Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda yangi usullarning



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

2-§. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda yangi usullarning 
qaror topishi 
Insoniyat tarixidan ma‟lumki, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, o„sha 
davlat konstitutsiyasida ko„zda tutilganidek, uning tub maqsadlariga mos bo„lishi 
kerak. Buni O„zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi ijtimoiy hayot ham 
taqozo qila boshladi. 
1991-yil sentabr oyidayoq Prezident I.A.Karimov: 
«Biz O„zbekiston davlati 
milliy siyosatining aslida barcha yo„nalishlarini va strategiyasini qamrab oluvchi 
keng ko„lamdagi va istiqbolga mo„ljallangan dasturini ishlab chiqdik va amalga 
oshira boshladik. Bu siyosatning ustuvor yo„nalishlaridan biri boshqarishning 
demokratik shakliga, umuminsoniy qadriyatlariga asoslanuvchi real mustaqil 
milliy davlatchilikni qaror toptirish», 
– deb ta‟kidlagan edi. 
O„zbekiston Konstitutsiyasining 89-moddasida qayd qilinganidek, «O„zbekiston 
Respublikasi Prezidenti O„zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat 
boshlig„idir». 
Konstitutsiyada ko„zda tutilganidek, O„zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati 
oliy idoralari tizimiga respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi kiradi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy 
yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga 
oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko„radi. 
Ma‟lumki, O„zbekiston Prezidenti lavozimining ta‟sis etilishi 1985-yil aprelida 
sobiq Ittifoqda boshlangan qayta qurish jarayonlari bilan, ayniqsa, 1988-89-
yillardayoq avj olib ketgan iqtisodiy va siyosiy islohotlar bilan bog„liq. 
Shu yillarda «yuqori»ning ko„rsatmalariga o„rganib qolgan markaziy va mahalliy 
boshqaruv idoralari qayta qurish jarayonida avvalgi ma‟muriy-buyruqbozlik ish uslubi 
uchun qattiq tanqidga uchradi, ular yangi sharoitga mos ish uslubini topishga 
qiynaldilar. Natijada davlat hokimiyati birmuncha kuchsizlandi. Belgilangan iqtisodiy 
va ijtimoiy rejalar bajarilmay qolaverdi. Ishlab chiqarishga davlat rahbarligi 
bo„shashib, xalqning moddiy va madaniy turmush darajasi tobora pasaya bordi. 
Qonunlar va hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat kamaydi. Xullas, 
mamlakatda boshboshdoqlik xavfi orta borib, davlat hokimiyatini markazda ham, 
joylarda ham kuchaytirishga jiddiy ehtiyoj tug„ildi. 1990-yillar boshlarida iqtisodiy 
qiyinchiliklar bilan bir qatorda ijtimoiy va milliy muammolar ham kuchaydi, 
boshqacha qilib aytganda «markazdan qochirma kuchlar» faollashdi, natijada qonun 
chiqaruvchi va ijro hokimiyatini birlashtiruvchi, ularning jamiyat uchun nafini 
oshiruvchi yangi institutga ehtiyoj tobora sezila bordi. 
Bu ehtiyoj 1990-yil mart oyida SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari 
uchinchi Syezdida atroflicha muhokama qilindi va SSSR Konstitutsiyasiga SSR 


96 
Ittifoqi Prezidenti lavozimini ta‟sis etish hamda uning vakolatlarini belgilash haqida 
muayyan o„zgartirish va qo„shimchalar kiritildi. O„shanda ba‟zilarda ushbu 
lavozimning joriy etilishi yakka shaxsning diktaturasini keltirib chiqarishi mumkin, 
degan xavf va cho„chishlar ham mavjud edi. Hatto, unga ko„r-ko„rona qarshi 
chiqqanlar ham bo„ldi. Masalan, o„sha syezdda xalq deputati Y.N.Afanasyev «Regi-
onlararo deputatlar gruppasining a‟zolari prezidentlik lavozimining joriy etilishiga 
salbiy munosabat bildirdilar va syezdda Prezident saylanishiga qat‟iy qarshi 
chiqmoqdalar», – dedi. 
Ittifoq Konstitutsiyasiga SSSR Prezidentining huquqiy maqomini belgilash 
yuzasidan kiritilgan qoidalarda bu lavozimning demokratik tabiatini belgilash 
yuzasidan qator kafolatlar ham mustahkamlab qo„yildi. Jumladan: Prezidentning xalq 
tomonidan saylab qo„yilishi, uning ko„pi bilan ikki muddatga saylanishi, qonun 
chiqaruvchi idora nazorati ostida bo„lishi va vaqti-vaqti bilan ichki hamda tashqi 
ahvol haqida unga axborot berib turishi, Prezident vakolatlarining Konstitutsiya va 
qonunlar bilan aniq belgilanishi, uning qoshida maxsus kengashning mavjud bo„lishi 
va boshqalar ko„zda tutildi. Bu kafolatlar Prezident yakka hokimligining kelib 
chiqishiga yo„l qo„ymaslik uchun muhim vositalar bo„ladi, deb hisoblandi. Albatta, 
sobiq mamlakatda prezidentlik lavozimining kelib chiqishi haqida bayon etilgan 
yuqoridagi fikrlar O„zbekistonda shu institutning vujudga kelishiga ham bevosita va 
to„liq taalluqli. 
Ma‟lumki, 1990-yil 24-martida O„zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta‟sis etish 
hamda O„zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o„zgartirish va 
qo„shimchalar kiritish to„g„risida Qonun qabul qilindi. Unga ko„ra respublikada 
Prezident lavozimi ta‟sis qilindi. Bunda demokratiya jarayonlarini yanada 
rivojlantirish, siyosiy o„zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsiyaviy tuzumni, 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, respublika 
davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining o„zaro aloqasini takomillashtirish 
ko„zda tutildi. Shu munosabat bilan respublika Konstitutsiyasi respublika Prezidenti 
haqidagi yangi – 12-bob bilan to„ldirildi. 
Ushbu bobda Prezidentlik boshqaruvi ta‟sis etilishiga bog„liq quyidagi qoidalar 
belgilandi.
Dastlabki konstitutsion qoidada Prezident faoliyatining demokratik taomillari 
ko„rsatib berildi. Uning huzurida Prezidentlik Kengashi ishlaydi. Kengashning 
vazifasi davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo„nalishlarini amalga oshirish
fuqarolar xavfsizligini ta‟minlash choralarini ishlab chiqishdan iborat edi. Kengash 
tarkibiga Vazirlar Kengashi Raisi ham kiradi, uning ishida O„zbekiston va 
Qoraqalpog„iston Oliy Kengashlarining Raislari ham qatnashish huquqiga ega bo„ldi. 
Prezident Respublika Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish 
yuzasidan farmonlar chiqaradi. O„zbekistonda yangi jamiyat qurish borasida tajribalar 
orttirilishi bilan Prezidentlik boshqaruvi tobora takomillasha boradi. Jumladan, 1990–
1992-yillarda Prezidentlik Hokimiyati bilan Vazirlar Kengashining ijroiya boshqaruv 
hokimiyati qo„shib yuborilib Vazirlar Kengashi Prezident huzuridagi Vazirlar 


97 
Mahkamasiga aylantirildi. 1990-yil 15-noyabrida Prezident I.Karimov «O„zbekiston 
SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to„g„risida» 
Farmon chiqardi.
Prezidentning ushbu farmoni asosida dehqonchilik sanoati, xalq iste‟moli mollari, 
qurilish-naqliyot, mashinasozlik, yoqilg„i-energetika, umumiqtisodiyot, moddiy-
texnika, madaniyat ishlari komplekslariga ajratilib, uning rahbarlari belgilandi va ular 
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiritildi. Prezident ayni bir paytda Vazirlar Mahkamasi 
Raisi bo„lib qoldi. Shunday qilib, Prezident ikkinchi bosqichda respublikada oliy 
ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy martabali shaxsga aylandi 
va ayni bir paytda davlat boshlig„i ham hisoblandi. Endilikda u faqat farmonlar emas, 
balki qarorlar va farmoyishlar ham qabul etadigan bo„ldi. 
Vitse-Prezident lavozimi ham ta‟sis etilib, u Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik 
qiluvchi, uning ishini uyushtiruvchi shaxsga aylangan edi. Biroq, ikkinchi bosqichda 
joriy etilgan Vitse-Prezident lavozimi o„zini oqlamadi. Shu boisdan 1992-yil 4-
yanvardagi Qonun bilan u tugatilib, O„zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri 
lavozimi ta‟sis etildi. U Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiladi va uning ishini tashkil 
etadi, deb belgilandi. Prezident ayni paytda Vazirlar Mahkamasiga Rais hisoblanadi. 
Shu munosabat bilan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi 
birinchi qismiga quyidagi qoida kiritildi. «O„zbekiston Respublikasining hukumati 
Bosh Vazirdan, Bosh Vazirning birinchi o„rinbosari va o„rinbosarlaridan, mamlakat 
vazirlaridan, 
davlat qo„mitalarining raislaridan, yirik konsernlarning va 
birlashmalarning rahbarlaridan iborat bo„ladi». 
O„zbekistonda prezidentlik institutining yuzaga kelishi va takomillashuvida 1991-
yil 18-noyabrida qabul qilingan «O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to„g„risida»gi Qonun katta ahamiyatga ega bo„ldi. Unda fuqarolarning shu sohadagi 
saylov huquqi, saylovni o„tkazish, prezidentlikka nomzodlar ko„rsatish va ularni 
ro„yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlarini chiqarish tartibi o„z ifodasini topdi. 
O„zbekistonda prezidentlik boshqaruvining yanada takomillashuvida «O„zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi» muhim ahamiyatga ega bo„ldi. Chunki yangi 
Asosiy Qonunga muvofiq, Prezidentning huquqiy maqomi yanada takomillashdi va 
ma‟lum darajada kengaydi. Chunonchi, Prezident lavozimiga 35 yoshdan kichik 
bo„lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil 
O„zbekistonda muqim yashagan respublika fuqarosi saylanishi mumkin, deb 
belgilandi.
Prezident o„z vazifasini bajarib turgan davrda siyosiy partiyaga a‟zoligini to„xtatib 
turadi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanishi mumkin emas, deb ko„rsatildi. Bu 
yerda shuni ta‟kidlash kerakki, Prezident vakolatlarining kengaytirilishi 
O„zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvi tufayli sodir bo„ldi. Yangi 
Konstitutsiyada belgilab qo„yildiki, Prezident mustaqil davlat rahbari sifatida 
muzokaralar olib boradi va respublika shartnomalarini imzolaydi, ularning 
bajarilishini ta‟minlaydi, o„z huzuridagi akkreditatsiyadan o„tgan diplomatik va 
boshqa


98 
xalqaro tashkilotlar vakillarining ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi, 
viloyat, tuman, shahar va xo„jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi, lavozimidan 
ozod etadi, o„z vakolatiga berilgan boshqa ichki va tashqi siyosatga doir masalalarni 
hal qiladi. 
Shunday qilib, O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng mamlakat ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo„nalishlarini belgilab beruvchi, 
fuqarolarni himoya qiluvchi oliy darajadagi ijroiya hokimiyati vujudga keltirildi, 
milliy davlatchilikda jahon tan olgan o„ziga xos tajriba to„plandi.
Ma‟lumki, I.A.Karimov milliy davlatchilikni shakllantirishga doir barcha nutq va 
asarlarida kuchli ijroiya hokimiyatining jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlar, 
yangicha tafakkur, tashabbus va islohotchilik faoliyatini o„tmish illatlaridan, 
boqimandalik, tekinxo„rlik kasalligidan asrash, qonunning to„la quvvat bilan 
ishlashini ta‟minlash zarurati deb, hisoblaydi. Shuning uchun ham u «Ozodlik» 
radiostansiyasi muxbiri bilan suhbatda: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish