Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
* * * 
Ayrim muxoliflarimiz Prezident Islom Karimovni yakkahokimlikda, boshqaruv 
idoralarining asosiy bo„g„inlarini o„z vakolatiga olganlikda ayblashardi va dalil 
sifatida uning mamlakat Prezidenti va ayni paytda Vazirlar Mahkamasining raisi ham 
ekanligini vaj qilib ko„rsatishardi. 
Prezidentlik – respublika boshqaruvida eng muhimi – hokimiyat bo„linishini 
adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya‟ni qonun chiqaruvchi, ijro va sud 
hokimiyati bir-biriga daxlsiz holda ish olib boradi. Prezidentlik – respublika 
boshqaruvida ijro hokimiyati Prezident qo„lida bo„ladi. Bu usul imkoniyatlarini dunyo 
tan olgan. 
Haqli savol tug„iladi: nima uchun Prezident Islom Karimov boshqaruvning ayni 
shu usulini tanladi? Masalaning ikki jihati bor: 
Birinchidan,
Sharqda azaldan davlat demokratiyaga qanchalik keng imkoniyat 
yaratib bergan bo„lmasin, kuchli hokimiyat mavjud bo„lgan. Eng ulug„ va adolatpesha 
davlat boshlig„i qat‟iyatli, talabchan va, ayni paytda, mehr-muruvvatli bo„lishi bilan 
hammaga o„rnak bo„lgan, hamisha tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Aks 
holda har qanday hokimiyat anarxiyaga aylanib ketishi hech gap emas. 
Ikkinchidan,
boshqaruvning parlamentar – respublika usulida Prezident parlament 
yig„ilishida uning a‟zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik – respublika 
boshqaruvida esa u umumxalq saylovi yo„li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi 
asosida saylanadi. Bunda Prezident o„z vakolatini parlamentning sanoqli 
a‟zolaridangina emas, keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy
huquqiy, ma‟naviy va demokratik mazmuni ham bor. 
Umuman olganda, jamiyatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi ham 
juda katta ahamiyat kasb etadi. Parlamentar – respublika boshqaruvi shaklidagi 


100 
davlatda Prezident parlament ovozi bilan saylanadi. Prezidentlik – Respublika 
boshqaruvi shaklidagi mamlakat prezidenti esa parlament ishtirokisiz bevosita xalq 
tomonidan saylanadi, u o„z vakolatlarini xalqdan olgan hisoblanadi. Hozirgi zamon 
davlatchiligi tajribasiga tayanib shuni alohida ta‟kidlash mumkinki, boshqaruvning 
Prezidentlik – respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir. 
Darhaqiqat, tarixiy tajriba, yon atrofimizda yuz berayotgan turli xildagi bo„hronlar, 
ayrim mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tahlikali tus olishi shundan 
dalolat bermoqda.
Prezident Islom Karimov ishlab chiqqan mashhur besh tamoyilning biri – o„tish 
davrida davlat bosh islohotchi bo„lib qolishi zarurligining mohiyati shunday paytda 
ko„zga yaqqol tashlanadi. Ijro hokimiyati bilan davlatning jilovi bir kishining qo„lida 
bo„lgan taqdirda va uni parlament qonun bilan himoyalab turgan bir sharoitda 
mamlakatda sog„lom ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy-ruhiy vaziyat barqaror bo„ladi. 
Demak, tub islohotlarning samaradorligi, har bir fuqaro hayoti va istiqboli 
kafolatlangan hisoblanadi. 
Mutaxassislarning fikricha, keyingi yillarda davlat boshqaruvining parlamentar – 
respublika va monarxiya shakli o„rnatilgan mamlakatlarda ham hukumat – oliy ijro 
idorasi asosiy o„rinni egallamoqda. Masalan, Olmoniya, Italiya, Yaponiya va boshqa 
mamlakatlarda ana shunday hodisa yuz bermoqda.
Umuman olganda, Prezident Islom Karimov faoliyatidagi qat‟iylik, qat‟iy intizom, 
yuksak talabchanlik ulkan mas‟uliyatni chuqur his etish ifodasidir. Buni 
«Комсомольская правда» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida yaqqol 
ko„rish mumkin. Jumladan, u 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish