Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
22
edim. Qattiq ranjidim. 
Mana, bo'lgan voqeaning hammasini yozdim. 
Omon bo'l, qadrdon do'stim Ahmad. Tez-tez xat yozib tur. Xo'pmi? Sinfdosh o'rtoqlardan ham 
darak ber. Xatingni kutaman. 
Zaynab Yolqir.
 
Vijdon azobi
 
Istanbul, 7-dekabr, 1963-yil.
Zaynab! 
Nima yozsam, shuni maqtayapsan. Bu bilan sen meni yaxshiroq yozishga da'vat etyapsan. Iliq 
gaplaring uchun rahmat. Bir xatingda: «Sen nuqul kuladigan narsalarni yozasan», degan eding. 
Esingdami? Bu galgisi kulgidan yiroq, yurakni ezib yuboradi. Voqeani o'qituvchidan eshitdik. Bizga 
juda-juda ta'sir qildi. 
Tunov kuni darsda Husayn kitobdan bir nimani o'qib berayotgan edi, vijdon azobi, degan 
birikmaga duch keldi. O'qituvchimiz uni to'xtatib, vijdon azobi nima ekanini bizga rosa tushuntirib 
berdi. Keyin: «Mana shunga vijdon azobi deyiladi. Tushunarlimi?» deb so'ragan edi, hammamiz 
«tushunarli, tushunarli», deb aytdik. 

Tushunarli bo'lsa endi bunga misol keltiramiz.
Yashar qanaqa bola ekanini o'zing bilasan. Hozir ham orqa partada o'tiradi. Fikri darsda emas
boshqa narsalarda. Dam yonidagi markalarini sanasa, dam qog'ozga rasm chizib o'tiradi. O'qituvchi 
to'satdan Yasharni chaqirib qoldi. 
— Qani, Yashar, sen ayt-chi, vijdon azobiga hech uchraganmisan? 
Yashar o'qituvchining oldingi gaplarini sira eshit-magandi. Chunki o'yin bilan ovora edi. Lekin quv 
bola emasmi, «ha, dedim, tutildim, yo'q, dedim, qutildim», qabilida ish ko'rganim ma'qul, deb o'yladi. 
Shuning uchun: 
— Yo'q, afandim, sirayam vijdon azobiga uchramaganman, — deb javob berdi. 
— Iya, bu qandoq bo’ldi? Vijdoning hecham azoblanmaganmi? 
— Hecham, afandim. 
Nash'a hamisha mahmadonalik qiladi. O'qituvchining ko'ziga bo'zrayib qarab turadi-da, sekin 
qo'lini ko'taradi. Shundayam tinch o'tirolmaydi, hadeb: 
— Men aytib beray. Menga so'z bering, menga so'z bering, — deb javrayveradi. 

Ha, mayli. Nash'a, sen aytib beraqol. Qani, necha marta vijdon azobini tortgansan, nima voqea 
ro'y bergan, eshitaylik-chi? 

Vijdon azobiga ko'p uchraganman, — javob berdi Nash'a kerilib. 

Bo’lmasa eshitaylik. 

Qaysinisini aytib beray? 
Sinfdagilar sharaqlab kulib yubordi. Sho'ring qurg'ur Nash'a vaqtdan yutmoqchi bo'lgan edi-da. 
O'qituvchimiz ham miyig'ida kulib qo'ydi. 
— Obbo Nash'a-ey! Vijdoning juda ko'p azob tortgan ekan-da? Mayli, o'zingga ma'qulini gapirib 
beraver. 
Nash'a odatdagidek g'o'ldiray boshladi. Odatini o'zing bilasan, hamisha shunaqa qiladi. Gapni rosa 
rezinkaday cho'zadi. Bu safargisi ayniqsa oshib tushdi. Oxiri: 
— Kattaga izzat, kichikka hurmat ko'rsatish kerak, — deb ming'illadi. 
Uning bu nasihatomuz gapi o'qituvchini ham qiziqtirib qo'ydi. 

Xo'sh, innaykeyin? — so'radi u Nash'ani batar hovliqtirib. 

Bir xotin o'g'liga shu gapni aytib turgan ekan, qo'qqisdan ko'cha eshigi taqillab qopti. Boyagi 
xotin derazadan mo'ralab qarasa, qaynotasi emish. Darhol o'giini chaqiribdi-da: «Bor, eshikni och, 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish