2005 yildan boshlangan edi. Konvensiya har tomonlama
o‘rganib chiqilishi natijasida tegishli takliflar tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasi
orqali Oliy Majlisga kiritildi va buning oqibatida 2007 yil dekabr oyida
“Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish” Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.
Ratifikatsiya hujjatlari taqdim etilgandan keyin, ya’ni
2008 yil 29 apreldan
boshlab O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatiga
aylandi.
Xalqaro hujjatlarni qabul qilish qoidalariga asosan O‘zbekistondagi mavjud
qonunchilikdagi nomoddiy madaniy meros bilan bog‘liq masalalar qayta ko‘rib
chiqilishi va lozim bo‘lgan hollarda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi
lozim edi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi
tashabbusi bilan ishchi guruhi tuzilib, 2001 yilda qabul qilingan “Madaniy meros
obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
Ushbu takliflar Oliy Majlisning Senatida ham o‘rganib chiqildi va oxir oqibat 2009
yilning 9 oktabrida “Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirishlar
kiritish haqida” O‘RQ-228-sonli Qonuni qabul qilindi.
Milliy qonunchilikni xalqaro normalar asosida qayta ko‘rib chiqish jarayoni
bilan bir qatorda nomoddiy madaniy merosni o‘rganish, uning muhofazasini
tashkil etish va kelgusi avlodga yetkazish jarayoni tashkil etildi. Xususan, 2008 yil
fevral-mart oylari davomida “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish”
Konvensiyasi qoidalariga Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda xalq


23
deputatlari mahalliy kengashlarida amal qilinishi masalasi o‘rganildi. Maxsus
komissiya tomonidan o‘rganilgan ma’lumotlar asosida 2008 yil 30 aprelda ushbu
masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori va quyi palata vakillari
ishtirok etgan maxsus yig‘ilishda muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Ushbu qarordagi eng asosiy vazifalardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi zimmasiga manfaatdor vazirlik va idoralar
bilan hamkorlikda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat
dasturi loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklandi. 2010 yil fevral oyida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomoddiy madaniy merosni
muhofazasiga bag‘ishlangan Davlat dasturini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus
Farmoyishi e’lon qilindi va 2010 yilning 7 oktabrida Vazirlar Mahkamasining
“2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, asrash,
targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘risida”gi 222-
sonli qarori qabul qilindi.
Nomoddiy madaniy merosni milliy darajada tashkil etish maqsadida 2010 yil
7 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori e’lon
qilindi va ushbu qaror bilan “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros
obektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat
dasturi” tasdiqlandi.
Davlat dasturi 9 bo‘limdan tashkil topgan. Bo‘limlar quyidagicha nomlanadi:
I. Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va kelajak avlodga
yetkazishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda ma’muriy boshqaruv
tizimini takomillashtirish.
II. Nomoddiy madaniy merosni ilmiy jihatdan o‘rganish va tadqiqot ishlarini
tashkil etish.
III. Nomoddiy madaniy merosni ro‘yxatga olish va ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni hujjatlashtirish.
IV. Soha mutaxassislarini tayyorlash va malaka oshirish ishlarini tashkil
etish.
V. Nomoddiy madaniy meros obektlarini saqlashning amaliy chora-


24
tadbirlari.
VI. Nomoddiy madaniy merosni saqlash va uning muhofazasini tashkil etish
bo‘yicha olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari.
VII. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida hamkorlik
tarmog‘ini rivojlantirish.
VIII. Nomoddiy madaniy meros targ‘ibotida madaniy turizm dasturlaridan
keng foydalanish.
IX.
Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlashni moliyalashtirish
tizimini yanada takomillashtirish.
57 banddan iborat Davlat dasturida 10 yil davomida nomoddiy madaniy
merosimizni muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanishning eng
asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan.
Mazkur dasturning birinchi bo‘limi “Nomoddiy madaniy merosni saqlash,
muhofaza qilish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan normativ-huquqiy
bazani hamda ma’muriy boshqaruv tizimini takomillashtirish” deb nomlanib, unda
“Nomoddiy madaniy meros obektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi nizom”
va “Nomoddiy madaniy meros obektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29
iyuldagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi madaniy
meros obektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom” va “Madaniy
meros
obektlarining
tarixiy-madaniy
ekspertizasi
to‘g‘risida
nizom”ga
o‘zgartirishlar kiritish orqali normativ-huquqiy bazani takomillashtirish vazifalari
qo‘yilgan edi.
Ushbu bandlardagi vazifalarning ijrosi ta’minlandi va 2011 yil 23 fevralda
Vazirlar Mahkamasining “Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan Nomoddiy madaniy meros
obektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi nizom, Nomoddiy madaniy meros
obektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
tasdiqlandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi «Madaniy
meros
obektlarini
muhofaza
qilish
va
ulardan
foydalanishni
yanada


25
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 269-son qaroriga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritildi. Ana shu hujjat bilan O‘zbekistonda nomoddiy madaniy
meros obektlarini muhofaza qilishga oid huquqiy asos yaratilishi oxiriga yetdi.
Hozirgi kunda mamlakatimizdagi nomoddiy madaniy merosning 4 ta alohida
ro‘yxati yuritiladi.
Bular:
1. Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy
meros obektlarining ro‘yxati.
2. Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish
uchun tavsiya etiladigan nomzodlar ro‘yxati.
3. Nomoddiy madaniy merosning milliy ro‘yxati.
4. Nomoddiy madaniy merosning mahalliy ro‘yxatlaridan iboratdir.
Yuqorida qayd etilgan barcha ro‘yxatlar doimiy ravishda yangilanib,
to‘ldirilib borishi taqozo etiladi. Xususan, zudlik bilan muhofaza choralari
ko‘rilishi lozim bo‘lgan ro‘yxatga tushgan obektdagi xavf tugatilgandan keyin u
ushbu ro‘yxatdan chiqariladi. Yoki, mahalliy ro‘yxatga kiritilgan obekt tarixiy-
madaniy ekspertiza natijalariga ko‘ra Milliy ro‘yxatga kiritilishi tavsiya etilsa, u
oldingi ro‘yxatdan chiqarilib, boshqasiga o‘tkaziladi va hokazo.
Nomoddiy madaniy meros obektlarining ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:

obektning ro‘yxatdagi tartib raqami;

obektning nomi;

obektni ro‘yxatga kiritish bo‘yicha taklif kiritgan yuridik va jismoniy
shaxslar;

obekt mavjud hudud (yoki hududlar)ning nomlanishi;

obekt namoyon etayotgan soha;

obektni o‘zida saqlovchilarning nomi va manzili;

obektning maqsadli vazifasi;

obekt yuzasidan tarixiy ma’lumotlar;

obektning hozirgi kundagi ahvoli;


26

obekt xususiyatidan kelib chiqib boshqa ma’lumotlar.
Nomoddiy madaniy meros obektlarining ro‘yxatga kiritish ishlari
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan amalga
oshiriladi. Ro‘yxatga kiritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari,
shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tarixiy-madaniy ekspertiza nomoddiy madaniy merosni tegishli ro‘yxatga
kiritilishini asoslash maqsadida o‘tkaziladi. Ekspertizani tashkil etish O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Respublika xalq ijodiyoti va
madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi, uni o‘tkazish Markaz qoshida
tashkil etilgan Ilmiy-uslubiy kengash zimmasidadir. Kengash tarkibi davlat
organlari, ilmiy institut va muassasalar, nodavlat, notijorat tashkilotlarning
vakillari, nomoddiy madaniy merosni asrash va ulardan foydalanish yo‘nalishida
faoliyat yuritayotgan va tadqiqot ishlarini olib borayotgan alohida tadqiqotchilar va
mutaxassislardan tashkil topadi.
Xalqaro Konvensiya qabul qilinishi munosabati bilan muqaddam mavjud
bo‘lgan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro‘yxati”ga
kiritilgan nomoddiy madaniy meros obektlari
yangi – “Nomoddiy madaniy
merosning Reprezentativ ro‘yxati”ga o‘tkazildi. Ana shu ro‘yxatga 2009 yilda
O‘zbekistondan tavsiya etilgan “Katta ashula” nomzodi va boshqa 6 ta davlat bilan
birgalikda tavsiya etilgan “Navro‘z” nomzodlari ham kiritildi. Shunday qilib,
hozirgi kunda Reprezentativ ro‘yxatda O‘zbekiston bilan bog‘liq 4 ta nomoddiy
madaniy meros bo‘lib, bunday ko‘rsatkich sobiq Ittifoq hududidagi birorta ham
davlat kuzatilmaydi.
Davlat dasturining “Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va
kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda ma’muriy
boshqaruv tizimini takomillashtirish” bo‘limida belgilangan vazifalar to‘la
bajarilganligi munosabati bilan ularga to‘xtalmaymiz (qarang “Ilova” -bet).
Davlat dasturining “Nomoddiy madaniy merosni ilmiy jihatdan o‘rganish va
tadqiqot ishlarini tashkil etish” masalalariga bag‘ishlangan bo‘limida 2011 yildan
boshlab har ikki yilda nomoddiy madaniy meros muammolariga bag‘ishlangan


27
xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 2011
yil 25 iyun kuni Toshkent shahrida Birinchi Respublika anjumani o‘tkazildi. Unda
nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, ro‘yxatlarni
yuritish tartibi, hujjatlashtirish ishlari tashkil etish, xalqaro hamkorlik, davlat va
nodavlat
tashkilotlari
o‘rtasida
aloqalarni
mustahkamlash,
folklor
ekspeditsiyalarini tashkil etish kabi qator masalalar muhokama etilib, tegishli
qarorlar qabul qilindi. 2012 yil fevral oyida ham Toshkent shahrida yana bir
Respublika o‘quv-seminari tashkil etilib, unda asosan nomoddiy madaniy merosni
hujjatlashtirish masalalari muhokama etildi. 2012 yil aprel oyida Farg‘ona
vodiysiga uyushtiriladigan ekspeditsiya natijalari asosida Toshkent shahrida 2012
yilning may oyida navbatdagi Respublika anjumanini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilgani
holda salkam bir yil ichida uchta Respublika anjumani o‘tkazilib, Davlat dasturida
belgilangan asosiy masalalar muhokama etilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu bo‘limda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish
qo‘mitasi zimmasiga nomoddiy madaniy merosning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha
grantlar ajratilishini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, tadqiqot
ishlariga yosh olimlarni jalb etish vazifasi yuklangan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi zimmasiga esa:

nomoddiy madaniy meros tarixining mohiyatini ochib beruvchi qadimiy
qo‘lyozmalar, fono yozuvlarni sinchiklab o‘rganish va ularni turli tillarda
bosma ko‘rinishda va zamonaviy disklarda chop etishni yo‘lga qo‘yish;

O‘zbekistonda Navro‘zning tiklanish tarixi va mustaqillik yillarida uning
ham mazmunan, ham shaklan boyishi jaryonini tadqiq etish va targ‘ib
qilish;

“O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 tomligini asar matni, notasi va
izohlari bilan nashrga tayyorlash;

nomoddiy madaniy meros masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus
bo‘linma faoliyatini tashkil etish vazifalari yuklangan. Hozirda ushbu
tashkilot zimmasiga yuklangan eng katta vazifalardan biri – 100 tomlikni


28
nashrga tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan. Fanlar akademiyasining
Alisher Navoyi nomidagi Til va adabiyot instituti Folklor bo‘limi
mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida xalq ijodiyotini
barcha janrlaridan eng yuksak namunalari kiritiladigan to‘plamlar
nashrga tayyorlanmoqda.
O‘z navbatida Madaniyat vazirligi zimmasiga ushbu bo‘limda:

Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm
viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysi bo‘ylab
kompleks folklor ekspeditsiyalari uyushtirish;

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va
Xitoyda yashovchi o‘zbeklar folklorini yozib olishni tashkil etish;

“Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish” singari dostonlarni fundamental ilmiy tadqiq
etish ishlarini yanada kuchaytirish;

o‘zbek an’anaviy musiqasiga oid ma’lumotlarni jamlash va yaxlit holda
chop etilishini tashkil etish vazifalari yuklangan bo‘lib, hozirda
mamlakatimiz va yaqin xorijiy davlatlarda ekspeditsiya ishlarini tashkil
etish rejasi ishlab chiqilgan va ishlar reja asosida tashkil etilayotganini
kuzatish mumkin. “Alpomish” dostonining o‘zbek, rus va ingliz
tillaridagi matnlari “Markaziy Osiyo-Koreya ertakchilik san’ati”
Qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan raqamli arxivga joylashtirish
uchun taqdim etildi. 2011 yil ushbu arxivga kiritilgan asarlar bo‘yicha
ssenariylar tanlovi e’lon qilindi, 2012 yilda yana bir marta ssenariylar
tanlovi e’lon qilinib, har ikki tanlovda g‘olib deb topilgan asarlarni
sahnalashtirish rejalashtirilmoqda.
“O‘zbek an’anaviy musiqasi” ko‘p tomlik antalogiyasi nashrga tayyorlash,
unda “Shashmaqom”, Xorazm va Farg‘ona-Toshkent maqomlari, dutor va surnay
maqom yo‘llari, “Feruz” va “Ushshoq” kabi turkumlarning zamonaviy ijrochilar
talqinida yozib olinishi va ta’lim dasturlarida keng foydalanish uchun SD, DVD,
multimedia ko‘rinishlarida tayyorlash ishlari ham rejalashtirilgan. Hozirda
Farg‘ona-Toshkent maqomlarini to‘liq yozib olish va ularni tizimga solish ishlariga


29
sohaning yetuk mutaxassislari jalb etilgan, YUNESKOning Qoraqalpoq an’anaviy
musiqasini hujjatlashtirish loyihasi asosida 100 dan ortiq sozanda va
xonandalarning 300 dan ortiq qo‘shiq va kuylari yozib olindi. Ularning ilk
namunalari Fransiyada audiodisk shaklida chiqarildi.
Nomoddiy madaniy merosni ro‘yxatga olish va ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni xujjatlashtirish masalalari (III bo‘lim) to‘laligicha Madaniyat va
sport ishlari vazirligi zimmasiga yuklangan.
Unga ko‘ra nomoddiy madaniy
merosni hujjatlashtirish, arxivlashtirish, ma’lumotlar bazasini tashkil qilish
andozalari ishlab chiqilib, mamlakatimizda joriy etilgan 4 xil ro‘yxatga obektlar
kiritilmoqda va muntazam ravishda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilanmoqda.
Davlat dasturining eng katta bo‘limi – “Soha mutaxassislarini tayyorlash va
malaka oshirish ishlarini tashkil etish” deb nomlanadi.
Bu bo‘limdagi 13 ta bandda qo‘yilgan asosiy vazifalar:
nomoddiy madaniy meros masalalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
1. yoshlarimizning nomoddiy madaniy meros namunalaridan bahramand
bo‘lishiga erishish;
2. yosh avlodni xalqimizning bebaho merosimiz namunalari asosida
tarbiyalash;
3. nomoddiy madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash;
4. kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlariga qaratilgan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun o‘rta maktabdan boshlab to oliy
ta’limning barcha bosqichlarigacha, shuningdek, maktabdan tashqari ta’limda
nomoddiy madaniy meros masalalarining yoritilishiga erishish, yoshlarni
nomoddiy madaniy merosni to‘plash va hujjatlashtirish ishlariga jalb etish, ular
ishtirokida turli ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazmalarni tashkil etish, yoshlarning ushbu
yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish
ishlarini tashkil etish lozim bo‘ladi.
Nomoddiy madaniy meros obektlarini saqlashning amaliy chora-tadbirlari
bayon etilgan bo‘limdagi vazifalar asosan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Milliy
axborot agentligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi,
Madaniyat va sport ishlari


30
vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi zimmasiga yuklangan bo‘lib:
1. maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, hikoyatlar to‘plamlarini nashr
etish;
2. milliy qadriyat va an’analarni tarannum etuvchi sahna asarlari
yaratilishini ta’minlash;
3. maxsus “Meros” ilmiy-ommabop jurnali faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
4. bosma
nashrlar,
video
va
audio
mahsulotlar,
shuningdek,
hunarmandchilik mollari tayyorlanishini jonlantirish va sotuvga chiqarish;
5. xalq sayillari va festivallarni o‘tkazish masalalari qamrab olinadi.
“Nomoddiy madaniy merosni saqlash va uning muhofazasini tashkil etish
bo‘yicha olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari” deb nomlangan
VI bo‘limda 6 ta band bo‘lib, ushbu bo‘limdagi ommaviy axborot vositalari orqali
targ‘ibot
ishlarining
asosiy
ijrochilari
etib
O‘zbekiston
Milliy
teleradiokompaniyasi,O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy
assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy
axborot agentligi belgilangan. Ularning zimmasiga nomoddiy madaniy merosni
muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar, ilg‘or tajribalarni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etish.
Bunda davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalarining faoliyati, yangi
tashabbuslar, nomoddiy madaniy merosning ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashdagi
o‘rni, ko‘rsatuv va eshittirishlarda ekspert va mutaxassislarning ishtiroki
masalalariga adlohida e’tibor qaratilishi belgilangan. Shu bilan bir qatorda ushbu
masalalarning bosma axborot vositalarida ham keng yoritilishiga e’tibor qaratish
tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi zimmasiga esa
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda har yili nomoddiy
madaniy merosning targ‘iboti bilan bog‘liq festivallar o‘tkazilishini tashkil etish,
Respublika “Mahalla” jamg‘armasi bilan hamkorlikda mahalla, tuman, viloyat va
respublika bosqichlariga ega bo‘lgan “Nomoddiy madaniy meros targ‘ibotchisi va
faoli” tanlovlarini o‘tkazish topshirilgan. “O‘zbekkino” milliy agentligi o‘z


31
zimmasiga har yili xalqimiz tarixi, madaniyati, vatanparvarlik va xalq
qahramonlarining jasorati, milliy qadriyat va an’analarni tarannum etishga
bag‘ishlangan kamida 2 ta badiiy, 4 ta multiplikatsion va 5 ta hujjatli film tasvirga
tushirish va namoyishinitashkil etish vazifasini olgan.
XULOSA
Davlat dasturining asosiy ijrochisi sifatida Madaniyat vazirligi belgilangan
bo‘lsa-da, undagi vazifalarning to‘liq bajarilishi uchun ko‘plab davlat tashkilotlari
va nodavlat tashkilot va muassasalarining hamjihatlikdagi harakatlari talab etiladi.
Shuning uchun Davlat dasturining bitta bo‘limi davlat va nodavlat tashkilot va
muassasalarining hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.
Bu bo‘limda birinchi navbatda nomoddiy madaniy meros bilan shug‘ullanuvchi
nodavlat tashkilot va muassasalarining uyushmasini tashkil etish, davlat va
nodavlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan nomoddiy
madaniy
meros
bilan
bog‘liq
tanlov,
ko‘rik,
festival,
ko‘rgazmalarni
muvofiqlashtirish va kuchlarni birlashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Ushbu
bo‘limda qo‘yilgan vazifalar ijrosida Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston
madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Hunarmand” uyushmasi, Xalqaro
“Oltin meros” jamg‘armasi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi yetakchilik qilishi
zarur bo‘ladi.
Mamlakatimizdagi mavjud nomoddiy madaniy meros namunalarini targ‘ib
etishda turistik tashkilotlarning o‘rni juda katta. Chunki, ularning xizmatidan
foydalanadigan mamlakatimiz aholisi va xorijiy mehmonlarga ana shu ma’naviy
merosimizni bor bo‘y-basti bilan namoyish etish imkoniyati mavjud. Shunday
imkoniyatlarni yanada kengaytirish masalalari Davlat dasturining “Nomoddiy
madaniy meros targ‘ibotida madaniy turizm dasturlaridan keng foydalanish”
bo‘limida o‘z aksini topgan. Tabiiyki, bu bo‘limning asosiy ijrochisi sifatida
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi belgilangan. Bu bo‘limga kiritilgan tadbirlar:
turistik dasturlarni “Shashmaqom”, “Katta ashula”, “O‘lan”, “Dostonchilik”,


32
“Baxshichilik”, “Lapar”, “Tanavor”, masxarabozlik, dorbozlik, qo‘g‘irchoqbozlik,
“Ko‘pkari”, turli xalq o‘yinlari, o‘zbek raqslari singari qator nomoddiy madaniy
meros namunalari bilan boyitish;
Boysun, Nurota, Chust, Karmana, Sherobod kabi maskanlarni turistik
dasturlarga kiritish;
milliy hunarmandchilik mollari, musiqa cholg‘ulari, an’anaviy milliy
kiyimlarni turistik guruhlar orasida keng targ‘ib etish;
o‘quvchi-talabalar orasida nomoddiy madaniy meros namunalarining keng
targ‘ib etilishini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan.
Turistik tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi paytda
O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijlik turistlar milliy urf-odat va marosimlar,
yurtimiz tabiati, xalqimiz turmush tarziga ko‘proq qiziqish bildirishmoqda.
Turistik tashkilotlar, o‘z navbatida, xalqimizning bunday nomoddiy madaniy
merosini targ‘ib etuvchi kishilar, guruhlar, jamoalar, hududlar bilan tanishtirishga
katta qiziqish bildirmoqda. Bu imkoniyatdan samarali foydalanish orqali nomoddiy
madaniy merosimizni saqlovchi, targ‘ib etuvchilarni moddiy manfaatdor qilish
mumkin. Buning uchun joylardagi turistik tashkilotlari va nomoddiy madaniy
meros yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot, muassasalar o‘rtasida
hamkorlik aloqalarini o‘rnatish talab etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra har kuni
Toshkent shahrining o‘zida taxminan 2000 nafar xorijiy turist bo‘lar ekan. Turistik
tashkilotlarning ma’lum qilishicha ularning juda ko‘p qismi kechki payt biror
madaniyat maskanida o‘tkaziladigan milliy konsert dasturini jon deb tomosha
qilish istagini bildirishar ekan. Hozirda muntazam ravishda bunday konsert
dasturlari namoyish etiladigan joy bo‘lmaganligidan turistik tashkilotlar o‘z turistik
marshrutlariga ham kiritish imkonini topisha olmayapti.
Moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish masalalari qamrab olingan
so‘nggi VII bo‘limda maxsus folklor ekspeditsiyalari faoliyatini moliyalashtirish,
nomoddiy madaniy meros namunalarini to‘plashga jalb etiladigan talaba va
o‘quvchilarni moddiy rag‘batlantirish masalalari bilan bir qatorda ushbu maqsadlar
uchun homiylar va madaniyat sohasida hamkorlik qilishga ixtisoslashgan xalqaro


33
tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Hozirda tegishli mutasaddi tashkilotlarning yillik rejalari asosida folklor
ekspeditsiyalari uchun mablag‘ ajratilishi yo‘lga qo‘yilgan. Nomoddiy madaniy
meros yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchilarni nomoddiy madaniy
meros bo‘yicha materiallar to‘plash va targ‘ibot ishlariga jalb etish masalasining
moliyalashtirilishi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Buning uchun tegishli ta’lim
muassasalari o‘zlarining navbatdagi yillik xarajatlar smetasiga ushbu maqsadlar
uchun talab etiladigan mablag‘larni kiritishi va uni asoslab berishi zarur bo‘ladi.
Shundagina Davlat dasturining mazkur bandida qo‘yilgan vazifalar bajarilishi
mumkin bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Беовулф – Старшая эдда – Песня о Нибелунгах перевод Тихомиров В.
– Москва: Правда, 1980. – С.170.
2. Лю Сяо Метафорика стихий в «Беовульфе» − Тамбов: Грамота, 2015.
– С. 130.
3. Фомушкина
О.
В.
Аллитерация
как
средство
усиления
семантического единства (на материале древне и среднеанглийских
поэтических текстов) – Москва: Армия и общество, 2012. – С. 143.
4. Alpomish O’zbek xalq qahramonlik dostoni Aytuvchi F. Yo’ldosh o’g’li,
yozib oluvchi M. Zarifov — Toshkent: Sharq, 2010. – B. 399.
5. Hodi Zaripov “Alpomish” eposining asosiy motivlari (“Alpomish”-o’zbek
xalq qahramonlik eposi to’plamida) – Toshkent: Fan, 1999. – B. 200.
6. Imomov K. “Alpomish” dostonining ayrim xususiyatlari (“Alpomish”-
o‘zbek xalq qahramonlik eposi” to’plami) – Toshkent: Fan, 1999. –B. 160.
7. Imomov K. Mirzayev T. Sarimsoqov B. Safarov O. O’zbek xalq og’zaki
poetik ijodi – Toshkent: O’qituvchi, 1990. – B. 105.
8. Jabbor Eshonqul “Alpomish” dostonida ayollar obrazi – O’zbek tili va
adabiyoti jurnali, 4-son, 1999. –B. 188.
9. Jabbor Eshonqul Folklor: obraz va talqin – Qarshi: Nasaf, 1999. –B. 154.


34
10.Madayev O. “Alpomish” bilan suhbat – Toshkent: Ma’naviyat, 1999. –
B.170.
11.Madayev O. O‘zbek xalq og’zaki poetik ijodi – Toshkent: Ma’naviyat,
2001. –B. 230.
12.Saidov M. O’zbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat masalalari –
Toshkent: Fan, 1969. –B. 256.
13.Sarimsoqov B. “Alpomish” klassik epos namunasi O’zbek tili va adabiyoti
jurnali, 4-son, 1999. 3-9-betlar
14.To’ychiboyev B. “Alpomish” dostoni va xalq tili O’zbek tili va adabiyoti
jurnali, 4-son, 1999. 22-26-betlar
15.To’ra Mirzayev. Doston gultoji (“Alpomish”dostoniga so’zboshi) –
Toshkent: Sharq, 2010. –B. 215.
16. Sayfullayev B., Yo‘losheva S., Eshonqulov J., Ashirov A., Toshmatov O‘.
Nomoddiy madaniy meros – folklor ijro san’ati an’analari. O‘quv
qo‘llanma. - T.: Navro‘z, 2017. 216 b.
17.O‘zbek milliy folklor san’ati va etnomadaniy qadriyatlar. O‘quv qo‘llanma.
- T.: Navro‘z, 2014.
18.O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi.
Yunesko ishlari bo‘yicha
o‘zbekistn Respublikasi Milliy komissiyasi, 2017. 255 b.
19.Toshmatov О‘., Isaulova N. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza
qilishning huquqiy asosalari. T.: Fan, 2014.

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish