Noittifoq maktab va oila
Anqara, 24-yanvar, 1964-yil.
Do'stim Ahmad!
Hozirgina 20-yanvarda yozgan xatingni oldim. Kecha ukol qildirgan edim, shuning uchun bugun
o'qishga bormadim. Xatingni o'qib, qattiq kulib yuborgan ekanman, oyim:
— Bekordan bekorga nega kulasan, qizim? — deb hayron bo’ldi.
Sendan xat kelganini aytdim.
— Nima deb yozibdi o'rtog'ing?
Yozganlaringni oyimga ham o'qib berdim. Rosa miriqib kuldi...
Senga men «Maktab va oila ittifoqi»ning bir majlisini gapirib bermoqchi bo'lib yurgan edim. Mana,
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
www.ziyouz.com
кутубхонаси
49
bugun shunga imkon tug'ildi, vaqt juda bemalol. Ukol sal og'rib, isitma chiqarib turibdi-yu, lekin
chidasa bo’ladi.
Yaqinda maktabda ota-onalar majlisi bo’ldi. O'zi har oyda bir marta o'tkazib turiladi. Beshinchi
sinfdan besh bola navbatchilik qiladigan bo'ldik. Uchta qiz va ikkita o'g'il bola. O'sha kuni majlisda
bo'lgan hamma gaplarni o'z qulog'im bilan eshitdim. Juda g'alati gaplar bo’ldi. Senga shularni aytib
bermoqchiman.
Navbatchilarning ishi majlis tugaganidan keyin mehmonlarga choy, limonad, pecheniy ulashib
chiqishdan iborat. Shuning uchun bizni ichkari qo'yishmadi. Koridorga chiqib turdik. Zal ota-onalar
bilan liq to'lgani uchun dimiqib ketdi, axiyri eshikning ikkala tavaqasini lang ochib yuborishdi.
Koridorda turib, hamma gaplarni eshitib oldik.
Direktor janoblari majlisda birinchi bo’lib nutq so'zladi. U nutqni muloyim ohangda boshlagan
bo’lsa, keyin o'dag'aylashga o'tdi. Gapning asosiy mazmuni shu bo’ldi: ota-onalar farzandlarini o'z
holiga tashlab qo'yishgan, natijada, hamma og'irlik maktabga tushyapti. Shuni unutmaslik kerakki,
maktab aslida oilaning o'zidan boshlanadi. Ota-ona uyda bolani tergab turishi, vaqtida dars qildirishi,
maktabga kelib, uning o'qishidan, yurish-turishidan xabar olib turishi lozim.
Zalda pichir-pichir gaplar o'ralashib qoldi. Direktor maktab ishlariga sho'ng'ib ketgani uchun o'ziga
vaqti qolmayotganidan nolib gapirdi.
— O'giim litseyning birinchi sinfida o'qiydi. Shu maktab ishlaridan bo'shab litseyga borolmayman.
O'giimning o'qishlari qanaqa, bilmayman. Bir kelib keting, deb ko'p xat yuborishdi, ammo vaqt qani
bunga... Ishim boshimdan oshib yotgan bo’lsa...
«Maktab va oila ittifoqi»ning raisi qilib bir ayol saylangan. Direktordan keyin u ota-onalarga so'z
berdi. O'tirganlardan biri minbarga chiqdi. Bu odam o'quvchilar ona tillarini yaxshi bilmaydilar, deb
shikoyat qildi.
— Bu qandoq gap, afandim, o'g'limga nima uchun ona tilini yomon o'qitishadi?
Bu kishining tili biram g'alati ekanki... Gaplari poyma-poy, hecham tushunib bo'lmaydi. Bir
jumlaning o'zida uchala zamon fe'li ketma-ket keladi. Gapi qayerda boshlanib, qayerda tugaganini
bilolmaysan.
— Aslo mumkin bo'lmaydi, afandim. Fransuz tili bo'lganida go'rga erdi, nega bo'sh saboq olishini
bilmasdim. Balki to'g'ri bo'lajak bu. Ammo-lekin ona tilidan yomon o'qidi, mumkin emas. Adolatsizlik
bo'ladi... Innaykeyin, mening o'g'lim boshqa millat farzandi bo'ldi, turkcha bilmay qolajak. U mening
o'g'lim, binobarin, turk farzandi, shundoq ekan, turkcha bilgan shart... Nega u ona tilini bilmayajak?
Tilni g'oyat zo'r o'qitadi, demaganmishman... Lekin har qanday turk bolasi kerak kamida o'rta tilni
biladi. O'g'lim gapiradi, turkcha tushunganman, uni onasi tushundi, o'rtoqlari tushunajak, demak,
o'qituvchisi ham tushungan kerak, albatta. Tildan kamida o'rta baho olgan kerak.
—
Kechirasiz, gapingizga tushunolmadim, — luqma tashladi sinf o'qituvchisi. — O'g'lingiz turk
bo'lgani va turk tili unga ona tili bo'lgani uchun bu fandan kamida o'rta baho olish kerak,
demoqchimisiz?
—
Ha, to'g'ri, shuni gapir. O'g'limning gapiga hamma tushundi, o'qituvchisi ham tushungan
lozim...
— Demak, o'g'lingizning gapiga tushunar ekansiz-da?
—
Ha, albatta.
—
O'g'lingiz ham sizni tushunadimi?
—
Tushundi bo'lishi kerak.
Zalda g'ala-g'ovur boshlandi. Direktor uni tinchitib, joyiga o'tqazib qo'ydi.
Otalardan yana biri so'zga chiqdi. U goh paytlari o'g'li ayrim narsalarni so'rab qolganida javob
berolmay qiynalishini gapirdi.
— Uning so'ragan narsasini men nega bilmayman, afandim? Nima uchun bilmaslik kerak?
Shunga ham xunob bo'ladimi, deb turgan edim, sababi boshqa yoqda ekan.
— Men bilmagan narsani yosh bola qandoq tushunishi mumkin? Mutlaqo o'zlashtirolmaydi. Asli
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |