Aim.uz
O`simchilik va chorvachilik ishlarida mehnatga haq to`lash
Qishloq xo`jaligi korxonalarida mehnatga haq to`lash uchun akkord-mukofot, ishbay-mukofot, vaqtbay-mukofot tizimidan foydalanilmoqda.
Akkord mukofot (ko`tara mukofot) haq to`lash tizimining mohiyati shundan iboratki, bunda ish haqi haqiqatda yetishtirilgan mahsulotga oldindan belgilab qo`yilgan rassenka bo`yicha to`lanadigan bo`lganligi uchun ishchilar mahsulot yetishtirishni ko`paytirish, uning sifatini yaxshilashdan bevosita manfaatdor bo`ladi.
Korxonada akkord - mukofot haq to`lash tizimini samarali joriy etish va foydalanish uchun juda katta tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Chunki qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini, ayniqsa, o`simlikchilik va ayrim chorvachilik tarmoqlarining davriy xarakterga ega bo`lishi hamda ishlab chiqarishning keng va murakkab mehnat kooperatsiyasiga asoslanganligi bu sohalarda mahsulot yetishtirish va ishlab chiqarish natijalarini, ko`pchilik ishchilarni mehnat natijasiga bog`liq qilib qo`yadi. Shuning uchun akkord - mukofot haq to`lashni to`g`ri tashkil etlishning asosiy shartlaridan biri mehnat jamoalarni brigada, bo`g`in va oilaviy pudratchi kabi maqsadga muvofiq shakllarda tashkil etishdir.
Akkord-mukofot haq to`lash tizimida ish haqi shartnomada belgilangan mahsulotning natura birligiga yoki shu mahsulot qiymatining 100 so`miga to`lanishi mumkin. Mahsulot birligi uchun ko`tara rassenka yillik mahsulot yetishtirish shartnomaviy rejasi va brigada, zveno va oilaviy pudratchilar bajaradigan yillik qishloq xo`jaligi ishlari uchun hisoblangan tarif ish haqi fondining 125 foizi hisobidan aniqlanadi. Don uchun makkajo`xori, sholi va ayrim boshqa ekinlarda ko`tara rassenka tarif ish haqi fondining 150 foizi hisobidan belgilandi.
Mahsulot olgunga qadar ishchilar bilan ish haqi bo`yicha hisob-kitoblar mahsulot uchun belgilangan ish haqi yuzasidan avans tariqasida bajargan ishini miqdori (hajmi) va sifatiga ko`ra belgilangan tarif stavka va ish me’yorlariga ko`ra yoki naryadli holda oylik maoshi tariqasida berib boriladi.
Brigada, oilaviy pudrat va zvenolarda bundan tashqari mahsulot olingunga qadar ishchilar bilan hisob-kitob vaqtbay shaklda, naryadsiz tartibda olib borilishi mumkin. Bunda mexanizatorlarga mexanizatsiya ishlari tarif jadvali III-VI razryadlari tarif stavkasidan, qo`l va ot-ulov ishlarida qo`l ishlari tarif jadvali III-V razryadi tarif stavkasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Mahsulot uchun to`lanadigan ish haqi brigada, zveno va oilaviy pudrat a’zolariga yil davomida bajargan ishlari uchun (kelasi yil hosili uchun qilingan ishlariga to`langan ish haqini ham qo`shib) tarif stavka yoki vaqtbay stavka asosida to`langan jami ish haqiga mutanosib holda taqsimlanadi. Mahsulot uchun qo`shimcha haq faqat korxonaning doimiy va davriy ishchilariga taqsimlanib, vaqtincha ishchilarning ish haqiga to`g`ri kelgan qismi korxona ixtiyorida qoladi.
Vaqtincha ishchilarga ishlarni bajarishdagi manfaatdorligini oshirish uchun ularga bajargan ishlari uchun olgan ish haqining 20 foizgacha hajmida mukofot berilishi mumkin.
Brigada, oilaviy pudrat ishchilari bilan mahsulot uchun to`la hisob-kitob qilishdan oldin, agarda ishlab chiqarish zarurriyatiga ko`ra brigada va oilaviy pudrat a’zolari faoliyatiga bog`liq bo`lmagan holda korxona ma’muriyatining ko`rsatmasiga ko`ra, ishlab chiqarish topshirig`iga biror o`zgartirish kiritilgan bo`lsa, akkord-rassenkaga albatta, o`zgartirish kiritiladi va undan keyin ishchilar bilan yetishtirgan mahsuloti uchun hisob-kitob qilinadi. Korxonalar o`z iqtisodiy darajasi va hajmiga ko`ra, ishchilarga haq to`lashda akkord-mukofot tizim o`rniga ishbay-mukofot tizimini qo`llashi mumkin.
Ishbay-mukofot haq to`lash ham o`simchilikda, ham chorvachilikda ikki qismda tashkil etiladi:
- bajarilgan ishlar uchun ish haqi;
- mahsuloti uchun to`lanadigan ish haqi.
Ish haqining 1-qismi yil davomida bajargan ishning hajmi va sifatiga ko`ra, tarif stavka va ishlagan ish vaqtiga ko`ra vaqtbay stavka asosida to`lab boriladi.
Ish haqini 2-qismi, ya’ni mahsuloti uchun to`lanadigan qismi, brigada yoki zveno bo`yicha mahsulot yetishtirish rejasi va tarif ish haqi fondining 25 foizi hisobidan aniqlangan rassenkaga asosan to`lanadi.
Akkord haq asosini akkord rassenka, ya’ni mahsulot birligi uchun belgilangan rassenka tashkil qiladi. Akkord-mukofot haq to`lash tizimini hozir amalda joriy qilishning rassenkayoki bir sentner mahsulot yoki yetishtirilgan mahsulot qiymati, brigada, zveno tomonidan yetishtirilayotgan mahsulot to`la tovarlik xususiyatiga ega bo`lgan taqdirda mahsulot realizatsiya qiymati birligiga belgilanadi. Mahsulot birligiga akkord rassenka shartnomada rejalashtirilgan mahsulot va ish haqi fondiga asosan aniqlanadi. Buni quyidagi formula bo`yicha aniqlashimiz mumkin:
Bunda:
Tif – tarif ish haqi fondi;
Kmi – mahsulot uchun to`lanadigan qo`shimcha haqni koeffitsiyenti 1,25;
M - rejalashtirilgan mahsulot;
100 so`mlik mahsulot hisobiga.
Bu formuladan ko`rinib turibdiki, akkord rassenka rejalashtirilgan yoki shartnomada belgilangan mahsulot qiymati va ish haqi fondiga bog`liq. Mahsulot qiymatini rejalashtirishda davlatga sotiladigan mahsulotlar davlat xarid baholarida, davriy baholar belgilangan mahsulotlarni yetishtirish moliya-rejasida belgilangan o`rtacha baholarda ifodalanadi. Umumiy tartibda baho belgilanmaydigan mahsulotlar ulardagi oziqa birligiga ko`ra, so`mga aylantirilib, so`m bahosida baholanadi. Ishchilar bilan yetishtirilgan mahsulot uchun hisob-kitob qilish, shu yetishtirilgan mahsulot haqiqiy baholarda ifodalanadi. Agar yil davomida mahsulot uchun belgilangan baho o`zgargan taqdir, yetishtirilgan mahsulot ishlab chiqarish-moliya rejasida belgilangan baho bo`yicha aniqlanadi.
Ish haqi fondi esa ishlab chiqarish texnologiyasiga ko`ra bajariladigan ishning hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko`ra aniqlanadi. Bu tarif ish haqi fondiga brigadir (zveno boshlig`i)ning, tabelchining (hisobchi) asosiy ish haqi qo`shiladi. Jami tarif ish haqi fondi mahsulot birligiga rassenka uchun, mahsulot uchun to`lanadigan ish haqi koeffitsiyentiga ko`paytiriladi. Shu koeffitsiyentga ko`paytirilgan tarif ish haqi fondi akkord ish haqi fondini tashkil qiladi. Misol uchun, paxtachilik brigadasi 100 gektar paxta maydoniga ega bo`lib, 10 ta oilaviy pudrat jamoasidan iborat. Rejalashtirilgan hosildorlik - 30 s. Jami yalpi paxta -3000 s. 1 sentner paxtaning o`rtacha bahosi 2000 so`m bo`lganda yalpi paxta qiymati 6000 ming so`mga teng bo`ladi. Texnologik karta bo`yicha shuncha paxtani yetishtirish uchun, bosh pudratchi va yordamchining ish haqini qo`shib hisoblaganda tarif ish haqi fondi 1500 ming so`mni tashkil qiladi. Bu ma’lumotlarni yuqorida keltirilgan formulaga qo`yganimizda 100 so`mlik mahsulotga akkord rassenka 31,2 so`mga teng bo`ladi:
so`m.
Demak, brigada a’zolari haqiqatda yetishtirgan mahsulotini har 100 so`mi uchun 31,2 so`mdan ish haqi olishi kerak. Bu rassenka mahsulot yetishtirish texnikasi va texnologiyasida katta o`zgarish bo`lmagan taqdirda ma’lum muhlatga o`zgartirilmay qoldirilishi kerak.
Chorvachilikda ham ish haqi yetishtirilgan mahsulot – sog`ib olingan sut, olingan buzoq, o`stirilgan vazn, qirqib olingan jun va h.k. hamda chorva mollariga qaraganligi uchun to`lanadi. Akkord rassenka shu mahsulotlar birligiga yoki ularning qiymatiga belgilangan bo`lishi mumkin. Chorvachilikda o`simchilikdan farqli o`laroq, akkord rassenka ishchilarning ayrim kasblari hamda ayrim xodimlar bo`yicha alohida belgilanishi mumkin.
Mehnat natijalarini ayrim kasb va xodimlar bo`yicha alohida belgilash imkoniyati bo`lgan taqdirda akkord rassenkani ayrim kasb va xodimlar bo`yicha belgilash maqsadga muvofiqdir. Mahsulot birligiga akkord rassenkani belgilash uchun chorva mollarini biriktirish me’yori, uning mahsuldorligi, ishchining qaysi razryad bo`yicha tariflashtirilganini bilish kerak. Chorvachilik sohasida asosiy mahsulot bilan bir qatorda teng yoki yordamchi ahamiyatga ega bo`lgan mahsulot olinadigan bo`lganligi uchun shu mahsulotlarning har bir turiga akkord rassenka belgilash maqsadga muvofiqdir.
Masalan, sut qaramolchiligida - sut va buzoqqa, qo`ychilikda jun, o`sgan vazn, qo`zi va h.k. Chorvachilikda mahsulot birligiga rassenka belgilashni sut qaramolchiligi misolida ko`rib chiqamiz.
Korxonada sigirlarni qo`lda sog`ishda bir sog`uvchiga 20 bosh sigir biriktirish me’yori belgilangan. Sigirlar mahsuldorligi o`rtacha 3000 kg.ni tashkil etadi. Chorvachilikni tashkil etish tartibiga ko`ra, sigirlar tuqqandan keyin 20 kun tug`ruqxonada bo`lishi ko`zda tutiladi.
Sut sog`uvchi sog`ib oladigan jami sut miqdorini aniqlash uchun yil davomida tug`ruqxonada bo`ladigan o`rtacha yillik sigirlar sonini aniqlash talab qilinadi. Buning uchun tug`ruqxonada bo`lgan sigirlar sonini tug`ruqxonada bo`ladigan kunlarga ko`paytirib, bir yilning kalendar kunlariga bo`lish kerak. Misolimizda bitta o`rtacha yillik sigir doimo tug`ruqxonada bo`lishi (20x20:365) va bu sigir sutini tug`ruqxonadagi sut sog`uvchi sog`ib olishi kerak. Biz rassenka belgilash ko`zda tutgan sut sog`uvchi esa 20 bosh sigirga qaragani bilan haqiqatda yil davomida 19 bosh sigirni (20-1) sog`adi va har biridan 3000 kg sut sog`ib olgan taqdirda 57000 kg yoki 570 sentner (19x3000 kg) sut yetishtirishi kerak.
Korxona bo`yicha har 100 bosh sigirdan 90 boshdan buzoq olish rejalashtirilganda 20 bosh sigirdan 18 bosh buzoq olinishi va ularni saqlab qolish kerak, ya’ni sut sog`uvchiga o`ziga biriktirilgan sigirdan 570 sentner sut va 18 bosh buzoq olish topshirig`i berilgan. Endi sut sog`uvchining bir yillik tarif va akkord ish haqi fondini aniqlash kerak. Tarif ish haqi fondini aniqlash uchun sut sog`uvchi tariflashtirilgan razryad stavkasini bir yilning kalendar kunlariga ko`paytirish lozim. Tarif malaka qo`llanmasiga ko`ra, sut sog`uvchilar qo`lda, ot-ulovda va chorvachilikda bajariladigan ishlar tarif jadvalining V razryadi bo`yicha tariflashtiriladi. Bu razryad stavkasi 364 so`mga teng. Bunda sut sog`uvchining yillik tarif ish haqi fondi 132680 so`mga teng bo`ladi. Sut sog`uvchilarga ish haqi sog`ib olgan suti, olgan va saqlab qolgan buzog`i hamda sigirlarga qaragani va saqlab qolgani uchun to`lanishi mumkin.
Lekin sut sog`uvchilarga ish haqi mahsuloti sut va buzoq uchun to`langani ma’qul. Agarda ish haqi faqat mahsulot uchun to`lanadigan bo`lsa akkord mukofot haq to`lash tizimi shartiga ko`ra, tarif ish haqi fondi 25 foiz orttirib olinadi, ya’ni akkord rassenka tarif ish haqi fondini 125 foizi hisobidan belgilanadi. Misolimizda yetishtiriladigan mahsulot uchun akkord ish haqi fondi 166075 so`mni (132680x125:100) tashkil qiladi. Akkord ish haqi fondining 85-90 foizini sog`ib olingan sutga, 10-15 foizini buzoqqa to`lash mumkin yoki bo`lmasa bir yilda sigirga qarash uchun to`g`ri keladigan tarif ish haqi fondini 10 oyga to`g`ri keladiganini sutga va 2 oyga to`g`ri keladigan qismini buzoq uchun to`lash mumkin. Chunki bir yilda sigirlardan 10 oy sut olish rejalashtirilgan.
Misolimizda 20 bosh sigir 12 oyda 240 sigir oyiga (20x12) teng bo`lib, bir sigirga bir oyda qarash uchun o`rtacha 692 so`m (166075:240) ish haqi to`lash kerak. 2 oylik ish haqi buzoq uchun to`g`ri keladigan bo`lsa u holda sut sog`uvchiga bir bosh buzoq olgani va saqlab qolgani uchun 1384 so`m ish haqi to`lanadi. Ya’ni, bir bosh buzoq olgani uchun ish haqi rassenkasi 1384 so`mga teng bo`ladi. Akkord ish haqi fondidan jami olinadigan buzoq uchun to`lanadigan ish haqining chegirib tashlangandan qolgan qismi sut uchun to`lanadigan ish haqi fondini tashkil qiladi. Agar sut sog`uvchi yil davomida o`ziga biriktirilgan sigirlardan 18 bosh buzoq olishi kerak bo`lsa va unga har bir bosh olingan buzoq uchun 1384 so`mdan ish haqi to`lanadigan bo`lsa, jami olingan buzoqlar uchun 24912 so`m ish haqi sarf qilinadi.
Bu ish haqi fondini jami akkord ish haqi fondi 98550 so`mdan chegirib tashlanganda yetishtiriladigan (570 sentner) sut uchun 141163 (166075-24912 so`m) ish haqi qoladi. Bunda 1 sentner sog`ib olingan sut uchun akkord rassenka 247,6 so`mga (141162 : 570) teng. Sut sog`uvchi har bir sentner sog`ib olgan suti uchun 147 so`mdan, olingan va saqlab qolingan har bir buzoq uchun 820 so`mdan ish haqi oladi. Chorvachilikda chorva mollarining biologik xususiyatiga ko`ra, ularga har kuni qarashga to`g`ri keladi. Shuning uchun asosiy ishchilar bilan bir qatorda ularni dam olish, bayram hamda mehnat ta’tili kunlari almashtirib turuvchi ishchilar mavjud. Sut sog`uvchi va asosiy ona cho`chqalarga qarovchi cho`chqaboqarlarni almashtiruvchi ishchilarga ish haqi asosiy ishchilar ish haqining 110 foizi hisobidan to`lanadi.
Chorvachilikning mahsulot bir me’yorda yetishtiriladigan sohalarida ish haqi belgilangan akkord rassenka bo`yicha oylik natijalarga ko`ra to`lab borilishi, davriy xarakteriga ega bo`lgan sohalarda yil oxirida to`lanishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, sut sog`uvchi mart oyida 26 kun ishlab, ixtiyoridagi har bir sigirdan kuniga 10 kg dan, jami sigirlardan - 52 sentner sut va bir bosh buzoq oldi. 1 sentner sutning rassenkasi 247 so`m bo`lganda sog`ib olgan suti uchun 1284 so`m, bir bosh buzog`i uchun 1384 so`m, jami 14228 so`m ish haqi oladi. Almashtiruvchi sog`uvchi 5 kun ishlab 10 sentner sut sog`aboshlashligi uchun 2717 so`m (10x246x1,1) ish haqi oladi. Bu belgilangan rassenkalar chorvachilikda texnologiya, tashkiliy - xo`jaligi tadbirlari ishchiga bog`liq bo`lmagan holda o`zgarmasa 3-5 yil davomida o`zgartirilmasligi kerak.
Chorvachilikdagi boshqa xodimlarga (molboqar, buzoqboqar va h.k.) mahsulotlariga ham akkord rassenka xuddi shu usulda belgilanadi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |