www.ziyouz.com
кутубхонаси
69
— Metin uxlab qoldimi? — so'radi dadam saldan keyin.
— Ha, uxlab qoldi, — dedim shosha-pisha. — O'ziyam bahona topaman deb rosa charchadi.
Sochini bugun ham oldirgani yo'q. Esidan chiqibdi. To'g'risi ni aytsam, urushib beradilar, deb sizga
yolg'on gapirmoqchi bo’lib turgan edi.
Dadam o'shqirib berdi.
— Bemahalda nima qilib yuribsan? Bor, joyingga yot!
Xullas, Metin ertangi jazodan qutilib qoldi. Ahmad, tez-tez xat yozib tur. Yaxshi tilaklarimni qabul
qilgaysan.
Zaynab Yolqir.
Bayram konserti
Istanbul, 24-arel, 1964-yil.
Zaynab do'stim!
16-martda yozgan xatingdan keyin sendan yana bir otkritka oldim. Otkritkada mendan ranjiganga
o'xshaysan, oldingi xatingga kechikib javob yozganim uchun sen ham shunday qilyapsanmi, debsan.
Mutlaqo unday emas. Biz ham 23-aprel kechasiga tayyorlanib yurgan edik. Shuning tashvishi bilan
vaqt juda tez o'tib ketdi. Mana, kecha bir amallab qutulib oldik. Go'yo yelkamdan tog' ag'darilganday
bo'ldi. Darhol xatga o'tirdim.
Konsertimiz zap antiqa o'tdi. Bilasanmi nimaga? Juda qiziq hangomalar bo'ldi. Eng ko'p
malomatga qolgan ham men bo'ldim. Konsert uchun asosan uchinchi sinf o'qituvchisi javobgar edi.
Musiqa o'qituvchisi ashula bilan o'yin qismini o'z zimmasiga oldi. O'zimizning o'qtiuvchimiz esa konsert
kechasida ko'rsatish uchun bitta pyesa yozib berdi.
Men bir narsaga hayronman — kattalar nuqul o'z kasblaridan nolishadi, ko'ngillari boshqa sohani
qo'msab yuradi. Mana, dadamni olib ko'raylik. Yana ozroq o'qiganimda katta shoir bo'lib ketardim,
deydi bizga. Dadam hozir ham tinch yurmaydi. Xiyol bo'sh qoldi deguncha she'rga unnab ketadi.
Amakim ham shunday. Qo'lida texnik hunari bor-u yana vrachlikni orzu qiladi. O'qituvchimizning
bo'lsa yozuvchilikka ko'ngli sust ketgan. Ko'pincha bizga u: «Allaqachon yozuvchi bo’lib ketardim-u,
lekin nasib qilmagan ekan-da», deydi. Bundoq o'ylab qarasam, hamma birovning hunarini orzu
qilarkan.
Aslida direktor bosilib chiqqan biror pyesani sahnaga qo'yaveringlar, deb tayinlagan edi-yu, ammo
o'qituvchimizga bularning hech qaysisi ma'qul bo'lmadi. O'zi yeng shimarib ishga tushib ketdi. Yangi
pyesa ham tayyor bo'ldi. Juda ayanchli chiqibdi. --
Yaxshisi, senga buning qisqacha mazmunini aytib bera qolay. Xulqi yomon bir bola bo'ladi. Ota-
onasini juda bezor qilib yuboradi. Bola maktabdan qochadi, ishdan quviladi va yomon yo'lga kirib
ketadi. Bu sharmandalikka chidayolmagan ona olamdan o'tadi. O'g'il otasini qiynab, pul olib yuradi.
Bermaydigan bo'lsa, do'pposlaydi. Kunlardan birida u jinoyat ustida qoiga tushib, qamalib ketadi.
Qamoqdan ancha tuzalib chiqadi. Butun qilmishlari uchun kechirim so'ragani to'g'ri otasining oldiga
boradi. «Otajon, meni kechi-ring, gaplaringizga kirmadim, nasihatlaringizga quloq solmadim, mana,
oqibatda sharmanda bo'ldim. Endi hammasiga tushundim. O'tinaman, meni kechiring!» deb
yolvoradi. Qaddi bukchayib qolgan ota: «Ota degan hamisha o'g'ilning gunohidan o'tadi. Men ham
seni kechirdim, o'g'lim. Parvardigorga iltijo qil, o'z dargohida kechirsin», deb ho'ngrab yig'lab
yuboradi. Ammo yuragi buni ko'tarolmay, yerga yiqiladi-da, joni uziladi.
Pyesa chindan ham juda qayg'uli edi. Uni o'qiyot-ganimizda sinfda hamma bir-bir yig'lab oldi.
— Boshqa biror yengilroq pyesa qo'yganimiz ma'qul emasmi, afandim? — deb so'radim.
O'qituvchimiz meni qattiq jerkib:
— Bu nima qiliq, Ahmad?! Yana mahmadanalik qilyapasanmi? — dedi.
Holbuki buni men butunlay boshqa maqsadda so'ragandim. Betimizga soqol-mo'ylov yopishtirib,
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |