www.ziyouz.com
кутубхонаси
45
Ostonadayoq bu kishi ko'zimga issiq ko'rindi-yu, lekin qayerda ko'rganimni darrov eslayolmadim.
Uyga kirib, birpas gaplariga quloq solib o'tirdim. Shunda bu odamni birdan ovozidan tanib qoldim.
Kim ekan, aytaymi? O'tgan yili Respublika bayrami arafasida maktabimizga bir jurnalist kelgan edi,
esingdami? Nevarasi ham bor ekan, bizda ikkinchi sinfda o'qirkan. Respublika haqida gapirib bergan
edi.
O'ziyam zo'r jurnalist ekan. Endi esingga tushdimi? Uning aytgan gaplari hali-hali qulog'imda.
«Bolajonlarim, sizlar chinakam vatanparvar bo'lib yetishinglar. Ona yurtingizni jondan ortiq sevinglar.
Uni juda yaxshi bilib olinglar. Katta bo'lganingizda Anatoliya qishloqlarini birma-bir kezib chiqing. O'z
ko'zingiz bilan ko'ring bu joylarni. Uzoq va yo'qsil qishloqlarga borib ishlanglar. Respublikaning
kelajagi sizlarning qo'lingizda, o'g'il-qizlarim!» — deb nasihat qilgan edi. Ayniqsa, uning bir gapi
hecham esimdan chiqmaydi. «Jabrdiyda Anatoliyaga ma'rifat nurini olib borishin-giz kerak!» degan
edi. O'shanda hammamiz buni eshitib, qattiq ta'sirlangan edik.
— Men sizni taniyman, afandim,— dedim o'zimni tutolmay. — O'tgan yili bizning maktabimizga
kelgan edingiz. Sizni Istanbulda ko'ruvdim.
— Ha, shundaymi... Nevaram o'sha yerda o'qiydi.
Shirinsuxan mehmonning gaplarini yana eshitgim keldi. Chetroqqa borib o'tirdim. Keyin nima
bo'ldi degin? Butun orzu-umidlarim puchga chiqdi. Mana, Ahmad, gapga quloq sol.
Bir o'g'li bor ekan, o'zi o'qituvchi emish. Sha-harda katta bo'lgani uchun qishloq havosi unga
to'g'ri kelmasmish. Qolaversa, uy-joyli ekan. Xotini ameri-kalikmish. Yosh xotini bilan Anatoliya
qishloqlarida tentirab yursa, ayb bo'larmish. Katta idoralarda bir-ikkita oshna-og'aynisi bor ekan,
shularning yordami bilan o'g'lini Istanbulda olib qolibdi. Maktabda o'qituvchilik qilayotgan ekan.
Ammo bu maktab o'g'liga uzoqlik qilayotganmish. Mashinada bir soat yurish kerak ekan. O'g'li shu
vajdan qiynalib qolibdi. Uyga yaqinroq joyda uch-to'rtta maktab ham bor ekan. O'g'lini shulardan
biriga joylashtirib qo'yish maqsadida Anqaraga kelgan ekan. Buvamning yaqin oshnasi shu sohada
ishlarkan. Buvam o'shanga bir og'iz gap aytsa, boyoqishning ishi to'g'ri bo'lib ketarkan.
Gapini eshitib, qonim qaynab ketdi. Odobsizlik bo'lsa ham shartta betiga aytdim.
— Afandim, bu ahvolda jabrdiyda Anatoliyaga ma'rifat nurini kim olib boradi?
U gapimga tushunmadi yoki o'zini tushunmaganlikka oldi.
—
Nima dedingiz, qizim? Buvam o'shqirib berdi.
—
Bor, ishingni qil! Qahva olib kel! Qahva keltirib, xonadan chiqib ketdim. Vannaxonaga kirsam,
kir yuvishayotgan ekan.
Sekingina ikki bo'lak sovun oldim. Tog'orada qaynoq suv turgan ekan, sovunni shunga tashladim.
Birpasda sovun erib ketdi. Tog'orani ko'tarib koridorga chiqdim. Lattani tog'oraga tiqib, hamma
zinalarni birma-bir artib chiqdim. O'zimga qulay bo'lishligi uchun ishni birinchi qavatdan boshladim.
Bundoq qarasam, Metin yuqorida turgan ekan.
—
Ha, nima qilyapsan? — dedi u hayron bo'lib.
—
Damingni chiqarma, keyin ko'rasan.
Boshqa odam toyib ketmasin, degan maqsadda tepaga chiqib qarab turdik.
Mehmon o'rnidan turdi. Metin ikkovimiz ichkari kirdik. Buvam bilan dadam uni eshikkacha kuzatib
qo'yishdi. Qo’l berib xayrlashishdi.
—
Xo'p, xayr, afandim.
—
Yaxshi boring, beyafandim.
— Biror xizmatlari bo'lsa, hamisha tayyormiz, afandim...
Gapi bo'g'zida qoldi. Chap qoii yuqoriga ko'tarilib, qattiq chayqalib ketdi. Buvam bilan dadam
ichkari kirib ketishdi.
— Uydan chiqib, nega o'ynoqlab ketdi u? — dedi buvam dadamga qarab.
Darhol javob berdim:
— Ishi o'ngidan kelgani uchun xursand bo'lib ketgandir-da, buva.
Metin ikkovimiz yugurib balkonga chiqdik. Bundoq qarasak, binoning eshigi oldida ikkita oyoq
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |