@uzbek_tilim
UNLILAR - Faqat un (ovoz) dan iborat bo‘lgan va bo‘g‘in hosil qila oladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta unli fonema mavjud: u, a, o‘, o, e, i.
- UNLILARDA:
- ohangdorlik yuqori;
- faqat ovoz bo‘ladi;
- o‘zbek tilida yonma-yon kelmaydi. Masalan, soat, mutolaa, tabiiy, manfaat, taajjub – o‘zbekcha so‘z emas;
- xohlagancha cho‘zib talaffuz qilish mumkin. Masalan, Y-u-u-u-u-u-u-u-r, muhabbat, ketdik bu yerdan. (Qo‘shiqdan);
- urg‘u oladi. Masalan, òlma, rúchka va h.k.;
- bo‘g‘in hosil qila oladi. Hatto bir unli ham. Masalan, o-ta, o-na, o-pa, a-ka va h.k.
@uzbek_tilim
Unlilarda klassifikatsiya (bo‘linish)
Unlilarda bo‘linish
Tilning gorizontal (yotiq) holatiga ko‘ra
Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra
Lablarning ishtirokiga ko‘ra
@uzbek_tilim
1. TILNING GORIZONTAL (YOTIQ) HOLATIGA KO‘RA: - 1. TILNING GORIZONTAL (YOTIQ) HOLATIGA KO‘RA:
- til oldi unlilar: a, i, e
- til orqa unlilar: u, o‘, o
- 2. TILNING VERTIKAL (TIK) HARAKATIGA KO‘RA:
- yuqori tor unlilar: i, u (tor oraliq saqlanadi)
- o‘rta keng unlilar: e, o‘ (o‘rtacha oraliq saqlanadi)
- quyi keng unlilar: a, o (keng oraliq saqlanadi)
-
- 3. LABLARNING HARAKATIGA KO‘RA:
- lablangan unlilar: u, o‘, o
- lablanmagan unlilar: i, e, a
@uzbek_tilim
Topshiriq.Dialogni o‘qing. Internet va uning imkoniyatlari haqida yana qanday qo‘shimcha ma’lumotlar bilasiz?
@uzbek_tilim
– Donoxon, internet nimaligini bilasizmi?
Topshiriq.Dialogni o‘qing. Internet va uning imkoniyatlari haqida yana qanday qo‘shimcha ma’lumotlar bilasiz?
@uzbek_tilim
– Bilishimcha, Komiljon, bu – kompyuter tarmoqlari majmuyi. Bu so‘z inglizcha “o‘rgimchak to‘ri” degan ma’noni bildiradi.
Topshiriq.Dialogni o‘qing. Internet va uning imkoniyatlari haqida yana qanday qo‘shimcha ma’lumotlar bilasiz?
@uzbek_tilim
– Uning qanday imkoniyatlari bor?
Topshiriq.Dialogni o‘qing. Internet va uning imkoniyatlari haqida yana qanday qo‘shimcha ma’lumotlar bilasiz?
@uzbek_tilim
– Axborotni o‘qish va tarqatish, ma’lumotni nomiga qarab tezda topish, ma’lumot nusxasini ko‘chirib olish.
Bundan tashqari, xat almashish; muzokara va muloqot olib borish imkoniyati ham mavjud.
Topshiriq.Dialogni o‘qing. Internet va uning imkoniyatlari haqida yana qanday qo‘shimcha ma’lumotlar bilasiz?
@uzbek_tilim
– Ha, Donoxon, butun dunyo axborot tizimi internetda o‘rgimchak to‘ri kabi bir-biriga bog‘langan.
Munosabat bildiring.
@uzbek_tilim
1. Aziz o‘quvchi, shu imkoniyatlardan foydalanganmisiz? 2. Internetning yana qanday imkoniyatlari bor deb o‘ylaysiz?
@uzbek_tilim
Qoida
Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar.
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasa, unli tovushlar hosil bo‘ladi. Tilimizda oltita unli tovush bor: a, o, e, o‘, u, i.
49-mashq.Maqollarni ko‘chiring, bilinar-bilinmas talaffuz qilinayotgan unlilarga diqqat qiling. Har bir maqolni og‘zaki sharhlang.
@uzbek_tilim
1. Yoshlikda bilgani – toshga yozgani, Qarilikda bilgani – muzga yozgani. 2. Bilmaslik ayb emas, bilishga tirishmaslik – ayb. 3. Dehqon bo‘lsang, shudgor qil, olim bo‘lsang, takror qil. 4. Bilimli kishi o‘zar, bilimsiz kishi to‘zar. 5. Ilm-u hikmat suvni yondirar. (“O‘zbek xalq maqollari”)
@uzbek_tilim
“Internetning foydalari” mavzusida 10–12 ta gapdan iborat matn yarating. Foydalanilgan adabiyot:
@uzbek_tilim
N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent– 2020
Do'stlaringiz bilan baham: |