Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
38
Opam lavlagidek qizarib ketdi. 
— Qayerdan topding? 
— Kimdir kitoblarimning ichiga yashirib qo'yibdi. Orqasidagi yozuvini o'qiganim yo'q. 
Endi o'tirib dars qilay degan edim, ruchkamni qo'ygan joyimdan topolmadim. Hammayoqni qarab 
chiqdim, yo'q. 
— Yana nima yo'qotding? — zarda bilan so'radi oyim. 
— Ruchkamni ko'rmadingizmi? 
— Ruchka oshi ichasanmi o'zi? Nuqul ruchka yo'qotganing yo'qotgan-a, qizim... 
Oyim diydiyosini boshlab yubordi. 

Hoy qiz, bu merovliging qachon qoladi-a? — dedi buvim oyimning yoniga qo'shilib. 

Palapartish bo'lma, hamma narsang saranjom bo'lsin, qo'ygan joyingni bilib yur, deb ming 
marta aytaman senga. Bu quloqqa gap kiradimi o'zi? 
Dadamdan eshitgan gapim bu. 
Meni kalaka qilish uchun opamga bahona topildi. 
— Ma, menikida yozib tur. Ko'zingga qara, tag'in buniyam yo'qotib yurma! 
Opam ruchkani olib berish uchun ichkari kirib ketdi. Birpasdan keyin uning: 
— Kim oldi ruchkamni? Hozirgina shu yerda edi-ya, — degan ovozi keldi. 
Buvim boshimni silab, yotig'i bilan nasihat qildi: 

Endi o'zingga qarab yurgin, Zaynab qizim. Bo'ying cho'zilib qoldi. Hademay biror uyning bekasi 
bo'lasan. Qalam-daftar yo'qotib yursang endi uyat bo'ladi. Qiz bola degan saranjom-sarishtali bo’lishi 
kerak. 

Avlodimizda merov yo'q edi, hayronman, bu kimga tortdiykin, — deb luqma tashladi oyim. 
Har kuni bo'ladigan gap shu. Eshitaverib qulog'im pishib ketgan. 
Men bularning ichida eng ko'p buvamdan hayiqib turaman. O'zi iste'foga chiqqan polkovnik, juda 
badjahl odam. Oyim hali-hali buvamning yuziga tik qarayolmaydi. Hatto dadam ham uning oldida 
ancha muloyim bo'lib qoladi. 
— Hayotda kimki rejali bo’lsa, o'sha yutadi.
Buvamning odatini senga gapirib bergan edim. 
Aytgan gapini darrov qaytarib so'raydi. 

Xo'sh, kim yutarkan? 

Rejali odam, buva, — deb javob berdim. 
— Barakallo... Har narsa ma'lum bir joyda turishi kerak. Qayerda turishi kerak ekan? 
— Ma'lum bir joyda. 
— Barakallo. Toki kerak bo'lib qolganida topish oson boisin. Xo'sh, nima ekan? 
— Toki kerak bo'lib qolganida topish oson boisin.
Buvamning har bir gapni qaytarib so'rash odati armiyadan qolgan ekan. Dadam shunday degan. 

Juda to'g'ri gap bu, — buvamga yuzlanib dedi dadam. — Men ham shundayman. Qaysi 
cho'ntakda nima borligini ko'zimni yumib aytib beraman. Yonimda nimaiki olib yursam, hammasining 
joyi aniq. Shunga odatlanganman. Ro'molchami, zajigalkami, hamyonmi — hammasining o'z joyi bor. 

Ofarin, xuddi shunday bo’lishi kerak, — dedi buvam uning gapini ma'qullab. 
Dadam sarishtaligini Metin bilan menga bir ko'rsatib qo'ymoqchi bo’ldi. 
Dadam o'rnidan turib, ko'zini chirt yumib oldi. 
— Ko'ringlar, ko'zimni yumdim. Hozir qayerda nima turishini aytib beraman. Nimchamning chap 
cho'ntagida zajigalka bo’lishi kerak. Mana, olaman! 
Dadam cho'ntakka qo’lini solib, zajigalkani olmoqchi bo’ldi-yu, lekin topolmadi. Rosa qidirgani 
bilan zajigalka chiqmadi. 
— Qiziq... Qayoqda qoldiykin-a... 
Zajigalka topilmagach, dadam beburd bo’lmaslik uchun boshqasiga o'tdi. 
— Masalan, avtoruchka deylik. Qayerda turishini yoddan bilaman. Hamisha kostyumning ichki 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish