www.ziyouz.com
кутубхонаси
32
— Ha, shundoq.
—
Umri bilan bergan bo'lsin... Ha, nima deyotgan edim? Esimga tushdi... Shu men ziqna odamni
yomon ko'raman. Men sizga aytsam, xotin zoti ziqna bo'larkan... Masalan, bizning xotinni olib
ko'raylik. Bozordan apelsin oladigan bo'lsa, ikki xilini tanlaydi. Biri yaxshisi-yu, biri yomon. Eng
pachoq, eng arzon apelsinni ataylab xizmatkorlarg oladi. Ularga shunisi ham bo'laverarmish. Ho'v
xotin, bu bema'niligingni tashla, xizmatkor ham senga o'xshagan odam, das-turxon hammaga bitta
bo'lishi kerak, deb kaminangiz toza nasihat qildi, bo'lmadi. Xotin kishiga gap uqtirib bo'lmas ekan. Bu
ishing odamgarchilikdan emas, desam ham tushunmaydi. Ho'v xotin, sen apelsindan o'n qurush yulib
qoladigan bo'lsang, ro'zg'orga ikki yuz liralik zarar keltirishing mumkin. Chunki shu ar-zimagan narsa
bilan xizmatkorning nafsoniyati og'riy-di, oxiri u idish-tovoq yuvayotganida ikki yuz lira tu-radigan
chinni laganni paq etib tashlab yuboradi-da, qo'limdan tushib ketdi, deb bahona qiladi. Ming marta
aytdim bu gapni. Qani buning fahmi yetsa...
—
Bor, oyingning oldiga jo'nalaring! — haydab berdi dadam bizni.
Hammamiz toza zerikdik. Bolalarning qiy-chuvi joniga tegdi shekilli, mehmon ayollardan biri:
— Bola-chaqa bilan bir joyga hecham borish kerak emas... Quloqni qoqib, qo'lga berishadi, —
dedi yonidagi juvonga engashib.
Dadam:
— Ketaylik endi, bas, — deb shipshigan edi, oyim ko'nmadi.
— Birpas o'tiraylik... Darrov ketsak ayb bo'ladi.
— Kaminangiz yo'qsil bolalarga qo'ldan kelgancha yordam berib keladi. — dedi u dadamga qarab.
— Har bayramda qumq qo'ymayman... Buni qarang, shuni ham yozib chiqishibdi-ya...
Yosh bolalarni bir joyga to'plashdi. Atamanga taqdim etilgan sovg'a-salomalarni stolga terib
qo'yishdi. Xona dimiqib ketgan ekan, derazani ochib yuborishdi. Metin ikkimiz rosa terlagan ekanmiz,
derazaga yaqinroq kelib turdik. Birpasda tumov bo’ldik. Zotiljam shu yerdan boshlandi.
Dadam mezbonlardan ketishga ruxsat so'ragan edi, Atamanning otasi javob bermadi.
— Bu qanaqasi? Ovqat pishsin, bir-ikki qadahdan otaylik, keyin ketarsizlar.
Dadam zarur ishi borligini aytib, uzr so'radi. Ko'chaga chiqdik.
— Ayb menda, kechirasan,— dedi oyim dadamning xunobi oshganini ko'rib.— Bunaqa bo'lishini
bilmovdim. Oyisi hadeb chaqiraverganidan keyin va'da berib qo'ygan edim. Nima qilay gapini
qaytarolmadim...
Ertasi kuni isitmam o'ttiz to'qqizga chiqdi.
Xatingda Hikmatning holi keyin nima kechdi, deb so'ragan ekansan. Hikmat bir haftadan beri
maktabda ko'rinmaydi. Bechoraga nima bo’ldiykin, bilmayman. Birortamiz ham uyini bilmas ekanmiz.
Uning boshiga tushgan kulfat menga qattiq ta'sir qildi. Shunga ko'ra bu haqda xatning oxirida
yozyapman.
Menga o'xshab sen ham kechikib javob yozmas-san, deb umid qilaman.
Zaynab Yolqir.
Do'stlaringiz bilan baham: |