www.ziyouz.com
кутубхонаси
64
—
Bir bolani maktabdan haydashmoqchi bo'li-shuvdi, arang qutulib qoldi.
—
O'sha o'rtog'imiz hozir professor bo'lgan, — qo'shimcha qildi Nurtonning dadasi.
— Siz ham maktabda shu ishni qilganmisiz, beyafandim? — so'rashdi buvamdan.
— E, qaysi maktab ko'rgan bola shpargalkani bilmaydi, janoblar, — deb buvam boshqa bir
voqeani gapirib berdi.
Kimyodan og'zaki imtihon ketayotgan ekan. ichkariga uch kishidan kirib turishibdi. Navbat
buvamga kelibdi. Ikki o'rtog'i bilan ichkari kiribdi. Ikkitasi orqaroqda-yu, bir bola oldinda turgan ekan.
O'sha eng oldinda turgan bola sinfning eng qoloq o'quvchisi ekan. O'qituvchining savollariga sirayam
javob berolmabdi. Nimani so'ramasin, churq etmay turaveribdi. Buni ko'rib o'qituvchining xunobi
oshibdi. Qani, osonroq narsani so'raychi, zora javob bersa, degan fikrda stolda turgan grafinni
ko'rsatibdi-da: «Xo'sh, buning ichidagi nima?» deb so'rabdi. Bola bezrayib turaveribdi. Shunda
orqaroqda turgan o'rtog'i g'ijinib: «To'nka», debdi sekingina.
—
Grafinda nima bor, o'g'lim?
—
To'nka, afandim...
O'sha kuni eshitgan gaplarim meni qattiq o'ylantirib qo'ydi. Ertasiga tanaffusda voleybol o'ynab
turgan edik, o'qituvchimiz ham bizga qo'shildi. O'yindan keyin dam olib o'tirgan edik, miyamdan nari
ketmay turgan savolni o'qituvchiga berdim.
— Nima, shpargalka deysanmi? Bu ishni men ham qilganman, albatta. Ammo bir o'zim emas, —
deb javob berdi o'qituvchi. — Sinfimizda bir a'lochi bola bo'lardi. Bir kuni yozma imtihon paytida o'sha
bola hammamizdan oldin ishini yozib tugatdi-da, tashqari chiqib ketdi. Keyin katta karton qog'ozga
butun javoblarni yozib, tayoqqa ilibdi. Hovli tomondagi derazaning oldiga borib, tayoqni baland
ko'tarib turdi. Biz ham javoblarni boplab ko'chirib oldik...
Ertasi kuni o'qituvchi oilashunoslik darsidan yozma ish oladigan bo'lib qoldi. O'ng tomonida
Turkon, chapda esa Murod o'tiradi. Murodni bilsang kerak, qaysi bir xatimdayam uni senga gapirib
bergan edim. O'qituvchi chaqirib qolsa, menmi, deb anqovsiraydigan bola-chi? Endi esingga
tushdimi? Murod sinfdan o'tolmay, o'tgan yili sheriklaridan qolib ketgan. Endi biz blan o'qiyapti. O'zi
ancha tirishqoq bola-yu, lekin miyasiga dars kirmaydi. Ammo yaxshigina o'rtoq u. O'sha kuni Turkon
ham nimagadir dars qilmay kelgan ekan. Yozma ish bo'-lishini eshitib, ikkovi mendan najot so'rab
qolishdi.
— Shpargalka uzatolmayman-u, ammo kerak bo'lsa sekin aytib turishim mumkin, — dedim
ularga.
O'qituvchi savollarni aytib turdi, hammamiz yozib oldik. Mana o'sha savollar:
«Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq kerak?»
«Kasalning oldini olish uchun bolaning o'zi nima qilmog'i kerak?»
«Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan o'yinlar bilan o'yinchoqlarni aytib bering?»
«Jismoniy jazoning biror tarbiyaviy ahamiyati bormi?»
Kecha kechqurun va bugun ertalab oilashunoslik kitobi qoiimdan tushmagan edi, shuning uchun
qaysi savolga qaysi betdan javob topish mumkinligini bila-man. Bundoq qarasam, Turkon kitobni
tizzasiga qo'yib olgan ekan.
— Elliginchi sahifani ochinglar. Elliginchidan ellik ikkinchi betgacha ko'chiraveringlar, — sekin
shipshib qo'ydim Turkon bilan Murod ikkoviga.
O'zim ham ishga kirishib ketdim.
— Meni laqillatibsan-ku, — deb qoldi bir payt Murod.
—
Ha, nima bo’ldi?
—
Elliginchi betda suyak haqida yozilgan-ku!
—
Keyingi sahifani och!
— Ochib ko'rdim. Mushak, qon tomirlari bor ekan. Partaning tagida ushlab turgan kitobiga ko'z
qirimni tashladim. Qo'lidagi «Anatomiya» darsligi ekan.
— Bunga balo bormi? «Oilashunoslik»ni ol!
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |