www.ziyouz.com
кутубхонаси
63
o'zingni aldaysan, deydilar.
Dadam jo'ralari bilan yig'ilib qolishsa, nuqul mak-tab yillarini eslab o'tirishadi. Yaqinda yana
shunday bo'ldi. O'sha kuni buvam ham biznikida edilar. Ulfatlar o'qish yillarini eslab o'tirishgan edi,
Nurton baqaloqning dadasi to'satdan:
—
Hov, esingizdami, algebra o'qituvchisi Sabribey bo’lardi. O'shaning etagiga boplab shpargalka
osib qo'yuvdik-a? — deb qoldi.
—
Voy, bu nimasi? Qani, biz ham eshitaylik, — yalindi xotini.
—
Rahmatli Sabribeyni hamma kal deb chaqirardi. O'zi litseyda bizga algebradan dars berardi.
Imtihonda yuragimizni hovuchlab o'tirardik. Juda johil odam edi. Buning ustiga: «Mening imtihonimda
hech kim shpargalka ishlatolmaydi. Bunaqa mardi hali tug'ilmagan», deb kerilib ham yurardi. Bizga
imtihon savollarini berganidan keyin bir joyda o'tirmas, nuqul oldimizda o'ralashib yurardi. Bir kuni
imtihon ketayotgan edi, ichimizdan bir bola...
—
Najdod so'takmidi o'sha? — uning gapini bo'ldi dadam.
— Balli, Najdod so'tak qiluvdi bu ishni. Hozir qayergayam elchi bo’lib ketgan. O'sha Najdod
masalaning tayyor javobini kitobdan ko'chirib, kal Sabrining orqa etagiga qadab qo'ydi. Orqasida bir
parcha qog'oz osilib yotganidan kal Sabrining mutlaqo xabari yo'q. Bolalarning hammasi ishga tushib
ketdi.
Ammo Sabribey bir joyda tek turmay, paytavasiga qurt tushgan odamday nari borib, beri keladi.
Shuning uchun orqasidagi qog'ozda bor narsani ko'chirib olish xiyla mushkul bo'ldi. Buning ham yoiini
topdik, birortamiz uni gapga chalg'itib turamiz-da, boshqalar ko'chirib oladi. Mening ishim yurishmay
qoldi — endi ko'chira boshlaganimda qimirlab qoladi. Oxiri uyoq-buyoqqa jilpanglab, Sabribeyda
shubha tug'dirdim. Meni qo'lga tushirmoqchi bo'ldi shekilli, tepamga kelib, hech narsa bilmagan
kishiday orqasini o'girib turaverdi. Men ham boplab ko'chirib oldim.
Ishini bitirganlar qog'ozini topshirib, birin-ketin chiqib ketishdi. Qo'ng'iroq chalingach, qolganlar
ham sinfdan chiqishdi. Buni qarangki, Sabribeyning orqasidagi shpargalkani olib qo'yish hech
qaysimizning esimizga kelmabdi. Sabribey yozma ishlarni yig'ishtirib olgach, orqasidagi qog'ozni
likillatib to'g'ri o'qituvchilar xonasiga kirib ketdi.
Xullas, aybdor topilmabdi. Sabribey yumshoq ko'ngil odam ekan, ko'p yalinishganidan keyin
bolalardan yangidan imtihon olibdi.
— Usmon qassob esingda bormi? Uniyam boplab qo'lga tushirgan edik-a? — dedi ulfatlardan yana
biri.
Usmon qassob deganlari tarix o'qituvchisi ekan. Bu odam, aksincha, bir joyda qimir etmay
o'tirarkan-u, ammo ko'zi xuddi o'tkir projektorga o'xsharkan. Hamma narsani shundoqqina ko'rib
turarkan. Shuning uchun imtihon bo'lib qolsa, oldingi qatorda o'tirgan bolalar nuqul past baho
olisharkan. Orqada o'tirganlarning ishi durust bo’larkan: ular oldingi qatorda o'tirgan bolalarning
orqasiga kitobni qo'yib, bemalol ko'chirib olishaverarkan..
Navbat dadamga keldi.
— Nofis quruqning imtihoni yodingizdami?
— Ha, anavi pashsha voqeasimi? Unutib bo'ladimi uni...
Ma'lum bo'lishicha, Nofiz quruq deganlari kimyodan dars berarkan. Ko'zi ojiz bo'lgani uchun
uzoqni yaxshi ko'rolmas ekan. Bir kuni imtihonlardan oldin o'quvchilardan biri katta-katta pashshadan
tutib, qutichaga joylab olibdi. Imtihon boshlanibdi. Haligi bola yupqa qog'ozdan shpargalka
tayyorlapti, keyin uni ingichka ip bilan pashshaning oyog'iga bog'lab, uchiraveripti. Ma'lumki, yuki bor
pashsha uzoqqa ucholmaydi, bir ko'tarilib, bir qo'nadi. Bolalar pashshani tutib, shpargalkani ko'chirib
olishar, keyin esa boshqa tomonga uchirib yuborisharkan. Hammalari shunday qilishibdi. Bir payt
to'satdan eshik ochilib sinfga litsey direktori kirib kelibdi. Tasodifni qaraki, oyog'iga shpargalka
bogiangan bir pashsha ikki marta havoda gir aylanibdi-da, to'g'ri borib direktorning tepakaliga
qo'nibdi.
—
Sizlarga hech narsa bo'lmadimi o'shanda? — so'radi Metin.
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |