Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng demokratik



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng demokratik 
tizimlaridan biri tashkil etildi. O„zbekiston Parlamenti– Oliy Majlis ilk marta 
ko„ppartiyaviylik asosida saylandi»,
– dedi Prezident. 
Ko„ppartiyaviylik tamoyili asosida tashkil topganligi va shu tamoyil asosida 
faoliyat ko„rsatayotganligi Oliy Majlisning jamiyat taraqqiyoti keyingi bosqichidagi 
o„ziga xos xususiyati hisoblanadi. Birinchi sessiyada O„zbekiston parlamenti 
hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 
deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni 
uyushtirgan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini, 14 deputat 
ishtirokidagi «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasini ro„yxatga oldi. 
Ko„ppartiyaviylikni qaror toptirar ekan, Oliy Majlis parlamentda barcha masalalar 
turli blok va fraksiyalarning g„oyalari hamda fikrlarini taqqoslab ko„rish negizida hal 
etilajagiga, siyosiy jihatdan o„zaro murosaga kelib ishlash esa tamoyil bo„lajagiga 
asoslandi. Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo„yicha vakili instituti joriy 
etildi. 
«O„zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to„g„risida»gi Konstitutsiyaviy 
Qonun, «O„zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to„g„risida»gi Qonun, 
Oliy Majlis qo„mitalari va komissiyalari to„g„risidagi Nizom hamda parlamentning 
reglamentiga muvofiq parlament ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi 
rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi 
o„rinbosarlari, qo„mitalarning raislari, mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi 
deputatlar bloki va fraksiyalarning rahbarlari kirdi. 
Oliy Majlis faoliyatini zamon talablari asosida tashkil qilishga yo„naltirilgan mana 
shu tadbirlarning barchasi parlament ishini yanada rejali, tashkiliy jihatdan puxta 
uyushtirish imkonini berdi. Shuningdek, sessiyalarning kun tartibini Oliy Majlis 
Kengashi majlislarida oldindan muhokama qilish, sessiyalarga tayyorgarlik ko„rish va 
ularni o„tkazish bo„yicha deputatlar ishchi guruhlari tashkil etish tajribasi qo„mitalar 
va komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va qonunlarni tayyorlash ishining sifatini 
oshirishga xizmat qildi. 
Qonunlarni ishlab chiqish jarayonida amalda qo„mitalarning butun tarkibi ishtirok 
etadi. Qonun loyihalarini tayyorlash bo„yicha maxsus ishchi guruhlari tuzilib, ularga 
tegishli loyihaga doir olimlar va mutaxassislarni kengroq jalb etish kabi xalqaro 
tajriba ham qo„llana boshlandi. 
O„tgan davr shuni ko„rsatdiki, Oliy Majlis qabul qilayotgan qonunlar sifatini 
oshirishda ularning loyihalarini oldindan matbuotda chop etib, umumxalq 
muhokamasidan o„tkazish ijobiy samara berdi. Qonunlar loyihalarini deputatlarga 
oldindan yuborish tartibi joriy qilindi hamda ularning takliflari va fikr-mulohazalari 
har bir qonunni uzil-kesil ishlab chiqish chog„ida, albatta, e‟tiborga olinadigan bo„ldi. 


84 
Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan yanada teranroq, puxtaroq ishlab 
chiqish maqsadida ular tegishli vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va 
mehnat jamoalariga yuboriladigan bo„ldi. Xalqaro tashkilotlarning ekspertizasidan 
o„tkazish yo„lga qo„yildi. 
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalarini Oliy Majlis Raisi va 
uning o„rinbosarlari huzurida tegishli qo„mitalar, Kotibiyat bo„limlari rahbarlari, 
ishchi guruhlarining a‟zolari va ekspertlar ishtirokida oldindan sinchkovlik bilan 
puxta va atroflicha muhokama etish qonunchilik ishidagi maqbul jihat ekanligini 
ko„rsatdi. Ishning bu tarzda yo„lga qo„yilishi qabul qilinayotgan hujjatlarning sifatiga 
ijobiy ta‟sir eta boshladi. 
Ana shunday tadbirlar natijasida O„zbekistonni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichiga, yuz berayotgan yangilanish va 
rivojlanish jarayonlari voqeligiga, mamlakatni yanada taraqqiy ettirishning barcha 
ichki va tashqi vazifalariga monand qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda 
deputatlarning faolligi va mas‟uliyati kuchaydi. 
Sessiyalar ishida O„zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni 
ishlab chiqish jarayonini yanada takomillashtirishga muttasil e‟tibor berishi 
O„zbekiston parlamenti faoliyatining ko„ngildagidek bo„lishida muhim omil bo„lib 
xizmat qilmoqda. Ma‟lumki, Oliy Majlisning birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida 
I.A.Karimov «O„zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari» mavzuida keng qamrovli ma‟ruza qilib, unda mamlakat bosib o„tgan 
o„zgarishlar yo„lini har tomonlama tahlil etdi va «O„zbekiston yangi asr boshida» 
degan uzoq muddatga mo„ljallangan Dasturni ishlab chiqish vazifasini qo„ydi va 
uning asosiy yo„nalishlarini belgilab berdi. Prezident keyingi sessiyalardagi nutqlarida 
jamiyat rivojiga doir muhim qoidalarni yanada chuqurlashtirdi va aniqlashtirdi, yangi 
mazmun bilan boyitdi. Jumladan, u Oliy Majlisning VI sessiyasida «Hozirgi 
bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» mavzuida 
nutq so„zlar ekan: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish