www.ziyouz.com
кутубхонаси
46
cho'zilib yotibdi. Mashinasi shu yerda ekan, shofyori yugurib keldi. Shofyor zo'r jurnalistni arang
turg'izdi, keyin qo'ltig'idan olib, mashinaga o'tqazib qo'ydi.
Metin o'sha kuni rosa yayrab kuldi. Undan ko'ng-lim to'q, hech kimga aytmaydi. Ammo o'zimni
vahm bosdi — bechoraning boshi yorilsa nima bo'lardi? Harholda omadi bor ekan, mayib bo'lgani
yo'q.
Anchadan keyin uyga qaytib kirdim. Dadamning qo'lida gazeta.
—
Ha, gap nimada edi? — ko'zini ochdi buvam.
—
Chalasi qolmovdi. Gapni tugatgan edingiz.
—
Ha, darvoqe... Xo'sh, atom urushi bo'larmikin? Dadam bir nimalar haqida gapirdi, keyin boyagi
mehmonning kimligini so'radi.
—
So'rab nima qilasan uni, o'giim. Har qanday vaziyatda ham oyog'ini to'rt qilib
yuradiganlardan...
—
Buva, iltimosi nima bo'ladi, o'rtog'ingizga aytib qo'yasizmi?
—
Odamning yuzi issiq bo'ladi, qizim. Va'da berib qo'ydim, endi bajarish kerak.
Buvam kursiga bemalol suyanib oldi. Bu gal fikrga toldi chamamda. Dadam oyoq uchida yurib,
tashqari chiqib ketdi.
Sen oldingi xatingda gapim ko'payib ketdi, degan ekansan. Meniki senikidan oshib tushdi. Mana,
ko'rdingmi?!
Senga va hamma o'rtoqlaringga salomlar yo'llayman. Hammangizga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir.
P.S. O'sha mashhur jurnalist o'tgan yili maktabi-mizda gapirganda azbaroyi ta'sirlanib
ketganimdan ko'zyoshi to'kib olgan edim. Endi bunaqa gaplarni eshitsam, sirayam yig'lamayman.
Z. Y.
Qiroat kerak
Istanbul, 22-yanvar, 1964-yil.
Jondan yaqin o'rtog'im Zaynab!
Sen aytgan mashhur odamni nega tanimas ekanman? Maktabimizga kelib, vatanparvarlik haqida
ko'pirib gapirganlari hamon esimda turibdi.
Xatingda ilovasi ham bor ekan. Bundan buyon endi shunaqa gapni eshitsam, aslo ko'zyoshi
qilmayman, deb yozibsan. Bu mumkin emas, Zaynab. Yig'lamay ilojing yo'q. Piyoz to'g'rayotganda
ham shunday bo'ladi. Hech kim ko'zidan ataylab yosh chiqarmaydi. O'zi quyilib kelaveradi. Ko'z
achishib ketganidan keyin yosh chiqadi-da, albatta. Sen aytgan odamlar ham mana shu achchiq
piyozga o'xshaydi. Buni men boshimdan o'tgani uchun aytyapman. Radioda chiqadigan bir odam bor.
O'shaning gapini eshitsam, nuqul ko'zimdan yosh tirqirab keladi. Qaysi bir kuniyam ko'nglim buzilib
turgan edi, dadam:
— Ha, Ahmad, nima bo'ldi? Nega yig'layapsan? — deb hayron bo'ldi.
Bundoq o'ylab qarasam, nimaga yig'layotganimni o'zim bilmas ekanman. Juda g'alati gap-a bu?
Ammo bo'lgan ish. Keyin o'zimga ham qiziq tuyuldi, nega bekordan bekorga yigiayman, deb hayron
bo’ldim. Bundoq durustroq o'ylab qarasam, menga bu odamning gapi emas, balki ovozi ta'sir
qilarkan. Uning og'zidan titrab chiqadigan ovozini eshitsam, beixtiyor ko'zimga yosh kelaverarkan.
Piyoz to'g'rab turgan odamdan: «Nega ko'zingiz yoshlanyapti?» deb so'rab bo'lmaydi. Buning
sababi ma'lum o'zi. Xuddi shunga o'xshab birovlarning gapini eshitganda ko'zidan tirqirab yosh
keladigan odamga ham bir narsa deyish qiyin.
Bir kuni meni buvam machitga olib borgan edi. Nomoz tugab, imom qiroat qildi. Buvam to'satdan
ho'ngrab yig'lab yubordilar. Buvamni ko'rib, men ham o'zimni tutib turolmadim. Yig'i-sig'i ko'p bo'ldi.
Uyga qaytayotganimizda buvamdan:
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |