www.ziyouz.com
кутубхонаси
41
Ko'zoynakli qo'shnimiz bu gapni eshitib, nima qilishini bilmay qolibdi. Agar rostini aytadigan
bo'lsa, ajnabiy odam ustimizdan kulib ketishi mumkin. O'ylab-o'ylab oxiri bir yo'l topibdi.
— Juda to'g'ri fahmlabsiz, janob,— debdi unga qarab qo'shnimiz,— haqiqatan ham «ho'v»ni ko'p
ishlatamiz. Bizda taomil shunday. Dehqonlar ham, ishchi va xizmatchilar ham shunga odatlangan.
Uning asl ma'nosi «muhtaram» demakdir. Bizlar bir-birimizga murojat qilganimizda ismning oldiga
shu so'zni qo'shib aytamiz.
Oradan besh-olti kun o'tgan ekan, o'sha idora rahbarlarining katta majlisi chaqirilibdi. Kanon
degan odam bosh direktor ekan, majlisni o'sha olib boribdi. Nemis mutaxassisi shu yig'inda nutq
so'zlabdi, majlis ahlining ruhini ko'tarish maqsadida gap orasida shu yerda o'rgangan bir-ikkita
turkcha so'zlarni ham qis-tirib o'tibdi. Mehmon nutqining eng nozik joyiga kelgan ekan, bosh
direktorga qarab: «Ho'v Kanonbey!» deb yuboribdi. Hamma xijolatdan yerga qarabdi. Nemis
nutqining oxirigacha juda ko'p marta Kanonbeyni tilga olibdi. Har gal o'zi bilgan o'sha «muhtaram»
so'zini qo'shib aytarmish. Kanonbeyning bo’ladigani bo'libdi-yu, ammo tishinitishiga qo'yib
o'tiraveribdi. Odamlar piqir-piqir kulisharmish. Shu-shu Kanonbey «ho'v» degan laqabni orttirgan
ekan.
Ko'zoynakli qo'shnimiz buni shunaqayam o'xshatib gapirib berdiki, kulaverib ichagimiz uzildi.
Ayniqsa, Fato'sh bir qop semirib ketdi.
Dadam boshqa bir qiziq voqeani gapirib berdi.
Ularning fabrikasiga yangi asbob-uskunalar kelibdi.
Bularni o'rnatish uchun Amerikadan mutaxassis chaqirishibdi. Amerikalik bundoq razm solib
qarasa, fabrikadagi odamlar bir so'zni juda ko'p ishlatisharmish. U hayron bo'lib buning ma'nosini
dadamdan so'rabdi. Dadam u nimani so'raganini bizga gapirib berdi. Anchayin bemaza so'z. Maktab
bolalari ham ko'p ishlatadi uni. Endi tushungandirsan?
Dadam fabrikada bosh usta bo'lib ishlaydi, shuning uchun ochig'ini aytishni o'ziga ep ko'rmabdi.
Qolaversa, ingliz tilida buning nima deyilishini ham bilmas ekan. Shuning uchun dadam unga:
— Buning ma'nosi rahmat, ya'ni «tenkyu» dega ni, — deb tushuntiribdi.
Buni eshitib, amerikalik injener hayratdan yoqasini ushlabdi.
— Ana xolos, — debdi u qoyil qolib, — sizlar g'oyat sertakalluf xalq ekansiz. Biz bu borada xitoylar
bilan inglizlarning oldiga tushadigan xalq yo'q, deb o'ylab yurardik. Chunki ular arzimagan narsaga
ham minnatdorchilik bildirishadi. Ammo sizlar ulardan o'tib ketibsiz. Men juda ko'p mamlakatlarda
bo’lganman, lekin sizchalik sertakalluf, xushmuomala odamlarni hech qayerda ko'rmaganman.
Bundan buyon men qaysi yurtga bormayin, hamma joyda sizlarni o'rnak qilib ko'rsataman, nozikta'b
xalq ekaningizni olamga yoyaman.
«Xayriyat, yolg'on gapim yaxshilikka yararkan», deb dadam ich-ichidan suyunibdi.
Shu gap-so'zning ertasi kuni injener ishga chiqmabdi. To'rt kungacha undan darak bo’lmabdi.
Fabrikada ish tig'iz, yangi uskunalarni tezroq o'rnatish kerak. Injenerni qidirmagan joylari qolmabdi.
Hech qayerdan daragi chiqmabdi. To'rtinchi kuni fabrikaga o'zi kirib kelibdi. Sog' joyi qolmaganmish,
a'zoyi badani doka bilan chirmab tashlanganmish. Mashinada avariyaga uchragan bo'lsa kerak, deb
o'ylashibdi. Keyin ma'lum bo'lishicha, gap boshqa yoqda ekan.
Amerikalik injener fabrikadan chiqib, memonxo-naga ketayotgan ekan. Yo'lda mashinaga o'tiribdi.
Odamlarda qiziq bir odat bor — eshitgan gapini hech kim yuragida saqlab yurolmaydi, darrov birovga
aytgisi keladi. Injener ham shofyorga minnatdorchilik bildirmoqchi bo'libdi-da, pulni uzatayotib boya
ma'nosini chaqib olgan so'zini aytibdi. Shofyorning ko'zi olayib ketibdi. Amerikalik buni boshqacha
tushunib, yana o'sha so'zni qaytargan ekan, shofyor burniga qarab bir musht tushiribdi. Ikkovi yoqa
bo'g'ishib ketishibdi. Oxiri ularni zo'rg'a ajratib qo'yishibdi. Injener bularga ham minnatdorchilik bil-
diribdi. Yana boshi baloga qolibdi. Xaloyiq uni olomon qilib ketibdi. Nihoyat, politsiyachi yetib kelib,
uni bir amallab ajratib olibdi. Shoeing qurg'ur amerikalik turkcha qilib politsiyachiga ham qulluq
qilibdi.
Jamoat o'rtasida politsiyachiga til tekkizish jino-yat-ku! Oyog'ini yerga tegizmay darhol politsiya
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |