G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
www.ziyouz.com
кутубхонаси
74
yopig'lig'icha qola-veradi. Hech kim buni yuzimizga sololmaydi.
Javobingni kutaman.
Hurmat ila sinfdoshing:
Ahmad Tarbay.
Marra seniki
Anqara, 27-aprel, 1964-yil.
Aziz do'stim Ahmad!
Hozirgina xatingni oldim. Darhol javobga o'tirdim. Bo'lishim bilanoq hamma xatlaringni senga
banderol qilib jo'nataman.
Sen konkursga qatnashaylik, deb yozibsan. Rozi-man. Ko'nglingga kelmasin-u, lekin bundan bir
ish chiqishiga ko'zim yetmay turibdi. Sababini aytaymi? Gap shundaki, biz o'z maktublarimizda katta
odamlarni, ota-onalarimiz va o'qituvchilarimizni bir g'alvirdan o'tkazib ko'rdik. Endi buyog'ini
so'rasang, konkursga kelgan romanlarni o'qib, hukm chiqaradigan ham shularning o'zi. O'zlari haqida
yozilgan romanga bular ijobiy baho berishiga aslo ishonmay-man. «Rosa beadab bolalar ekan», deb
bizga o'cha-kishib qolishlari ham mumkin. Qolaversa, romanni konkursga yuborayotganingda ism va
adreslarimizni yozsang, yana baloga qolamiz. Shuning uchun ismlarimizni o'zgartirib, xatlarning ostiga
bittadan taxal-lus qo'ygan ma'qul. Meniki Zaynab bo'lsin. Sen ham birorta ism topib qo'y.
Men bu bilan konkursga qatnashmaylik, demoqchi emasman. Bir-birimizga yozgan xatlarimizni
to'pla-sak, bitta roman bo'lishiga imonim komil. Mayli, bularni konkursga jo'nat. G'olib chiqmasak,
o'zimizga tan. Biz hech narsa yo'qotmaymiz.
Bundan ikki-uch kun oldin ba'zi xatlaringni yana bir o'qib ko'rgandim. Bilishimcha, kattalarni
kuzatish bobida biz xiyla chegaradan chiqib ketibmiz. Xatlaringda nimalarni yozmagan ekansan...
Ehtimol, meniki ham shundaydir. Shu xatlarimiz yaxlit bir holga kelsa, qalampirday achchiq haqiqat
oshkor bo'ladi. Ochig'i, ko'rgan va eshitgan narsalarimizni ba'zan oshirib ham yuborgan ekanmiz...
Konkursning jyuri a'zolari katta yoshdagi odamlardan emas, balki bolalardan iborat bo'lganida biz
biror mukofotga ilinib qolardik, deb o'ylayman. Ammo shunday bo'lsa ham, bizning bir yutuq
tomonimiz bor. Men bolalar uchun yozilgan ba'zi romanlarni beixtiyor eslab qoldim. Hammasida o'sha
siyqa gaplar: qishloqda tug'ilgan qashshoq bola qiynalib o'qiydi, sayohatga chiqqan bolalar ajobtovur
savdolarga qoladi yoki kambag'al oilaning farzandi bemor yotgan onasiga qarashish uchun ishga kirib
ketadi. Xullas, pand-u nasihat bilan tugaydigan kitoblar. Bizniki esa bularga sira o'xshamaydi.
Mabodo konkursda yutib chiqmasak ham, senga buning hech ahamiyati yo'q. Baribir birinchi
o'rinni olgan bo'lasan: zotan, sen ham ota bo'lganingda hammaga o'xshab farzandlaringga shu gapni
aytasan (iltimos qilaman, loaqal shu oxirgi xatimni konkursga yubora ko'rma).
Senga tasalli berib o'tirmayman. Roman uchun mukofot olmasak, ko'pam qayg'urib yurma. Katta
bo'lsam yozuvchi bo'laman, deb yurarding. Xatlarni o'shanda bir kitob qilib chiqararsan.
Senga chin yurakdan omad tilayman. Mendan hamma o'rtoqlarga salom.
Zaynab Yolqir.
Do'stlaringiz bilan baham: