www.ziyouz.com
кутубхонаси
54
— Qani, qani, nimasi ajoyib edi? — qiziqib so'radi kichik amakim.
Injenerning o'g'li ham shu yerda. Otasi gapiryapti-yu, men unga razm solaman: turqi sovuq,
so'tak bir bola, xolos.
Toriqni onasi chaqirib qoldi. Uning uch-to'rt marta ovozi eshitilgan bo'lsayam, Toriq miq etmay
o'tiraverdi. Oxiri derazani ochib o'shqirdi:
— Ha! Nima deysan?
Ota-onalar o'z farzandlari nimalarga qodir ekanini bir ko'rsatib qo'yishmoqchi edi. Hamma shu
fursatni sabrsizlik bilan kutardi. Oxiri katta amakining sabri chidamadi. U besh yashar qizini imlab
chaqirdi.
— Qani, qizim, amakilaringga ashula aytib berchi. Maza qilib bir eshitsin.
Qizcha jilpanglab, noz qildi.
—
E-e...
—
Bo'la qol, oppoq qizim.
—
Aytgim kelmayapti.
— Aka-singilning muzikaga juda ixlosi baland, — qistirib o'tdi kelin oyim. — Kuyni darrov ilib
olishadi. Pianino chalganda qo'llari biram kelishib turadiki. Pianino bo'lganda o'g'lim boshlab
menzurka chalib berardi-ya.
— Menzurka emas, mazurka, xonim, — dedi amakim uni tuzatmoqchi bo'lib.
—
Menzurkami, manzurkami — hammasi bir go'r emasmi... Yoshligimda men ham muzika
shaydosi edim, ikkovi menga tortgan.
Qizlarini yana qistab ketishdi.
— Bo'l endi, qizim. Aytmasang hay olib bermayman.
—
Obermasangiz obermang. Navbat poraga keldi.
—
Ashula aytib bersang, bitta shokolad beraman.
—
Nimani aytay?
—
«Beyo'g'lining qizlari»ni.
Amakim tunuka choynakni olib, qopqog'ini tiqillatdi. Kelinoyim barmoq shiqillatdi. Nihoyat,
chiyillagan bir ovoz eshitildi. Qo'shiq boshlandi.
«Bey o'g'lining qizlari, yor-ey,
Bey o’g'lining qizlari, yor-ey,
Suzilib turar ko'zlari, yor-ey...»
Qiz dam-badam to'xtab qoladi. Onasi uyog'ini ulab yuboradi. Shundagina nimjon ovoz quloqqa
chalinadi.
Qo'shiq tugagach, hamma chapak chaldi. Kelinoyim injenerning xotinidan uzr so'ragan bo'ldi:
—
Bugun tobi qochib turibdi, xolasi, ovozi ning mazasi yo'q.
—
Juda binoyidek ovozlari bor ekan, ko'z tegmasin, — dedi u e'tiroz bildirib.
Kichik amakim navbatni o'g'liga olib bermoqchi bo'ldi.
—
Qani, o'g'lim, sen endi she'r o'qib ber-chi. Bola bir burchakka biqinib oldi.
—
Iya, iya, o'g'lim, bo'la qol endi.
Bolani toza qistashdi, yalinib-yolvorishdi hamki, hoimadi. Amakimning jahli qo'zg'adi:
— Aytavermaysanmi, shumtaka, nega injiqlik qilasan?
O'g'li yig'lab yubordi. Keyin yig'lab-siqtab zo'rg'a she'rni boshladi. Oyisi bilan dadasi unga qarashib
turdi. Bola bitta so'z aytganidan so'ng keyingisi esidan chiqib qolar ekan. Amakim bilan kelinoyim
dalda berishadi yoki so'zlarni aytib turishadi.
— Mushukcham... Mushukcham... Mushukcham...
— Xo'sh, xo'sh, uyog'iniyam ayt-chi, — qistaydi uni amakim.
— Mushukcham... Mushukcham...
Kelinoyim hayron.
— Bugun senga bir narsa bo'ldimi o'zi, o'g'lim? Bolaginamga ko'z tekkanga o'xshaydi...
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |