www.ziyouz.com
кутубхонаси
66
Xatingni kutaman. Iloji boricha to'laroq yoz. Maylimi?
Xo'p, yaxshi qol. Senga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir.
Uy qaysi holatda
Istanbul, 26-fevral, 1964-yil.
Jigarim Zaynab!
12-fevralda ichiga rasm solib yuborgan xating uchun katta rahmat.
Sinfingda bo'lib o'tgan ko'ngilsiz voqeadan qattiq ranjibsan. Ha, haqlisan. O'rtog'ingga yaxshilik
qila-man deb o'zing yomonotliq bo'libsan. Murodni eslasam, boyoqishga ham achinaman, ham qilgan
ishi uchun undan o'pkalayman.
Sinfimizdagi Husaynni taniysan-a? Murodga o'xshab Husayn ham yaqinda toza kulgi bo'ldi. Ammo
u aybini birovga to'nkagani yo'q. Chunki mard bola u. Ilgari senga ham yozgan edim. Bir kuni joy
talashib daraxtdan yiqilib tushganida kim uni itarib yuborganini hech kimga aytmagan edi.
Sen Istanbulda o'qib yurganingda Husaynlarning uyiga hech borganmiding? Torgina kulbada
turishadi. Uylarini ko'rmagan bo'lsang ham, turmushlari juda nochor ekanini bilsang kerak. Men
uiarnikiga har zamonda borib turaman, shuning uchun uylaridagi ahvoldan yaxshi xabardorman.
Katalakka o'xshagan ikkita kichkina xonada yetti jon turishadi. Shu joy tanqisligi sababmi yoki qattiq
muhtojlikdanmi, ishqilib, uylarida hecham halovat yo'q. Menga o'zini yaqin tutib, Husayn ba'zan
oiladagi nochorlikdan hasrat qilib gapiradi. Bechoraning holiga achinaman. Ayrim kunlari maktabga
qovog'i shishib, ko'zi qizargan holda keladi. Bilamanki, o'sha kuni uyda yana janjal bo'lgan. Husayn
ko'pam ochilib-sochilib yurmaydi, ammo odamovi ham emas.
Yaqinda Husayn maktabga yana ikki qovog'i shishib keldi. Yig'laganini birovga sezdirmaslik uchun
jimgina joyiga borib o'tirdi, hech kim bilan gaplash-madi ham. Shu orada qo'ng'iroq chalinib, dars
bosh-lanib ketdi.
Til darsi edi. O'qituvchi otlarning kelishiklarda turlanishini tushuntirib berdi. Kelishiklarni yodlab
ham oldik; bosh kelishik, qaratqich, tushum, o'rinpat va chiqish kelishiklari.
Kelishiklarni yaxshilab tushuntirib bergach, o'qituvchi Damirni turg'izib, «Oltin derazali uy»
hikoyasini o'qishga buyurdi. Ushbu hikoyani o'zing ham bilsang kerak. Qisqacha mazmuni shunday.
Bir o'rmon bo'larkan. Shu o'rmon ichidagi kichkinagina kulbada chol-kampir turisharkan. Ularning
bitta qizi bo'larkan. Juda kambag'al bo'lib, qo'l uchida kun ko'risharkan. Har kuni qizcha kechki payt
ostonaga chiqib qarasa, uzoqdan bir uy ko'rinib turarkan. Uyning derazalari oltinday tovlanib, juda
chiroyli ko'rinarkan. Qizchaning shunday ajoyib uyga havasi kelibdi, nima bo'lsayam uni bir
ko'rmoqchi bo'libdi. Kunlardan bir kuni uyidan chiqib, o'sha tomonga qarab yuraveribdi. Yo'l yuribdi,
yoi yursayam mo'l yuribdi, oxiri o'sha joyga yetib boribdi. Lekin shu payt to'satdan atrofga qorong'i
tushibdi. Qizcha o'rmon ichida uxlab qolibdi. Bir mahal uyg'onib qarasa, o'zi kelgan tomonda yana bir
uy charaqlab yotganmish. Uning ham oynalari xuddi oltinga o'xshab yalt-yalt etib turganmish. Qizcha
oldiniga hayron bo'libdi, ke-yin bu uy o'zlariniki ekanini, oftob nuri tushib, shunaqa yaraqlab turganini
tushu-nibdi.
Damir hikoyani o'qib bo'ldi:
— Qani, qissadan hissa nima? — so'radi o'qituvchi. Bizni kutmay, o'zi javob berdi: — Har kim o'z
turmushidan nolimasligi kerak. Hikoyadagi qizchaga o'xshab, biz ham ko'pincha o'zimiz yashab turgan
hayotning qadriga yetmaymiz. Undan sal uzoqlashgan taqdirdagina o'zimiz qanchalik baxtli,
turmushimiz qanchalik soz ekanini anglab yetamiz. Demak, kim qanday uyda yashayotgana bo'lsa,
uning uchun eng soz uy o'sha.
Shundan keyin u hikoyadan bir jumlani o'qib berdi. Ichida «uy» degan so'z bor ekan.
— Qani Husayn, sen ayt-chi, shu jumlada «uy» so'zi qaysi kelishikda kelgan?
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |