«Har qanday qonun faqat ijro qilingan
taqdirdagina qonundir. Qonunning amalda ishlashi uchun esa unga yordamchi
aktlar tuzish, eng asosiysi esa, uni hayotga tatbiq etish kerak. Chunki
hayotimizda parokandalik, tushunmovchilik va hatto, ushbu parokandalik va
xaosni qo„llab-quvvatlab, loyqalatilgan suvdan o„z manfaatiga mos ko„p
narsalarni olishni ko„zlovchi juda ko„p kuchlar mavjud.
Endi siz ayting-chi, kuchli bo„lmagan hokimiyat qonunlarning, ba‟zida
unchalik ommalashmagan qonunlarning hayotga tatbiq qilinishini ta‟minlashi
mumkinmi? Axir, qonun xo„jalik iqtisodiy sohasiga tatbiq qilinishidan ilgari
odamlarning ongiga yetib borishi shart emasmi? Faqat hayotning o„zigina
odamlar tafakkurini o„zgartirishi mumkin. Biz bu bosqichni bosib o„tishimiz
kerak. Bunday davrda agar muhim yo„nalishlarni belgilab beruvchi, fuqarolarni
himoya qiluvchi, oddiy odamlar va ularning bolalarini himoya qiluvchi, ularning
eng muhim kafolat – mehnat kafolati bilan ta‟minlaydigan kuchli hokimiyat
bo„lmasa qanaqasiga inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash haqida gap
bo„lishi mumkin»,
– deb ta‟kidlagan edi.
Mavzuga doir material
O„zbekistonning maqsadlari va ustunliklari
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida zimmasiga quyidagi maqsadlar va ustunliklar
haqida majburiyat oldi:
– insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini ta’minlash, madaniyatlarning
xilma-xilligini hurmat qilish, etnik va diniy negizdagi biron-bir ziddiyatga yo‘l
qo‘ymaslik;
– tinchlik va o‘z fuqarolari xavfsizligi manfaatlarini, mamlakatda ijtimoiy
barqarorlikni har qanday boshqa – iqtisodiy, mafkuraviy, siyosiy manfaatlardan
yuqori qo‘yish;
99
– odamning yashash muhiti sifatida atrof-muhit holatini saqlash va yaxshilashga
alohida ahamiyat berish. Mamlakat bundan keyin ham eng mushkul ulkan ekologik
muammolaridan biri – qurib borayotgan Orol dengizi muammosini hal etishga katta
miqdordagi mablag‘lar ajrataveradi;
– fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyati, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga, kasb
tanlashga va o‘z mehnati bilan qatnashishga kafolatli konstitutsion huquqlarni
ta’minlash;
– aholi salomatligini saqlash, umumiy o‘rta ta’limni ta’minlash, oliy kasb
ma’lumotini oshirishda faol ishtirok etish, jamiyatning ta’limiy va intellektual
potensialini oshirish uchun sharoitlar yaratish;
– bozorga o‘tish davrida va shundan keyingi davrlarda aholini ijtimoiy himoyalash
bo‘yicha oldindan ko‘riladigan choralar shaklidagi kuchli ijtimoiy siyosatni
ta’minlash;
– o‘zbek xalqining fuqarolarning ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqarish organlari –
mahalla yig‘inlarini jalb etish shaklidagi odamlarning bir-birlariga o‘zaro yordam
ko‘rsatishi bo‘yicha asriy an’analarini tiklash.
Do'stlaringiz bilan baham: |