G’aroyib bolalar (roman).
Aziz Nesin
www.ziyouz.com
кутубхонаси
35
Ayniqsa buvimning gapi jonimdan o'tib ketadi. Ikki gapning birida u kishi:
— Saqlasang — ming kunlik, saqlamasang — bir kunlik,
deganlar, otin qizim. Toma-toma ko'l
bo'lur, deyishadi axir, — deb nasihat o'qiydilar.
Bir kuni buvamiz ukam ikkovimizga pul yig'adigan quticha olib keldilar.
— Shu narsa esingizda bo'lsinki, oz-ozdan ko'p bo'ladi. Ota-bobolarimiz toma-toma ko'l bo'lur, deb
aytishgan. Qani, toma-toma nima bo'larkan?
Buvamning odati shu: nuqul bir nima desa, darrov qaytarib so'raydi.
—
Ko'l bo'larkan, buva.
—
Ha, barakalla, gap degan bundoq bo'pti.
Shu maqolni eshitsam ko'nglim ayniydigan bo'lib qoldi. Xudoning bergan kuni uni ming martalab
takrorlashadi.
Yangi yil kechasi dadam bilan oyim kazinoga boradigan bo'lishdi. Ilgarilari yangi yilni hammamiz
uyda birga kutib olardik, bu yil sal boshqacharoq bo'ldi.
Dadamning o'rtoqlari kazinodan ilgariroq joy olib qo'yishgan ekan, kechga yaqin ketishdi.
Lekin
dadam an'anani buzmadi. Hammamiz bir dasturxonda o'tirib ovqat qildik, rosa o'ynab-kuldik. Ular
anchadan keyin turishdi. Kazinoga opamni ham olib ketishdi. Biz buvamlar bilan qoldik. Bilgan
o'yinlarimizni o'ynadik. Loto ham o'ynadik. Ammo buvam hecham yutolmadi. O'yin paytida mudrab
o'tirgani unga xalal berdi chamamda.
Yarim kechaga yaqin o'ringa kirib yotdik.
Bir payt uyg'onib qarasam, uy jimjit. Tiq etgan ovoz yo'q. Haliyam kelishmapti-da, deb o'yladim.
Anchagacha ko'zimni ochib yotdim. Qorong'ida Metinning sharpasi ko'rindi.
— Bularga nima bo'lgan o'zi? — dedi u oldimga kelib.
—
Ha, nima qipti?
—
Buyoqqa yur, ko'rasan.
O'rnimdan turib, narigi xonaga chiqdim. Buvam bilan buvim ketib qolishgan ekan. Bundoq
qarasam, opam divanda ust kiyimi bilan cho'zilib yotibdi. Bo'ynida rang-barang qog'oz tasmalar.
Yerdagi gilamda ag'anab yotgan dadam yuziga maska taqib olibdi. Qog'oz shapkani
boshiga emas,
oyog'iga kiyibdi. Faqatgina oyim joyiga borib yotgan ekan. Ammo kiyimlari sochilib yotibdi. Bir poy
paypog'ini koridorda, ikkinchisini yonida ko'rdim.
Oyimning ustini yopib qo'ydim. Opamni arang turg'azib, joyiga yotqizdik. Lekin dadamni uyg'otib
bo’lmadi.
Vaqt peshindan og'ib qolgan edi, ular sal g'imirlab qolishdi. Eng avval oyim o'ziga keldi. Keyin u
dadamni uyg'otdi. Oxiri opam o'rnidan turdi. Bo'ynidagi marjoni yo'qmish. Hech qayerdan topolmadi.
Kechasi biror yerda yo'qotganga o'xshaydi.
Gap-so'zdan bildimki, kazinoda oyim bilan dadam omadlarini sinab ko'rmoqchi bo'lishibdi. Talay
pul yutqazishibdi.
— Oyning oxirigacha nima yeymiz endi? — tashvishlanib so'radi oyim.
— Idoradan qarz so'rayman, boshqa iloj yo'q, — javob berdi dadam.
Saldan keyin buvam bilan buvim kirib kelishdi.
—
Qalay, yangi yilni yaxshi kutib oldinglarmi? — ko'ngil so'radi buvim.
—
Ta'zirimni yedim, endi hecham unaqa joylarga bormayman.
Oyim gapini tugatib, Metin ikkovimizni bir chekkaga imlab chaqirdi.
— Qancha pullaring bor,
menga berib turinglar, ertaga qaytib beraman.
Yig'ib yurgan pulimizni keltirib berdik.
Shu orada eshik taqillab qoldi. Qo'shnimizning qizi Nurton ekan. Qo'lida bir parcha qog'oz.
Dadamga ekan. Xatni olib, uyga kirdim. Dadasi yozibdi. Shu satrlarga ko'zim tushdi: «Do'stim,
kechagi voqea o'zingga ma'lum. Yonimda sariq chaqa ham qolmabdi. Uyga qandoq kelganimni
bilmayman. Har qalay, sizlar olib kelgan bo'lsangiz kerak. Puldan qalaysan? Yuz lira kerak. Rahmat».
Xatni dadamga uzatdim. Dadam xatni o'qigach, oyim bilan shivirlashib oldi. Mazmuni, ular pulimiz