Yangi yil.
8 mart –
Xalqaro xotin-qizlar kuni.
21 mart –
Navro„z bayrami.
9 may –
Xotira va qadrlash kuni.
1 sentabr –
Mustaqillik kuni.
1 oktabr –
O„qituvchilar va murabbiylar kuni.
8 dekabr –
Konstitutsiya kuni.
Ro„za Hayiti
(Iyd al-Fitr) – Diniy bayramning birinchi kuni.
Qurbon Hayiti
(Iyd al-Adha) – Diniy bayramning birinchi kuni.
Ko„ppartiyaviylik negizda O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlatimizning
jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilish strategiyasidan kelib chiqib, demokratik
o„zgarishlarning huquqiy bazasini izchillik bilan mustahkamlay bordi. Shunday qilib
Oliy Majlisning 1995–1999-yillarda 15 ta sessiyasi bo„lib, ularda 10 ta kodeks, 2 ta
milliy dastur, 145 ta qonun, 460 dan ortiq qaror qabul qilindi, amaldagi deyarli barcha
qonun hujjatlarining qo„llanish amaliyoti o„rganildi, qonunlarga 200 dan ortiq
o„zgartish va qo„shimchalar kiritildi.
O„zbekiston jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni tezlashtirish tarafdori
ekanligini tasdiqlab, parlament 95 ta xalqaro bitim va shartnomani ratifikatsiya qildi,
43 ta xalqaro konvensiyaga qo„shilish to„g„risida qaror qabul qildi.
Chaqiriq mobaynida Oliy Majlisning xalqaro aloqalari anchagina kengaydi,
parlamentlarda delegatsiyalarining almashinuvi o„sdi. O„zbekistonga 200 dan ortiq
chet el delegatsiyasi, shu jumladan Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya,
Rossiya, AQSH, Turkiya, Xitoy, Shveysariya, Yaponiya va boshqa qator
mamlakatlarning delegatsiyalari tashrif buyurdi.
92
O„zbekiston parlamentida Germaniya, Turkiya, Latviya, Pokiston, Italiya,
Vengriya, Qozog„iston, Qirg„iziston, Tojikiston, Moldova va Bolgariya davlatlarining
boshliqlari, Litva, Ukraina, Qozog„iston, Turkiya va Belgiya hukumatlarining
rahbarlari, Gruziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi parlamentlarining spikerlari,
shuningdek, Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika qit‟alarining 50 dan ortiq
mamlakatlaridan taniqli jamoat va siyosat arboblari qabul qilindi.
Oliy Majlis deputatlari xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda
qatnashdilar, Oliy Majlis delegatsiyalari 30 dan ortiq mamlakat, shu jumladan
Germaniya, Daniya, Hindiston, Polsha, AQSH, Fransiya, Shvetsiya va boshqa
mamlakatlarning parlamentlari ishi bilan tanishdilar.
Chaqiriq mobaynida parlamentda fuqarolarning murojaatlarini ko„rib chiqish
yuzasidan katta ish olib borildi. Hisobot davrida Oliy Majlisga jami 18 mingdan ortiq
ariza va shikoyatlar tushdi. Chaqiriq mobaynida e‟lon qilingan har bir qonun loyihasi
yuzasidan 500 tadan 2000 ga qadar taklif kelib tushdi va ular o„rganib chiqildi.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari ikkinchi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga deputatlar saylandi. Saylangan deputatlardan O„zbekiston Parlamentining
yangi tarkibi shakllandi. Ma‟lumki, jahon miqyosida qaror topgan xalqaro
andozalarga ko„ra, Parlamentda o„rin olish uchun kurash olib borgan siyosiy
partiyalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar saylovlardan so„ng mamlakatning qonun
chiqaruvchi oliy organida o„z g„oyalari hamda maqsadlarini ifoda etuvchi va
yoqlovchi deputatlik fraksiyalarini tuzadilar.
2000-yil 11-yanvar kuni bir qator siyosiy partiyalardan saylangan deputatlar o„z
yig„ilishlarini o„tkazdilar.
Markaziy saylov komissiyasi raisi N.Komilov boshqarib borgan bu yig„ilishlarda
siyosiy partiyalarning Oliy Majlisdagi deputatlik fraksiyalarini tuzish va ularning
rahbarlarini saylash masalalari ko„rib chiqildi.
O„n bir kishidan iborat «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasiga deputat
T.Daminov, yigirma kishidan iborat «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasiga deputat
A.Tursunov, o„n kishidan iborat «Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasiga deputat
I.G„afurov, o„ttiz to„rt kishidan iborat «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi
fraksiyasiga deputat E.Norbo„tayev rahbar etib saylandi.
2000-yil 11-fevral kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo„lib
o„tdi. 25-26-may kunlari bo„lib o„tgan ikkinchi sessiyada «Vatan taraqqiyoti» MD
partiyasi va Fidokorlar partiyasi fraksiyalari birlashtirildi, fraksiya raisi etib esa
A.Tursunov tasdiqlandi.
O„zbekiston XXI asrga jamiyat rivojida tez sur‟atlar bilan o„zgarishlar yuz
berayotgan, odamlarning siyosiy ongi va dunyoqarashi o„sib borayotgan,
mamlakatimiz jahon hamjamiyatidan munosib o„rin olib borayotgan davrda qadam
qo„ydi.
Mana shu jarayonlarni chuqur tahlil qilgan davlatimiz rahbari 2000-yil II chaqiriq
Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida qilgan «O„zgarish va yangilanish – hayot talabi»
nomli ma‟ruzasida ikki palatali parlament tuzish g„oyasini ilgari surdi. Bu
93
mamlakatimizda demokratik islohotlarni bosqichma - bosqich amalga oshirish
tamoyiliga to„la mos edi.
Shu bois ham 2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo„lib o„tgan Oliy Majlisning yettinchi
sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g„oyasi muhokama qilindi va buning uchun
zarur omillar – yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi
shakllanganligini, shuningdek, ko„ppartiyaviylik tizimi qaror topganligini hisobga
olib mamlakatda ikki palatali parlament tuzish zarur, degan xulosaga keldi. Oliy
Majlisning yettinchi sessiyasi 2002-yil 27-yanvar kuni keyingi chaqiriqda ikki palatali
parlamentni shakllantirish masalasi bo„yicha O„zbekiston Respublikasi referendumini
o„tkazish to„g„risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga «Siz
kelgusi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga
rozimisiz?» degan savol kiritildi.
Referendum 2002-yil 27-yanvar kuni demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng
jamoatchilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot
vositalari vakillari ishtirokida bo„lib o„tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro„yxatiga
kiritilgan 13266602 nafar fuqarolarning 12113070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok
etdi.
«Siz kelgusi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib
saylanishiga rozimisiz?» degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashganlarning
11344242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi.Saylovchilar ikki palatali
parlament tuzish masalasini qo„llab - quvvatladilar.
Referendum yakunlari xalqimizning, bir tomondan, damokratik davlat va ochiq
fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotiga o„tishdan iborat O„zbekiston
yo„lini qo„llab - quvvatlayotganini ko„rsatdi. Ikkinchi tomondan, islohotlarni izchil va
qat‟iylik bilan davom ettirish va yanada chuqurlashtirishni katta umid bilan
kutayotganligini bildirdi.
2002-yil 4-5-aprel kunlari bo„lib o„tgan ikkinchi chaqiriq O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari hamda
davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to„g„risida» Konstitutsiyaviy
qonun va «2002-yil 27-yanvarda o„tkazilgan O„zbekiston Respublikasi
referendumining yakunlari bo„yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining
asosiy yo„nalishlari to„g„risida» qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament
tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo„lib xizmat qilmoqda.
Bundan keyin ham O„zbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi –
parlamentining nomi Oliy Majlis deb atalaveradi. Uning tarkibida ikki palata tuziladi.
Quyi palata – qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi. Biroq ikki
palatali parlament darhol tuzilmaydi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi bir palatali
parlament sifatida u saylangan muddatda 2000–2004-yillarda faoliyat yuritadi.
Natijada ikki palatali parlament 2004-yilning dekabr oyida o„tkaziladigan saylovlar
asosida shakllantiriladi. Quyi palataga 120 deputat saylandi. Senat 100 ta senatordan
iborat bo„ldi. Senatga Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16
94
nafar el-yurtda obro„ - e‟tibor qozongan kishilar Senatning a‟zosi bo„lishadi. Bu
mamlakatimizda milliy davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi bosqich boshlanganini
bildirar edi.
2005-yil 28-yanvarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo„shma
majlisi bo„lib o„tdi. Unda davlatimiz rahbari I.A.Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |