QALB GO`ZALLIGI - INSON ZIYNATI
Reja:
Go`zallik haqida umumiy tushuncha
Qalb go`zalligi
Odamzod hamisha go`zallika intilib yashaydi. Afsuski, bunda tashqi ko`rktarovat, husn- malohatning hamisha qo`li ustun. Ma`naviy pokdomonlik, qalb
go`zalligi ko`pincha e`tibordan chetda qolib, o`z bahosini topavermaydi. Vaqt
o`tishi bilan yuz- ko`zdagi o`t- olov o`rnini son- sanoqsiz ajinlar egallaydi, adl
qomat esa kamondan to`n kiyadi.
Botiniy malohat esa aksincha. Xuddi sharshara ostidagi gavharmijos yillar davomida sayqallashadi, yangi- yangi qirralari ochiladi, tobora tiniqlasib, ruhiy kamolot sari ko`tariladi.
Biroq, inson inson-da, o`tkincha dunyoga aldangani yetmaganiday, ko`zga tez
tashlanuvchi ”yulduz”larga umid bog`laydi va tong yorishib quyosh borliq uzra
zamin nurlarini sochgandagina qalbida son- sanoqsiz armonlar ila adashganini
anglab yetadi. Kunning haqligini, kunduzi barcha barobarligini tusunaveradi. Bor
hikmat shundaki, uning qudratini tundayoq his etmoqqa qodir tafakkur kerak.
Insoniyat yaralganidan buyon davom etib kelayotgan surunkali ofatlardan biri
bu komil inson qadr-qimmatini vaqtida baholay olmaslik, qadriga yetmaslik, iliq
nafasiga quloq tutmay, g`animat damlarni g`aflatda, razolat va jaholat iskanchasida
o`tkazmoqlikdir. Biroq, bu ham hayotning oxiri emas. Hamma balo poklikni inkor etish bilan nopoklar yo`liga poyandoz to’shalishidadir. Goho hayratdan yoqa
ushlaysan: nahotki, ezgulikning peshonasi bu qadar sho`r bo`lsa, oqillikning puch
yong`oqchalik qadri sezilmasa, yaxshiliar jazo topsa, yomonlar sarbaland yursa?
Yo`q, bunchalik emas. Axir, inson uchun dil farog`atidan ortiq ne`mat bormi?
Nega gunohlarimizdan pushaymon bo`lish, istig`for aytish , tavba- tazarru qilish,
oxiratni o`ylash o`rniga oxirgi nafasga qadar moddiy boylik, mol- dunyo uchun
o`zimizni o`tdan cho`qqa uramiz, dil oynasini xiralashtiramiz. Hol buki, bu
dunyoda chinakam qayg`urishga arziydigan bitta yo`qotish bor, u ham bo`lsa
imondan ayrilmoqdir.
Islom taʼlimotida G.ning oʻzi ham, timsoli ham Alloh jamolidandir. Inson goʻzalligi uning yaxshilik qilishida, sabr-toqatida; bular inson goʻzalligini belgilovchi mezon sifatida qaraladi. G. insonning Alloh karomatini tushunib yetishi va unga ergashishi, maʼnaviyaxloqiy poklanish sari intilishidir.
Oʻrta Osiyo mutafakkirlari G.ni islom aqidalari ruhida idrok etsalarda, G.ning murakkab maʼnaviy jarayon ekanligini taʼkidlashga harakat qilganlar. Forobiy taʼlimotiga koʻra, G. — insonning jismoniy, maʼnaviy va axloqiy chiroyining ifodasidir. Alisher Navoiy barcha G. hayot va insonda, ayni vaqtda, barcha xunuklik va nopoklik ham insonda deb bildi, shuning uchun u inson tarbiyasiga katta ahamiyat berdi.
G. haqida juda koʻp nazariyalar, qarashlar, taʼlimotlar mavjud. Ularda G.ning qaysidir bir tomoni, belgisi, ahamiyati qayd etiladi. Sokrat fikricha, inson uchun foydali va kerakli narsalar goʻzaldir. Platon tasavvuricha, inson G.ni allaqanday estetik-ruhiy kayfiyat chogʻidagina idrok eta oladi. Uning taʼlimotiga koʻra, G. narsa va predmetlarga xos boʻlmay, insonning voqelikka maʼnaviy-estetik munosabati natijasida tugʻiladigan gʻoya, tushunchadir. Aristotel, Didro fikriga koʻra, narsa va hodisalardagi uygʻunlik, mutanosiblik G.ni tashkil etadi. Inson narsa va hodisalarning goʻzal yoki xunukligini belgilashda meʼyor vazifasini oʻtaydi. Insoniy meʼyor G.ning asosidir. Kant G. asosiga kishining narsa va hodisalardan begʻaraz zavq olishini qoʻyadi. Maʼrifatparvarlar G. deb, insonning hayotda uygʻun ijtimoiy aloqalar oʻrnatishga boʻlgan intilishini tushunganlar. Gegel fikriga koʻra, tabiatdagi G. dan sanʼat goʻzalligi mukammalroq, chunki unda timsol va gʻoya oʻzining mutlaq uygʻunligini topadi. Chernishevskiy taʼkidlashicha, hayot — G.dir, inson hayoti, ehtiyoji va maqsadiga mos tushuvchi narsalar goʻzaldir.
19—20-asr jahon estetikasidagi turli falsafiy yoʻnalishlar vakillari ilgari surgan gʻoyaga koʻra, G. inson ruhiyati, qalbi va maʼnaviyati bilan bogʻliq tushunchadir. G. manbai — shaxs qalbidadir.
G. — inson va hodisalarni umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida belgilovchi ijtimoiy, ijobiy va ijodiy tushunchadir. G. ni idrok etish shaxsning jamiyatda tutgan oʻrni, ongi, didi, dunyoqarashi va b. omillarga bogʻliq. Oʻzbek tilidagi "chiroyli" soʻzi estetik baho sifatida alohida buyum, narsa va shaxsni, koʻpincha tashqi belgilar va shakllarning mutanosibligi, uygunligini nazarda tutsa, G. soʻzi inson ongidagi tushunchani, tasavvurni, idealni ifodalaydi. Tarixiy taraqqiyot natijasida har bir xalq oʻzining G. ideali va tushunchasiga ega boʻladi. Bu tushunchalardagi mushtarak insoniymaʼnaviy jihatlar umumbashariy G. haqidagi tasavvurni shakllantiradi. G. tabiat, jamiyat va insonga xos mushtarak xususiyatlarni qamrab olgan holda muayyan sharoit va hodisalar bilan bogʻliq tarixiy, ijtimoiy, milliy va oʻziga xos jihatlarga ega boʻladi.
Tabiatdagi G. koʻproq mutanosiblik, uygunlik, rang-baranglik singari zohiriy belgilar, sifatlar meʼyori bilan baholanadi; ijtimoiy hayotdagi G. jamiyatning inson uchun yaratgan erkin va demokratik tamoyillari darajasi bilan oʻlchanadi; adabiyot va sanʼatdagi G. ijodkorning original obrazlar, gʻoyalar kashfiyoti, badiiy maxrrati bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |