Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
53
chaqirib kelmasang bo'lmaydi, deb qoldi. Borsam, ko'cha changitib koptok o'ynayotgan ekan. Terlab 
ketib-di, hammayog'i chang-to'zon. Uyga kir, desam unamaydi. Zo'rlab olib ketmoqchi bo'ldim. 
Yaqinroq borgan edim, biram tiraqaylab qochdiki... Quvib yetolmadim. Bir qarich bolaning shunchalik 
tez chopishini ko'rib hayron qoldim. Toza antiqa chiqdida bu o'g'il. 

Mening qizimni aytmaysizmi... Shunaqayam aqlli bo'lganki... 
Qo'shnimiz endi qizini ta'riflamoqchi bo'lib turgan edi, katta amakim fursatni qo'ldan chiqargisi 
kelmadi. 
— 
Kechirasiz, gapingizni oldim... Keyin orqasidan rosa yugurdim. Yetolmadim. «Uyga yur, 
bo'lmasa kaltak yeysan», deb oxiri dag'dag'a qilishga majbur bo'ldim. «Nima, siz oyimmisiz, meni 
tuqqanmisiz? Ishingiz bo'lmasin», desa bo'ladimi! Bu xumparning gapidagi mantiqqa qarang! O'zi 
zo'r-da, zo'r... Katta odamning aqliga kelmaydi bu gap... 
Amakim gap orasida o'qtin-o'qtin o'g'ilchasiga qarab, mamnun jilmayib qo'yadi. Buni ko'rib, 
boshqa mehmonlar ham noiloj kulgan bo'ladi. 
— Umri bilan bergan bo'lsin. Qoyil, o'g'ilchangiz juda aqlli bola ekan, — dedi injener. 
Buni eshitib amakim yana erib ketdi. 
— Nimasini aytasiz, afandim. Shaytonga dars beradi bu xumpar. Hatto uyda kim qaysi ishga qodir 
ekanini ham biladi... 
Bu bola menga qarindosh. O'zi mendan bir yarim yosh kichik. Durust bola. Ammo uning dadasiga 
ma'qul tushgan qiliqlari o'taketgan tarbiyasizlikning o'zi. Men shundoq deb o'ylayman. 
Gapi chala qolgan qo'shnimiz kelgan joyidan boshlab yubordi. 

Qizchamiz hozirdanoq rassom bo'lib qolgan. Chizgan rasmlarini ko'rsangiz, havasingiz keladi. 
Juda antiqa. 

Qizimning qo'li gul, ishqilib yomon ko'zdan asrasin, — qo'shib qo'ydi onasi. 
Navbat kichik amakimga tegdi. 
— Shu zamonning bolalari juda o'tkir bo'lib ketyapti-da. Hammasi bir-biridan o'taman deydi. Shu 
bizning o'g'ilcha deng... 
Bilsak, amakimning o'g'ilchasi juda xushovoz ekan. 

Bizning Fato'shimiz raqqosa bo'ladiganga o'xshaydi, — dedi dadam ham gapga qo'shilib. — 
Tvist degan bir o'yin bor ekan. Shuni biram boplab tashlaydiki, asti qo'yaverasiz. 

Qizimni yallachi qilmayman, keragi yo'q, — e'tiroz qildi oyim. 

Xomlik qilma, xotin. Raqqosa boshqa, yallachi boshqa. Farqi bor. Qizimiz yallachi emas, 
raqqosa bo'ladi. 

Baribir begonaning oldida yechinib o'ynaydi-da, xohlamayman buni! 
Shu gaplarni eshitib o'tirib, miyamga g'alati bir fikr keldi. Aytaylik, o'tirganlardan biri yana 
o'g'ilcha-sini maqtab ketadi. «0'g'lim tushmagur endi yigirmaga chiqdi. Tunov kuni onasini emib 
o'tirganida menga qarab: «Dada, menga xotin olib bering!» deb qolsa bo'ladimi. Yo tavba! Shu 
yoshda bolaning tili chiq-qanini ko'rganmisiz?! Voy zamonangdan o'rgilay shunqorlar-ey!» Buni 
eshitib, hamma yoqa ushlaydi. Shu narsaning bo'lishi mumkinmi? Albatta mumkin. Boyagi gaplarni 
aytgan odamlarning shunga aqli yetmasmidi? 
Qaysi bir kuni qo'shnimiz yangi gap topib keldi. Bir yarim yashar bolasi atak-chechak qilayotgan 
emish. Oyimga shuni quvona-quvona gapirdi. Men hayron bo'ldim. Nima, bir yarim yashar bola 
yurmasdan uchishi kerak ekanmi? 
Yosh bola nima hunar ko'rsatsa, hammasiga ajablanaverishar ekan-da. Qiziq, go'dakning tili 
chiqqanigayam hayron bo'lishadi. Bola degan odamga o'xshab gapirmay, bo'riga o'xshab uvillashi 
kerak ekanmi?! Tavba. 
Miyasi butun bolalar birpasda uyimizni boshga ko'tarib, to's-to'polonini chiqarib yuborishdi. 
Boyagi injenerning Toriq degan o'g'li bor. Kap-katta bola, o'rta maktabning ikkinchi sinfida o'qiydi. 
Injener shu o'g'lidan gap ochdi. 
— Yoshligida Toriq juda ajoyib bola edi. Nimagadir keyin o'zgarib qoldi. 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish