www.ziyouz.com
кутубхонаси
56
— Ferm la port, — dedi to'satdan otasi.
Qizi «voy» deganicha yugurib borib onasini betidan o'pdi.
—
«Ferm la port» — onangni o'p, degan gap emas, qizim. Senga aytgan narsa «bez la mer»
bo'ladi.
—
Bolaning ham jinnisini chiqarasan, — dedi ona-si qizining yonini olib.
— Bo'lmasa «ferm la port» deganda nima qilish kerak?
— Ha, shuniyam bilmaysanmi, derazani och, degani-da! — Bilag'onlik qildi onasi.
— Sen bizga xalaqit berma, xotin, — dedi injener uni bosib. — «Uvr la fnetr»ni aytyapsan sen.
Ferm la port — eshikni yopib kel, degani! Xotiniyam bo'sh kelmadi.
— Hech-da. Maktabda bizga shundoq deyishgan edi.
Er-xotin tortishib ketishdi.
—
Fransuzcha bilaman deb kerilmay qo'yaqol. Biz ham o'qiganmiz fransuzchani. Istagan
odamingdan borib so'ray qol. Ferm la port — derazani och degani, — dedi xotini yana gap bermay.
—
Men axir o'qishdan tashqari Fransiyada ham yashaganman-ku.
— Voy, birga boruvdik-ku. Hov, esingdami, ikkovimiz bir kuni magazinga kiruvdik. Menga
siynaband olib bermoqchi bo'luvding-ku! Esingga tushdimi? O'shanda sotuvchi qizga imo-ishora bilan
tushuntirganingda ovbop to'rva ko'rsatuvdi-ya?!
— Gaping qiziq bo’ldi-ku, jonim, — dedi norozi bo'lib injener. — Axir Fransiya bilan Germaniyani
chalkashtirib yubording-ku. Bu voqea Germaniyada bo'lgan edi. Fransuzlarning o'zlari qoyil qolishadi-
ku, menga...
Er-xotinning tortishuviga rassom qizning dadasi chek qo'ydi.
—
Surating bo'ldimi, qizim? — so'radi u qizidan.
—
Tamom bo'ldi.
To'satdan qizning onasi chirqillab qoldi.
— Voy, rasmlaring ordona qolgur... Yap-yangi ko'ylakni rasvo qilibdi-ku.
Bundoq qarasak, mohir rassomimiz sirkdagi qi-ziqchilarga o'xshab hammayog'iga bo'yoq surib
chiqibdi.
— Barakalla, qizim, juda boplabsan, — dedi chorasiz qolgan ota.
Zakiy bolani ko'rsa, dadam ayniqsa erib ketadi. Iste'dodini ko'rsatmagan bitta bizning Fato'sh
qoldi.
—
Qizimdan ajoyib raqqosa chiqadi,— dedi dadam mehmonlarga qarab. Keyin singlimga o'girildi.
— Qani, qizim, bir tvistga tushgin, bularning og'zi ochilib qolsin.
Bir burchakka tiqilib olgan Fato'sh qimir etmadi.
— Bo'l endi, oppoq qizim.
Singlim boshini ko'tarmay, yerga qarab turaverdi. Uni o'yinga tortish uchun dadamning o'zi tvistni
boshlab yubordi. Injener bilan xotiniyam davraga qo'shildi.
— Qani yur, biz bilan o'yna, — deb rosa Fato'shni qistashdi.
«Bor, o'ynab bera qol», deb oyim sekingina Fa-to'shning orqasidan itargan edi, singlim boyadan
beri nega bo'zrayib turgani ma'lum bo'ldi.
— Voy o'lmasam, ishni o'xshatib qo'yibdi-ku qizim!— deganicha oyim Fato'shni dast ko'tarib
tashqariga olib chiqib ketdi.
— Iya, bunaqa odati yo'q edi-ku, — hayron bo'ldi dadam.
Injenerning xotini yupatgan bo'ldi:
— Bola bolaligiga boradi-da, afandim. Mayli, hechqisi yo'q.
— Ko'pchilikning salobati bosgandir...
Zakiy bolalarning musobaqasi mana shunday yakunlandi. Bu musobaqada singlim Fato'sh g'olib
chiqqaniga imonim komil.
Mehmonlar tarqalishdi. Daftarimni olib, dadamning oldiga bordim.
— Manavini eshiting, dada, juda qiziq gap ekan, — dedim daftarni ochib. — Bir kitobda ko'rib,
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |