89
Uchinchidan,
Parlamentning kuchi deputatlarning o„z saylovchilari bilan kundalik
munosabatida, yaqin muloqotida
ekanligidan kelib chiqib, Oliy Majlis saylovchilar
bilan uzviy aloqada bo„ldi. Avvalgi Parlamentda bu masalaga uncha e‟tibor
berilmagan edi. Hayot shuni ko„rsatdiki, saylovchilar Oliy Majlisda qanday qonunlar
muhokama qilinayotgani va qabul etilayotganidan xabardor bo„lib turishi, deputat esa
hayotning eng dolzarb, qaynoq nuqtalarida aholi bilan birga bo„lishi kerak. Shuning
uchun ham muhim davlat ahamiyatiga ega masalalar muhokama qilinayotganda Oliy
Majlis deputatlari o„z saylovchilari huzurida bo„ldilar. Masalan, 1996-yil 25-mart
kuni O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi «Rossiya Federatsiyasi Davlat
Dumasining 1996-yil 15-martidagi qarori to„g„risida»gi masalani ko„rib, unga o„z
munosabatini bildirdi va: «Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining 1996-yil 15-
martida qabul qilgan sobiq SSSRni qayta tiklashga qaratilgan qarori muhokamaga
loyiq emas», «Davlatlar ustida turuvchi har qanday tuzilmalar tashkil qilishni nazarda
tutadigan integratsiya jarayoni O„zbekiston uchun maqbul bo„la olmaydi», – deb
qaror qabul qildi.
Mana shunday o„ta dolzarb va muhim ahamiyatga ega bo„lgan O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarorini saylovchilarga tushuntirish uchun
har bir deputat o„z okrugida bo„ldi,
mehnatkashlar bilan uchrashdi, ularning fikr-
mulohazalarini o„rgandi. Xalqning Rossiya davlat Dumasi qaroriga munosabati
shunday bo„ldiki, O„zbekiston o„z mustaqil taraqqiyot yo„lidan, dono Prezidenti
I.Karimov rahnamoligida dadil, sobitqadamlik bilan bormoqda,
uning mustaqillik
yo„lidagi ishlariga hech kim to„siq bo„lmasligi, biron-bir tashqi yoki boshqa kuch
xalaqit bermasligi kerak.
Oliy Majlis faoliyatidagi mana shunday izchillik, yangilik, shubhasiz, xalqning
huquqiy madaniyatini o„stirish, demokratik ongini
yuksaltirish imkonini bera
boshladi, islohotlarning izchil va sobitqadamlik bilan amalga oshishiga hamda
jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‟minlashga xizmat qila bordi.
Oliy Majlis faoliyatidagi muhim yo„nalishlardan biri Davlat mukofotlarini ta‟sis
etish bo„ldi. Ma‟lumki, har bir mustaqil davlatning o„ziga xos davlat ramzlari
bo„lganidek, uning o„ziga mos mukofotlari ham bo„lishi lozim. Shuning uchun 1995-
yil 22-dekabrida birinchi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV
sessiyasida «Davlat mukofotlari to„g„risida» qonun qabul qilindi. Bu qonunga ko„ra,
respublika fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali,
ijtimoiy va ijodiy
faoliyatlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanadigan bo„ldilar. Ayrim hollarda
O„zbekiston Respublikasi uchun xizmat ko„rsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo„lmagan shaxslar ham O„zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan
taqdirlanishlari mumkin. Davlat mukofotlari Oliy Majlis tomonidan ta‟sis etiladi.
Mukofotlarga doir nizomlar va ularning tavsiflari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat mukofotlari bilan O„zbekiston Respublikasining Prezidenti taqdirlaydi. Davlat
mukofotlari guvohnomalarining namunalari, mukofotlarga taqdim etish va ularni
topshirish tartibi ham Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
90
Bir shaxs ayni bir orden, medal yoki Faxriy yorliq bilan, qoida
tariqasida, bir marta
taqdirlanadi. Faxriy unvonlar takroran berilmaydi.
Shaxslarni vafotidan keyin ham davlat mukofotlari bilan taqdirlash mumkin.
Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin
kamida 3 yil o„tganidan keyin taqdim etiladilar. Favqulodda hollarda fuqarolar avval
taqdirlangan vaqtidan qat‟i nazar navbatdagi mukofotga taqdim etiladi.
Davlat mukofotlarining nishonlarini taqib yurish tartibi qonun hujjatlari bilan
belgilanadi. Mukofotlar bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan
imtiyozlardan foydalanadilar hamda pul mukofotini oladilar. Jumladan, O„zbekiston
Respublikasida Oliy darajadagi mukofot sifatida 1994-yil may oyida «O„zbekiston
Qahramoni» unvoni va «Oltin Yulduz» medali ta‟sis etildi.
Ayni chog„da O„zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida faollik ko„rsatgan fuqarolar
«Mustaqillik», «Amur Temur», «Buyuk xizmatlari uchun», «El-yurt hurmati», I-II
darajali «Sog„lom avlod uchun», «Mehnat shuhrati», I-II darajali «Shon-sharaf» va
«Do„stlik»
ordenlari bilan, «Jasorat» hamda «Shuhrat» medallari bilan
mukofotlanadigan bo„ldilar.
Shuningdek, quyidagi faxriy unvonlar ham ta‟sis etildi:
«O„zbekiston Respublikasi san‟at arbobi»,
«O„zbekiston Respublikasi fan arbobi»,
«O„zbekiston Respublikasi xalq artisti»,
«O„zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi»,
«O„zbekiston Respublikasi xalq rassomi»,
«O„zbekiston Respublikasi xalq shoiri»,
«O„zbekiston Respublikasi xalq o„qituvchisi»,
«O„zbekiston Respublikasi xalq hofizi»,
«O„zbekiston Respublikasi xalq baxshisi»,
«O„zbekiston Respublikasi xalq ustasi»,
«O„zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat
ko„rsatgan xodim»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan aloqa xodimi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan artist»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan yoshlar murabbiysi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan jurnalist»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan irrigator»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan ixtirochi va ratsionalizator»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan iqtisodchi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan madaniyat xodimi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan me‟mor»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan pillachi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan sanoat xodimi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan sog„liqni saqlash xodimi»,
91
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan sport ustozi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan sportchi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan transport xodimi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan xalq ta‟limi xodimi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan chorvador»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan yurist»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan qishloq xo„jalik xodimi»,
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan quruvchi» va boshqalar.
Bundan tashqari 25 yoshgacha bo„lgan iqtidorli qizlarni rag„batlantirish va qo„llab-
quvvatlash, ularning adabiyot, san‟at, fan, ta‟lim sohalaridagi hamda jamoatchilik
faoliyatidagi yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida O„zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi maxsus farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat
mukofoti ta‟sis etildi.
O„zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulida qabul qilingan «Bayram kunlari
haqida»gi Qonunga va O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 21-dekabrida
qabul qilingan O„zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini 131-moddasiga
muvofiq, O„zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish)
kunlari deb belgilandi:
1 yanvar –
Do'stlaringiz bilan baham: