Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Demokratlashtirish va turmushimizning barcha sohalarida



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Demokratlashtirish va turmushimizning barcha sohalarida 
tub islohotlar o„tkazish jarayoni uzoq va uzluksiz davom etadigan jarayon 
ekanini aniq bilib olishimiz kerak... Bugungi kunda gap, eng avvalo, siyosiy 
islohotlarni chuqurlashtirishning vazifalari va Dasturi to„g„risida borishi 
kerak»,
– deb ta‟kidladi. Shuning uchun ham Oliy Majlisning navbatdagi vazifasi – 
qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me‟yor va standartlarga 
muvofiq holatga keltirish, deb uqtirdi.
Ana shu ko„rsatmalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvning hamma 
organlari tomonidan katta-katta chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, Oliy Majlis 
Kengashi «O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996–1999-yillarga 
mo„ljallangan faoliyat dasturi» va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun 
hujjatlari monitoringi institutini tuzish to„g„risida qaror qabul qilindi. Bunda 
belgilangan chora-tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha asosiy yo„nalishlarini 
qamrab olishga, qonunchilikni yangi pog„onaga ko„tarishga qaratilgan. 


85 
O„zbekiston parlamentining birinchi sessiyasida ta‟sis etilgan Oliy Majlis 
huzuridagi Inson huquqlari bo„yicha Vakil institutining vazifalari O„zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan inson huquqlari va erkinligiga so„zsiz 
rioya etilishini, bu me‟yorlar muqarrar amalga oshirilishini ta‟minlashdan iborat qilib 
ko„rsatildi. 
Vakil huzurida tuzilgan maxsus komissiya, Inson huquqlari bo„yicha milliy 
Markaz Prezident nutqida aytib o„tilgan inson huquqlari va erkinliklarini himoya 
qilishning samarali mexanizmini, yuksak vakolatlarga ega bo„lgan yaxlit tizimini 
vujudga keltiradi. Inson huquqlari bo„yicha vakil instituti hozirga qadar xalqaro 
amaliyotni o„rganish asosida ishlab chiqilib, – Oliy Majlis Kengashi tomonidan 
tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bormoqda. Parlamentning yettinchi 
sessiyasida birinchi o„qishda kiritilgan va ma‟qullangan «Inson huquqlari bo„yicha 
vakil (ombudsman) to„g„risida»gi Qonun loyihasi – Oliy Majlisning faoliyat 
Dasturida mo„ljallangan g„oyat muhim hujjatlardan biri. U mamlakatda insonning 
siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy huquqlari puxta himoya qilinishini 
ta‟minlaydigan institutning qonuniy asosini shakllantirishga xizmat qiladi. 
O„zbekistonning milliy taraqqiyoti va uning rivojlanish strategiyasini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish Oliy Majlisdan bu jarayonni zarur qonunlar bilan 
ta‟minlashni talab etadi. Shunga ko„ra Dasturda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
me‟yoriy rivoj topishini, markazlashtirilgan boshqaruvga asta-sekin barham 
berilishini, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonda va davlat ishlarida bevosita 
qatnashishini ta‟minlovchi qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi qo„yildi. 
Oliy Majlis o„zining ikki yildan ortiq faoliyati davomida yettita sessiya o„tkazdi. 
Ularda 70 ga yaqin qonun va 100 dan ortiq qaror qabul qildi. Bular, shubhasiz, 
jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni huquqiy jihatdan ta‟minlashda muhim qadamlar 
bo„ldi. Umuman, qonunlarni ishlab chiqish bevosita iqtisodiy islohotlarning huquqiy 
negizini takomillashtirish va bozor munosabatlariga o„tishni jadallashtirish, aholini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, jamiyatni ma‟naviy yangilash, va milliy 
davlatchilikni mustahkamlashga qaratilmoqda. Masalan, O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining vakolatlari muddatini 2000-yilga qadar uzaytirish to„g„risida 
referendum o„tkazish yuzasidan 1995-yil 23-fevralida qabul qilingan qaror va 
deputatlarning referendumga tayyorgarlik ko„rishdagi faol ishtiroki mamlakatimizdagi 
barcha ijtimoiy kuchlarni jipslashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur qaror 
mehnat jamoalari va aholining istiqomat joylarida o„tkazilgan, olti milliondan ortiq 
fuqaro ishtirok etgan 22 mingdan ortiq yig„ilishda qizg„in qo„llab-quvvatlanganligi 
ham fikrimizni tasdiqlaydi. 
Keyingi yillarda sud organlari tizimini yanada takomillashtirish masalalari ham 
parlamentning doimiy diqqat markazida turibdi. Oliy Majlis «O„zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to„g„risida»gi Qonunni qabul qilib, 
Konstitutsiyaviy sud Oliy va Oliy xo„jalik sudi tarkiblarini saylab, respublikada 
mustahkam sud tizimini vujudga keltirish jarayonini asosan nihoyasiga yetkazdi.


86 
Parlament mamlakatning davlat milliy xavfsizligini ta‟minlash bilan bog„liq 
vazifalarni hal etishga ham doimiy e‟tibor berib kelmoqda. Shu ma‟noda 1995-yili 
qabul qilingan harbiy doktrina davlatimizning tinchliksevar tashqi siyosiy yo„lini yana 
bir bor namoyon etdi. U O„zbekistonning xalqaro obro„-e‟tibori va jahon 
maydonidagi mavqeini oshirdi. Oliy Majlisning 1996-yil aprel oyida bo„lib o„tgan V 
sessiyasida «O„zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi to„g„risida»gi qonun 
qabul qilinganligi bu borada muhim qadam bo„ldi. Oliy Majlisning VII sessiyasida 
(1996-yil, dekabr) qabul qilingan «O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy 
faoliyatining asosiy prinsiplari to„g„risida»gi Qonun mamlakatimizning tinchliksevar 
siyosatini belgilovchi, Xalqaro ahamiyatga molik bo„lgan muhim hujjat hisoblanadi. 
U O„zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatimiz tutayotgan mustaqil, odil 
yo„lning ifodasi sifatida jahon jamoatchiligi tomonidan e‟tirof etildi.
Oliy majlisda Mehnat kodeksi (1995) va Fuqarolik kodeksi (1996) birinchi va 
ikkinchi qismlarining qabul qilinishi O„zbekistonning demokratiya yo„lidan yanada 
dadil borayotganidan, inson huquqlarini himoya qilish va kafolatlashning huquqiy 
asoslarini mustahkamlayotganidan dalolat edi. Bu kodekslar – fuqarolar uchun 
hayotiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo„lgan, mehnatga, mol-mulkka doir va 
boshqa muammolarning keng doirasini qamrab oluvchi murakkab, ko„p qirrali, 
jamlama qonun hujjatlar hisoblanadi. Bu Kodekslarning markazida inson, uning 
huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish masalalari turadi. Oliy Majlis qabul 
qilgan «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va 
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to„g„risida»gi Qonun ham shu maqsadga 
yo„naltirilgan. 
Mazkur qonunlarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan hamda ishlab 
chiqarishdagi ko„p qirrali munosabatlarda insonning ustuvorligi huquq amaliyotiga 
singdirilgan. Qonunlar hokimiyatning barcha institutlari insonni himoya qilish, uning 
huquqlarini muhofaza etish va kafolatlashdan iborat asosiy maqsadga bo„ysunishi 
tezisini amalda ro„yobga chiqarmoqda.
Ko„ppartiyaviylik jamiyatimiz hayotida, parlamentchilikning demokratik asoslarini 
yanada rivojlantirishda muhim o„rin tutadi. Shu sababli siyosiy partiyalarning 
huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida O„zbekiston Respublikasining «Siyosiy 
partiyalar to„g„risida»gi Qonuni tayyorlanib, Oliy Majlisning 1996-yil 26-dekabrida 
bo„lgan VII sessiyasida qabul qilindi. Qonun jamiyatimizda faoliyat ko„rsatayotgan 
hamda kelajakda tuzilishi mumkin bo„lgan siyosiy partiyalarning o„rnini belgilab, 
ularning o„zaro munosabatlari, yangilanayotgan jamiyatda tutgan mavqeyi, vazifalari 
va huquqlarini kafolatlaydi. 
Oliy Majlis tomonidan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni 
rag„batlantirish to„g„risida»gi (1995, dekabr), «Konsessiyalar to„g„risida» (1995, 
dekabr), «Erkin iqtisodiy zonalar» (1996, aprel) «Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to„g„risida»gi qonunlarning qabul qilinishi 
iqtisodiy islohotlarni huquqiy jihatdan ta‟minlash yo„lidagi jiddiy hodisa bo„ldi. 
Mazkur hujjat, shuningdek, Oliy Majlisning «Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat 


87 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba‟zi masalalari to„g„risida»gi qarori 
mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko„lamlarini kengaytirdi, bu 
jarayonga amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga qarashli o„rta va 
yirik korxonalarni ham kiritishni tezlashtirdi, monopol ishlab chiqarish va xo„jalik 
tuzumlarini maydalashtirish, raqobatli bozor muhitini yaratish uchun huquqiy shart-
sharoitlarni vujudga keltirdi. Shu maqsadda «Mulk to„g„risida»gi, «Chet el 
investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to„g„risida»gi, «Garov 
to„g„risida»gi va boshqa bir qator qonunlarga o„zgartirishlar kiritildi.
Oliy Majlis qo„mitalari Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda amaldagi qonun 
hujjatlarini ijtimoiy rivojlanish voqeligiga va iqtisodiy islohotlarning ehtiyojlariga 
muvofiqlashtirish borasida aniq maqsadga qaratilgan katta ishlarni amalga oshirdi. 
Ma‟lumki, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jamiyatning ma‟naviy 
va madaniy rivojisiz tasavvur etib bo„lmaydi. Buyuk ajdodlardan bizga asrlar osha 
yetib kelgan bebaho ma‟naviy-axloqiy qadriyatlar tabiiyki, ma‟naviy merosni 
avaylab-asrash, uni yanada ko„paytirib, milliy va umuminsoniy madaniyatning yangi 
yutuqlari bilan boyitishni taqozo etadi. 
Oliy Majlis «Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida»gi 
qonunga o„zgartirishlar va qo„shimchalar kiritdi, «Davlat tili haqida»gi qonunni 
(1995, dekabr) yangi tahrirda qabul qildi. Til amaliyotidagi mavjud jarayonlar va 
imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini bosqichma-
bosqich joriy etishni 2005-yilga borib uzil-kesil yakunlashga qaror qilindi. Qonunning 
yangi qoidalari davlat tilining maqomini shak-shubhasiz mustahkamlashga, 
respublikaning jahon kommunikatsiya tizimiga kirishiga, mamlakatning barcha 
fuqarolari o„zbek tilini yanada chuqur, puxta tayyorgarlik ko„rgan holda, asta-sekinlik 
bilan egallab olishlarini ta‟minlashga, ayni chog„da O„zbekistonda g„uj bo„lib 
yashayotgan boshqa millatlarning o„z tillaridan erkin foydalanishiga ham qaratilgan. 
O„zbekiston mustaqillikka erishganidan so„ng dastlabki odimlardanoq o„z eshiklari 
butun dunyo uchun ochiqligini, jahon xo„jalik munosabatlariga teng huquqli sherik 
sifatida kirish istagini, xalqaro me‟yorlar va qoidalarni ro„yobga chiqarish yo„lidagi 
amaliy harakatlarni kuchaytirishini e‟lon qildi. 1995-yili parlament o„n sakkiz 
shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. O„zbekistonning yigirma besh konvensiyaga 
qo„shilishi haqidagi qarorlar qabul qilindi, «O„zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari to„g„risida»gi Qonun qabul qilindi. U mamlakatimizning xalqaro 
shartnomalarni tuzish, bajarish, bekor qilish, to„xtatib qo„yish hamda denonsatsiya 
qilish tartibini belgilaydi. 
Respublika parlamentining faoliyati jahon hamjamiyatida borgan sari keng qiziqish 
uyg„ota bordi. Oliy Majlis sessiyalarida diplomatiya korpuslarining, xalqaro 
tashkilotlarning vakillari, chet el axborot vositalarining O„zbekistonda akkreditatsiya 
qilingan jurnalistlari qatnashmoqdalar. 
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalari 
kengaydi va chuqurlashdi. O„zbekiston Milliy parlament guruhi tuzildi, 
respublikaning Parlamentlararo Ittifoqdagi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik 


88 
Tashkilotining Parlament Assambleyasidagi va Yevroparlament bilan aloqalar 
bo„yicha parlament guruhlarining rahbarlari tasdiqlandi. Oliy Majlis vakillari 
Parlamentlararo Ittifoq 93 va 94-konferensiyalarida ishtirok etdi. 
Oliy Majlis Kotibiyati va uning bo„limlari ishi Oliy Majlisning Kengashi, 
qo„mitalari, komissiyalari faoliyatining samaradorligini oshirishga, parlament 
sessiyalarini puxta va tashkiliy jihatdan uyushqoqlik bilan o„tkazishga muayyan 
darajada xizmat qilmoqda. Ular qo„mitalar bilan hamkorlikda, olimlar, 
amaliyotchilarni, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning ekspertlarini jalb qilib, 
qonun loyihalarini tayyorlash va oldindan ishlab chiqishda faol ishtirok etib 
kelmoqdalar.
Fuqarolarning so„rovlarini ko„rib chiqish hamda fuqarolar qabulini tashkil etish 
masalalari ham parlament ishida muhim o„rin tutadi. Birgina 1995-yilning o„zida Oliy 
Majlis rahbarlari, qo„mitalar raislari va Kotibiyat xodimlari tomonidan ikki yarim 
mingdan ortiq fuqaro qabul qilindi. Oliy Majlis nomiga kelgan qariyb ikki ming xat, 
ariza va murojaat ko„rib chiqildi. Ular Oliy Majlis rahbarligida, qo„mitalar va 
Kotibiyatda har tamonlama tahlil etildi, taklif va mulohazalar normativ hujjatlarni 
ishlab chiqishda hisobga olindi. Fuqarolar tomonidan qo„yilgan asosli masalalarning 
aksariyat qismi ijobiy hal qilindi. 
Shu tariqa, demokratik yo„l bilan saylangan Oliy Majlis – yangi parlament o„z 
faoliyatining ikki yili mobaynida qonun ishlab chiqish va nazorat qilish faoliyatini 
izchillik bilan takomillashtirdi, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
tarmoqlarining O„zbekiston demokratik islohotlar yo„lidan yanada dadil olg„a 
borishida o„zaro ijobiy hamkorlik olib borishlariga yaqindan faol ko„maklashdi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi shu davr mobaynida o„z faoliyati davomida 
mazmun mohiyati bilan avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiluvchi oliy vakillik 
davlat organiga aylanib bordi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish