Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
71
bilan kalta ko'ylak. Bizlar ham qizlar bilan oldinma-ketin sahnaga chiqdik. Qosh-ko'zimizga qozonkuya 
surtib, labimizning tepasiga qora mo'ylov qo'ndirib olganmiz. 
Musiqa o'qituvchimiz pianinoni boshlab yubordi. Likopcha ushlagan qizlar goh egilib, goh turib 
oramizdan o'tib yurishibdi. Shu o'rtada to'satdan bir falokat yuz berdi. O'qituvchining pand-u 
nasihatlari paqqos yodimdan ko'tarilib, sakrab yuboribman shekilli, chirigan pol taxtasining orasi 
ochilib, o'yinchi qizlardan birining etagini qisib oldi. Biz o'lib-qutulib muqom qilyapmiz-u, u bo'lsa 
etagini tortish bilan ovora. Yana bir sakrab ko'ray-chi zora boyoqishning etagi chiqsa, degan xayolda 
oldiga kelib bir irg'ib tushdim. Polning og'zi ochilishga ochildi-yu, ammo raqqosamiz yubkasini tortib 
ololmadi. Bechora jon-jahdi bilan bir silkingan edi, shir etib yubkasi tushib ketdi. Bo'ldi kulgi, bo'ldi 
kulgi. 
— Parda! Pardani yopinglar! — deb qichqirdi musiqa o'qituvchimiz sahna ortidan turib. 
Gulduros qarsaklar ostida parda tushirildi. 
Shundan keyin turli raqslar o'ynaldi, qo'shiqlar aytildi. Eng oxiri spektaklga navbat keldi. 
O'qituvchilarimizning o'zi bizni grim qilib chiqdi. Mine oyisining eski kiyim-boshini kiyib olgan edi, 
naq liliput kampirning o'zi bo'ldi-qoldi. O'qituvchi burnimning tagiga quyuq qilib yelim yopishtirgach
ketmonning sopidek yo'g'on mo'ylovni qo'ndirib qo'ydi. Yelimning kuchi yetmay mo'ylov tushib ketdi. 
Ustoz yana bir enlik yelim surtib qo'ygan edi, mo'ylovim joyiga tushdi. Damirning ikki betini 
yelimlab, ustidan paxta yopishtirishdi. Ota rolida chiqqanidan keyin soch-soqoli oppoq bo'lishi kerak 
edi-da. Grimni bir amallab tugatdik. Shu payt o'qituvchimiz to'satdan: 
— Damir juda yosh ko'rinyapti. Ko'zoynak taqib olmasa bo'lmaydi, — deb qoldi. 
Holbuki repetitsiyalarda bu haqda gap bo'lgani yo'q edi. Shu topda qayoqdan ko'zoynak topib 
bo'ladi? Xayriyat, direktor jonimizga oro kirdi. Ko'z-oynagini olib, Damirga berdi. 
— Lekin ehtiyot boi, tag'in sindirib-netib qo'yma. Agar shu bo'lmasa, hech narsani ko'zim 
ko'rmaydi, — dedi u Damirni ogohlantirib. 
Ko'zoynak Damirni xuddi mitti cholning o'zi qilib qo'ydi. 
— Voy-bo', ko'zim qamashib ketyapti-ku, hech narsani ko'rmayapman, — nolib qoldi Damir. 
Gapi to'g'ri ekan. Parda ochilganda sahnaga chi-qaman deb boshini devorga qattiq urib oldi. 
Orqasidan itarib-surib, bir amallab sahnaga chiqarib yubordik. 
Harqalay, spektaklning birinchi pardasi ancha yaxshi o'tdi. Zalda yangragan qarsaklar buning 
yaqqol isboti bo'ldi. 
Ikkinchi parda boshlandi. Men onamni, ya'ni Mineni savalab turibman. Otam boimish Damir 
menga nasihat qilishi kerak. Bir payt bundoq qarasam, Damir bizni ko'rmayapti. Tomoshabinlarga 
orqasini o'girib olib, devorga qarab monolog o'qiyapti. Har ikki gapining birida: 

Hoy zolim bola, bu nima qilganing, axir? Seni shu umidda boqib katta qilganmidik-a? — deb 
devorga nola qilyapti. 

Buyoqqa qarab gapir, biz orqangda turibmiz, — sekin shivirladim qarshisidan chiqib. 
Men onamni kaltaklab turganimda Damir uni qo'limdan qutqarib olishi kerak edi. Lekin Damir 
yana bizni payqamadi, ko'zbog'lag'ich o'ynayotgan boladay qo'li bilan paypaslab qoldi. 
— 
Urma, urma onangni! Onaga qoi ko'tarib bo'lmaydi, oqpadar! To'xta deyman! — eshik 
tomonga qarab baqiradi u. 
Biz o'ng yog'ida turibmiz-u u bo'lsa chapga qarab bo'kiradi. Zora ovozimni eshitib, biz tomonga 
o'giril-sa, degan niyatda kinoda ko'rganlarimni ishga soldim. 
— Xa-xa-xa! Uraman! Urayotgan bo'lsam men birovnimas, o'z onamni uryapman! 
Damir ovozimni payqab, biz turgan tomonga o'girildi-yu, lekir darrov yo'qotib qo'ydi. 
— Hoy bola, urma deyapman senga! Ilohim onani urgan qo'llaring sinib tushsin! 
Yana uni bu tomonga qaratish uchun xanda otaman: 
— Xa-xa-xa! 
Xullas, Damirdan ish chiqmaydiganga o'xshaydi. Bizni topib olishiga ko'zim yetmay qoldi. Noiloj 
Mineni Damirning oldiga sudrab keldim. 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish